Dorilar haqida

dorilar haqida ma'lumotlar

 Nimesil(Nimesulid)
 
🔖Nimesulid 1975 yilda kashf qilingan. U dastlab shvesariyada, 1976-yildan beri sotib kelinadi.
Ta’sirlari
📌og‘riq qoldiruvchi
📌isitma tushiruvchi
📌yallig‘lanishga qarshi
🎛Ta'sir mexanizmi:Prostaglandinlar sintezini amalga oshiruvchi Siklooksigenaza-2 (SOG-2) fermentining selektiv ingibitori hisoblanadi.
✅Asosan mushak va bo‘g‘imlardagi og‘riqda qo‘llaniladi. Hayz paytidagi og‘riq va tish og‘rig‘ida ham yaxshi effekt beradi.
✔️Sutkalik doza - 200 mg. Tabletka ko‘rinishida 1 tabletkadan 2 mahal.
💊Nimesil analoglari
💊Nimid
💊Nimesulid
💊Nayz
💊Nimulid
💊Nimuleks
💊Suaron
💊Forsil
⚠️⚠️⚠️⚠️⚠️⚠️⚠️Preparatni shamollash va O‘RVI paytida ichmang. Boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar(parasetamol, diklofenak, ibuprofen) bilan birga qo‘llamang. 12 yoshdan kichik va jigar kasalliklari bor bemorlarga mumkin emas. Chunki preparatning jigarga gepatotoksik ta’siri bor(AQSH, Ispaniya, Fillandiya, Belgiya va Irlandiyada sotish ta’qiqlangan).
            ⁉️⁉️⁉️Nimesulid tarkibli poroshoklarni boshqa dorilarga aralashtirib ichmang...Teraflyu, taylol xot va boshqa poroshoklarga qo'shib ichish jigar uchun juda xavfli...
🚫Aptekalardan 3 tasi 1 ta.. smes  sostav deb olish natog'ri...
 
VITAinfo.uz

2020.12.27