Savol. Sizlardan bir narsani so'ramoqchi edim. Meni uxlash rejimim almashib qolganga o'xshaydi. Kechki payt uxlashim qiyin bo'ladi va bu holat to'g'irlangandan keyin ham yana shu qaytariladi keyinchalik, sababi nimada? shuni bilmoqchidim.
Javob. Inson ko'zlarida yorug'lik retseptorlari mavjud, qorong'ulik sabab uxlash gormonidan melatonin ishlab chiqariladi, har qanday yorug'lik esa ko'zni harakatga keltiradi, va organizmda hali uxlashga erta degan signal hosil bo'ladi. Shu sabab uxlashdan avval telefon ekrani va televizorga qaramaslik kerak. Uxlashga yordam beruvchi eng zararsiz preparatlar esa:
-melatonin;
-melaksen;
-sondoks;
Sog'lig'ingizga befarq bo'lmang...
2021.02.06