Renni (Bayer:registered: aspirin ijodkorlaridan)
Oshqozon kislotasini suvga aylantirib yuboruvchi oshqozon ichak yarasi va jig'ildon qaynashida yordam beruvchi preparat..
Qo'llash qulay bo'lishi uchun: shimiladigan, chaynaladigan apelsin, mentol va yalpiz (shakarsiz ) tamli tabletka ko'rinishida mavjud.
Homilador va laktatsiya davrida qo'llash mumkin.
Lekin homiladorlikda buyrak yetishmovchiligi paydo bo'lishi mumkinligi sabab baribir shifokordan maslahat olgan ma'qul.
Qandli diabeti bor bemorlar agar sorbitol mumkin bo'lsa(sorbitol ham deyarli shakar) shifokor ko'rsatmasiga ko'ra ichishi mumkin.
Tasiri odatda 4-5 minutdan so'ng boshlanadi va yana 2 soatdan so'ng qayta foydalanish mumkin.
1 kunda 11 ta rennidan foydalanish mumkin va bu albatta maksimal doza hisoblanadi.
Qo'llash mumkin emas:12 yoshgacha bo'lgan bolalarBuyrak yetishmovchiligi mavjud bemorlarGlyukozani turli ko'rinishlarini o'zlashtiraolmaslikPreparat tarkibidagilarga sezuvchanlik
Nojo'ya tasirlari:Allergik reaksiyalar, doza oshirib yuborilsa ko'ngil aynishi mumkin
Tarixi:Eng qizig'i bu dori 1930 yilda Ingliz olimi Jon Renni tomonidan ishlab chiqilgan.1935 yilda Garri Marland Angliyada bu olim bilan uchrashib taxminan xozirgi kurs bo'yicha hisoblasak 6600 dollarga Renni preparati patentini olimdan sotib oladi va ishlab chiqara boshlaydi..
VITAinfo.uz
2020.12.27