XONDRO Ritz rasmini ko'rish

Tarkibi:

Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: 200 mg xondroitin sulfati va 250 mg D-glyukozamin sulfati; yordamchi moddalar: magniy stearati.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Chondroitin Sulfate, D-Glucosamine Sulfate.

Preparatning savdo nomi:

XONDRO-Ritz

Farmakalogik guruhi:

tog‘ay to‘qimasida moddalar almashinuvini boshqaruvchi preparat.

Dori shakli:

kapsula

M09AX02.

tog‘ay to‘qimasida moddalar almashinuvini boshqaruvchi preparat.

M09AX02.

tog‘ay to‘qimasida moddalar almashinuvini boshqaruvchi preparat.

Tog‘ay to‘qimasida moddalar almashinuvini boshqaruvchi preparatdir. Yallig‘lanishga qarshi va og‘riq qoldiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, tinch holatda va harakatlangandagi og‘riqni kamaytiradi, nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarga ehtiyojni kamaytiradi. Xondroitin sulfati – yuqori molekulyar muko-polisaxarid bo‘lib, tog‘ay to‘qimasida fosfor-kaltsiy almashinuvini boshqaruvchi vositadir. Suyak to‘qimasining rezorbtsiyasini sekinlashtiradi va kaltsiyni yo‘qotilishini kamaytiradi, suyak to‘qimasini tiklanish jarayonlarini tezlashtiradi, tog‘ay to‘qimasini degeneratsiya jarayonini tormozlaydi. Biriktiruvchi to‘qimani ezilishiga to‘sqinlik qiladi va bo‘g‘im yuzalarini o‘ziga xos moylovchi modda rolini o‘ynaydi. Gialin to‘qimasida modda almashinuvini normallashtiradi. Bo‘g‘im tog‘ayining regeneratsiyasini rag‘batlantiradi. D-glyukozamin sulfati –proteoglikanlar va glikozamin-glikanlar tarkibiga kiruvchi endogen moddadir. Tog‘ay to‘qimasining struktur yaxlitligini ta’minlaydi. Muntazam qo‘llanilganda proteoglikanlar va gialuron kislotasini sintezini faollashishi hisobiga bo‘g‘imlar, umurtqa pog‘onasi va umurtqa pog‘onasi atrofidagi yumshoq to‘qimalarning degenerativ jarayonlarini avj olishini sekinlashtiradi.

bo‘g‘imlar va umurtqa pog‘onasining degenerativ-distrofik kasalliklarini davolash va oldini olish; birlamchi va ikkilamchi osteoartrit (osteoartroz); turli sohalardagi osteoartrit (tizza, chanoq-son, bilak-kaft bo‘g‘imlari, umurtqa pog‘onasi va boshqalar); yelka-kurak periartriti; osteoxondroz; spondilez; osteoporoz, paradontopatiya; suyak sinishlarida (suyak qadog‘ini hosil bo‘lishini tezlashtirish uchun) qo‘llanadi.

Boshlang‘ich doza sutkada 6 kapsulani tashkil etadi, keyinchalik davolash kursi quyidagicha davom ettiriladi: sutkada 4 kapsuladan 1,5-2 oy davomida. Kapsulalar ovqatdan oldin qabul qilinadi. Vaqt o‘tgan sari preparatning samarasi kuchayadi, davolash kursi odatda intervallar bilan 6 oy takrorlanadi.

Kam hollarda: allergik reaktsiyalar. Epigastral sohada og‘riq, ko‘ngil aynishi, meteorizm, diareya, qabziyat kuzatilishi mumkin.

preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin ema

Majmuaviy qo‘llanilganda glyukozamin me’da-ichak yo‘llaridan tetratsiklinlarni so‘rilishini kuchaytiradi va penitsillin va xloramfenikolni so‘rilishini kamaytiradi. Homiladorlik va laktatsiya (emizish) davrida preparatni qo‘llash xavfsizligi yuzasidan klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanmasin.

10-25°S haroratda saqlansin.

Shifokor retseptisiz!

Kapsulalar, 120 kapsuladan plastmass flakonlarda, bir flakondan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan o‘ramda.

3 yil.