VITRUM VIJN rasmini ko'rish

Tarkibi:

Bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: askorbin kislotasi (S vitamini)                                                225 mg alfa-tokoferol atsetati (Ye vitamini)                          36 mg betakarotin                                                                         1,5 mg lyutein                                                                                 2,5 mg zeaksantin                                                                           0,5 mg misga qayta hisoblaganda mis sulfati                         1 mg ruxga qayta hisoblanganda rux oksidi                                       5 mg yordamchi moddalar: kaltsiy sulfati – 203,95 mg, mikrokristall tsellyuloza – 28,00 mg, natriy kroskarmelloza – 14,00 mg, magniy stearati – 7,00 mg, kolloid kremniy dioksidi – 14,00 mg, stearin kislotasi – 35,00 mg; plyonka qobig‘i: gipromelloza – 16,038 mg, titan dioksidi – 2,000 mg, propilenglikol – 0,0002 mg, riboflavin (Ye101) – 1,360 mg, quyosh shafaqi sariq bo‘yovchisi (Ye110) – 600 mg.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

polivitamin + boshqa preparatlar&

Preparatning savdo nomi:

VITRUM VIJN

Farmakalogik guruhi:

polivitamin vosita.

Dori shakli:

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

oval shaklli, ikki tomoni qavariq, och-sariqdan to to‘q-sariq rangligacha bo‘lgan, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

polivitamin vosita.

A11AV.

Ko‘zga yuqori yuklamalarda (kompyuter, televizor, quyosh nurlari va b.), tungi ko‘rishni buzilishlarida vitaminlar va minerallar tanqisligini oldini olish va davolashda qo‘llanadi.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga – 1 tabletkadan kuniga ikki marta ovqatdan keyin. Takroriy kurslar – shifokor maslahati bo‘yicha.

Preparatning komponentlariga allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.

Preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Polivitamin komplekslar bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Tavsiya qilingan doza oshirilmasin.

Quruq joyda, 10-300S haroratda.

Tasodifan doza oshirib yuborilganida shifokorga murojaat qiling. Davolash: ichga faollashtirilgan ko‘mir, me’dani yuvish, simptomatik davolash.

Retseptsiz

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. 30 yoki 60 tabletka buraluvchi polietilen qopqoqli va folga himoyalovchi klapanli polietilen flakonlarda. Flakonga etiketka yopishtiriladi. Flakon polietilen plyonka bilan o‘ralgan va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

3 yil.