Vazurotinretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol modda: rozuvastatin kaltsiy 10,39 mg , rozuvastatinga qayta hisoblanganda – 10 mg; yordamchi moddalar: mikrokristall tsellyuloza – 59,82 mg, laktoza monogidrati – 39,70 mg, kaltsiy trifosfati – 27,00 mg, krospovidon – 10,00 mg, magniy stearati – 2,80 mg; qobig‘i: Vinkout WT-1001 oq (gipromelloza – 2,20 mg, makrogol 400 – 0,32 mg, titan dioksidi – 1,48 mg) – 4,00 mg.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

rozuvastatin

Preparatning savdo nomi:

Vazurotin

Farmakalogik guruhi:

gipolipidemik vosita – GMG-KoA-reduktaza ingibitori.

Dori shakli:

plyonka qobiq bilan qlplangan tabletkalar

gipolipidemik vosita – GMG-KoA-reduktaza ingibitori.

S10AA07

So‘rilishi va taqsimlanishi Rozuvastatinning qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasiga ichga qabul qilingandan taxminan 5 soatdan keyin erishiladi. Mutloq biokiraolishligi taxminan 20% ni tashkil qiladi. Rozuvastatinning taqsimlanish xajmi taxminan 134 l ni tashkil qiladi. Rozuvastatinning taxminan 90% qon plazmasi oqsillari, asosan albumin bilan bog‘lanadi. Metabolizmi Rozuvastatin jigarda cheklangan (taxminan 10%) metabolizmga uchraydi. Rozuvastatin tsitoxrom R450 tizimining izofermentlari tomonidan metabolizm uchun maxsus bo‘lmagan substrat hisoblanadi. Rozuvastatinning metabolizmida ishtirok etuvchi asosiy izoferment bo‘lib CYP2S9 hisoblanadi. CYP2S19, CYP3A4 vaCYP2D6 izofermentlari metabolizmda kamroq darajada ishtirok etadi. Rozuvastatinning asosiy ajratib olingan metabolitlari bo‘lib N-desmetilrozuvastatin va lakton metabolitlari hisoblanadi. N-desmetilrozuvastatin rozuvastatinga nisbatan taxminan 50% faolsizroq, lakton metabolitlari farmakologik jihatdan faol emas. Aylanib yuruvchi GMG-KoA-reduktazani ingibitsiya qilish bo‘yicha farmakologik faollikning 99% dan ko‘prog‘i rozuvastatin, qolgan qismini – uning metabolitlari ta’minlaydi. Chiqarilishi Rovustatin dozasining taxminan 90% o‘zgarmagan ko‘rinishda ichak orqali (shu jumladan so‘rilgan va so‘rilmagan rozuvastatin) chiqariladi. Qolgan qismi buyraklar orqali chiqariladi. Rozuvastatinning plazmadagi yarim chiqarilish davri (T1/2) taxminan 19 soatni tashkil qiladi. Preparatning dozasi oshirilganda T1/2 o‘zgarmaydi. O‘rtacha geometrik plazmadagi klirensi taxminan soatiga 50 l ni tashkil qiladi (o‘zgarish koeffitsenti 21,7%). GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlari kabi rozuvastatinning “jigar” da tutib qolinishi jarayonida rozuvatatinni jigar orqali chiqarilishida muhim rol o‘ynovchi xolesterinni membrana orqali tashuvchisi ishtirok etadi. Proportsionallik Rozuvastatinning tizimli ekspozitsiyasi doza proportsional ravishda oshadi. Har kuni qabul qilganda farmakokinetik ko‘rsatkichlari o‘zgarmaydi. Yosh va jins Yosh va jins rozuvastatinning farmakokinetikasiga ahamiyatli ta’sir ko‘rsatmaydi. Etnik guruhlar Farmakokinetik tadqiqotlar yevropaliklarga nisbatan mongoloid irqqa mansub patsiyentlarda (yaponlar, xitoyliklar, filippinliklar, vyetnamliklar va koreytslar) rozuvastatinning AUC (“kontsentratsiya-vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydon) va Smax (qon plazmasidagi maksimal kontsentartsiyasi) medianasini ikki marta oshishini namoyish qilgan. Hind patsiyentlarida AUC va Smax ni 1,3 marta oshishi namoyish qilingan. Farmakokinetik tahlil yevropaliklar va negroid irq vakillari orasida klinik ahamiyatli farqlarni aniqlamagan. Buyrak yetishmovchiligi Yengil va o‘rtacha yaqqollikda buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda rozuvastatin yoki N-desmetilrozuvastatinning plazmadagi kontsentratsiyasi ahamiyatli darajada o‘zgarmaydi. Sog‘lom ko‘ngillilarga nisbatan og‘ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi (KK) minutiga 30 ml dan kam) bo‘lgan patsiyentlarda rozuvastatinning qon plazmasidagi kontsentratsiyasi 3 marta yuqori, N-desmetilrozuvastatinning kontsentratsiyasi esa 9 marta yuqori. Gemodializda bo‘lgan patsiyentlarda qon plazmasidagi rozuvastatinning kontsentratsiyasi sog‘lom ko‘ngillilarga nisbatan taxminan 50% yuqori bo‘lgan. Jigar yetishmovchiligi Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 7 ball va undan past bo‘lgan turli bosqichdagi jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda rozuvastatinning T1/2 oshishi aniqlanmagan. Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 8 ball va 9 ball bo‘lgan ikki nafar patsiyentlarda T1/2 kamida 2 marta oshishi aniqlangan. Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 9 balldan yuqori bo‘lgan patsiyentlarda rozuvastatinni qo‘llash tajribasi mavjud emas. Genetik polimorfizm GMG-KoA-reduktaza ingibitorlari (statinlar), shu jumladan rozuvastatin OAT31V1 (statinlarni gepatotsitlar tomonidan tutib olinishida ishtirok etuvchi organik anionlarning transport polipeptidi) va BCRP (efflyuks transporter) bilan bog‘lanadi. SLCO1B1 (OATP1B1) c.521CC va ABCG2 (BCRP) c.421AA genotip tashuvchilarida rozuvastatinga nisbatan ekspozitsiyani (AUC) SLCO1B1 c.521TT va ABCG2 c.421CC tashuvchilariga nisbatan muvofiq ravishda 1,6 va 2,4 marta oshishi aniqlangan.

Fredrikson bo‘yicha birlamchi giperxolesterinemiya (IIa tip, shu jumladan oilaviy geterozigot giperxolesterinemiya) yoki aralash giperxolesterinemiya, parhez va boshqa nomedikamentoz davolash usullari (masalan jismoniy mashqlar, tana vaznini kamayishi) yetarli bo‘lmaganda parhezga qo‘shimcha sifatida.oilaviy gomozigot giperxolesterinemiya, lipidlar darajasini kamaytiruvchi boshqa davolash yetarli darajada samarali bo‘lmaganda parhez yoki shunday davolashga qo‘shimcha sifatida.Gipertriglitseridemiya (Fredrikson bo‘yicha IV tip), parhezga qo‘shimcha sifatida.Umumiy XS va XS-PZLP kontsentratsiyasini pasaytirish uchun davolash ko‘rsatilgan patsiyentlarda aterosklerzni avj olishini sekinlashtirish uchun, parhezga qo‘shimcha sifatida.YUIK klinik belgilarisiz, lekin uni rivojlanishi xavfi yuqori (erkaklar uchun 50 yosh va ayollar uchun 60 yoshdan yuqori, arterial gipertenziya, XS-YUZLP kontsentratsiyasini pastligi, chekish, oilaviy anamnezida YUIK ni erta boshlanishi kabi qo‘shimcha xavf omillarini kamida bittasi bo‘lganda S-reaktiv oqsil kontsentratsiyasini oshishi (≥2 mg/ml)) bo‘lgan katta patsiyentlarda asosiy yurak-qon tomir asoratlari (insult, infarkt, arterial revaskulyarizatsiya) ni birlamchi profilaktikasida qo‘llanadi.

Tabletkani chaynamasdan va maydalamasdan, suv bilan butunligicha ichga qabul qilinadi. Preparat ovqatlanishdan qat’iy nazar sutkaning istalgan vaqtida buyurilishi mumkin. Davolashni boshlashdan oldin patsiyent standart gipoxolesterinemik parhezga rioya qilishi va uni davolash vaqtida davom ettirishi kerak. Preparatning dozasi davolashning maqsadi va lipidlarning maqsadli kontsentratsiyalari bo‘yicha amaldagi tavsiyalarni e’tiborga olib davolashga terapevtik javobga qarab tanlanishi kerak. Preparatni qabul qilishni boshlayotgan patsiyentlar uchun yoki GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlarini qabul qilishdan o‘tkazilgan patsiyentlar uchun tavsiya etilgan boshlang‘ich doza sutkada 1 marta 5 mg yoki 10 mg Vazurotin preparatini tashkil etishi kerak. Boshlang‘ich dozani tanlashda xolesterinning individual kontsentratsiyasiga qarash va yurak-qon tomir asoratlarini bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfini e’tiborga olish kerak, shuningdek nojo‘ya samaralar rivojlanishining potentsial xavfini baholash kerak. Zarurati bo‘lganida dozani 4 xaftadan keyin yuqoriroq dozagacha oshirish mumkin. Preparatning pastroq dozalariga nisbatan 40 mg dozasi qabul qilganda nojo‘ya samaralarni rivojlanishi ehtimoli tufayli (“Nojo‘ya ta’sirlari” bo‘limiga qarang), 4 hafta davomida davolaganda tavsiya etilgan boshlang‘ich dozadan yuqori dozani qo‘shimcha qabul qilgandan keyin dozani 40 mg gacha oshirish faqat 20 mg doza qabul qilganda davolashdan kutilgan natijaga erishilgan va shifokor kuzatuvi ostida bo‘ladigan og‘ir giperxolesterinemiya va yurak-qon tomir asoratlarining yuqori xavfi bo‘lgan patsiyentlarda (ayniqsa oilaviy giperxolesterinemiyasi bo‘lgan patsiyentlarda) amalga oshirish kerak. Ayniqsa preparatni 40 mg dozada qabul qiluvchi patsiyentlarni sinchkovlik bilan kuzatish tavsiya etiladi. Avval shifokorga murojaat etmagan patsiyentlarga 40 mg dozani buyurish tavsiya etilmaydi. 2-4 xafta davolagandan keyin va/yoki Vazurotin preparatining dozasi oshirilganda lipid almashinuvining ko‘rsatkichlarini nazorat qilish kerak (zarurati bo‘lganida dozaga tuzatish kiritish talab etiladi). Keksa yoshdagi patsiyentlar Dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar Yengil va o‘rtacha og‘irlik darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Og‘ir buyrak yetishmovchiligi (KK ˂ 30 ml/min) bo‘lgan patsiyentlarda Vazurotin preparatini qo‘llash mumkin emas. Buyrak faoliyatini o‘rtacha darajada (KK minutiga 30-60 ml) bo‘lgan patsiyentlarda rozuvastatinni 40 mg dozada qo‘llash mumkin emas. Buyrak faoliyatini o‘rtacha darajada bo‘lgan patsiyentlarda rozuvastatinning 5 mg (10 mg dozali Vazurotin preparatining ½ tabletkasi) boshlang‘ich dozasi tavsiya etiladi. Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar Faol fazadagi jigar kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda Vazurotin preparatini qo‘llash mumkin emas. Etnik guruhlar Turli etnik guruhlarga mansub patsiyentlarda rozuvastatinning farmakokinetik ko‘rsatkichlari o‘rganilganda yaponlar va xitoyliklarda rozuvastatinning tizimli kontsentratsiyasini oshishi aniqlangan. Vazurotin preparatini ushbu guruhdagi patsiyentlarga buyurganda buni e’tiborga olish kerak. 10 mg va 20 mg dozalar buyurilganda mongoloid irqqa mansub patsiyentlar uchun tavsiya etilgan boshlang‘ich doza 5 mg (10 mg dozali Vazurotin preparatining ½ tabletkasi) ni tashkil qiladi va preparatni 40 mg dozada qo‘llash mumkin emas. Genetik polimorfizm SLCO1B1 (OATP1B1) c.521CC va ABCG2 (BCRP) c.421AA tashuvchilarda SLCO1B1 c.521TT va ABCG2 c.421SS genotip tashuvchilariga nisbatan rozuvastatinning ekspozitsiyasi (AUC) oshishi kuzatilgan. s. 521CC va c.421AA genotip tashuvchi-patsiyentlar uchun Vazurotin preparatining tavsiya etiladigan maksimal dozasi sutkala 1 marta 20 mg ni tashkil qiladi. Miopatiyaga moyilligi bo‘lgan patsiyentlar Miopatiya rivojlanishiga moyilligiga ishora qiluvchi omillari bo‘lgan patsiyentlarda Vazurotin preparatini 40 mg dozada qo‘llash mumkin emas (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang). 10 mg va 20 mg dozalar buyurilganda mongoloid irqiga mansub patsiyentlar uchun tavsiya etilgan boshlang‘ich doza 5 mg (10 mg dozali Vazurotin preparatining ½ tabletkasi) ni tashkil qiladi. Yondosh davolash Rozuvastatin turli tashuvchi oqsillar (xususan OATZ1V1 va BCRP) bilan bog‘lanadi. Vazurotin preparatini tashuvchi oqsillar bilan o‘zaro ta’siri hisobiga qon plazmasida rozuvastatinning kontsentratsiyasini oshiruvchi dori vositalari (tsiklosporin, ayrim OITV proteaza ingibitorlari, shu jumladan ritonavirni atazanavir, lopinavir va/yoki tipranavir bilan majmuasi kabi) bilan bir vaqtda qo‘llaganda miopatiya, shu jumladan rabdomioliz xavfi oshishi mumkin (“Maxsus ko‘rsatmalar” va “Dorilarning o‘zaro ta’siri” bo‘limlariga qarang). Bunday hollarda muqobil davolashni buyurish yoki Vazurotin preparatini qo‘llashni vaqtincha to‘xatish imkonini baholash kerak. Agar yuqorida sanab o‘tilgan preparatlarni qo‘llash zarurati bo‘lsa, Vazurotin preparati bilan yondosh davolashdan foyda va xavf nisbatini baholash va uning dozasini kamaytirish imkonini ko‘rib chiqish kerak (“Dorilarning o‘zaro ta’siri” bo‘limiga qarang).

Rozuvastatin qo‘llanganida kuzatiladigan nojo‘ya samaralar odatda ahamiyatsiz ifodalangan va o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi. GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlarini qo‘llagandagi kabi noxush reaktsiyalarni paydo bo‘lish tez-tezligi asosan dozaga bog‘liq xarakterga ega. Nojo‘ya samaralarning tez-tezligi quyidagicha taqdim qilingan: juda tez-tez (≥1/10 holatlar), tez-tez (˃1/100 – ˂1/10 holatlar), tez-tez emas (˃1/1000 – ˂1/100 holatlar), kam hollarda (˃1/10000 – ˂1/1000 holatlar) va juda kam hollarda (˂1/10000 holatlar, shu jumladan alohida xabarlar). Mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida rivojlanish tez-tezligini baholash imkoni bo‘lmagan noxush reaktsiyalar “tez-tezligi noma’lum” deb belgilangan. Immun tizimi tomonidan: kam hollarda – yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, shu jumladan angionevrotik shish. Endokrin tizimi tomonidan: tez-tez – qandli diabetning 2 tipi. Markaziy nerv tizimi tomonidan: tez-tez – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi; juda kam hollarda – polineyropatiya, xotirani yo‘qolishi. Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: tez-tez – qabziyat, ko‘ngil aynishi, qorinda og‘riq; kam hollarda – pankreatit, “jigar” transaminazalari faolligini oshishi; juda kam hollarda – sariqlik, gepatit; tez-tezligi noma’lum – diareya. Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan: tez-tez emas – teri qichishishi, toshma, eshakemi; tez-tezligi noma’lum – Stivens-Djonson sindromi. Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan: tez-tez – mialgiya; kam hollarda – miopatiya (shu jumladan miozit), kam hollarda – o‘tkir buyrak yetishmovchiligi bilan kechuvchi yoki usiz rabdomioliz. Rozuvastatin qabul qiluvchi ko‘pchilik patsiyentlarda kreatinfosfotaza (KFK) faolligini dozaga bog‘liq oshishi kuzatiladi (ko‘pchilik holatlarda u ahamiyatsiz, simptomsiz va vaqtincha bo‘lgan). KFK faolligini oshishi holatlarida (normaning yuqori chegarasiga nisbatan kamida 5 marta) davolash to‘xtatilishi kerak. Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan: juda kam hollarda – gematuriya. Rozuvastatin qabul qilgan patsiyentlarda proteinuriya aniqlanishi mumkin; siydikda oqsil miqdorini o‘zgarishi (mavjud bo‘lmaslik yoki juda kam miqdordan ++ yoki undan ko‘proqqacha) 10-20 mg rozuvastatin qabul qilgan patsiyentlarning 1% dan kamrog‘ida va 40 mg dozada rozuvastatin qabul qilgan patsiyentlarning taxminan 3% da kuzatiladi. Siydikda oqsil miqdorini ahamiyatsiz o‘zgarishi 20 mg doza qabul qilinganda kuzatilgan. Davolash jarayonida proteinuriya ko‘pchilik holatlarda yo‘q bo‘ladi va o‘tkir yoki buyrakning mavjud kasalligini avj olishini bildirmaydi. Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan: kam hollarda – “jigar” transaminazalari faolligini dozaga bog‘liq oshishi (kam sondagi patsiyentlarda; ko‘pgina hollarda u ahamiyatsiz, simptomsi va vaqtincha). Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a’zolari tomonidan: tez-tezligi noma’lum – yo‘tal, hansirash. Jinsiy a’zolar va sut bezlari tomonidan: tez-tezligi noma’lum – ginekomastiya. Qon yaratish tizimi tomonidan: tez-tezligi noma’lum – trombotsitopeniya. Laboratoriya ko‘rsatkichlari: tez-tezligi noma’lum – glyukoza, bilirubin kontsentratsiyasi, gamma-glutamiltranspeptidaza, ishqoriy fosfotaza faolligini oshishi, qalqonsimon bezi faoliyatini buzilishi. Boshqalar: tez-tez – astenik sindrom; tez-tezligi noma’lum – periferik shishlar. Ayrim statinlarni qo‘llaganda quyidagi noxush reaktsiyalar haqida xabar berilgan: depressiya, uyquni buzilishi, shu jumladan uyqusizlik va “dahshatli” tush ko‘rishlar, erektil disfunktsiya. O‘pkaning interstitsial kasalligining yakka holati haqida, ayniqsa preparatlarni uzoq vaqt qo‘llaganda xabar berilgan (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang).

rozuvastatin yoki preparatning biron-bir komponentiga yuqori sezuvchanlik;laktozani o‘zlashtiraolmaslik, laktaza tanqisligi yoki glyukozo-galaktoz malabsorbtsiya (preparat laktoza saqlaydi);faol bosqichdagi jigar kasalliklari, shu jumladan zardobdagi transaminazalar faolligini turg‘un oshishi va qon plazmasidagi transaminazalar faolligini normaning yuqori chegarasidan kamida 3 marta har qanday oshishi;og‘ir buyrak yetishmovchiligi (KK˂30 ml/min);miopatiya;tsiklosporinni bir vaqtda qabul qilish;miotoksik asoratlar rivojlanishiga moyil patsiyentlar;homiladorlik va emizish davri;kontratseptsiyaning ishonchli usullaridan foydalanmaydigan tug‘ruq yoshidagi ayollar;18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Tashuvchi oqsillar ingibitorlari Rozuvastatin ayrim tashuvchi oqsillar, shu jumladan OATZ1V1 va BCRP bilan bog‘lanadi. Bu tashuvchi oqsillarning ingibitorlari hisoblangan preparatlarni yondosh qo‘llash qon plazmasida rozuvastatinning kontsentratsiyasini oshishi va miopatiya rivojlanishi xavfini oshishi bilan kechishi mumkin. Tsiklosporin Rozuvastatin va tsiklosporinni bir vaqtda qo‘llaganda rozuvastatinning AUC sog‘lom ko‘ngillilarda kuzatiladigan ko‘rsatkichdan o‘rtacha 7 marta yuqori bo‘lgan. Bir vaqtda qo‘llash qon plazmasida rozuvastatinning kontsentratsiyasini 11 marta oshishiga olib keladi. Rozuvastatin tsiklosporinning plazmadagi kontsentratsiyasiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Rozuvastatin va tsiklosporinni bir vaqtda qo‘llash mumkin emas. Bilvosita antikoagulyantlar Bir vaqtda bilvosita antikoagulyantlarni (masalan varfarin) qabul qilayotgan patsiyentlarda rozuvastatin bilan davolashni boshlash yoki preparatning dozasini oshirish protrombin vaqtini (halqaro normallashtirilgan nisbat – HNN) oshishiga olib kelishi mumkin. Rozuvastatinni bekor qilish yoki preparatning dozasini kamaytirish HNN ni kamayishiga olib kelishi mumkin. Bunday hollarda HNN ni nazorat qilish tavsiya etiladi. Gemfibrozil va boshqa gipolipidemik vositalar Rozuvastatin va gemfibrozilni bir vaqtda qo‘llash qon plazmasida rozuvastatinning maksimal kontsentratsiyasini va rozuvastatinning AUC ni 2 marta oshishiga olib keladi. Spetsifik o‘zaro ta’siri bo‘yicha ma’lumotlarga asoslanib, fenofibratlar bilan farmakokinetik ahamiyatga ega o‘zaro ta’siri kutilmaydi, farmakodinamik o‘zaro ta’siri bo‘lishi mumkin. Gemfibrozil, fenofibrat, boshqa fibratlar va lipidlar darajasini pasaytiruvchi dozalarda (sutkada 1 g dan ko‘p) nikotin kislotasi GMG-KoA-reduktaza ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llaganda ehtimol monoterapiyada qo‘llaganda ham miopatiya chaqirishi mumkinligi tufayli, miopatiya rivojlanishi xavfini oshiradi. Rozuvastatinni gemfibrozil, fibratlar, sutkada 1 g dan yuqori dozada nikotin kislotasi bilan bir vaqtda qo‘llaganda rozuvastatinning 5 mg (10 mg dozali Vazurotin preparatining ½ tabletkasi) boshlang‘ich dozasi tavsiya etiladi. Ezetimib 10 mg dozada rozuvastatin va 10 mg dozada ezetimibni bir vaqtda qo‘llaganda giperxolesteremiyasi bo‘lgan patsiyentlarda ikkala dori vositalarining AUC va Smax ni o‘zgarishi bilan kechmagan. OITV proteza ingibitorlari O‘zaro ta’sirning aniq mexanizmi noma’lumligiga qaramay, odam immun tanqisligi virusi (OITV) proteazasi ingibitorlarini bir vaqtda qo‘llash rozuvastatinning ekspozitsiyasini ahamiyatli darajada oshishiga olib kelishi mumkin. Sog‘lom ko‘ngillilarda 20 mg rozuvastatinni ikkita OITV proteaza ingibitorlari (400 mg lopinavir/100 mg ritonavir) ni saqlovchi majmuaviy preparat bilan bir vaqtda qo‘llash bo‘yicha farmakokinetik tadqiqotlar rozuvastatinning AUC0-24 va Smax ni muvofiq ravishda taxminan ikki marta va besh marta oshishiga olib kelgan. Shuning uchun OITV bo‘lgan patsiyentlarda rozuvastatin va OITV proteaza ingibitorlarini bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi. Antatsidlar Rozuvastatin va alyuminiy va magniy gidroksidini saqlovchi antatsidlar suspenziyasini bir vaqtda qo‘llash plazmadagi rozuvastatinning kontsentartsiyasini taxminan 50% ga kamayishiga olib keladi. Agar antatsidlar rozuvastatin qabul qilingandan 2 soatdan keyin qo‘llanilsa, bu samara kuchsizroq namoyon bo‘ladi. Ushbu o‘zaro ta’sirning klinik ahamiyati o‘rganilmagan. Eritromitsin Rozuvastatin va eritromitsinni bir vaqtda qo‘llash rozuvastatinning AUC 20% ga va rozuvastatinning Smax ni 30% ga kamayishiga olib keladi. Bunday o‘zaro ta’sir eritromitsinni qabul qilish chaqirgan ichak motorikasini kuchayishi oqibatida yuzaga kelishi mumkin. Peroral kontratseptivlar/o‘rinbosar gormonal davolash Rozuvastatin va peroral kontratseptivlarni bir vaqtda qo‘llash etinilestradiolning AUC va norgestrelning AUC muvofiq ravishda 26 va 34% ga oshiradi. Plazmadagi kontsentratsiyalarni bunday oshishi peroral kontratseptivlarning dozasini tanlaganda e’tiborga olinishi kerak. Rozuvastatin va o‘rinbosar gormonal davolashni bir vaqtda qo‘llash bo‘yicha farmakokinetik ma’lumotlar yo‘q, shunday qilib, ushbu majmua qo‘llanilganda shunga o‘xshash samarani inkor etib bo‘lmaydi. Ammo klinik tadqiqotlarni o‘tkazish vaqtida keng qo‘llanilgan va patsiyentlar tomonidan yaxshi o‘zlashtirilgan. Tsitoxrom R450 izefermentlari In vitro va in vivo sharoitdagi tadqiqotlar rozuvastatin tsitoxrom R450 izofermentlarini ingibitori ham, induktori ham emasligini namoyish qilgan. Bundan tashqari, rozuvastatin bu izofermentlar uchun kuchsiz substrat bo‘lib hisoblanadi. Rozuvastatin va flukonazol (CYP2C9 va CYP3A4 fermentlarning ingibitori) va ketokonazol (CYP2A6 va CYP3A4 fermentlarning ingibitori) orasida klinik ahamiyatli o‘zaro ta’sir kuzatilmagan. Rozuvastatin va itrakonazol (CYP3A4 fermentning ingibitori) bilan bir vaqtda qo‘llash rozuvastatinning AUC 28% ga (klinik ahamiyatsiz) oshiradi. Shunday qilib, tsitoxrom R450 metabolizmi bilan bog‘liq o‘zaro ta’sir kutilmaydi. Digoksin Rozuvastatinni digoksin bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta’siri kutilmaydi. Rozuvastatinning dozasiga tuzatish kiritishni talab etuvchi dori preparatlari bilan o‘zaro ta’siri Rozuvastatinning ekspozitsiyasini oshiruvchi dori preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llash zarurati bo‘lganida Vazurotin preparatining dozasiga tuzatish kiritish kerak. Agar ekspozitsiya 2 marta va undan ko‘proq oshishi kutilsa, Vazurotin preparatining boshlang‘ich dozasi sutkada 1 marta 5 mg (10 mg dozada Vazurotin preparatining ½ tabletkasi) ni tashkil qilishi kerak. Shuningdek rozuvastatinning kutilgan ekspozitsiyasi rozuvastatin bilan o‘zaro ta’sirlashadigan dori vositalarini bir vaqtda buyurishsiz qabul qilinadigan 40 mg dozadagidan oshmaydigan darajada preparatning maksimal sutkalik dozasiga tuzatish kiritish kerak. Masalan gemfibrozil bilan bir vaqtda qo‘llanilganda preparatning maksimal dozasi 20 mg ni (ekspozitsiyani 1,9 marta oshishi), ritonavir/atanazavir bilan – 10 mg ni (ekspozitsiyani 3,1 marta oshishi) tashkil qilishi kerak.

Siydik chiqarish tizimi Rozuvastatinning yuqori dozalarini (asosan 40 mg) qabul qilgan patsiyentlarda ko‘pgina holatlarda tranzitor bo‘lgan kanalchalar proteinuriyasi kuzatilgan. Bunday proteinuriya buyrakning o‘tkir kasalligi yoki buyrak kasalligini avj olishidan dalolat bermagan. Vazurotin preparatini 40 mg dozada qabul qilayotgan patsiyentlarda davolash vaqtida buyrak faoliyatining ko‘rsatkichlarini nazorat qilish kerak. Tayanch-harakat apparati Rozuvastatinni barcha dozalarda va asosan 20 mg dan yuqori dozalarda qabul qilganda quyidagi tayanch-harakat apparatiga ta’siri haqida xabar berilgan: mialgiya, miopatiya, kam hollarda rabdomioliz. Kreatinfosfokinazani (KFK) aniqlash KFK faolligini aniqlashni jadal jismoniy yuklamalar yoki KFK faolligini oshirishi mumkin bo‘lgan boshqa omillar mavjudligida amalga oshirish mumkin emas, bu olingan natijalarni noto‘g‘ri interpretatsiyasiga olib kelishi mumkin. Agar KFK ning dastlabki faolligi ahamiyatli darajada (normaning yuqori chegarasidan 5 marta yuqori) oshgan bo‘lsa, 5-7 kundan keyin takroran o‘lchashni amalga oshirish kerak. Agar takroriy test KFK ning dastlabi yuqori faolligini (normaning yuqori chegarasidan 5 marta yuqoriroq) tasdiqlasa, davolashni boshlash mumkin emas. Davolashni boshlashdan oldin Vazurotin preparatini, shuningdek GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlarini buyurganda miopatiya/rabdomiolizning xavf omillari bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, davolashdan foyda va xavf nisbatini ko‘rib chiqish va klinik kuzatuvni amalga oshirish kerak. Davolash vaqtida Patsiyentlarni to‘satdan mushaklarda og‘riq, mushak kuchsizligi yoki spazmlari, ayniqsa lohaslik va isitma bilan birga paydo bo‘lganda darhol shifokorga murojaat etish kerakligi haqida ogohlantirish kerak. Bunday patsiyentlarda KFK faolligini aniqlash kerak. Agar KFK faolligi ahamiyatli darajada (normaning yuqori chegarasidan 5 marta yuqori) oshgan bo‘lsa yoki mushaklar tomonidan simptomlar yaqqol namoyon bo‘lgan va har kungi diskomfort chaqirsa (hatto agar KFK faolligi normaning yuqori chegarasidan 5 marta pastroq bo‘lsa ham) davolashni to‘xtatish kerak. Agar simptomlar yo‘q bo‘lsa va KFK faolligi normaga qaytsa, patsiyentni sinchkovlik bilan kuzatuvi ostida Vazurotin preparatini yoki GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlarini takroran buyurish masalasini ko‘rib chiqish kerak. Simptomlar bo‘lmaganida KFK faolligini doimiy nazorati maqsadga muvofiq emas. Statinlar, shu jumladan rozuvastatin bilan davolash vaqtida yoki davolash to‘xtatilganda proksimal mushaklarni turg‘un kuchsizligi va qon zardobida KFK faolligini oshishi ko‘rinishidagi klinik ko‘rinishlar bilan kechuvchi immunitetga bog‘liq nekrozlanuvchi miopatiya holatlari haqida kam hollarda xabar berilgan. Mushak va nerv tizimini qo‘shimcha tekshirish, serologik tekshiruvlar, shuningdek immunodepressant vositalar bilan davolash talab etilishi mumkin. Rozuvastatin qabul qilganda va yondosh davolaganda skelet mushaklariga ta’sirni oshishi belgilari aniqlanmagan. Lekin GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlarini fibrat kislotasining hosilalari, shu jumladan gemfibrozil, tsiklosporin, lipidlar darajasini pasaytiruvchi dozada nikotin kislotasi, azol zamburug‘larga qarshi vositalar, OITV proteaza ingibitorlari va makrolid antibiotiklarini bilan birga qabul qilgan patsiyentlarda miozit va miopatiya holatlari sonini oshishi haqida xabar berilgan. Gemfibrozil GMG-KoA-reduktazaning ayrim ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llanilganda miopatiya rivojlanishi xavfini oshiradi. Shunday qilib Vazurotin preparati va gemfibrozilni bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Vazurotin preparati va fibratlar yoki nikotin kislotasining lipidlar darajasini pasaytiruvchi dozalarini bir vaqtda qo‘llaganda xavf va foyda nisbatini sinchkovlik bilan baholash kerak. Fibratlar va 40 mg dozada Vazurotin preparatini bir vaqtda qo‘llash mumkin emas. Davolash boshlanganidan 2-4 xaftadan keyin va/yoki Vazurotin preparatining dozasi oshirilganda lipid almashinuvining ko‘rsatkichlarini nazorat qilish kerak (zarurati bo‘lganida dozaga tuzatish kiritish talab etiladi). Jigar Davolashni boshlashdan oldin va davolash boshlangandan 3 oydan keyin jigar faoliyatining ko‘rsatkichlarini aniqlashni o‘tkazish tavsiya etiladi. Agar qon zardobida “jigar” transaminazalar faolligi normaning yuqori chegarasidan 3 marta yuqori bo‘lsa, Vazurotin preparatini qabul qilishni to‘xtatish yoki uning dozasini kamaytirish kerak. Gipotireoz yoki nefrotik sindrom oqibatidagi giperxolesterinemiyasi bo‘lgan patsiyentlarda asosiy kasalliklarni davolash Vazurotin preparati bilan davolashni boshlashdan oldin o‘tkazilishi kerak. Etnik guruhlar Xitoylik va yapon patsiyentlar orasida o‘tkazilgan farmakokinetik tadqiqotlar jarayonida yevropalik patsiyentlar orasida olingan ko‘rsatkichlarga nisbatan rozuvastatinning tizimli kontsentratsiyasini oshishi aniqlangan. Buni ushbu guruhdagi patsiyentlarga Vazurotin preparatini buyurganda e’tiborga olish kerak (“Farmakokinetikasi”, “Qo‘llash usuli va dozalari” bo‘limlariga qarang). OITV proteaza ingibitorlari Rozuvastatin va OITV proteaza ingibitorlarini bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi (“Dorilarning o‘zaro ta’siri” bo‘limiga qarang). O‘pkaning interstitsial kasalligi Ayrim statinlarni qabul qilganda, ayniqsa uzoq vaqt qabul qilganda o‘pkaning interstitsial kasalligining yakka holatlari haqida xabar berilgan. Kasallikning belgilari bo‘lib hansirash, quruq yo‘tal va umumiy holatni yomonlashishi (holsizlik, tana vaznini kamayishi va isitma) bo‘lishi mumkin. O‘pkaning interstitsial kasalligiga gumon bo‘lganda statinlar bilan davolashni to‘xtatish kerak. Qandli diabetning 2 tipi Glyukozaning kontsentratsiyasi 5,9 dan 6,9 mmol/l bo‘lgan patsiyentlarda rozuvastatin bilan davolash qandli diabetning 2 tipi rivojlanishi xavfini oshishi bilan assotsiatsiyalangan. Laktoza Preparatning tarkibiga laktoza kiradi, shuning uchun laktozani o‘zlashtiraolmaslik, laktaza tanqisligi, glyukozo-galaktoz malabsorbtsiya bo‘lganda preparatni qabul qilish mumkin emas.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Bir necha sutkalik dozani bir vaqtda qabul qilganda rozuvastatinning farmakokinetik ko‘rsatkichlari o‘zgarmaydi. Spetsifik antidoti yo‘q. Dozani oshirib yuborilganda simptomatik davolash va hayotiy muhim a’zolar va tizimlar faoliyatini tutib turishga qaratilgan choralarni o‘tkazish tavsiya etiladi. Jigar faoliyati va KFK faolligini nazorat qilish kerak. Gemodializ samarali bo‘lishining ehtimoli kam.

Retsept bo‘yicha beriladi

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 10 mg, 20 mg va 40 mg. 10 yoki 14 tabletkadan Al/Al blisterda. 14 tabletkadan 1, 2, 4, 8 va 10 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi. 10 tabletkadan 1, 3, 6, 9 va 10 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

3 yil.