Vosulin 30/70retsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Har 1 ml quyidagilarni saqlaydi: faol modda: Odam insulini USP                       – 100 XB (30% odam insulini regulyar neytral va 70% insulin-izofan); yordamchi moddalar: metakrezol USP                    – 1,60 mg (0,16% m/o konservant sifatida), fenol USP                            – 0,65 mg (0,065% m/o konservant sifatida), inyektsiya uchun suv USP      – 1 ml gacha, va boshqa – protamin sulfati, rux oksidi, glitserol, suvsiz natriy gidrofosfati, natriy gidroksidi, xlorid kislotasi.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

insulin-izofan ikkifazali BP, DNK – rekombinant monokomponentli insulin

Preparatning savdo nomi:

Vosulin-30/70

Farmakalogik guruhi:

gipoglikemik vosita – qisqa va o‘rtacha davomli ta’sirga ega insulinlar majmuasi.

oq suspenziya, u turganida tiniq rangsiz yoki deyarli rangsiz cho‘kma usti suyuqligi va oq rangli cho‘kmaga qatlamlanadi. Cho‘kma silkitilganida oson qayta suspenziyaga aylanadi.

gipoglikemik vosita – qisqa va o‘rtacha davomli ta’sirga ega insulinlar majmuasi.

A10AD01.

So‘rilishining to‘liqligi va samarasini boshlanishi yuborish joyiga (qorin, son, dumba), dozaga (yuborilayotgan insulinning hajmiga), preparatdagi insulinning kontsentratsiyasiga va boshqalarga bog‘liq. To‘qimalar bo‘ylab bir tekis taqsimlanmaydi; yo‘ldosh to‘sig‘i orqali va ko‘krak sutiga o‘tmaydi. Jigar va buyrakda  asosan insulinaza ta’sirida parchalanadi. Buyrak orqali (30-80%) chiqariladi.

qandli diabet insulin bilan davolash o‘tkazish uchun ko‘rsatgichlari bo‘lganida;birinchi marta aniqlangan qandli diabet;qandli diabetning II tipidagi (insulinga qaram bo‘lmagan) homiladorlik davri.

Preparat teri ostiga yuborish uchun mo‘ljallangan. Preparatning dozasi va yuborish vaqti shifokor tomonidan har bir holatda shaxsiy, qondagi glyukoza kontsentratsiyasiga muvofiq ravishda belgilanadi. Preparatning o‘rtacha sutkalik dozasi 0,5 dan 1 XB/kg tana vaznigacha o‘zgaradi (patsiyentni shaxsiy xosliklariga va qondagi glyukoza kontsentratsiyasiga bog‘liq). Yuboriladigan insulinni harorati xona haroratiga muvofiq bo‘lishi kerak. Preparat odatda son sohasiga teri ostiga yuboriladi. Inyektsiyani shuningdek qorin oldi devori, yon bosh yoki yelkaga deltasimon mushak sohasiga yuborish mumkin. Lipodistrofiya rivojlanishini bartaraf qilish maqsadida inyektsiya joylarini anatomik soxa chegarasida o‘zgartirib turishi mumkin. Qandli diabetning II tipi bo‘lgan patsiyentlarga Vosulin 30/70 preparati bilan monoterapiya ham (sutkada 2 marta), gipoglikemik peroral vositalar bilan shuningdek majmuaviy terapiya ham o‘tkazish mumkin. Kartridj faqat shprits-ruchka bilan qo‘llaniladi.

gipoglikemiya;insulinga yoki preparatning komponentlaridan biriga yuqori sezuvchanlik.

Farmatsevtik boshqa dori vositalari eritmalari bilan nomutanosib. Insulin talabiga ta’sir etuvchi bir qator dori vositalari mavjud. Insulinni gipoglikemik ta’sirini noselektiv beta-adrenoblokatorlar, xinidin, xinin, xloroxinin, monoaminooksidaza ingibitorlari, angiotenzin aylantiruvchi ferment ingibitorlari, karboangidraza ingibitorlari, oktreotid, bromokriptin, sulfanilamidlar, anabolik steroidlar, tetratsiklinlar, klofibrat, ketokonazol, mebendazol, piridoksin, teofillin, tsiklofosfamid, fenfluramin, litiy preparatlari, etanol saqlovchi preparatlar kuchaytiradi. Insulinni gipoglikemik ta’sirini glyukagon, somatropin, estrogenlar, peroral kontratseptivlar, glyukokortikosteroidlar, yod saqlovchi tireoid gormonlar, tiazid diuretiklar, tugunli diuretiklar, geparin, tritsiklik antidepressantlar, simpatomimetiklar, danazol, klonidin, sulfinpirazon, epinefrin, N1-gistamin retseptorlari blokatorlari, “sekin” kaltsiy kanallari blokatori, diazoksid, morfin, fenitoin, nikotin susaytiradi. Rezerpin, salitsilatlar insulinni gipoglikemik ta’sirini ham kuchaytirishi va ham susaytirishi mumkin.

Insulin bilan davolanish fonida qonda glyukoza kontsentratsiyasini muntazam nazorat qilib turish kerak. Insulinni dozasini oshirib yuborilishidan tashqari gipoglikemiyani sabablari: preparatni almashtirish, ovqatlanishni o‘tkazib yuborish, qusish, diareya, jismoniy faollikni oshirish, insulinga talabni kamaytiruvchi kasalliklar (buyrak va jigar faoliyati buzilishlari, buyrak usti bezlari, gipofiz yoki qalqonsimon bez gipofunktsiyasi), inyektsiya joyi o‘zgarishi, shuningdek boshqa dorilar bilan o‘zaro ta’sirida bo‘lishi mumkin. Noto‘g‘ri dozalash yoki insulinni yuborishdagi tanaffuslar, ayniqsa qandli diabetning I tipi bo‘lgan bemorlarda giperglikemiyaga olib kelishi mumkin. Odatda giperglikemiyani birinchi simptomlari asta-sekin, bir necha soat yoki kunlar davomida rivojlanadi. Ular chanqoqlik, tez-tez siyish, ko‘ngil aynishi, qusish, bosh aylanishi, teri qizarish va qurishi, og‘iz qurishi, ishtahani yo‘qolishi, nafas chiqarishda atseton hidi kelishi kabi hollarni o‘z ichiga oladi. Agar davolash o‘tkazilmasa, qandli diabetning I tipidagi giperglikemiya hayot uchun xavfli diabetik ketoatsidozga olib kelishi mumkin. Insulin dozasiga qalqonsimon bez faoliyati buzilishlarida, Addison kasalligida, gipopituitarizm, jigar va buyrak faoliyatini buzilishlarida va 65 yoshdan katta qandli diabeti bo‘lgan shaxslarda tuzatish kiritish kerak. Shuningdek agar bemor jismoniy faollikni tezlashtirsa yoki odatdagi parhezni o‘zgartirsa, insulin dozasiga tuzatish kiritish talab qilinadi. Yondosh kasalliklar, ayniqsa infektsiyalar va isitma bilan kuzatiladigan holatlar,  insulinga talabni oshiradi. Insulinni bir turidan ikkinchi turiga o‘tishda qonda glyukoza kontsentratsiyasini nazorati ostida o‘tkazish kerak. Preparat alkogolga tolerantlikni pasaytiradi. Ayrim kateterlarda pretsipitatsiya mumkinligi bilan bog‘liq preparatni insulinli nasoslarda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Agar suspenziya silkitilgandan keyin oq bo‘lmasa yoki bir xilda loyqalanmasa preparatni qo‘llash mumkin emas. Homiladorlik va laktatsiya Qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlardagi homiladorlikda glikemiyani yaxshi nazoratini qo‘llab turish ayniqsa muhim. Homiladorlikda insulinga bo‘lgan talab odatda homiladorlikning I uch oyligida pasayadi va II va III uch oyliklarida oshadi. Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarga homilador bo‘lganlarida yoki homiladorlik rejalashtirilganida shifokorga xabar berish tavsiya qilinadi. Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda laktatsiya (emizish) davrida insulin dozasiga, parhezga yoki unisiga ham, bunisiga ham tuzatish kiritish talab qilinishi mumkin. In vitro va in vivo seriyalarda genetik zaharliligi tekshirishlarida odam insulini mutagen ta’sir ko‘rsatmagan. Avtotransport haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Gipoglikemiya vaqtida bemorda diqqatni jamlash qobiliyati yomonlashishi va psixomotor reaktsiyalar tezligi pasayishi mumkin. Bu qobiliyatlar, ayniqsa zarur bo‘lgan vaziyatlar (avtomobilni haydash yoki mexanizmlarni boshqarish) da xavf tug‘dirishi mumkin. Avtomobilni haydash vaqtida gipoglikemiyadan saqlanish uchun bemorlarga ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni tavsiya qilish kerak. Gipoglikemiyaning xabarchisi – simptomlari kuchsiz namoyon bo‘lgan yoki bo‘lmagan patsiyentlar uchun yoki gipoglikemiya tez-tez rivojlanganida bu juda muhim. Bunday hollarda shifokor patsiyentni avtomobilni haydash maqsadga muvofiqligini baholashi kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Preparatni sovutgichda +2oS dan +8oS gacha haroratda saqlash kerak, muzlashiga yo‘l qo‘yilmasin, to‘g‘ridan-to‘g‘ri yorug‘lik va issiqlik ta’siridan ehtiyot qiling. Ishlatilishda bo‘lgan flakondagi (kartridjlardagi) preparatni xona haroratida (15oS dan 25oS gacha) 6 haftadan ko‘p saqlash mumkin emas.

Doza oshirib yuborilganda gipoglikemiya rivojlanishi mumkin. Davolash: ichga qand yoki uglevodlarga boy ozuqa mahsulotlarini qabul qilib, yengil gipoglikemiyani patsiyent o‘zi bartaraf qilsa bo‘ladi. Shuning uchun qandli diabeti bo‘lgan bemorlarga har doim o‘zi bilan qand, shirinliklar, pechenye yoki shirin mevali sharbatlarni olib yurish tavsiya etiladi. Og‘ir hollarda, patsiyent xushdan ketib qolganda, vena ichiga 40% dekstroza (glyukoza) eritmasi; mushak ichiga, teri ostiga, vena ichiga glyukagon yuboriladi. Patsiyent xushiga kelganidan keyin, gipoglikemiyani qayta rivojlanishini bartaraf qilish uchun uglevodlarga boy ovqat iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Shifokor retsepti bo‘yicha

Teri ostiga yuborish uchun 100 XB/ml suspenziya. 10 ml dan rangsiz neytral shisha flakonlarda, rezina tiqin bilan berkitilgan va himoyalovchi plastmassa qopqoq bilan alyumin qopqoqcha bilan siqib yopilgan. Har bir flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi. 3 ml dan neytral shisha (I tip) kartridjlarda. Kartridjlarga etiketka yopishtiriladi. 1 yoki 5 kartridjdan PVX/alyumin folgali blisterga joylanadi. Har bir blister №1 yoki №5 kartridj bilan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi. 3 ml dan neytral shisha (I tip) kartridjlarda. Kartridjlarga etiketka yopishtiriladi. Bir martalik DispoPen shprits-ruchkaga kartridj o‘rnatilgan. 1 yoki 5 DispoPen shprits-ruchkadan PVX plyonkali kontur uyali o‘ramda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

3 yil.