Vitamin V kompleksretsept bilan

Tarkibi:

Inyektsiya uchun eritmaning xar bir ampulasi 2 ml dan quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: 10 mg tiamin gidroxloridi (V1 vitamini), 2 mg riboflavin natriy fosfati 100% riboflavinga ekvivalent (V2 vitamini), 10 mg piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini), 100 mg nikotinamid (RR vitamini). yordamchi moddalar: 1 mg dinatriy edetati, 2 mg metil paragidroksibenzoat (Ye218),        352 mg glitserol, xlorid kislotasi (1 mol/l), inyektsiya uchun suv 2 ml.

Preparatning savdo nomi:

Vitamin V kompleks

Farmakalogik guruhi:

vitaminlar

Dori shakli:

inyektsiya uchun eritma

tiniq, sariq-yashil rangli, tiamin gidroxloridiga xos hidli suyuqlik.

vitaminlar

A11DA01

Taqsimlanishi: Organizmda V6 vitaminining 70-80% mushaklarda, 10% gacha jigarda, qolgan qismi boshqa to‘qimalar va a’zolarda taqsimlanadi. Riboflavin turli to‘qimalarda bir tekis taqsimlanadi. Metabolizmi: V1 vitamini yuqori darajada metabolizmga uchraydi va uning asosiy metabolitlari bo‘lib tiaminkarbon kislotasi va piramin hisoblanadi. Piridoksin va piridoksamin piridoksalkinaza fermenti tomonidan fosforlanadi va so‘ngra piridoksal 5’-fosfatga aylanadi. Nikotinamid N-metil-nikotinamidgacha metabolizmga uchraydi, so‘ngra oksidlanadi. Chiqarilishi: V1 vitamini siydik bilan va bir qismi safro bilan o‘zgarmagan ko‘rinishda yoki faol bo‘lmagan metabolitlari ko‘rinishida chiqariladi. V1 vitamini ko‘krak suti bilan ajraladi. V2 vitamini o‘zgarmagan ko‘rinishda yoki riboflavin-5-fosfati ko‘rinishida siydik bilan chiqariladi. V6 vitamini asosan metabolitlari ko‘rinishida siydik bilan chiqariladi. Gemodializ yordamida chiqariladi, shuning uchun gemodializda bo‘lgan patsiyentlarda yuqoriroq dozalar – tavsiya etilgan dozaning 100% dan 300% gacha dozalarda davolash tavsiya etiladi. Nikotinamid asosan safro bilan, yuqoriroq dozalarda esa metabolitlari yoki o‘zgarmagan ko‘rinishda buyraklar orqali ham chiqariladi.

Preparat V guruhi vitaminlari (V1, V2, V6) va nikotinamid tanqisligi holatlarida qo‘llanadi.

Kattalarga: Preparat odatda mushak ichiga va kamroq hollarda – vena ichiga kuniga yoki kunora 1-2 ml dozada 5-10 kun davomida buyuriladi. Davolash kursi tugaganidan keyin tabletka shaklidagi Vitamin V kompleks preparati bilan davolashga o‘tish mumkin. Agar Siz dori vositasini tavsiya etilgandan ko‘proq miqdorda qabul qilgan bo‘lsangiz Ehtimoli kam, chunki preparat malakali mutaxassis tomonidan yuboriladi. Agar Siz preparatni qabul qilishni o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz O‘tkazib yuborilgan dozani o‘rnini to‘ldirish uchun ikki barobar katta dozani qabul qilmang. Shifokor ko‘rsatmasiga binoan qo‘llashni davom ettiring. Agar Sizda bu dori vositasini qabul qilish bo‘yicha har qanday qo‘shimcha savollar tug‘ilsa, iltimos shifokoringiz yoki farmatsevtga murojaat eting.

Barcha boshqa dori vositalari kabi Vitamin V kompleksi har bir odamda paydo bo‘lmasa ham nojo‘ya ta’sirlar chaqirishi mumkin. Bu preparat yaxshi.o‘zlashtiraolinadi Juda kam hollarda o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari – eshakemi, qichishish yoki Kvinke shishi, ayniqsa moyilligi bo‘lgan patsiyentlarda kuzatilishi mumkin. Nikotinamid (Vitamin V kompleks tarkibidagi) yuz terisi qizarishi va qizib ketish hissini chaqirishi mumkin. Agar har qanday nojo‘ya ta’sirlar jiddiylashsa yoki Siz ushbu ilova-varaqada ta’riflanmagan boshqa nojo‘ya ta’sirlarni sezsangiz, iltimos bu haqida davolovchi shifokoringiz yoki farmatsevtga xabar bering.

Vitamin V kompleksini quyidagi holatlarda qo‘llamang agar Sizda preparatning faol moddalari yoki har qanday boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik (allergiya) bo‘lsa;arterial bosimi oshganida (II-III bosqichdagi arterial gipertenziya) qo‘llash mumkin emas.

Agar Siz boshqa dori vositalarini, shu jumladan retseptsiz beriladigan dori vositalarini qabul qilayotgan yoki yaqinda qabul qilgan bo‘lsangiz, iltimos davolovchi shifokoringiz yoki farmatsevtga xabar bering. Xlorpromazin V2 vitaminini siydik bilan chiqarilishini kuchaytiradi.Probenetsid V2 vitaminining tubulyar sekretsiyasini susaytiradi, buning natijasida uni siydik bilan chiqarilishi sekinlashadi va terapevtik nojo‘ya ta’sirlari kuchayishi mumkin.Preparatning tarkibida V1 vitamini bo‘lganligi tufayli, yuqori arterial bosimni davolash uchun dori preparatlari (antigipertenziv vositalar) ning samarasini susayishi, shuningdek barbituratlar va glutemidning uxlatuvchi samarasini susaytirishi mumkin.V1 vitamini depressiv holatlarni davolash uchun dori preparatlari (nortriptilin, imipramin, dezipramin), ayniqsa keksa yoshdagi patsiyentlarda ta’sirini kuchaytirishi mumkin.V6 vitamini levodopaning (Parkinson kasalligini davolash uchun preparat) terapevtik samarasini kamaytiradi.Nikotinamid va tutqanoqqa qarshi vositalarni (karbamazepin, diazepam va natriy valproat) bir vaqt qabul qilish ularning tirishishga qarshi samarasini kuchaytirishi mumkin. Kuzatilishi mumkin bo‘lgan o‘zaro ta’sirlardan saqlanish uchun boshqa dori vositalari bilan har qanday yondosh davolash holatlarida davolovchi shifokoringizga xabar berish kerak.

Agar Sizda quyidagi kasalliklar bo‘lsa, davolovchi shifokoringizga xabar bering: Xavfli kechuvchi kasalliklar;me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi, gastrit, jigar va va o‘t chiqarish yo‘llarini shikastlanishi. Yuqori dozalarda uzoq vaqt qabul qilinganda davolash boshlanganidan 1 oydan 3 oygacha koordinatsiyani buzilishi va panja sohasida achishuvchi og‘riqlar bilan namoyon bo‘luvchi periferik nevropatiya rivojlanishi mumkin. Preparat Erlix reaktivini qo‘llash bilan siydikda urobilinogenni aniqlaganda soxta-musbat natijasiga olib kelishi mumkin. Preparat siydikni sariq-to‘q sariq rangga bo‘yashi mumkin. Homiladorlik va laktatsiya davri Har qanday dori preparatini qo‘llashdan oldin davolovchi shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing. Preparatni homiladorlik vaqtida terapevtik dozalarda qo‘llash mumkin. Vitamin V kompleks preparatini emizish davrida qabul qilish tavsiya etilmaydi. Agar uni qabul qilish zarur bo‘lsa, emizishni to‘xtatish kerak. Dori vositasini transport vositalarini yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sirining o‘ziga xosligi Avtomashina boshqarganda va murakkab mashinalarda ishlaganda preparatni qo‘llash hech qanday xavf tug‘darmaydi.

Original o‘ramida, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Muzlatilmasin! Yaroqlilik muddati ko‘rsatilgan oyning so‘ngi kuniga to‘g‘ri keladi.

Preparat malakali tibbiyot xodimi tomonidan qo‘llanilganligi tufayli, dori vositasining dozasini oshirib yuborilishi ehtimoli kam. Shunga qaramay, agar Siz doza yuqori bo‘lgan deb hisoblasangiz, bu haqida davolovchi shifokorga xabar bering. Bunday hollarda zarurati bo‘lsa simptomatik davolash o‘tkaziladi.

Retsept bo‘yicha

2 ml sig‘imli, ampulani ochish uchun markirovkali (rangli nuqta/halqa) I gidrolitik sinf jigarrang shisha alpulalar. 10 ampulalar PVX plyonkali blisterga joylanadi. 1 blister ilova-varaqa bilan birga karton qutiga joylanadi.

2 yil.