Vitarich rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 tabletka saqlaydi: Faol modda: Retinol palmitati (A vitamini)                                                          5000 TB Xolekaltsiferol (D3 vitamini)                                                 400 TB Tokoferol atsetati (Ye vitamini)                                                 15 TB Tiamin gidroxloridi (V1 vitamini)                                          10 mg Riboflavin (V2 vitamini)                                                           10 mg Piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini)                                 2 mg Tsianokobalmain (V12 vitamini)                                                 7,5 mkg Nikotinamid                                                                                              50 mg Kaltsiy pantotenati                                                                    10 mg Askorbin kislotasi                                                                                  75 mg Magniy oksidi                                                                               30 mg Magniy sulfat                                                                              2,8 mg Mis sulfati                                                                                  2 mg Rux sulfati                                                                                   63 mg Selen dioksidi                                                                              70 mkg

Preparatning savdo nomi:

Vitarich

Farmakalogik guruhi:

vitaminlar va mikroelementlar.

Dori shakli:

tabletkalar

kapsulasimon shaklli, qizil-pushti rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomonida riskasi bo‘lgan tabletkalar.

vitaminlar va mikroelementlar.

A11AA04

Giporvitaminozni, mineral moddalarni va mikroelementlarni yetishmovchiligini, shu jumladan quyidagilarda qo‘llanadi: – jadal aqliy va jismoniy yuklama davrida, – o‘tkazilgan kasalliklardan keyin sog‘ayish davrida, – yetarli bo‘lmagan va muvozanatlanmagan ovqatlanishda, – homiladorlik davrida va emizish davrida.

Kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga – sutkada 1 tabletkadan ovqatdan keyin buyuriladi. Preparatni qabul qilish davomiyligini shifokor shaxsiy ravishda belgilaydi.

Vitarich preparati odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Ba’zida me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar bo‘lishi mumkin, ammo ular preparatni bekor qilinishini talab qilmaydi. Allergik reatsiyalar kuzatilishi mumkin.

Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Vitarich preparatini qabul qilish vaqtida vitaminlarni va mikroelementlarni saqlagan preparatlarni qo‘llash tavsiya qilinmaydi.

Preparat qabul qilinganda siydik sariq rangga bo‘yalishi mumkin, bu mutloq xavfsiz bo‘lib, preparatning tarkibida riboflavinni bo‘lishi bilan bog‘liqdir. Tavsiya qilingan dozani oshirmang. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Salqin, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Doza oshirib yuborilgan hollarda shifokorga murojaat qilish lozim. Davolash: preparatni qabul qilishni vaqtinchalik to‘xtatish, me’dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish, simptomatik davolashni o‘tkazish kerak.

Retseptsiz

Tabletkalar. 10 tabletkadan alyumin folgali blisterda. 10 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

2 yil.