ViziPresretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 flakon quyidagilarni sqlaydi: faol modda: dorzolamid gidroxloridi – 22,3 mg (20,0 mg dorzolamidga ekvivalent); yordamchi moddalar: mannitol – 25,0 mg, gidroksietiltsellyuloza – 0,8 mg, natriy tsitrati – 3,3 mg, benzalkoniy xloridi – 0,075 mg, inyektsiya uchun suv – 1 ml gacha.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

dorzolamid

Preparatning savdo nomi:

ViziPres

Farmakalogik guruhi:

glaukomaga qarshi vosita. karboangidraza ingibitori.

Dori shakli:

2% li ko‘z tomchilari.

rangsiz yoki biroz sarg‘ish rangli, tiniq suyuqlik.

glaukomaga qarshi vosita. karboangidraza ingibitori.

S01EC03

Mahalliy qo‘llanilganda tizimli qon oqimiga kiradi. Preparat uzoq vaqt qo‘llanilganda plazmada erkin preparatning haddan tashqari past kontsentratsiyalarini tutib turib, karboangidraza II bilan selektiv bog‘lanishi oqibatida eritrotsitlarda to‘planadi. Yagona metabolit (N-deetil metaboliti) hosil bo‘lishi bilan metabolizmga uchraydi, u karboangidraza II ga nisbatan faolligi pastroq, lekin karboangidraza I ni ingibitsiya qilish qobiliyatiga ega. Dorzolamidning metaboliti ham eritrotsitlarda to‘planadi, u yerda asosan karboangidraza I bilan bog‘lanadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi taxminan 33% ni tashkil qiladi. Preparat asosan o‘zgarmagan ko‘rinishda va metaboliti ko‘rinishida siydik bilan chiqariladi. Preparat bekor qilingandan keyin uni eritrotsitlardan ajralib chiqish jarayoni to‘g‘ri chiziqli xarakterga ega va boshlang‘ich bosqichda uning kontsentratsiyasini tez pasayishi, keyinchalik jarayonni sekinlashishi (yarim parchalanish davri T1/2 taxminan 4 oyni tashkil etadi) bilan namoyon bo‘ladi.

ko‘z ichki bosimini oshishi;ochiq burchakli glaukoma;soxtaeksfoliativ glaukomada qo‘llanadi.

Preparat monoterapiya sifatida kattalarga 1 tomchidan sutkada 3 marta buyuriladi. Mahalliy qo‘llash uchun beta-blokatorlar bilan majmuada 1 tomchidan sutkada 2 marta buyuriladi. Agar dorzolamid glaukomani davolash uchun boshqa oftalmologik preparatni almashtirish uchun buyurilgan bo‘lsa, avvalgi preparatni dorzolamid bilan davolashni boshlashdan bir kun oldin bekor qilish kerak. Bir necha ko‘z tomchilarini bir vaqtda qo‘llagan hollarda instillyatsiyalar orasidagi interval kamida 10 minutni tashkil qilishi kerak.

Ko‘rish a’zosi tomonidan: achishish, sanchish, yuzaki nuqtali keratit, kon’yunktivit, qovoqlarni yallig‘lanishi va ta’sirlanishi, ko‘z yoshi oqishi, qichishish, ko‘rishni noaniqligi; ba’zida – iridotsiklit; kam hollarda – ko‘zlarni ta’sirlanishi va qizarishi, qovoqlarni kepaklanishi, og‘riq, tranzitor miopiya, shox parda shishi, ko‘z gipotenziyasi, filtratsion jarroxlikdan keyin ko‘z qon tomir qobig‘ini ko‘chishi. Boshqa a’zolar tomonidan: bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, og‘izda achchiq ta’m, asteniya, toliqish, kam hollarda – bosh aylanishi, paresteziya, burundan qon ketishi, og‘izni qurishi, halqumni ta’sirlanishi, allergik dermatit, urolitiaz, angionevrotik shish, eshakemi, qichishish, toshma, bronxospazm, hansirashni o‘z ichiga oluvchi tizimli allergik reaktsiyalar. Laborator testlar: dorzolamid gidroxloridini qo‘llaganda klinik ahamiyatli elektrolit buzilishlari aniqlanmagan.

dorzolamid yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;og‘ir buyrak yetishmovchiligi (KK minutiga 30 ml dan kam);giperxloremik atsidozda qo‘llash mumkin emas.

Preparatni boshqa dori vositalari bilan spetsifik o‘zaro ta’siri yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Preparat quyidagi dori preparatlari bilan birga qo‘llanilgan klinik tadqiqotlarda biron-bir nojo‘ya samaralar kuzatilmagan: timolol, betaksolol ko‘z tomchilari; tizim buyuriladigan dori preparatlari, shu jumladan AAF ingibitorlari, kaltsiy antagonistlari, diuretiklar, nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar, shu jumladan aspirin va gormonlar (etsrogen, insulin, tiroksin). Garchi 2% li oftalmologik eritma ko‘rinishida dorzolamid gidroxloridining klinik tadqiqotlarida kislota-ishqor muvozanati va elektrolit muvozanatini buzilishlari haqida xabar berilmagan bo‘lsada, bunday buzilishlar karboangidraza ingibitorlarini peroral qo‘llanilganda kuzatilgan va ayrim hollarda bir qator dorilarning o‘zaro ta’siriga (shu jumladan salitsilatlarning yuqori dozalarini qabul qilish bilan bog‘liq toksiklik ko‘rinishlari) sabab bo‘lgan. Dorzolamid bilan davolanayotgan patsiyentlarda dorilarning bunday o‘zaro ta’sirini e’tiborga olish kerak. Dorzolamidni miotiklar va adrenomimetiklar bilan birga qo‘llash yuzasidan yakuniy ma’lumotlar yo‘q.

Jigar funktsiyasini buzilishlari bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanilsin (preparatni bu toifadagi bemorda qo‘llash yuzasidan ma’lumotlar yo‘q). Yopiq burchakli glaukomaning o‘tkir xurujida dorzolamidni buyurishni maqsadga muvofiqligi bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Dorzolamid sulfonamid guruhini saqlaydi va garchi mahalliy qo‘llanilsada, tizimli so‘rilishga uchraydi. Shuning uchun dorzolamidni ko‘z tomchilari ko‘rinishida qo‘llanilganda sulfanilamidlarga xarakterli bo‘lgan nojo‘ya reaktsiyalar paydo bo‘lishi mumkin. Jiddiy nojo‘ya reaktsiyalar paydo bo‘lganda yoki o‘ta yuqori sezuvchanlik belgilari paydo bo‘lsa, preparatni qo‘llashni to‘xtatish kerak. Karboangidrazaning tizimli ingibitorlarini qo‘llash kislota-ishqor muvozanatini buzilishiga olib kelishi va ayniqsa anamnezida siydik-tosh kasalligi bo‘lgan patsiyentlarda urolitiaz bilan kechishi mumkin. Dorzolamid qo‘llanilganda bunday buzilishlar kuzatilmagan, urolitiaz haqidagi xabarlar kam bo‘lgan. Dorzolamid mahalliy qo‘llanilganda tizimli qon oqimiga kiruvchi korboangidraza ingibitori bo‘lganligi tufayli, anamnezida siydik-tosh kasalligi bo‘lgan patsiyentlarni dorzolamid bilan davolaganda urolitiaz rivojlanishi xavfi oshishi mumkin. Karboangidrazaning mahalliy va tizimli ingibitorlarini birga qo‘llaganda karboangidrazani ingibitsiya qilishning ma’lum tizimli samaralari kuchayishi ehtimoli mavjud. Dorzolamid va karboangidrazaning tizimli ingibitorlarini birga qo‘llash tavsiya etilmaydi. Dorzolamidni qo‘llaganda shox pardaning surunkali nuqsonlari va/yoki ko‘z ichki jarroxlik operatsiyasini o‘tkazgan patsiyentlarda shox parda shishi va shox pardani qaytmas parchalanishi holatlari qayd etilgan. Bu toifadagi bemorlarda preparatni qo‘llaganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Filtratsion jarroxlikdan keyin ko‘z qon tomir qobig‘ini ko‘chishi holatlari qayd etilgan. Preparat konservant benzalkoniy xloridi saqlaydi, u ko‘zlarni ta’sirlanishini chaqiradi. Preparatni qo‘llashdan oldin kontakt linzalarni yechish va ularni dorzolamid instillyatsiyasidan kamida 15 minuntdan keyin taqish kerak.

Homiladorlik davrida preparatni qo‘llash mumkin emas. Preparatni homiladorlik vaqtida qo‘llash bo‘yicha adekvat klinik ma’lumotlar yo‘q. Dorzolamid ko‘krak suti bilan ajralishi noma’lum. Preparatni qo‘llash davrida emizishni to‘xtatish kerak.

30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.

To‘satdan yoki qasddan ichga qabul qilinganda dozani oshirib yuborilishi bo‘yicha ma’lumotlar yo‘q. Simptomlari: elektrolit muvozanat buzilishlari, atsidoz, nerv tizimi tomonidan buzilishlar paydo bo‘lishi mumkin. Davolash: simptomatik, tutib turuvchi, qonda elektrolitlar (ayniqsa kaliy) darajasini va qonning rN nazorat qilish zarur.

Retsept bo‘yicha beriladi

2% li ko‘z tomchilari 5 ml dan polietilenli flakon-tomchilagichlarda.

2 yil. Flakon ochilgandan keyin ichidagisi bir oy davomida qo‘llanilsin.