Dorilar haqida

dorilar haqida ma'lumotlar

Yangi uzilgan non yoki issiq somsa
Fikrimizcha bu hammani sevimli "bitta tatib ko'ray" dediradigani.
Lekin agar bu fikrizga oshqozoningiz qo'shilmasachi?
Ishtaxa zo'rligida yeb qo'yib oshqozonda og'riq, behuzurlik, og'izdan behuzur hid va ta'm, qorin dam bo'lishi, ko'ngil aynishi exee tanishmi bu holatlar.
Balki bu "gastrit" dir. Ha shunday.Gastrit bu oshqozonda shilliq qavati yallig'lanishi bo'lib,
sabablari:
-vaqtida ovqatlanmaslik
-yurgan va turgan holda ovqatlanish
-asab kasalliklari
-og'riq qoldiruvchi dorilardan ko'p foydalanish
-jigar va o't kasalliklari
-dori va vitaminlarni me'yordan ortiq ichish.
Ko'pincha o'tkir gastritda ovqatlangandan 2-3 soat o'tib "pristup" beradi.
Bu holatda shifokor dastlab sizda infeksiya bor yo'qligini tekshiradi so'ng kerakli davo muolajasini yozadi.
 
Unutmang bu kasallikda taomnomangizni asosiy qismida:
-bug'da pishirilgan
-qaynatilgan
-yog'siz qovurilgan yengil taomlar bo'lishi va ma'lum
vaqtgacha shifokor tayinlagan parhez qoidalariga rioya qilishingiz kerak.
 
Aks holda...
 
 
 
VITAinfo.uz

2020.12.27