Ziomitsinretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 250 mg va 500 mg azitromitsinga ekvivalent bo‘lgan azitromitsin digidrati; yordamchi moddalar: PH101 mikrokristall tellyuloza, natriy kroskarmelloza, natriy laurilsulfati, povidon K-90, tozalangan talk, magniy stearati, Opadray 04B520005 sariq.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

azitromitsin digidrati

Preparatning savdo nomi:

Ziomitsin

Farmakalogik guruhi:

Tizimli qo‘llash uchun antibakterial vositalar. Makrolidlar. Azitromitsin.(3-avlod)

Dori shakli:

qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

250 mg li tabletkalar: sariq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomonida “A 250” gravirovkasi va ikkinchi tomoni yassi bo‘lgan kapsulasimon shakldagi tabletkalar. 500 mg li tabletkalar: sariq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomonida “A 500” gravirovkali va ikkinchi tomoni yassi bo‘lgan kapsulasimon shakldagi tabletkalar.

Tizimli qo‘llash uchun antibakterial vositalar. Makrolidlar. Azitromitsin.(3-avlod)

J01FA10

Ta’sir mexanizmi Azitromitsin azalidlar guruhiga mansub makrolid antibiotigi bo‘lib hisoblanadi. Molekula A eritromitsini halqasi laktoniga azot atomini qo‘shish yo‘li bilan tuziladi. Azitromitsinning kimyoviy formulasi – 9-dezoksi-9a-aza-9a-metil-9a-gomoeritromitsin A. Molekulyar massasi – 749,0. Azitromitsinning ta’sir mexanizmi ribosomaning 50s subbirligi bilan bog‘lanish yo‘li bilan oqsilni bakterial sintezini so‘ndirishga va translokatsiya peptidini ingibitsiya qilishga asoslangan. Rezistentlik mexanizmi: Azitromitsinga chidamlilik xos bo‘lishi yoki orttirilgan bo‘lishi mumkin. Bakteriyalarda uchta asosiy: maqsadli uchastkani o‘zgartirish, antibiotikni yetkazib berishni o‘zgartirish va antibiotikni modifikatsiya qilish rezistentlik mexanizmlari mavjud. Azitromitsin eritromitsinga barqaror bo‘lgan grammusbat izolyatlar bilan kesishgan rezistentlikni namoyon qiladi. Vaqt o‘tishi bilan makrolidlarga beriluvchanlikni pasayishi xususan, Streptococcus pneumoniae va Staphylococcus aureus da qayd etilgan. Aynan shunday tarzda linkozamidlar tomonidan ham boshqa makrolidlarga qarshi sezuvchanlikni pasayishi streptokokkni Streptococcus viridans va Streptococcus agalactiae turlari (B guruhi) orasida kuzatilgan. Chegaraviy ko‘rsatkichlar EUCAST tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra azitromitsinga tipik bakterial patogenlar barqarorligining chegaraviy ko‘rsatkichlari: Organizm MBK barqarorlik (mg/l) Sezgirlik (S≤ ) Rezistentlik (R>) Staphylococcus spp. 1 2 Streptococcus groups A, B, C va G 0,25 0,5 Streptococcus pneumoniae 0,25 0,5 Haemophilus influenzae 0,12 4 Moraxella catarrhalis 0,25 0,5 Neisseria gonorrhoeae 0,25 0,5 Sezgirlik Orttirilgan rezistentlikning ustunligi alohida turlari uchun geografik jihatdan va vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib turishi mumkin va rezistentlik haqidagi mahalliy axborot, ayniqsa og‘ir infektiyalarni davolashda maqsadga muvofiq bo‘ladi. Zaruratga qarab, rezistentlikning lokal tarqalganligi hech bo‘lmaganida infektiyalarning ayrim turlari uchun dori vositasining foydaliligi noaniq bo‘lganida, ekspertlarning maslahatlariga murojaat qilish lozim. Azitromitsinning antibakterial doirasi jadvali Odatda beriluvchan turlari Aerob grammusbat mikroorganizmlar Metitsillinga sezgir tillarang stafilokokk Penitsillinga sezgir pnevmokokk Piogen streptokokk (A guruhi) Aerob grammanfiy mikroorganizmlar Haemophilus influenza, Haemophilus parainfluenzae, Legionella pneumophila, Moraxella catarrhalis, Neisseria gonorrhoeae, Pasteurella multocida Anaerob mikroorganizmlar Clostridium perfringens, Fusobacterium spp. Prevotella spp. Porphyromonas spp. Boshqa mikroorganizmlar Traxomatis xlamidiyalari Orttirilgan rezistentlik muammoli bo‘lishi mumkin bo‘lgan turlari Aerob grammusbat mikroorganizmlar Pnevmokokk Penitsillin-oraliq Penitsillin-rezistent Ajralmas chidamli organizmlar Aerob grammusbat mikroorganizmlar Fekal enterokokklar MRSA, SEPsS* stafilokokklari Anaerob mikroorganizmlar O‘zgaruvchan guruhdagi bakteroidlar * Metitsillinga chidamli bo‘lgan stafilokokklar makrolidlarga nisbatan orttirilgan rezistentlikning juda keng tarqalishiga ega bo‘lib, ular azitromitsinga kam holda sezgir bo‘lganligi sababli bu yerda joylashtirilgan.

So‘rilishi Peroral qabul qilinganidan keyin biokiraolishligi taxminan 37% ni tashkil etadi. Qon plazmasida kontentratsiyaning eng yuqori ko‘rsatkichiga dori vositasi qabul qilinganidan keyin 2-3 soat o‘tgach erishiladi. Taqsimlanishi Peroral qabul qilinganida azitromitsin butun organizm bo‘ylab keng taqsimlanadi. Farmakokinetik tadqiqotlarda to‘qimalarda aniqlangan azitromitsin kontentratsiyasi plazmadagiga nisbatan sezilarli darajada (50 marta) yuqoriligi ko‘rsatilgan, ushbu holat vosita to‘qimalar bilan mustahkam bog‘lanishidan dalolat beradi. Zardob oqsillari bilan bog‘lanish plazmadagi kontentratsiyaga bog‘liq ravishda o‘zgarib turadi va azitromitsin/zardobning 0,5 mkg/ml da 12% dan 0,05 mkg/ml da 52% gachani tashkil etadi. Barqaror holatda taqsimlanishning o‘rtacha hajmi (VVss) 31,1 l/kg sifatida hisoblangan. Chiqarilishi Plazmadan yarim chiqarilishning yakuniy davri to‘qimalardan yarim chiqarilish davriga aniq mos keladi va 2-4 kunni tashkil etadi. Azitromitsinning vena ichiga yuborilgan dozasining taxminan 12% siydikda o‘zgarmagan ko‘rinishda keyingi uch kun davomida organizmdan chiqariladi. Ayniqsa o‘zgarmagan azitromitsinning yuqori kontentratsiyalari odam safrosida aniqlangan. Shuningdek dezozamin- va aglikon halqalarini N- va O-demetilizatsiyasi, gidroksilizatsiyasi hamda kon’yugat kladinozasini parchalash yo‘li bilan hosil qilingan o‘nta metabolit safroda aniqlangan. Suyuqlik xromatografiyasi va mikrobiologik tahlillar natijalarini taqqoslash azitromitsin metabolitlari mikrobiologik jihatdan faol emasligini ko‘rsatdi.

LOR-a’zolari infektiyalarida (sinusit, faringit, tonzilit, otit); nafas yo‘llari infektiyalari: o‘tkir bronxit, interstitsial va alveolyar pnevmoniyada; Helicobacter Pylori bilan bog‘liq me’da va o‘n ikki barmoq ichak kasalliklarida; teri va yumshoq to‘qimalar infektiyalarida (surunkali ko‘chib yuruvchi eritema (erta Laym kasalligi), saramas, impetigo, ikkilamchi piodermiyalar, dag‘al husnbuzarlarning murakkab shakllarini davolashda); tanosil kasalliklarida (shu jumladan urogenital xlamidioz, asoratlanmagan uretrit va xlamidioz oqibatida tervitsit) qo‘llaniladi.

Ziomitsin® ni har doim ovqatlanishdan bir soat oldin yoki ovqatlangandan keyin 2 soat o‘tgach qabul qilish lozim, chunki ovqat bilan birga qabul qilish azitromitsinning so‘rilishini pasaytiradi. Preparatni kuniga 1 marta qabul qilish lozim. Kattalar va tana vazni 50 kg dan yuqori bo‘lgan bolalar: LOR-a’zolari va nafas yo‘llari infektiyalarida, teri va yumshoq to‘qimalar infektiyalarida (surunkali ko‘chib yuruvchi eritema bundan mustasno): 500 mg (250 mg dan 2 ta tabletka yoki 500 mg dan 1 ta tabletka bir marta) 3 kun davomida har kuni qabul qilinadi. Surunkali ko‘chib yuruvchi eritemada: 5 kun davomida kuniga bir marta, birinchi kun 1 g (250 mg dan 4 ta tabletka yoki 500 mg dan 2 ta tabletka), so‘ngra esa ikkinchi kundan beshinchi kun ichida 500 mg (250 mg dan 2 ta tabletka yoki 500 mg dan 1 ta tabletka) qabul qilinadi. Tanosil kasalliklarida: 1 g bir marotaba (250 mg dan 4 ta tabletka yoki 500 mg dan 2 ta tabletka) qabul qilinadi. Me’da yara kasalliklarida: uch kun davomida kuniga bir marta 1 g (250 mg dan 4 ta tabletka yoki 500 mg dan 2 ta tabletka) antisekretor agenti va shifokor tomonidan buyurilgan boshqa dori preparatlari bilan qabul qilinadi. Oddiy husnbuzarlarda: davolash kursining dozasi 6 g ni tashkil etadi. Davolashning tavsiya etiladigan tartibi: birinchi 3 kunda 250 mg dan 2 ta tabletka yoki 500 mg dan 1 ta tabletka kuniga 1 marta, keyingi 9 hafta davomida –250 mg dan 2 ta tabletka yoki 500 mg dan 1 ta tabletka haftada 1 marta buyuriladi, bunda ikkinchi haftada tabletkalarni oxirgi qabul qilinishidan keyin 7 kun qabul qilinadi. Tana vazni 25 kg dan 50 kg gacha bo‘lgan bolalar: Tana vazni 25 kg dan 50 kg gacha bo‘lgan bolalarda 250 mg Ziomitsin® preparatini tana vaznining har bir kilogrammiga 10 mg hisobidan kelib chiqqan holda 3 kun davomida buyurish tavsiya etiladi. Tana vazni 50 kg dan yuqori bo‘lgan bolalarga kattalar uchun mo‘ljallangan doza buyuriladi. Agar birinchi dozani qabul qilish vaqti o‘tib ketgan bo‘lsa, uni imkon qadar tezroq qabul qilish zarur va keyingi dozani 24 soatlik interval bilan qabul qilish kerak. Keksa yoshdagi odamlar va buyrak funtkiyasini buzilishi bo‘lgan bemorlar uchun dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi. Jigar funktiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlar Jigar funktiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlar uchun dozaga tuzatish kiritish zarur, chunki azitromitsin eng avvalo jigarda metabolizmga uchraydi.

Azitromitsin qabul qilinganidan keyin nojo‘ya samaralar kam hollarda uchraydi. Quyida klinik sinovlar va postmarketing kuzatuvlar davomida aniqlangan nojo‘ya reaktiyalar tizimlar va a’zolar hamda uchrash tez-tezligi sinflari bo‘yicha sanab o‘tilgan. Postmarketing davrda aniqlangan nojo‘ya reaktiyalar kursiv bilan berilgan. Uchrash tez-tezligi bo‘yicha guruhlar quyidagicha aniqlanadi: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha); tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha); kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha); juda kam hollarda (<1/10000); noma’lum (mavjud ma’lumotlar bo‘yicha baholash mumkin emas). Har bir guruhda noxush samaralar jiddiyligi kamayib borgan holda taqdim etilgan. Klinik sinovlar va postmarketing nazorat asosida aniqlangan yuz berishi mumkin bo‘lgan yoki azitromitsin bilan ehtimol bog‘liq bo‘lgan nojo‘ya reaktiyalar: Infektiyalar va invaziyalar Tez-tez emas: kandidoz, og‘iz bo‘shlig‘i kandidozi, vaginal infektiyalar. Noma’lum: soxtamembranoz kolit («Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang). Qon va limfatik tizimi Tez-tez emas: leykopeniya, neytropeniya. Noma’lum: trombotsitopeniya, gemolitik anemiya. Immun tizimini buzilishlari Tez-tez emas: Kvinke shishi, yuqori sezuvchanlik. Noma’lum: anafilaktik reaktiyalar («Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang). Metabolizm va oziqlanishni buzilishi Tez-tez: anoreksiya. Ruhiy buzilishlar Tez-tez emas: asabiylik. Kam hollarda: ajitatsiya. Noma’lum: tajovuzkorlik, havotirlik. Nerv tizimini buzilishlari Tez-tez: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, paresteziyalar, disgevziya. Tez-tez emas: Hypoaesethesia, uyquchanlik, uyqusizlik. Noma’lum: hushdan ketishlar, konvulsiyalar, psixomotor giperfaollik, anosmiya, agevziya, parosmia, miasteniya («Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang). Ko‘z kasalliklari Umumiy: ko‘rishning buzilishi. Eshitishni va labirint buzilishlari Tez-tez: karlik. Tez-tez emas: eshitishning buzilishi, quloqlarda shovqin. Kam hollarda: bosh aylanishi. Yurak kasalliklari Tez-tez emas: yurakning urib ketishi. Noma’lum: Torsades de pointes («Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang), aritmiya («Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang), shu jumladan yurak qorinchalari taxikardiyasi. Qon tomir kasalliklari Noma’lum: gipotoniya. Me’da-ichak buzilishlari Juda tez-tez: diareya, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, meteorizm. Tez-tez: qusish, dispepsiya. Tez-tez emas: gastrit, qabziyat. Noma’lum: pankreatit, tilni rangsizlanishi. Gepatobiliar tizim tomonidan kasalliklar Tez-tez emas: gepatit. Kam hollarda: jigarning anomal funktiyasi. Noma’lum: kam hollarda o‘limga olib keluvchi jigar yetishmovchiligi («Maxsus ogohlantirishlar va qo‘llanilishida ehtiyotkorlik choralari» bo‘limiga qarang), gepatit, jigarning shiddatli nekrozi, xolestatik sariqlik. Teri va teri osti to‘qimasining buzilishlari Tez-tez: qichishish va toshma. Tez-tez emas: Stivens-Djonson sindromi, yorug‘likka sezuvchanlik reaktiyalari, eshakemi. Noma’lum: toksik epidermal nekroliz, ko‘p shaklli eritema. Suyak-mushak tizimi va biriktiruvchi to‘qimalar kasalliklari Tez-tez: artralgiya. Buyrak kasalliklari va siydik yo‘llari kasalliklari Noma’lum: o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, interstitsial nefrit. Umumiy buzilishlar va qo‘llash joyidagi holatlar Tez-tez: toliqish. Tez-tez emas: ko‘krakda og‘riq, shishlar, lohaslik, asteniya. Tekshiruvlar Tez-tez: limfotsitlar miqdorini kamayishi, eozinofillar miqdorini oshishi, qonda bikarbonatni pasayishi. Tez-tez emas: aspartat aminotransferazani oshishi, alanin aminotransferazani oshishi, qonda bilirubinni oshishi, qonda mochevinani oshishi, qonda kreatininni oshishi, qonda kaliyning anomal miqdori. Noma’lum: elektrokardiogrammada QT ni uzayishi («Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang).

azitromitsin, makrolid antibiotiklari yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlikda; jigar va buyrak funktiyasining jiddiy buzilishlarida qo‘llash mumkin emas.

Antatsidlar: antatsid va azitromitsinni bir vaqtda qabul qilinishi ta’sirini o‘rganishga doir farmakokinetik tadqiqotlar, garchi zardobdagi cho‘qqi kontentratsiyalari taxminan 24% ga pasayishiga qaramay, umumiy biokiraolishligiga ta’sirning mavjud emasligini ko‘rsatdi. Azitromitsin va antatsidni bir vaqtda qabul qilayotgan patsiyentlar preparatlarni bir vaqtda qabul qilmasliklari kerak. Tsetirizin: Sog‘lom ko‘ngillilarda statsionar holatda azitromitsinning 5 kunlik kursini tetirizin bilan 20 mg miqdorda bir vaqtda yuborilishi farmakokinetik o‘zaro ta’sirga va QT intervalida biron-bir muhim o‘zgarishlarga olib kelmagan. Didanozin (Didezoksiinozin): oltita OITV-musbat bemorlarga sutkada 1200 mg dozada azitromitsinni sutkada 400 mg dozadagi didanozin bilan birga yuborilishi platsebo bilan taqqoslanganda didanozinning aniqlangan farmakokinetikasiga ta’sir ko‘rsatmagan. Digoksin: Ayrim makrolid antibiotiklar ayrim patsiyentlarda ichakda digoksinning mikrobli metabolizmini pasaytirganligi haqida xabar berilgan. Azitromitsin, azalid antibiotigi va digoksinni bir vaqtda qabul qilayotgan patsiyentlarda digoksin darajasi oshishi mumkin. Zidovudin: Azitromitsinning yagona 1000 mg li dozasi va 1200 mg li yoki 600 mg li bir necha dozalari plazma farmakokinetikasiga yoki zidovudinni yoki uning metaboliti bo‘lgan glyukuronidni siydik bilan chiqarilishiga sezilarli bo‘lmagan ta’sirni ko‘rsatadi. Shunga qaramay, azitromitsinni yuborilishi periferik qonning mononuklear hujayralarida fosforlangan zidovudin, klinik faol metabolit kontentratsiyalarini oshiradi. Ushbu faktning klinik ahamiyati noaniq, ammo bu patsiyentlar uchun foydali bo‘lishi mumkin. Azitromitsin jigardagi titoxrom R450 tizimi bilan sezilarli o‘zaro ta’sirlashmaydi. Eritromitsin va boshqa makrolidlar bilan yuzaga keladigan dorilarning farmakokinetik o‘zaro ta’siri mavjud emasligi taxmin qilinmoqda. Jigarni P450 titoxromi bilan induktiyalash yoki titoxrom-metabolit kompleksi yordamida faolsizlanishi azitromitsin bilan yuzaga kelmaydi. Shoxkuya hosilalari: Nazariy jihatdan ergotizm yuzaga kelishi ehtimoli tufayli, azitromitsinni shoxkuya hosilalari bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi («Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang). O‘zaro ta’sirlashishga doir farmakokinetik tadqiqotlari azitromitsin va quyida ta’riflangan preparatlar o‘rtasida o‘tkazilgan bo‘lib, mazkur preparatlar ma’lumki titoxrom R450 vositasida sezilarli metabolizmga uchraydi. Atorvastatin: Atorvastatinni (har kuni 10 mg) va azitromitsinni (kuniga 500 mg) birga yuborilishi atorvastatinning plazmadagi kontentratsiyasini (3-gidroksi-3-metilglyutaril-koferment A reduktaza ingibitori bilan ingibitsiya qilish tahliliga asoslangan) o‘zgartirmaydi. Karbamazepin: Sog‘lom ko‘ngillilarda farmakokinetik o‘zaro ta’sirni o‘rganish jarayonida birga azitromitsinni qabul qilayotgan patsiyentlarda karbamazepin yoki uning faol metabolitining plazmadagi darajalariga hech qanday sezilarli ta’sir kuzatilmagan. Tsimetidin: azitromitsin qabul qilinishidan 2 soat oldin qabul qilingan timetidinnig bir martalik dozasini azitromitsin farmakokinetikasiga ta’sirini o‘rganishga doir farmakokinetik tadqiqotlarda azitromitsin farmakokinetikasida hech qanday o‘zgarishlar kuzatilmagan. Kumarin tipidagi peroral antikoagulyantlar: farmakokinetik o‘zaro ta’sirni o‘rganish jarayonida azitromitsin sog‘lom ko‘ngillilarga yuboriladigan varfarinning bir martalik 15 mg dozasining antikoagulyant ta’sirini o‘zgartirmasligi aniqlangan. Postmarketing davrda olingan xabarlarga ko‘ra azitromitsin va kumarin tipidagi peroral antikoagulyantlar birga yuborilganidan keyin antikoagulyantlikni oshishi aniqlangan. Garchi, sabab-oqibat bog‘liqligi aniqlanmagan bo‘lsa-da, kumarin tipidagi peroral antikoagulyantlarni qabul qilayotgan patsiyentlarda azitromitsin qo‘llanilganida protrombin vaqti monitoringini o‘tkazish tez-tezligi haqidagi masalani ko‘rib chiqish lozim. Tsiklosporin: 3 kun davomida sutkada 500 mg dozada azitromitsin peroral yuborilgan, so‘ngra bir marta 10 mg/kg dozada tiklosporin peroral yuborilgan sog‘lom ko‘ngillilarda o‘tkazilgan farmakokinetik tadqiqotlar natijasida olingan tiklosporinning Cmax va AUC0-5 ko‘rsatkichlari sezilarli darajada (muvofiq ravishda 24% va 21% ga) oshgan, biroq AUC0-∞ ko‘rsatkichida hech qanday sezilarli o‘zgarishlar kuzatilmagan. Demak, ushbu preparatlarni bir vaqtda yuborish masalasini ko‘rib chiqilayotganda ehtiyotkorlikni namoyon qilish lozim. Agar ushbu preparatlarni birga yuborish zarur bo‘lsa, tiklosporin darajasini nazorat qilish lozim va dozalarga tegishli ravishda tuzatishlar kiritilishi kerak. Efavirent: Azitromitsinning 600 mg li bir martalik dozasini va 7 kun davomida bir kunda efavirentning 400 mg li dozasini birga yuborilishi klinik jihatdan ahamiyatli hech qanday farmakokinetik o‘zaro ta’sirlarga olib kelmagan. Flukonazol: Azitromitsinning 1200 mg li bir martalik dozasini birga yuborilishi flukanazolning 800 mg li bir martalik dozasi farmakokinetikasini o‘zgartirmaydi. Azitromitsinning umumiy ekspozitsiyasi va yarim parchalanish davri flukanazolni birga yuborilganidan keyin o‘zgarmaydi, biroq azitromitsinning Cmax ko‘rsatkichini klinik jihatdan sezilarli bo‘lmagan pasayishi (18%) kuzatilgan. Indinavir: Azitromitsinning 1200 mg li bir martalik dozasini birga yuborilishi indanavirni 5 kun davomida kuniga 3 marta 800 mg yuborilganida indanavir farmakokinetikasiga statistik jihatdan sezilarli ta’sir bo‘lmagan. Metilprednizolon: Sog‘lom ko‘ngillilarda farmakokinetik o‘zaro ta’siri o‘rganilganida, azitromitsin metilprednizolonning farmakokinetikasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmagan. Midazolam: Sog‘lom ko‘ngillilarda azitromitsinni 3 kun davomida sutkada 500 mg dozada birga yuborilishi midazolamning bir martalik dozasi farmakokinetikasi va farmakodinamikasida klinik jihatdan sezilarli o‘zgarishlarni keltirib chiqarmagan. Nelfinavir: Azitromitsinni (1200 mg) va nelfinavirni barqaror holda (kuniga uch marta 750 mg) birga yuborilishi azitromitsin kontentratsiyasini oshishiga olib keladi. Hech qanday klinik jihatdan sezilarli nojo‘ya samaralar kuzatilmagan va dozaga hech qanday tuzatish kiritish talab qilinmagan. Rifabutin: Azitromitsin va rifabutinni birga qo‘llanilishi zardob yoki preparat kontentratsiyasiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Azitromitsin va rifabutin bilan birga davolanayotgan patsiyentlarda neytropeniya kuzatilgan. Garchi neytropeniya rifabutinni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lsa-da, azitromitsin majmuasi bilan sabab bog‘liqligi aniqlanmagan («Nojo‘ya samaralari» bo‘limiga qarang). Sildenafil: Normal sog‘lom erkak ko‘ngillilarda sildenafil yoki uning aylanib yuruvchi asosiy metabolitining AUC va Cmax ko‘rsatkichlariga azitromitsinning (3 kun davomida kuniga 500 mg) ta’sirini isbotlovchi hech qanday dalillar kuzatilmagan. Terfenadin: Farmakokinetik tadqiqotlarda azitromitsin va terfenadin o‘rtasida o‘zaro ta’sirlarni isbotlovchi hech qanday dalillar aniqlanmagan. Bunday o‘zaro ta’sirlar ehtimoli to‘liq istisno qilib bo‘lmaydigan kam uchraydigan hollar haqida xabar berilgan; biroq bunday o‘zaro ta’sir mavjud bo‘lganligini isbotlovchi hech qanday aniq dalillar bo‘lmagan. Teofillin: azitromitsin va teofillinni sog‘lom ko‘ngillilarga birga yuborilganidan keyin klinik ahamiyatga ega farmakokinetik o‘zaro ta’siriga doir hech qanday dalillar yo‘q. Triazolam: 14 ta sog‘lom ko‘ngillilarga birinchi kunda 500 mg va ikkinchi kunda 250 mg azitromitsinni hamda ikkinchi kunda 0,125 mg triazolamni birga yuborilishi triazolam va platsebo bilan taqqoslanganda triazolamning biron-bir farmakokinetik ko‘rsatkichlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatmagan. Trimetoprim/sulfametoksazol: trimetoprim/sulfametoksazol DS ni (160 mg/800 mg) 7 kun davomida 1200 mg azitromitsin bilan birga yuborilishi 7-kunda trimetoprimni ham va sulfametoksazolni ham cho‘qqi kontentratsiyalariga, umumiy ta’siriga siydik bilan ajratilishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmagan. Zardobda azitromitsinning kontentratsiyalari boshqa tadqiqotlarda kuzatilgan kontentratsiyalarga aynan o‘xshash bo‘lgan.

Yuqori sezuvchanlik Eritromitsin va boshqa makrolidlar qo‘llanilganida kam uchraydigan jiddiy allergik reaktiyalar, shu jumladan angionevrotik shish va anafilaksiya (kam hollarda o‘lim bilan yakunlanuvchi) kuzatilgan. Azitromitsin bilan ushbu reaktiyalardan ayrimlari qaytalanuvchi simptomlarga va uzoqroq muddat davomida kuzatish va davolashga ehtiyojlarga olib kelgan. Gepatotoksiklik Jigar azitromitsinni organizmdan chiqarishning asosiy yo‘li bo‘lganligi sababli, azitromitsinni jigarning ahamiyatli kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim. Azitromitsin qo‘llanilganida hayotga xavf soluvchi jigar yetishmovchiligiga olib keluvchi yashin tezligidagi gepatit hollari qayd etilgan («Nojo‘ya ta’sirlari» bo‘limiga qarang). Ayrim patsiyentlar, ehtimol, anamnezda jigar kasalliklariga ega bo‘lgan yoki ehtimol, boshqa gepatotoksik dori vositalarini qabul qilgan. Sariqlik bilan bog‘liq tezda rivojlanuvchi asteniya, siydikning qora rangda bo‘lishi, qon ketishlarga yoki jigar entefalopatiyasiga moyillik kabi jigar funktiyasini buzilishlarining belgilari va simptomlari yuzaga kelganida jigar funktiyasiga oid tahlillar/tadqiqotlar darhol amalga oshirilishi kerak. Agar jigar funktiyasining buzilishi yuzaga kelgan bo‘lsa, azitromitsinni qabul qilish to‘xtatilishi kerak. Shoxkuya hosilalari Shoxkuya hosilalarini qabul qilayotgan patsiyentlarda ergotizm ayrim makrolid antibiotiklarni birga qabul qilish bilan tezlashadi. Shoxkuya va azitromitsin o‘rtasida o‘zaro ta’sir ehtimoli yuzasidan hech qanday ma’lumotlar yo‘q. Shunga qaramay, nazariy jihatdan ergotizm ehtimoli mavjudligi tufayli, azitromitsin va shoxkuya hosilalari birga qo‘llanilmasligi kerak. QT intervalini uzayishi Boshqa makrolidlar bilan davolashda uzoq muddatli yurak repolyarizatsiyasi va yurak aritmiyasi hamda torsades de pointes rivojlanishi xavfini tug‘diruvchi QT intervali kuzatilgan. Yurakni uzoq muddatli repolyarizatsiyasi rivojlanishi yuqori xavfi bo‘lgan patsiyentlarda azitromitsin bilan bunday ta’sirni to‘liq istisno qilib bo‘lmaydi («Nojo‘ya ta’sirlari» bo‘limiga qarang), shu sababli quyidagi hollarda: tug‘ma yoki hujjatlashtirilgan QT intervali uzayishi bo‘lgan bemorlarni davolashda; Ia va III sinfidagi antiaritmik preparatlar, tizapridom va terfenadin kabi QT intervalini uzaytirishga qodir boshqa faol moddalar bilan mazkur vaqtda davolashda; elektrolit buzilishlari bo‘lgan bemorlarni, xususan gipokaliyemiya va gipomagniyemiya hollarida davolashda; klinik ahamiyatga ega bradikardiyasi, yurak aritmiyasi yoki og‘ir yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarni davolashda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur. Superinfektiya Har qanday antibiotik bilan bo‘lgandagi kabi sezgir bo‘lmagan organizmlar, shu jumladan zamburug‘lar bilan superinfektiya belgilarini kuzatib borish tavsiya etiladi. Clostridium difficile bilan bog‘liq diareya Deyarli barcha antibakterial agentlar, shu jumladan azitromitsin qo‘llanilganida Clostridium difficile bilan bog‘liq diareya (CDAD) yuzaga kelishi haqida xabar berilgan bo‘lib, u yengil darajadagi diareyadan to o‘lim bilan yakunlanuvchi kolitgacha o‘zgarishi mumkin. A va V gipertoksinini ishlab chiquvchi Clostridium difficile shtammlari u bilan bog‘liq diareya rivojlanishiga olib keladi. Gipertoksinni Clostridium difficile shtammlari ishlab chiqaradi, bu yuqori darajada kasallanishga va o‘limga olib kelishi mumkin, chunki ushbu infektiyalar antimikrob davolashga chidamli bo‘lishi mumkin va kolektomiya talab etilishi mumkin. Shuning uchun ular bilan bog‘liq diareyani haqiqatda bo‘lishi ehtimoli biron-bir antibiotiklarni qabul qilish vaqtida yoki undan keyin yuz bergan diareya bilan murojaat etgan patsiyentlarda ko‘rib chiqilishi kerak. Assotsiatsiyalangan diareya aniqlangan va antibakterial agentlar buyurilganidan keyin ikki oy davomida davom etayotgan hollarda kasallik tarixini sinchkovlik bilan yuritish zarur. Ushbu holda azitromitsin bilan davolashni to‘xtatish va assotsiatsiyalangan diareyani spetsifik davolashni boshlash masalasini ko‘rib chiqish lozim. Streptokokkli infektiyalar Streptokokkli pioginez bilan bog‘liq faringit/tonzillitni davolash, shuningdek o‘tkir revmatik isitmani oldini olish uchun, odatda, penitsillin birinchi bo‘lib tanlanadi. Azitromitsin umuman olganda og‘iz va halqumdagi streptokokkga qarshi samarali bo‘ladi, ammo o‘tkir revmatik isitmani oldini olishda azitromitsinning samaradorligini namoyish etuvchi ma’lumotlar yo‘q. Buyrak yetishmovchiligi Og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda (KFT <10 ml/minut) azitromitsinning tizimli ta’siri 33% ga ortishi kuzatilgan («Farmakokinetik xususiyatlari» bo‘limiga qarang). Miasteniya Azitromitsin bilan davolanayotgan patsiyentlarda miasteniya simptomlarining zo‘rayishi va yangitdan miasteniya sindromini boshlanishi qayd etilgan («Nojo‘ya ta’sirlari» bo‘limiga qarang). Diabet Azitromitsin tabletkalari faqat peroral qo‘llanilishi uchun mo‘ljallangan. Galaktozani o‘zlashtiraolmaslik, laktaza tanqisligi yoki glyukozo-galaktoza malabsorbtiyasi bilan bog‘liq kam uchraydigan nasliy kasalliklari bo‘lgan patsiyentlar ushbu dori vositasini qabul qilmasliklari kerak.

Homiladorlik Hayvonlarda reproduktivlik yuzasidan tadqiqotlar ona uchun kontentratsiyalari o‘rtacha darajada toksik bo‘lgan dozalarda o‘tkazilgan. Ushbu tadqiqotlarda azitromitsin qabul qilinishi oqibatida homila uchun zararni isbotlovchi hech qanday dalillar topilmagan. Biroq, homilador ayollarda adekvat va yaxshi nazorat qilinadigan hech qanday tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Hayvonlarda reproduktivlik yuzasidan tadqiqotlar har doim ham odamdagi reaktiyani prognoz qilmasligi tufayli, azitromitsinni homiladorlik davrida faqat yaqqol zarurat bo‘lganida qo‘llash lozim. Laktatsiya davri Preparatni ko‘krak sutiga o‘tishi haqida hech qanday ma’lumotlar yo‘q. Ko‘pchilik preparatlar organizmdan ko‘krak sutiga o‘tishi sababli azitromitsinni emizikli ayolni davolashda qo‘llash mumkin emas, shifokor ixtiyori bilan buyurilib, ona uchun potential foyda bola uchun potential xavfni oqlaydigan hollar bundan mustasno. Avtomobilni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’siri Azitromitsin tabletkalarining patsiyentni avtomobilni boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligiga hech qanday asos yo‘q. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoya qilingan joyda, 25°C dan past haroratda saqlansi

Yuqori dozalarida yuzaga keladigan nojo‘ya reaktiyalar normal dozalarda yuzaga keladigan nojo‘ya reaktiyalarga o‘xshash bo‘ladi. Makrolid antibiotiklarning dozasini oshirib yuborishga xos bo‘lgan simptomlar eshitish qobiliyatini qaytuvchan yo‘qotilishi, kuchli ko‘ngil aynishi, qusish va ich ketishini ichiga oladi. Doza oshirib yuborilganida faollashtirilgan ko‘mirni qabul qilish, umumiy simptomatik davolash va yordamchi choralar zaruratga qarab qo‘llaniladi.

Retsept bo‘yicha.

250 mg li tabletkalar: 6 tabletkadan blisterda, 1 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida. 3 tabletkadan blisterda, 1 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

3 yil.