Vazatorretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

10 mg li 1 tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: atorvastatin kaltsiy – 10,34 mg, ortiqchasini hisobi bilan – 10,67 mg, bu 10 mg atorvastatinga to‘g‘ri keladi; yordamchi moddalar: mikrokristall tsellyuloza, laktoza monogidrati, kaltsiy karbonati, povidon, izopropanol*, kolloid kremniy dioksidi, natriy kroskarmelloza, magniy stearati; plyonka qobig‘i: gipromelloza, makrogol 6000, titan dioksidi, talk, izopropanol*, dixlormetan*, temir (III) oksidi bo‘yovchisi. 20 mg li 1 tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: atorvastatin kaltsiy – 20,68 mg, ortiqchasini hisobi bilan – 21,34 mg, bu 20 mg atorvastatinga to‘g‘ri keladi; yordamchi moddalar: mikrokristall tsellyuloza, laktoza monogidrati, kaltsiy karbonati, povidon, izopropanol*, kolloid kremniy dioksidi, natriy kroskarmelloza, magniy stearati; plyonka qobig‘i: gipromelloza, makrogol 6000, titan diokisidi, talk, izopropanol*, dixlormetan*, bo‘yovchisi temir (II) oksidi. *-ishlab chiqarish jarayonida yo‘qotiladi.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

atorvastatin

Preparatning savdo nomi:

Vazator

Farmakalogik guruhi:

gipolipidemik vosita. GMG-KoA-reduktaza ingibitori.

Dori shakli:

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

10 mg li doza uchun: dumaloq, ikki tomonlama qavariq, to‘q-pushti rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Sindirilganida ikki qavat ko‘rinadi; yadro – oqdan deyarli oq rangligacha. 20 mg li doza uchun: dumaloq, ikki tomonlama qavariq, sariq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Sindirilganida ikki qavat ko‘rinadi; yadro – oqdan deyarli oq rangligacha.

gipolipidemik vosita. GMG-KoA-reduktaza ingibitori.

S10AA05

So‘rilishi – yuqori. Qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasiga (Smax) 1-2 soat o‘tgach erishiladi, ayollarda Cmax 20% ga yuqori, kontsentratsiya/vaqt egri chizig‘i ostidagi maydon (AUC) – 10% ga past; alkogolli jigar tsirrozi bo‘lgan bemorlarda Cmax 16 marta, AUC –   11 marta normadan yuqori. Ovqat qabul qilish preparatning so‘rilish tezligi va davomiyligini biroz pasaytiradi (muvofiq 25% va 9% ga), biroq PZLP xolesterinini pasayishi, atorvastatin ovqatsiz qo‘llanganidagi bilan o‘xshash. Atorvastatinning kontsentratsiyasi kechki vaqtda qo‘llanganida ertalabkiga nisbatan past (taxminan 30% ga). So‘rilish darajasi va preparatning dozasi orasida proportsional bog‘liqlik aniqlangan. Biokiraolishligi – 12%, GMG-KoA-reduktazaga nisbatan ingibitsiya qiluvchi faolligining tizimli biokiraolishligi – 30%. Past tizimli biokiraolishligi me’da-ichak yo‘llarining shilliq qavatidagi tizimoldi va jigar orqali “birinchi o‘tish” metabolizmi bilan bog‘liq. O‘rtacha taqsimlanish hajmi – 381 l, qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi – 98%. Jigarda asosan CYP3A4, CYP3A5 va CYP3A7 izofermentlar ta’siri ostida farmakologik faol metabolitlarining (orto- va paragidroksillangan hosilalari, beta-oksidlanish mahsulotlari) hosil bo‘lishi bilan metabolizmga uchraydi. In vitro sharoitida orto- va paragidroksillangan metabolitlari GMG-KoA-reduktazaga atorvastatin bilan bir xil ingibitsiya qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. Preparatning GMG-KoA-reduktazaga nisbatan ingibitsiya qiluvchi ta’siri taxminan 70% ga aylanib yuruvchi metabolitlarining faolligi bilan belgilanadi. Jigar va/yoki jigardan tashqari metabolizmidan keyin ichak orqali safro bilan chiqariladi (yaqqol ichak-jigar retsirkulyatsiyasiga duchor bo‘lmaydi). Yarim chiqarilish davri – 14 soat. Faol metabolitlarining mavjudligi tufayli, GMG-KoA-reduktazaga nisbatan ingibitsiya qiluvchi faolligi taxminan 20-30 soat saqlanadi. Preparatning ichga qabul qilingan dozasining 2% dan kamrog‘i siydikda aniqlanadi. Gemodializda chiqarilmaydi.

Atorvastatin quyidagilarda qo‘llanadi: birlamchi giperxolesterinemiyali, geterozigot oilaviy va oilaviy bo‘lmagan giperxolesterinemiyali va majmuaviy (aralash) giperlipidemiyali (Fredrikson bo‘yicha IIa va IIb turlar) bemorlarda parhez bilan birga umumiy xolesterin, PZLP/xolesterini, apolipoprotein V va triglitseridlarning oshgan darajalarini pasaytirish va YUZLP xolesterini darajasini oshirish uchun;triglitseridlarning zardobdagi darajasi yuqori bo‘lgan bemorlarni (Fredrikson bo‘yicha IV tur) va parhez bilan davolash adekvat samara bermaydigan disbetalipoproteinemiyali bemorlarni (Fredrikson bo‘yicha III tur) parhez bilan birga davolash uchun;gomozigot oilaviy giperxolesterinemiyali bemorlarda parhez bilan davolash va boshqa davolashning nofarmakologik usullari yetarlicha samarali bo‘lmaganida umumiy xolesterin va PZLP/xolesterini darajalarini pasaytirish uchun qo‘llanadi.

Vazator preparatini buyurishdan oldin bemorga standart gipolipidemik parhezni tavsiya qilish kerak, uni u butun davolash davri davomida rioya qilishni davom ettirishi kerak. Boshlang‘ich doza o‘rtacha sutkada bir marta 10 mg ni tashkil qiladi. Dozalar sutkada bir marta 10 dan 80 mg gacha o‘zgaradi. Preparatni kunning har qanday vaqtida ovqat bilan yoki ovqat qabul qilishdan qat’iy nazar qabul qilish mumkin. Doza PZLP/xolesterinning dastlabki darajalari hisobi, davolashning maqsadi va individual samaraga qarab tanlanadi. Davolashni boshida va/yoki atorvastatinning dozasini oshirish vaqtida har 2-4 haftada qon plazmasidagi lipidlarning kontsentratsiyasini nazorat qilish va dozaga muvofiq tarzda tuzatish kiritish kerak. Birlamchi giperxolesterinemiya va aralash giperlipidemiya, shuningdek Fredrikson bo‘yicha III va IV tur. Ko‘pchilik hollarda Vazator preparatini 10 mg dozada sutkada 1 marta buyurish yetarli bo‘ladi. Ahamiyatli terapevtik samara 2 hafta o‘tgach kuzatiladi, odatda maksimal terapevtik samara 4 hafta o‘tgach kuzatiladi. Uzoq muddat davolashda bu samara saqlanadi. Gomozigot oilaviy giperxolesterinemiya. Preparat 80 mg dozada (4 tabletka 20 mg dan) sutkada 1 marta buyuriladi. Preparatni buyrak yetishmovchiligi yoki buyraklarning kasalliklari bo‘lgan bemorlarda qo‘llash qon plazmasidagi atorvastatinning darajasiga yoki uni qo‘llashdagi PZLP/xolesterin miqdorini pasayish darajasiga ta’sir qilmaydi, shuning uchun preparatning dozasini o‘zgartirish talab qilinmaydi (“Ehtiyotkorlik bilan” va “Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limlariga qarang). Preparatni keksa patsiyentlarda qo‘llashda xavfsizligi, samaradorligi yoki gipolipidemik davolashning maqsadlariga erishishda umumiy populyatsiya bilan solishtirganda farqlar aniqlanmagan.

Markaziy nerv tizimi tomonidan – 2% dan ko‘proq – uyqusizlik, bosh aylanishi; 2% kamroq – bosh og‘rig‘i, asteniya, loxaslik, uyquchanlik, dahshatli tushlar ko‘rish, paresteziyalar, periferik nevropatiya, amneziya, emotsional beqarorlik, ataksiya, yuz nervining falaji, giperkinezlar, migren, depressiya, gipesteziya, xushdan ketish. Sezgi a’zolari tomonidan: 2% dan kamroq – ambliopiya, quloqlarda jaranglash, kon’yunktivaning quruqligi, akkomodatsiyani buzilishi, ko‘z to‘r pardasiga qon quyilishi, karlik, gaukoma, parosmiya, ta’m sezgisini yo‘qotish, ta’mni buzilishi. Yurak-qon tomir tizimi tizimi tomonidan: 2% dan ko‘proq – ko‘krakda og‘riq; 2% dan kamroq – yurak urishi, vazodilatatsiya simptomlari, ortostatik gipotenziya, arterial bosimni oshishi, flebit, aritmiya, stenokardiya. Qon yaratish tizimi tomonidan: 2% dan kamroq – anemiya, limfadenopatiya, trombotsitopeniya. Nafas a’zolari tomonidan: 2% dan ko‘proq – bronxit, rinit; 2% dan kamroq – pnevmoniya, dispnoe, bronxial astmani zo‘rayishi, burundan qon ketishi. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: 2% dan ko‘proq – ko‘ngil aynishi; 2% dan kamroq – jig‘ildon qaynashi, qabziyat yoki diareya, meteorizm, gastralgiya, qorin og‘rig‘i, ishtaxani pasayishi yoki oshishi, og‘izni qurishi, kekirish, disfagiya, qusish, stomatit, ezofagit, glossit, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining eroziv-yarali shikastlanishlari, gastroenterit, gepatit, o‘t qopi sanchig‘i, xeylit, 12-barmoq ichakning yarasi, pankreatit, xolestatik sariqlik, jigar funktsiyasini buzilishi, rektal qon ketishlar, melena, milklarni qonashi, tenezmlar. Tayanch-harakat apparati tomonidan: 2% dan ko‘proq – artrit; 2% dan kamroq – oyoq mushaklarining tirishishi, bursit, tendosinovit, miozit, miopatiya, artralgiya, mialgiya, rabdomioliz, qiyshiq bo‘yin, mushak gipertonusi, bo‘g‘imlarning kontrakturasi. Siydik-jinsiy tizimi tomonidan: 2% dan ko‘proq – urogenital infektsiyalar, periferik shishlar; 2% dan kamroq – dizuriya (shu jumladan pollakiuriya, nikturiya, siydikni tutib turaolmaslik yoki siyishni tutilishi, siyishga imperiativ qistovlar), nefrit, gematuriya, vaginal qon ketishlar, nefrourolitiaz, metrorragiya, epididimit, libidoni pasayishi, impotentsiya, eyakulyatsiyani buzilishi. Teri qoplamalari tomonidan: 2% dan ko‘proq – alopetsiya, kserodermiya, ko‘p terlash, ekzema, seboreya, ekximozlar, petexiyalar. Allergik reaktsiyalar: 2% dan kamroq – terini qichishishi, teri toshmasi, kontakt dermatit, kam hollarda – angionevrotik shish, eshakemi, yuzning shishi, fotosensibilizatsiya, anafilaksiya, ko‘p shaklli ekssudativ eritema (shu jumladan Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi). Laboratoriya ko‘rsatkichlari: 2% dan kamroq – giperglikemiya, gipoglikemiya, zardobda KFK ni oshishi, albuminuriya. Boshqalar: 2% dan kamroq – tana vaznini oshishi, ginekomastiya, mastodiniya, podagrani zo‘rayishi.

preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;jigarning faol kasalliklari yoki noma’lum genezli “jigar” fermentlari – faolligini oshishi (normaning yuqori chegarasi bilan solishtirganda 3 martadan ko‘proq);jigar yetishmovchiligi (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha og‘irlik darajasi A va V);homiladorlik;laktatsiya davri;laktoza tanqisligi, laktozani o‘zlashtiraolmaslik, glyukozo-galaktoza malabsorbtsiyasi;18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan) qo‘llash mumkin emas.

Bu sinfning boshqa dori vositalari bilan davolash vaqtida miopatiyaning xavfi bir vaqtda tsiklosporin, fibratlar, eritromitsin, azollarga kiruvchi zamburug‘larga qarshi vositalar va nikotin kislotasi bilan bir vaqtda qo‘llanganida oshadi. Bir vaqtda ichga atorvastatin va magniy va alyuminiy gidroksidini saqlovchi suspenziya qabul qilinganida qon plazmasidagi atorvastatinning kontsentratsiyasi taxminan 35% ga kamaygan, biroq bunda PZLP/xolesterin miqdorini kamayish darajasi o‘zgarmagan. Bir vaqtda qo‘llanganida atorvastatin antipirinning (fenazon) farmakokinetikasiga ta’sir qilmaydi, shuning uchun tsitoxromning shu izofermentlari bilan metabolizmga uchrovchi boshqa vositalar bilan o‘zaro ta’siri kutilmaydi. Kolestipol bilan bir vaqtda qo‘llanganida qon plazmasidagi atorvastatinning kontsentratsiyasi taxminan 25% ga pasaygan. Biroq atorvastatin va kolestipol kombinatsiyasining gipoglipidemik samarasi alohida har bir preparatning ta’siridan yuqori bo‘lgan. Digoksin va 10 mg dozada atorvastatin takroriy qabul qilinganida qon plazmasidagi digoksinning muvozanat kontsentratsiyasi o‘zgarmagan. Biroq, digoksin sutkada 80 mg doza atorvastatin bilan majmuada qo‘llanganida digoksinning kontsentratsiyasi taxminan 20% ga oshgan. Digoksinni atorvastatin bilan birga qabul qilayotgan bemorlarni kuzatish kerak. Atorvastatin va eritromitsin (500 mg sutkada 4 marta) yoki klaritromitsin (500 mg sutkada 2 marta), ular tsitoxrom R450 3A4 ni ingibitsiya qiladilar, bir vaqtda qo‘llanganida, qon plazmasida atorvastatinning kontsentratsiyasining oshishi kuzatilgan. Bir vaqtda atorvastatin (10 mg sutkada 1 marta) va azitromitsin (500 mg sutkada 1 marta) qo‘llanganida qon plazmasida atorvastatinning kontsentratsiyasi o‘zgarmagan. Atorvastatin qon plazmasidagi terfenadinning kontsentratsiyasiga klinik ahamiyatli ta’sir ko‘rsatmagan, u asosan tsitoxrom R450 3A4 tomonidan metabolizmga uchraydi, shuning uchun atorvastatinni tsitoxrom R450 3A4 ning boshqa substratlarini farmakokinetik ko‘rsatkichlariga ahamiyatli ta’sir qilishini ehtimoli kam. Atorvastatin va noretindron va etinilestradiol saqlovchi ichga qabul qilish uchun kontratseptiv bir vaqtda qo‘llanganida, noretindron va etinilestradiolning AUC ahamiyatli oshishi, muvofiq taxminan 30% va 20% ga kuzatilgan. Bu samarani atorvastatinni qabul qilayotgan ayol uchun peroral kontratseptivni tanlashda hisobga olish kerak. Endogen steroid gormonlarning kontsentratsiyasini pasaytiruvchi dori vositalari bilan (shu jumladan, tsimetidin, ketokonazol, spironolakton bilan) bir vaqtda qo‘llash, endogen steroid gormonlarning pasayish xavfini oshiradi (ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Atorvastatinni varfarin va tsimetidin bilan o‘zaro ta’sirini o‘rganishda klinik ahamiyatli o‘zaro ta’sirining belgilari aniqlanmagan. Bir vaqtda 80 mg atorvastatin va 10 mg amlodipin qo‘llanganida muvozanat holatida atorvastatinning farmakokinetikasi o‘zgarmagan. Atorvastatin va antigipertenziv vositalarning klinik ahamiyatli noxush o‘zaro ta’siri aniqlanmagan. Tsitoxrom R450 3A4 ning ingibitorlari sifatida ma’lum bo‘lgan proteazalarning ingibitorlari bilan atorvastatinni bir vaqtda qo‘llash, qon plazmasida atorvastatinning kontsentratsiyasini oshishi bilan birga kechgan. Farmatsevtik nomutanosibligi ma’lum emas.

Vazator preparati bilan davolashni boshlashdan oldin bemorga standart gipoxolesterinemik parhezni buyurish kerak, unga u butun davolanish davri vaqtida rioya qilishi kerak. Qondagi lipidlarning kontsentratsiyasini pasaytirish uchun GMG-KoA-reduktaza ingibitorlarini qo‘llash, jigar funktsiyasini aks ettiruvchi biokimyoviy ko‘rsatkichlarni o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Jigar funktsiyasini davolashni boshlash oldidan, Vazatorni qabul qilish boshlanganidan keyin 6 – 12 hafta o‘tgach va har bir doza oshirilganidan keyin, shuningdek vaqti-vaqti bilan, masalan har 6 oyda nazorat qilish kerak. Vazator bilan davolash davomida qon zardobida “jigar” fermentlarining faolligini oshishi mumkin. Fermentlarning faolligini oshishi aniqlangan patsiyentlar, fermentlar faolligi normaga qaytgunicha nazorat ostida bo‘lishlari kerak. Agar alaninaminotransferaza (ALT) yoki aspartataminotransferaza-ning (AST) qiymati yuqori yo‘l qo‘yilgan chegaradan 3 martadan ko‘proqqa oshgan holda, Vazator preparatining dozasini pasaytirish yoki davolashni to‘xtatish tavsiya qilinadi. Alkogolni suiiste’mol qiluvchi va/yoki jigar kasalliklari bo‘lgan bemorlarga Vazatorni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Noma’lum genezli “jigar” transferazalarining faolligini turg‘un oshishi yoki jigarning faol kasalliklari Vazatorni buyurishga qarshi ko‘rsatma bo‘lib xizmat qiladi. Vazator bilan davolash miopatiya chaqirishi mumkin. Miopatiya tashhisini (mushaklarda og‘riq va kuchsizlik, kreatinfosfokinazaning (KFK) faolligini normaning yuqori chegarasi bilan solishtirganda 10 martadan ko‘proqqa oshishi bilan birga) tarqalgan, mialgiyalari, mushaklarning og‘riqliligi yoki kuchsizligi va/yoki KFK faolligini yaqqol oshishi bo‘lgan bemorlarda muhokama qilish kerak. Bemorlarni mushaklardagi tushuntirib bo‘lmaydigan og‘riqlar yoki kuchsizlik paydo bo‘lganida, agar lohaslik yoki isitma bilan kechsa, darhol shifokorga xabar berish kerakligi haqida ogohlantirish lozim. Vazator bilan davolashni KFK faolligi yaqqol oshgan holda yoki tasdiqlangan yoki taxmin qilingan mialgiya bo‘lganida to‘xtatish kerak. Shu sinfning boshqa preparatlari bilan davolashda bir vaqtda tsiklosporin, fibratlar, eritromitsin, lipidlarni pasaytiruvchi dozalarda nikotin kislotasi yoki azolli zamburug‘larga qarshi vositalar qo‘llanganida miopatiya xavfi oshadi. Ko‘pchilik bu preparatlar tsitoxrom R450 3A4 orqali metabolizmni va/yoki dori vositalarining tashilishini ingibitsiya qiladi. Atorvastatin CYP 3A4 izofermenti ta’siri ostida biotransformatsiyaga uchraydi. Vazatorni fibratlar, eritromitsin, immunosupressiv vositalar, azolli zamburug‘larga qarshi vositalar yoki lipidlarni pasaytiruvchi dozalarda nikotin kislotasi bilan majmuada buyurishda, davolashdan kutilayotgan foyda va xavfni sinchiklab baholash va mushaklardagi og‘riqlar yoki kuchsizlikni aniqlash maqsadida, ayniqsa davolashning birinchi oylari davomida va har qanday preparatning dozasini oshirish davrida, muntazam kuzatish kerak. Bunday vaziyatlarda vaqti-vaqti bilan KFK faolligini aniqlashni tavsiya qilish mumkin, garchi nazorat og‘ir miopatiya rivojlanishini oldini olish imkoniyatini bermaydi. Bu sinfning boshqa vositalari kabi Vazatorni qo‘llashda mioglobinuriya bilan bog‘liq bo‘lgan o‘tkir buyrak yetishmovchiligi bilan birga rabdomioliz hollari ta’riflangan. Mumkin bo‘lgan miopatiyaning belgilari paydo bo‘lganida yoki rabdomioliz fonida buyrak yetishmovchiligini rivojlanish xavf omillari (masalan, og‘ir o‘tkir infektsiya, arterial gipotenziya, katta jarrohlik aralashuvlar, jarohatlar, og‘ir almashinuv, endokrin va elektrolit buzilishlar, nazorat qilinmaydigan tirishishlar) bo‘lganida Vazatorni vaqtinchalik to‘xtatish yoki butunlay bekor qilish kerak. Vazator bilan davolashni boshlashdan oldin adekvat diyetoterapiya, jismoniy faollikni oshirish, semizligi bo‘lgan bemorlarda tana vaznini pasaytirish va boshqa holatlarni davolash bilan, giperxolesterinemiyani nazoratiga erishishga urinib ko‘rish kerak.

Vazatorni homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas. Atorvastatinni ko‘krak suti bilan chiqarilishi ma’lum emas. Emizikli bolalarda nohush ko‘rinishlarning rivojlanishi mumkinligini hisobga olib, laktatsiya davrida preparatni qo‘llashning zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish masalasini hal qilish kerak. Reproduktiv yoshdagi ayollar davolanish vaqtida kontratseptsiyaning adekvat usullaridan foydalanishlari kerak. Reproduktiv yoshidagi ayollarga Vazatorni faqat agar homiladorlikning ehtimoli ularda juda past bo‘lgan holda buyurish mumkin, patsiyentga esa homila uchun davolashni mumkin bo‘lgan xavfi bo‘lishi haqida xabardor qilinishi kerak.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Simptomlari: arterial gipotenziya, keyinchalik rabdomioliz va o‘tkir buyrak yetishmovchiligi bilan kechuvchi miopatiya rivojlanishi (kam, ammo og‘ir nojo‘ya samara) bo‘lishi mumkin. Davolash: preparat darhol bekor qilinishi kerak. Umumiy tadbirlar: monitoring va hayotiy muhim a’zolarning faoliyatini tutib turish va preparatni keyinchalik so‘rilishini oldini olish (me’dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir yoki surgi vositalarni buyurish). Simptomatik davolash: rabdomioliz rivojlanganda bemorga diuretik va natriy gidrokarbonat eritmasini yuborish kerak. Rabdomioliz giperkaliyemiyaga olib kelishi mumkin, uni bartaraf qilish uchun kaltsiy xloridi yoki kaltsiy glyukonatini vena ichiga yuborish, glyukozaning insulin bilan infuziyasi, kaliy ionlarini almashtiruvchilarini ishlatish yoki og‘ir hollarda kaliy ionlarini chiqarish uchun gemodializni o‘tkazish talab qilinadi. Atorvastatin qon plazmasi oqsillari bilan sezilarli darajada bog‘lanishi tufayli, gemodializ bu moddani organizmdan chiqarish bo‘yicha nisbatan kam samarali usul hisoblanadi.

Retsept bo‘yicha

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 10 mg № 28 (2x14), № 30 (3x10) va 20 mg № 28 (2x14), № 30 (3x10).

3 yil.