Zaxa 250, Zaxa 500retsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 250 mg / 500 mg azitromitsinga ekvivalent bo‘lgan azitromitsin digidrati AQSH F yordamchi moddalar: laktoza BF, kaltsiy gidrofosfati (kaltsiy fosfati digidrati) BF, natriy laurilsulfat BF, povidon (PVPK-30) AQSHF, izopropil spirti BF, natriy kraxmalglikolati BF, natriy kroskarmelloza AQSHF, kolloid kremniy dioksidi AQSHF, magniy stearati BF.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

azitromitsin digidrati

Preparatning savdo nomi:

Zaxa 250, Zaxa 500

Farmakalogik guruhi:

antibiotik­azalid.

Dori shakli:

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Zaxa 250: dumaloq, ikki yoqlama qavariq, oq yoki xira­oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Zaxa 500: oq yoki xira­oq rangli, bir tomonida bo‘lish chizig‘i bo‘lgan plyonka qobiq bilan qoplangan kapsulasimon tabletkalar.

antibiotik­azalid.

J01FA10

Ichga qabul qilinganda azitromitsin me’da­ichak yo‘llarida tez so‘riladi, bu uning kislotali muhitga chidamliligi va lipofilligi va butun organizm bo‘ylab tarqalishi bilan bog‘liq. Ovqat qabul qilish azitromitsinning so‘rilishini pasaytiradi. Plazmadagi maksimal kontsentratsiyasiga 2­3 soat o‘tgach erishiladi. Azitromitsin nafas yo‘llariga, urogenital yo‘li a’zolari va to‘qimalariga, prostata beziga, teri va yumshoq to‘qimalarga yaxshi o‘tadi. To‘qimalardagi yuqori kontsentratsiyasi (plazmadagi kontsentratsiyasidan 50 marta ortiq) va uzoq muddatli yarim parchalanish davri azitromitsinning qon plazmasi oqsillari bilan kam bog‘lanishi, shuningdek eukariotik hujayralarga kirish xususiyati va lizosomani o‘rab turuvchi muhitda past rN kontsentratsiyasi bilan bog‘liq. Azitromitsinni lizosomalarda to‘planish xususiyati ayniqsa hujayra ichki qo‘zg‘atuvchilarining eliminatsiyasi uchun muhimdir. Fagotsitlar azitromitsinni infektsiya o‘chog‘iga olib boradi, u yerda u fagotsitoz jarayonida ajralib chiqadi. Fagotsitlardagi yuqori kontsentratsiyasiga qaramay, azitromitsin ularning faoliyatiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Azitromitsin yallig‘lanish o‘chog‘ida bakteritsid kontsentratsiyalarida oxirgi doza qabul qilinganidan keyin 5­7 kun davomida saqlanadi, bu qisqa davolash kurslarini (3 kunlik va 5 kunlik) ishlab chiqishga imkon beradi. Azitromitsinni qon plazmasidan chiqarilishi 2 bosqichda yuz beradi: yarim chiqarilish davri (T1/2)  preparat qabul qilinganidan keyin 8 soatdan 24 soatgacha bo‘lgan oralig‘ida vaqt 14­20 soatni va 24 soatdan 72 soatgacha bo‘lgan intervalda 41 soatni tashkil qiladi, bu preparatni sutkada bir marta qabul qilish imkonini beradi. Taxminan 50% o‘zgarmagan xolda, qolgan 50% 10 ta faol bo‘lmagan metabolitlar shaklida chiqariladi. Preparat asosan safro bilan o‘zgarmagan xolda ajraladi, katta bo‘lmagan qismi (taxminan 6%) buyrak orqali chiqariladi.

Preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan quyidagi infektsion-yallig‘lanish kasalliklarida: yuqori nafas yo‘llarining va LOR-a’zolarining infektsiyalari (sinusit, tonzillit, faringit, o‘rta otit);quyi nafas yo‘llarining infektsiyalari: o‘tkir bronxit, surunkali bronxitni zo‘rayishi, pnevmoniya, shu jumladan atipik qo‘zg‘atuvchilar chaqirgan;teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalari (saramas, impetigo, ikkilamchi infektsiyalangan dermatoz, o‘rtacha og‘irlik darajasidagi xusnbuzar);Laym (borrelioz) kasalligining dastlabki bosqichi ­ migratsiya qiluvchi eritema (erythema migrans);Chlamidia trachomatis chaqirgan siydik-jinsiy yo‘llarining infektsiyalari (uretrit, tservitsit) da qo‘llanadi.

Azitromitsinni kuniga 1 marta ovqatdan 1 soat oldin yoki 2 soat keyin qabul qilinadi, chunki ovqat preparatning so‘rilishini pasaytiradi. Yuqori va quyi nafas yo‘llarining, yumshoq to‘qimalar va teri infektsiyalari bo‘lgan kattalarga birinchi kuni 0,5 g dan, keyin ikkinchi kundan beshinchi kungacha 0,25 g dan (yoki kuniga  0,5 g dan har kuni 3 kun davomida) buyuriladi. O‘tkir urogenital infektsiyalarda 1 g bir marta buyuriladi. Borrelioz (Laym kasalligi) da birinchi bosqichda birinchi kuni 1 g dan va keyin ikkinchi kundan beshinchi kungacha kuniga 0,5 g dan buyuriladi. Bolalar uchun azitromitsinning dozasi tana vaznini hisobga olgan holda belgilanadi. 10 kg dan ortiq vaznda birinchi kuni 10 mg/kg dan; keyingi 4 kun davomida 5 mg/kg dan buyuriladi. Uch kunlik davolash kursida bir martalik doza 10 mg/kg (kurslik doza 30 mg/kg) ni tashkil qiladi. Antibiotikni me’da shirasini pasaytiruvchi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llaganda ularni ikki soatlik oraliq bilan qabul qilish tavsiya qilinadi. Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarga buyurilishi: buyrak faoliyatini o‘rtacha darajadagi buzilishi bo‘lgan patsiyentlar uchun dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.

Yurak­qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar: yurak urishini tezlashishi, aritmiya, yurak qorinchalar taxikardiyasi, QT oralig‘ini uzayishi, ikki tomonlama yo‘nalgan qorinchalar taxikardiyasi. Me’da­ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, abdominal og‘riqlar/spazmlar, ovqat hazm bo‘lishini buzilishi, anoreksiya, qabziyat, til rangini o‘zgarishi, soxtamembranoz kolit, xolestatik sariqlik, gepatit, jigar faoliyatining laborator ko‘rsatkichlarini o‘zgarishi, jigar yetishmovchiligi. Qon tomir va limfatik tizim  tomonidan buzilishlar: trombotsitopeniya, neytropeniya. Markaziy nerv tizimi tomonidan buzilishlar: bosh aylanishi/vertigo, bosh og‘rig‘i, tirishishlar, uyquchanlik, paresteziya, asteniya, uyqusizlik, giperfaollik, tajovuzkor harakat, havotirlik hissi, asabiylik. Sezgi a’zolari tomonidan buzilishlar: quloqlarda shovqin, eshitishni karlikkacha bo‘lgan qaytuvchan buzilishi (yuqori dozalarni uzoq vaqt davomida qabul qilganda), ta’mni va hid bilishni buzilishi. Allergik reaktsiyalar: qichishish, teri toshmasi, angionevrotik shish, eshakemi, fotosensibilizatsiya, anafilaktik reaktsiya, shu jumladan ko‘p shaklli eritema, Stivens­Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz.

Preparatning har qanday komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlikda, makrolidlar yoki ketolidlarga, eritromitsinga yuqori sezuvchanlikda, homiladorlik va laktatsiya davrida (davolash davrida emizishni to‘xtatish kerak), 6 oylikkacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas. Preparatni buyrak va/yoki jigar faoliyatini og‘ir buzilishlarida qo‘llash mumkin emas.

Antatsidlar (alyumin va magniy saqlovchi), etanol va ovqat azitromitsinning so‘rilishini sekinlashtiradi va pasaytiradi. Azitromitsin R450 tsitoxromi tizimining izofermentlari bilan bog‘lanmaydi. Xozirgi vaqtda boshqa ko‘plab makrolidlardan farqli ravishda, azitromitsinning steofillin, terfenadin, karbamazepin, triazolam, digoksin o‘zaro ta’siri kuzatilmagan. Makrolidlar (azalidlardan tashqari) tsikloserin, bilvosita antikoagulyantlar, metilprednizolon, felidopinning, shuningdek mikrosomal oksidlanishga uchrovchi dori vositalarining (karbamazepin, terfenadin, tsiklosporin, geksobarbital, shoxkuya alkaloidlari, valproat kislotasi, dizopiramid, bromokriptin, fenitoin, peroral gipoglikemik vositalar, ksantin hosilalari, shuningdek teofillin) chiqarilishini gepatotsitlarda mikrosomal oksidlanishni ingibitsiya qilinishi hisobiga sekinlashtiradi va qon plazmasidagi kontsentratsiyasini va toksikligini oshiradi. Azitromitsinni digoksin  bilan bir vaqtda qo‘llaganda, digoksinning kontsentratsiyasini oshishi kuzatiladi. Varfarin  va azitromitsinni birga buyurilganda (odatiy dozalarda) protrombin vaqtini o‘zgarishlari aniqlanmagan, biroq makrolidlar va varfarinning o‘zaro ta’sirida antikoagulyatsion samara kuchayishi mumkinligini hisobga olgan holda, patsiyentlarni protrombin vaqtini sinchkovlik bilan nazorat qilish kerak. Azitromitsinni ergotamin va digidroergotamin bilan bir vaqtda qo‘llaganda ularning toksik ta’siri kuchayadi (vazospazm, dizesteziya). Azitromitsinni triazolam bilan bir vaqtda qo‘llaganda triazolanning klirensi pasayadi va farmakologik ta’siri kuchayadi. Linkozaminlar azitromitsinning samaradorligini kamaytiradi. Tetratsiklin va xloramfenikol azitromitsinning samaradorligini oshiradi. Farmatsevtik o‘zaro nomutanosibligi Azitromitsin geparin bilan farmatsevtik o‘zaro nomutanosib.

Preparating bir dozasini qabul qilishni o‘tkazib yuborilganda, o‘tkazib yuborilgan dozani imkoniyat boricha tez, keyingilarini esa 24 soat tanaffus bilan qabul qilish kerak. Har qanday antibiotik bilan davolanishni o‘tkazishda, azitromitsin bilan davolashda superinfektsiya (shu jumladan zamburug‘li) qo‘shilishi mumkin. Azitromitsinni imkoniyat darajasida antatsid preparatlarini qabul qilishdan bir soat oldin yoki ikki soat keyin qabul qilish kerak.

Homiladorlik vaqtida preparatni faqat uni qo‘llashni foydasi homiladorlik davrida har qanday preparatni qo‘llashda doim mavjud bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lsagina qo‘llash mumkin. Preparatni laktatsiya davrida buyurishni zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish kerak.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya. Davolash: faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish, me’dani yuvish, simptomatik davolash.

Shifokor retsepti bo‘yicha

Zaxa 250 mg: 6 tabletkadan 1 blister. Zaxa 500 mg: 3 tabletkadan 1 blister.

24 oy.