Viatrich rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 tabletka saqlaydi: Faol moddalar: Retinol palmitati (A vitamini)                       5000 TB Xolekaltsiferol (D3 vitamini)                           400 TB Tokoferol atsetati (Ye vitamini)                             15 TB Tiamin gidroxloridi (V1 vitamini)                      10 mg Riboflavin (V2 vitamini)                                        10 mg Piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini)                2 mg Tsianokobalamin (V12 vitamini)                           7,5 mkg Nikotinamid                                                                50 mg Kaltsiy pantotenati (V5 vitamini)                         10 mg Askorbin kislotasi (S vitamini)                             75 mg Magniy oksidi                                                              30 mg Magniy sulfati                                                         2,8 mg Mis sulfati                                                                2 mg Rux sulfati                                                                 63 mg Selen dioksidi                                                           70 mkg

Preparatning savdo nomi:

Viatrich

Farmakalogik guruhi:

vitaminlar va mikroelementlar.

Dori shakli:

tabletkalar.

kapsulasimon shakilli qizil-pushti rangli plenka qobiq bilan qoplangan, bir tomonida riskali tabletkalar.

vitaminlar va mikroelementlar.

A11FF04.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga – sutkada 1 tabletkadan ovqatdan keyin. Preparatni qabul qilishning davomiyligini shifokor shaxsiy belgilaydi.

Viatrich preparati odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Ba’zida me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar kuzatilishi mumkin, lekin ular preparatni bekor qilishni talab etmaydi. Allergik reaktsiyalar kuzatilishi mumkin.

Viatrich preparatini qabul qilish vaqtida vitaminlar va mikroelementlarni saqlovchi boshqa preparatlarni qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Preparat qabul qilganda siydikni sarq rannga bo‘yalishi mumkin, bu butunlay zararsiz va preparatning tarkibida riboflavinning mavjudligi bilan bog‘liq. Tavsiya etilgan doza oshirilmasin. Yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin preparatni ishlatish mumkin emas va uni bolalar olaolmaydigan joyda saqlash kerak.

Salqin, yorug‘likdan ximoyalangan joyda, 25 S dan past xaroratda saqlansin.

Doza oshirib yuborilgan xolda shifokorga murojaat qilish kerak. Davolash: preparat qabul qilishni vaqtinchalik to‘xtatish, me’dan yuvish, ichga faollangan ko‘mir qabul qilish, simptomatik davolash.

Saga Laboratories, Xindiston.

Saga Laboratories, Xindiston.

Retseptsiz beriladi

Tabletkalar. 10 tabletkadan alyumin folga blisterda. 10 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

2 yil