Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Rangsiz, tiniq, hidsiz yoki kuchsiz o‘ziga xos hidli eritma.
Antiseptik va dezinfektsiyalovchi vosita.
R08AX01
Yangi va infektsiyalangan jarohatlarda, otitda, anginada, stomatologik va ginekologik kasalliklarda yuvish va chayish uchun, hamda yuzaki jarohatlardan, burundan qon ketishida va boshqa shunga o‘xshash hollarda mayda kapillyarlardan qon ketishini to‘xtatish uchun qo‘llanadi.
Sirtga, chayish va yuvish uchun qo‘llanadi.
Og‘iz va tomoqni chayish uchun 3% eritmani distillangan yoki xona haroratidagi qaynatilgan suv bilan 1:11 nisbatda suyultirib tayyorlangan 0,25% eritma sifatida qo‘llanadi.
Jarohatga ishlov berish vaqtida achishish hissi bo‘lishi mumkin.
Alohida holatlarda – allergik reaktsiyalar.
Vodorod peroksidiga yuqori sezuvchanlik.
Bo‘shliqlarni yuvish uchun qo‘llanmaydi.
Preparat ishqoriy muhitda, metall tuzlari, ayrim oksidlarning murakkab radikallari borligida, hamda yorug‘likka va issiqqa barqaror emas.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Retseptsiz
3% eritma 25 ml, 40 ml, 50 ml yoki 100 ml dan flakonlarda.