Zizifor tsvetonojechnoy trava. rasmini ko'rish

Tarkibi:

Efir moylari, qatronsimon moddalar, flavonoidlar, fenolokislotalar, antotsianlar, ursol kislotasi, kumarinlar, b-sitoserin, vitaminlar, qand, organik kislotalar saqlaydi.

Preparatning savdo nomi:

Zizifor tsvetonojechnoy trava.

Farmakalogik guruhi:

Antigipertenziv vosita. Farmakologik xususiyatlari Yasnotkadoshlar (Lamiaceae) oilasiga mansub, yovvoyi o‘tsimon ko‘p yillik o‘simlik – kiyik o‘tning (Ziziphora pedicillata Pazij et Vved) gullash davrida yig‘ilgan va quritilgan o‘ti. Spazmolitik, gipotenziv va siydik haydovchi ta’sir ko‘rsatadi.

Dori shakli:

Dorivor o‘simlik xom ashyosi.

Antigipertenziv vosita. Farmakologik xususiyatlari Yasnotkadoshlar (Lamiaceae) oilasiga mansub, yovvoyi o‘tsimon ko‘p yillik o‘simlik – kiyik o‘tning (Ziziphora pedicillata Pazij et Vved) gullash davrida yig‘ilgan va quritilgan o‘ti. Spazmolitik, gipotenziv va siydik haydovchi ta’sir ko‘rsatadi.

Stenokardiya, miokardit, gipertoniyaning yengil shakli, siyishni qiyinlashuvi, surunkali nefritlarni davolashda (kompleks davolash tarkibida) qo‘llaniladi.

Ichga, damlama ko‘rinishida ishlatiladi. Uni tayyorlash uchun 2 osh qoshiq o‘tni emallangan, shishali yoki chinni idishga solinadi, ustidan 1 stakan (200 ml) qaynatilgan, xona haroratidagi suv quyiladi, idishni qopqog‘i yopilib, qaynab turgan suv hammomida 15 minut davomida tez-tez aralashtirib turib qizdiriladi, keyin xona haroratida kamida 45 minut davomida sovutiladi, dokadan o‘tkaziladi, qolgan hom-ashyo siqiladi. 10 ta filtr-paket (10 g) kiyik o‘ti emallangan idishga solinadi, ustidan 1 stakan (200 ml) qaynoq suv quyiladi qopqog‘i yopiladi va 15 minut davomida qaynab turgan suv hammomida qizdiriladi, so‘ngra xona haroratida 45 minut davomida sovutiladi, filtr-paketlar olinadi va siqiladi. Olingan damlamaning xajmi qaynagan suv bilan 200 ml gacha yetkaziladi. Damlamani salqin joyda 2 sutkagacha saqlash mumkin. 1/3-1/2 stakan kuniga 2-3 marta 10-14 kun davomida qabul qilinadi.

Preparatga yuqori sezuvchanlikda allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.

Preparatni shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Retseptsiz

Karton qutilarda, qog‘oz va polietilen paketlarda 50 g dan va karton qutilarda №25 yoki 50 ta 1 g li filtr-paketlar.

2 yil.