Vigantol. rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 ml eritma (40 tomchi) quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 0,5 mg kolekaltsiferol (D3 vitaminining 20000 XB ga mos keladi); yordamchi modda: o‘rta zanjirli triglitseridlari.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

kolekaltsiferol

Preparatning savdo nomi:

Vigantol.

Farmakalogik guruhi:

D vitamini va uning hosilalari. Kolekaltsiferol.

Dori shakli:

ichga qabul qilish uchun 0,5 mg/ml moyli eritma.

tiniq, biroz sarg‘ish, qovushqoq eritma.

D vitamini va uning hosilalari. Kolekaltsiferol.

A11SS05.

D vitamini ovqat bilan organizmga tushganida, u yog‘lar bilan birga deyarli to‘liq so‘riladi. Bundan yuqori dozalari taxminan 2:3 nisbatda so‘riladi. D vitamini jigarga spetsifik protein yordamida yetkazib beriladi. U jigarda mikrosomal gidroksilazalar tomonidan metabolizmga uchrab, 25-gidroksikolekaltsiferolni hosil qiladi. D vitamini va uning metabolitlari safro hamda axlat bilan chiqariladi. D vitamini mushak hamda yog‘ to‘qimalarida to‘planadi va shu sababli uzoq davom etuvchi biologik parchalanish davriga ega. D vitaminining yuqori dozalari qabul qilinganida qon zardobida D 25-gidroksivitamini kontsentratsiyasi bir necha oy davomida yuqori bo‘lishi mumkin. Doza oshirib yuborilganligi oqibatida giperkaltsiyemiya bir necha hafta davomida saqlanishi mumkin.

Preparat quyidagi hollarda: bolalar va kattalarda raxit va osteomalyatsiyani oldini olish va davolashdaD vitamini tanqisligi xavfi bo‘lgan bolalar va kattalarda ushbu holatni ichakda so‘rilishini patologiyasi bo‘lmaganda oldini olishdakattalarda osteoporoz holatida samarani bir maromda saqlab turuvchi davolashdachala tug‘ilgan go‘daklarda raxitni oldini olishdabolalar va kattalarda malabsorbtsiya holatida D vitamini tanqisligini oldini olishdakattalarda gipoparatireozni davolashda qo‘llaniladi.

Nojo‘ya ta’sirlar rivojlanishi tez-tezligi noma’lum. Moddalar almashinuvi va ovqatlanishni buzilishi: giperkaltsiyemiya va giperkaltsiuriya. Me’da-ichak yo‘llari kasalliklari: me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar (qabziyat, meteorizm, ko‘ngil aynishi, qorinda og‘riqlar yoki diareya). Teri va teri osti to‘qimalari kasalliklari: allergik reaktsiyalar (qichishish, toshma, eshakemi).

preparatning faol yoki har qanday yordamchi moddasiga o‘ta yuqori sezuvchanlik;giperkaltsiyemiya va/yoki giperkaltsiuriyada qo‘llash mumkin emas.

Barbituratlar yoki fenitoin: plazmada 25-ON D (25-gidroksikaltsiferol) kontsentratsiyasi pasayishi va nofaol metabolitlarning miqdori oshishi mumkin. Tiazid diuretiklari kaltsiyni siydik orqali chiqarilishini pasaytirishi va muvofiq ravishda giperkaltsiyemiya xavfini oshirishi mumkin. Bunday patsiyentlarda qon plazmasi va siydikda kaltsiy kontsentratsiyasini doimiy monitoringini o‘tkazish zarur. Digitalis (yurak glikozidlari): D vitaminini peroral qabul qilish kaltsiyning darajasini oshishi natijasida yurak glikozidlarining samarasi va toksikligini (yurak ritmini buzilish xavfini) kuchaytirishi mumkin. Bunday patsiyentlarda kaltsiy darajasi ko‘rsatkichlarini nazorat qilish, EKG o‘tkazish va yurak glikozidlari (digoksin yoki digitoksin) ning dozalariga tuzatish kiritish zarur. Glyukokortikoidlar bilan bir vaqtda qo‘llash preparatning samarasini pasaytirishi mumkin. D vitamini uning metabolitlari va analoglari (masalan, kaltsitriol) bilan faqat istisno qilinadigan hollarda hamda qon zardobida kaltsiy darajasini nazorat qilgan holdagina birga qo‘llanishi mumkin. Rifampitsin va izoniazid biotransformatsiya tezligini oshishi tufayli preparatning samarasini pasaytirishi mumkin. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash

15-25oS haroratda yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.

D3 vitamini dozasini o‘tkir darajada yoki surunkali ravishda oshirib yuborish giperkaltsiyemiyaga olib kelishi mumkin va u persistent hamda ehtimol hayot uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Simptomlari nospetsifik bo‘lib, u yurak ritmini buzilishi, chanqoq, suvsizlanish, adinamiya, ongni buzilishini o‘z ichiga olishi mumkin. Bundan tashqari dozani surunkali oshirib yuborilishi kaltsiyni to‘qimalar va qon tomirlarida to‘planishiga olib kelishi mumkin.

Retseptsiz beriladi

10 ml dan preparat polietilen tiqin-tomchilatgich va buraladigan oq polipropilen qopqoq bilan berkitilgan to‘q rang shisha (III tipdagi) flakonga joylangan. 1 flakondan davlat va rus tillaridagi tibbiy qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga karton qutiga joylangan.

5 yil. Birinchi marta ochilganidan keyin qo‘llash davri 6 oy.