Xondrogardretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 ampula (1 ml yoki 2 ml) saqlaydi: faol modda: xondriotin natriy sulfati – 100 mg yoki 200 mg; yordamchi moddalar: benzil spirti, natriy disulfiti, natriy gidroksidi, inyektsiya uchun suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

xondroitin sulfati

Preparatning savdo nomi:

Xondrogard

Farmakalogik guruhi:

to‘qimalar regeneratsiyasining stimulyatori.

Dori shakli:

mushak ichiga yuborish uchun eritma

tiniq, rangsiz yoki biroz sarg‘ish tusli, benzil spirtining xidili eritma.

to‘qimalar regeneratsiyasining stimulyatori.

M01AX25

Gialin tog‘ayidagi almashinuv jarayonlariga ta’sir qiluvchi yuqorimolekulyar mukopolisaxarid. Bo‘g‘imlarning tog‘ay to‘qimasidagi degenerativ o‘zgarishlarni kamaytiradi va uning tiklanish jarayonlarini tezlashtiradi, proteoglikanlarning sintezini rag‘batlantiradi. Preparat bilan davolashda og‘riq kamayadi va shikastlangan bo‘g‘imlarning harakatchanligi yaxshilanadi. Ikkilamchi sinovitning rivojlanishi bilan bo‘lgan bo‘g‘imlarning degenerativ o‘zgarishlarini davolashda, preparatni yuborish boshlanganidan keyin 2-3 hafta o‘tishi bilan ijobiy samara kuzatilishi mumkin: bo‘g‘imlardagi og‘riq kamayadi, reaktiv sinovitning klinik ko‘rinishlari yo‘qoladi, shikastlangan bo‘g‘imlarda harakatlarning hajmi oshadi. Davolash kursi tugaganidan keyin uzoq vaqt terapevtik samara saqlanib qoladi.

Mushak ichiga yuborilganidan keyin xondroitin sulfati tez taqsimlanadi. Inyektsiyadan keyin 30 minut o‘tgach u qonda axamiyatli kontsentratsiyalarda aniqlanadi. Xondroitin sulfatining plazmadagi maksimal kontsentratsiyasiga (Smax) 1 soat o‘tgach erishiladi, so‘ngra 2 sutka davomida asta-sekin pasayadi. Xondroitin sulfati asosan bo‘g‘imlarning tog‘ay to‘qimasida to‘planadi. Sinovial qobiq preparatni bo‘g‘im bo‘shlig‘iga kirishi uchun to‘siq bo‘lmaydi. Eksperimentlarda mushak ichiga inyektsiyadan keyin 15 minut o‘tgach xondroitin sulfatining sinovial suyuqligida aniqlanishi ko‘rsatilgan, so‘ngra bo‘g‘im tog‘ayiga kiradi, u yerda uning Smax ga 48 soat o‘tgach erishiladi.

Bo‘g‘imlar va umurtqa pog‘onasining degenerativ-distrofik kasalliklari: periferik bo‘g‘imlarning osteoparozi; umurtqalararo osteoxondroz va osteoartroz; Singan suyaklarda kadoklarni shakllanishini tezlashtirish.

Preparat mushak ichiga 100 mg dan kunora buyuriladi. Yaxshi o‘zlashtirilganida to‘rtinchi inyektsiyadan boshlab doza 200 mg gacha oshiriladi. Davolash kursi – 25-30 inyektsiyalar. Zarurati bo‘lganida 6 oydan keyin takroriy davolash kursini o‘tkazish mumkin. Suyak kadoklarini shakllantirish uchun davolash kursi 3-4 xaftani tashkil kiladi (kunora 10-14 inyektsiya).

Allergik reaktsiyalar (terini qichishishi, eritema, eshakemi, dermatit), inyektsiya joyida gemorragiyalar.

preparat yoki uning komponentlariga yuqori sezuvchanlik; qon ketishi va qonovchanlikka moyillik; tromboflebitlar; bolalar; homiladorlik va laktatsiya davri (preparatni qo‘llashning xavfsizligi bo‘yicha ma’lumotlar hozirgi vaqtgacha noma’lum).

Bilvosita antikoagulyantlar, antiagregantlar, fibrinolitiklarning ta’sirini kuchaytirishi mumkin, ular birga qo‘llanganida qonning ivishini ko‘rsatgichlarini tez-tez nazorat qilish talab qilinadi.

Pediatriyada ishlatilishi Xondriotin sulfatini bolalarda qo‘llashning samaradorligi va xavfsizligi bo‘yicha ma’lumotlar xozirgi vaqtgacha mavjud emas. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Hozirgi vaqtda xondriotin sulfatining dozasini oshirib yuborilishining hollari haqida xabar berilmagan.

Retsept bo‘yicha

Mushak ichiga yuborish uchun eritma 100 mg/ml. 1 yoki 2 ml dan rangsiz neytral shisha ampulalarda. 5 ampuladan kontur uyali o‘ramda. 1 ml yoki 2 ml dan 2 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga

3 yil