Vintset rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 5 mg levotsetirizin digidroxloridi; yordamchi moddalar: mikrokristall tsellyuloza, makkajo‘xori kraxmali, natriy benzoati, tozalangan talk, natriy kraxmal glikolyati, magniy stearati, natriy laurilsulfati, natriy kroskarmelloza, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, titan dioksidi, gidroksi propil metil tsellyuloza, izopropil spirti, dixlormetan, tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

levotsetirizin digidroxloridi

Preparatning savdo nomi:

Vintset

Farmakalogik guruhi:

tizimli qo‘llash uchun antigistamin preparati.

Dori shakli:

tabletkalar

dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq, ikki tomonlama silliq, oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

tizimli qo‘llash uchun antigistamin preparati.

R06AЕ09

Vintset® peroral qo‘llanilgandan keyin tez va jadal so‘riladi. Qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasiga qabul qilingandan keyin 0,9 soat o‘tgach erishiladi. Preparatning ta’siri bir martalik doza qabul qilingandank keyin 50% bemorlarda 20 minutdan keyin, 95% bemorlarda – 1 soatdan keyin boshlanadi va 24 soat davomida saqlanadi. Levotsetirizin qon plazma oqsillari bilan 90% bog‘lanadi. Biokiraolishligi 100% ga yetadi. Jigarda kam miqdorda metabolizmga uchraydi. Yarim chiqarilish davri 7-10 soatni tashkil qiladi.

Qichishish, aksirish, rinoreya, ko‘z yoshi oqishi, kon’yunktiva giperemiyasi kabi yil bo‘yicha davom etuvchi va mavsumiy allergik rinit (shu jumladan doimiy davom etuvchi allergik rinit) va allergik kon’yunktivit sipmtomlarini davolash;pollinoz (pichan isitmasi);eshakemi, shu jumladan surunkali idiopatik eshakemi, Kvinke shishini davolash uchun qo‘llanadi.

Ovqat qabul qilishdan qat’iy nazar ichga buyuriladi. Tabletkalar chaynalmaydi va suv bilan ichiladi. Kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalar: 5 mg dan kuniga 1 marta har kuni buyuriladi. Qo‘llash davomiyligi kasallik simptomatikasining ko‘rinishlarining davomiyligiga bog‘liq. O‘rtacha 3-6 hafta qabul qilinadi, allergenni qisqa muddatli ta’siri holatlarida 1 hafta davomida qo‘llash yetarli bo‘lishi mumkin. Kasallikni surunkali uzoq vaqt davom etgan hollarida davolash 6 oygacha davom etishi mumkin.

Vintset® qo‘llaganda odatda xavfsiz va jiddiy nojo‘ya samaralarni kam chaqiradi. Lekin ayrim hollarda bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, ko‘ngil aynishi, qusish, og‘izni qurishi kabi nojo‘ya samaralar kuzatilgan.

Preparatning har qanday komponentiga yoki piperazin hosilalariga yuqori sezuvchanlik; surunkali buyrak yetishmovchiligining og‘ir shakli (kreatinin klirensi minutiga 10 ml dan kam); bolalalar (6 yoshgacha) qo‘llash mumkin emas. Ehtiyotkorlik bilan – surunkali buyrak yetishmovchiligi (dozalash tartibiga tuzatish kiritishni talab etadi), keksalar (kalavalar filtratsiyasi tezligi pasayishi mumkin).

Teofillin bilan birga qo‘llaganda levotsetirizinning yarim chiqarish davri bir muncha oshishi mumkin. Levotsetirizinni etil spirti va markaziy nerv tizimini susaytiruvchi dori preparatlari bilan birga qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Tavsiya etilgan sutkalik dozani oshirish mumkin emas. Patsiyentni levotsetirizin bilan davolash vaqtida alkogolni iste’mol qilish tavsiya etilmasligi haqida ogohlantirish kerak. Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi Homilador ayollarda levotsetirizinni qo‘llash bo‘yicha klinik ma’lumtolar yetarli emas, shuning uchun preparatni homiladorlikda qo‘llash mumkin emas. Levotsetirizin ko‘krak suti bilan ajraladi. Levotsetirizinni qo‘llash zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish kerak. Avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’siri Levotsetirizinni tavsiya etilgan dozada qo‘llaganda avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyati o‘zgarmaydi. Shunga qaramay, davolash davrida nojo‘ya reaktsiyalar (uyquchanlik, bosh aylanishi) yuzaga kelishini e’tiborga olib, diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab etuvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish vaqtida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Preparatni quruq joyda, bevosita quyosh nurlaridan uzoqda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlash tavsiya etiladi.

Simptomlari: uyquchanlik (kattalarda), uyquchanlik bilan almashinuvchi qo‘zg‘alish va bezovtalik (bolalarda). Davolash: preparatni ichga qabul qilgandan keyin me’dani yuvish yoki sun’iy qusishni chaqirish kerak. Faollashtirilgan ko‘mirni buyurish, simptomatik va tutib turuvchi davolashni o‘tkazish tavsiya etiladi. Spetsifik antidoti yo‘q. Gemodializ samarasiz.

Retseptsiz

10 tabletkadan blisterda. 1 yoki 3 yoki 10 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

3 yil.