Yangiliklar

so'ngi yangiliklar

Almagel A     
 Bu dori haqida boshqa dorilardan ko'ra ko'proq ma'lumot berishga qaror qildik.
Sababi: ko'chada, ishda va umuman har qanday insondan Almagel haqida so'rasangiz uni oshqozon ichak kasalliklari va jig'ildon qaynashiga ekanligini o'ylanmay aytib berishi mumkin. Balki buning sababi bizning sobiq SSSR bilan o'tgan qisqa tariximiz davomidagi xotiralar bilan bog'liqdir. Bu preparat o'tgan asrning 70- yillarida Bolgariyalik va Germaniyalik mutaxasislar tomonidan ishlab chiqilgan o'sha davr uchun oltinga teng bo'lgan dorilardan biri bo'lgan.
Bu dori ishlab chiqarilmasidan avval ko'plab insonlar oshqozon yarasi va jig'ildon qaynashiga, zarari ko'p bo'lishiga qaramay, ilojsizlikdan, "osh sodasi" dan foydalanar edi. 
 
Bugun dorixonalardan avvalgi Almagel va quyidagi turlarini topishingiz mumkin: Almagel neo - zarda bo'lishga va oshqozon ichak kasalliklariga ishlatiladi va tarkibiga qo'shimcha sifatida qorin dam bo'lishiga qarshi simetikon (espumizan) qo'shilgan. 
 
Almagel A - bu preparat boshqa egizaklaridan farqi tarkibida, qo'shimcha ravishda og'riq qoldiruvchi yani "benzokain" qo'shilgan va oshqozon og'riganda ancha yordami tegadi. 
 
Tarkibida asosan 
Magniy gidroxlorid mavjud.(Odatda Apelsin tamli)
Ta'siri 3-5 minutda boshlanadi. 1 soat davomida eng kuchli tasirini davom ettiradi. 
 
Mumkin emas
Homiladorlik
Laktatsiyada
10 yoshdan kichik bolalar
Buyrak yetishmovchiligi da
Qandli diabetda
 
Yaroqlik muddati
 2 yil..
 
 Yaqinlaringizga xam ulashing: @Dorilar1
Kanal mundarijasi: @Dorilar_mundarijasi
 
VITAinfo.uz

2021.09.06