Voltaren Emulgel rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 g preparat quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 23,2 mg diklofenak dietilamini, bu 20 mg diklofenak natriyga mos keladi; yordamchi moddalar: dietilamin, karbomer, makrogol tsetostearil efiri, kokoil kaprilokaprati, izopropil spirti, suyuq parafin, olein spirti, evkalipt hushbo‘yi, butilgidroksitoluol, propilenglikol, tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

diklofenak

Preparatning savdo nomi:

Voltaren Emulgel

Farmakalogik guruhi:

Bo‘g‘im va mushak og‘riqlarida sirtga qo‘llash uchun vositalar. Sirtga qo‘llash uchun nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar.

Dori shakli:

sirtga qo‘llash uchun 2% li gel

yumshoq, bir xil, oqdan sarg‘ish rangliga bo‘lgan kremsimon gel.

Bo‘g‘im va mushak og‘riqlarida sirtga qo‘llash uchun vositalar. Sirtga qo‘llash uchun nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar.

M02AA15

Teri orqali so‘rilgan diklofenakning miqdori ishlov berilayotgan yuzaga proportsional va surtilayotgan preparatning yig‘indi dozasiga ham, terining gidratatsiya darajasiga ham bog‘liq. 2% li Voltaren® Emulgel® 400 sm2 teri yuzasiga surtilgandan keyin (sutkada 2 marta) plazmadagi ta’sir etuvchi moddaning kontsentratsiyasi 1% li diklofenak geli qo‘llanilgandagi (sutkala 4 marta surtilganda) kontsentratsiyaga mos keladi. Qo‘l va tizza bo‘g‘imlariga Voltaren® Emulgel® mahalliy qo‘llanilgandan keyin diklofenakning kontsentratsiyasi plazmada, sinovial to‘qimada va suyuqlikda o‘lchangan. Plazmadagi maksimal kontsentratsiyasi huddi shunday miqdordagi diklofenak peroral qo‘llanilgandagi kontsentratsiyadan taxminan 100 marta past. 99,7% diklofenak zardobdagi oqsillar bilan, asosan albuminlar (99,4%) bog‘lanadi. Diklofenak rezervuar rolini bajaruvchi terida to‘planadi, u yerdan asosan plazmadagi kontsentratsiyadan taxminan 20 marta yuqori kontsentratsiyada bo‘g‘imlar kabi yallig‘langan to‘qimalarga chuqur taqsimlanadi va tutiladi. Diklofenakning metabolizmi o‘zgarmagan molekulani glyukuronizatsiya yo‘li bilan qisman metabolizmga uchraydi. Bir marta yoki ko‘p marta gidroksi guruhlarini qo‘shilishi bir nechta fenol metabolitlarini hosil bo‘lishiga olib keladi, ularning ko‘pchiligi glyukuron kon’yugatlariga aylanadi. Ikkita fenol metaboliti biologik faol hisoblanadi, lekin ularning faolligi diklofenakning faolligidan past. Plazmadan yarim chiqarilish davri 1-2 soatni tashkil qiladi. Metabolitlari, shu jumladan ikkita faol metabolitlari ham 1-3 soatni tashkil qiluvchi qisqa yarim chiqarilish davriga ega. Metabolitlardan biri, 3’-gidroksi-4’-metoksi-diklofenak davomliroq yarim chiqarilish davriga ega, lekin deyarli nofaol hisoblanadi. Diklofenak va uning metabolitlari asosan siydik bilan chiqariladi.

Paylar, bog‘lamlar, mushaklar va bo‘g‘imlarni shikastlanishi, masalan sport bilan shug‘ullangandan keyin yoki baxtsiz xodisalardan oqibatida chiqishlar, paylarni uzilishi, lat yeyish, cho‘zilish va og‘riq;Kichik va o‘rtacha o‘lchamdagi bo‘g‘imlar, masalan qo‘l barmoqlari yoki tizza bo‘g‘imlari artrozlarini simptomatik davolashda qo‘llanadi.

Sirtga qo‘llanadi. Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga preparat kuniga 2 marta, ertalab va kechqurun teriga surtiladi, yengil ishqalanadi. Preparatning zarur miqdori og‘riqli sohaning o‘lchamiga bog‘liq. Preparatning bir martalik dozasi – 2-4 g (bu xajm jihatdan olcha yoki yong‘oq o‘lchamiga mos keladi). Agar davolash sohasi qo‘llar bo‘lmasa (qo‘l barmoqlari artrozida) preparat surtilgandan keyin qo‘llarni yaxshilab yuvish kerak. Davolash davomiyligi va ko‘rsatmalar va kuzatilayotgan samaraga bog‘liq (samarani kuchaytirish uchun gelni Voltaren® ning boshqa dori shakllari bilan birga qo‘llash mumkin). Agar preparatni 7 kun qo‘llagandan keyin yaxshilanish kuzatilmasa, shifokor bilan maslahatlashish kerak. Agar shifokor tomonidan o‘zgacha buyurilmagan bo‘lsa, Voltaren® Emulgel® ni 14 kundan ortiq qo‘llash mumkin emas. Bolalar Dori vositasini 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Keksa (65 yoshdan oshgan) patsiyentlar Dozalash tartibi katta patsiyentlarnikiga o‘xshash.

Tez-tez: toshma, ekzema, eritema, dermatit (shu jumladan kontakt dermatit), qichishish. Kam hollarda: bullyoz dermatit. Juda kam hollarda: yiringli toshmalar, fotosensibilizatsiya.

Diklofenak yoki preparatning boshqa komponentlariga, atsetilsalitsil kislotasi yoki NYAQP ga yuqori sezuvchanlik, “aspirinli” astma, homiladorlik (III uch oylik), laktatsiya davri, bolalar (12 yoshgacha), teri qoplamalarini butunligini buzilishida qo‘llash mumkin emas.

Voltaren® Emulgel® ni ochiq yaralarga tushishidan saqlanib, faqat shikastlanmagan teriga surtish kerak. Surtilgan keyin okklyuzion bog‘lam qo‘yish mumkin emas. Preparatni ko‘zlarga va shilliq qavatlarga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Preparat surtilgan joyda terida yengil ta’sirlanish chaqirishi mumkin bo‘lgan propilenglikol saqlaydi. Preparat mahalliy teri reaktsiyalari (masalan, kontakt dermatit) va ko‘zlarni va shilliq qavatlarni ta’sirlanishini chaqirishi mumkin bo‘lgan butilgidroksitoluol saqlaydi.

Homilador ayollar ishtirokida preparatni qo‘llash bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Shuning uchun homiladorlik vaqtida preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi. Homiladorlikning III uch oyligida qo‘llash mumkin emas. Mahalliy qo‘llanganida diklofenak ko‘krak sutiga kirishi noma’lum. Shuning uchun emizikli ayollarda preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi. Lekin shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llash zarurati bo‘lganida, preparatni sut bezlari, terining katta yuzalari va uzoq vaqt davomida qo‘llash mumkin emas.

30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Sirtga qo‘llanganida preparatning faol komponentlarini tizimli so‘rilishi pastligi tufayli, dozani oshirib yuborilishi ehtimoli past. Lekin to‘satdan ichga yutib yuborilganda nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarning dozasini oshirib yuborilishiga xos simptomlar kuzatilishi mumkin. To‘satdan ichga qabul qilinganida iloji boricha tezroq me’dani yuvish va faollashtirilgan ko‘mirni qabul qilish kerak. Shifokorga murojaat etish kerak.

Retseptsiz

50 g yoki 100 g dan himoya membrana va oq rangli buraladigan qopqoqchali laminat tubalarda. Tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

3 yil.