Tez-tez – 3% dan ko‘p, kamroq hollarda– 1-3%, kam hollarda-1% dan kam.
Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez (ayniqsa keksa, 65 yoshdan katta, anamnezida me’da-ichak yo‘llarini eroziv-yarali shikastlanishlari bo‘lgan patsiyentlarda) – gastralgiya, diareya; kamroq hollarda- stomatit, meteorizm, qabziyat, qusish, me’dani to‘lib qolish hissi, kam hollarda – ko‘ngil aynishi, me’da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishlari (shu jumladan perforatsiya va/yoki qon ketishi bilan – qorinda og‘riq , epigastral sohada spazm yoki achishish, melena, qon aralash qusish yoki “kofe quyqasi” kabi qusish, jig‘ildon qaynashi va boshqalar), xolestatik sariqlik, gepatit, gepatomegaliya, o‘tkir pankreatit.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: kam hollarda-o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, gematuriya bilan yoki usiz belda og‘riq va/yoki azotemiyalar, gemolitik uremik sindrom (gemolitik anemiya, buyrak yetishmovchiligi, trombotsitopeniya, purpura), tez-tez siyish, siydik hajmini oshishi yoki kamayishi, nefrit, buyrakdagi buzilishlar oqibatidagi shishlar.
Sezgi a’zolari tomonidan: kam hollarda- eshitishni pasayishi, quloqlarni shang‘illashi, ko‘rishni buzilishi (shu jumladan ko‘rishni noaniqligi).
Nafas tizimi tomonidan: kam hollarda-bronxospazm yoki dispnoe, rinit, o‘pka shishi, hiqildoq shishi (hansirash, nafasni qiyinlashishi).
Markaziy nerv tizimi tomonidan: tez-tez – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquchanlik, kam hollarda-aseptik meningit (isitma, kuchli bosh og‘rig‘i, tirishishlar, bo‘yin va\yoki bel mushaklarini rigidligi), giperfaollik (kayfiyatni o‘zgarishi, bezovtalanish), galyutsinatsiyalar, depressiya, psixoz.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: kamroq hollarda – arterial bosimni oshishi, kam hollarda – o‘pka shishi, hushdan ketish.
Qon yaratish a’zolari va qon ivish tizimi tomonidan: kam hollarda- anemiya, eozinofiliya, leykopeniya, operatsiyadan keyingi jarohatlardan qon ketishi, burundan qon ketishlari, to‘g‘ri ichakdan qon ketishi.
Allergik reaktsiyalar: kam hollarda – teri toshmasi (shu jumladan, makulopapulyoz toshma), purpura, eksfoliativ dermatit (etni uvishishi bilan yoki usiz kechuvchi isitma, giperemiya, terini zichlashishi yoki qipiqlanishi, bodomcha bezlarini shishi va\yoki og‘rishi), eshakemi, xavfli ekssudativ eritema (Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi).
Anafilaksiya yoki anafilaktoid reaktsiyalar (yuz terisi rangini o‘zgarishi, teri toshmasi, eshakemi, terini qichishishi, taxipnoe yoki dispnoe, ko‘z qovog‘ini shishi, periorbital shish, hansirash, nafasni qiyinlashishi, ko‘krak qafasida og‘irlik, hushtaksimon nafas).
Boshqalar: tez-tez – shishlar (yuz, boldirlar, to‘piq, barmoqlar, tovon shishi), tana vaznini oshishi; kam hollarda – ko‘p terlash, tilni shishi, isitma.