Valised LIKretsept bilan

Tarkibi:

faol moddalar: valeriananing quruq ekstrakti                125 mg, qalampir yalpizning quruq ekstrakti      25 mg, limono‘tning quruq ekstrakti                  25 mg, yordamchi moddalar: soya letsitini, kokos moyi, palma moyi, asalari mumi, tozalangan soya moyi; qobiqning tarkibi: jelatin, glitserin, titan dioksidi (Ye171), temir (II, III) oksidi (Ye172), xlorofillin mis kompleksi (Ye141), sariq xinolin (Ye104).

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

valeriana, qalampir yalpiz, limono‘t

Preparatning savdo nomi:

Valised-LIK

Farmakalogik guruhi:

Uxlatuvchi va sedativ vositalar.

Dori shakli:

kapsulalar

oval shaklli, silliq va yaltiroq yuzali, korpusli va yashil rangli qopqoqli yumshoq jelatin kapsulalar. Kapsula tarkibi – to‘q-jigarran rangli o‘ziga xos hidli quyuq moysimon suyuqlik.

Uxlatuvchi va sedativ vositalar.

N05CM

Tinchlantiruvchi vosita sifatida Valised quyidagi holatlarda buyuriladi: kuchli nerv qo‘zg‘atuvchanligida;nerv tizimini zo‘riqishida;ta’sirchanlikda;xavotirlik, tushkunlik hissida;uyquni buzilishi va uyqusizlikda.

Kattalarga va 12 yoshdagi va undan katta bolalarga odatda 1-2 kapsuladan sutkada 2-3 marta buyuriladi. Uyqusizlikda preparatning dozasi 1-2 kapsulani tashkil etadi – uyqudan bir-ikki soat oldin qabul qilinadi.

Kam hollarda: allergik reaktsiyalar, holsizlik. Uzoq muddat qo‘llanganida qabziyat kuzatiladi.

preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash mumkin emas.

Bir vaqtda qo‘llanganda Valised markaziy nerv tizimiga susaytiruvchi ta’sir etuvchi preparatlarning ta’sirini kuchaytiradi.

Valised preparatini qo‘llash davomiyligi cheklanmagan. Preparat bekor qilinganida abstinentsiya sindromi rivojlanmaydi. Preparat uyquni buzilishi va nerv qo‘zg‘aluvchanligini yengil shakllarida qo‘llaniladi. Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi Homiladorlik va emizish davrida preparatni faqat shifokorning buyurtmasi va kuzatuvi ostida qo‘llash mumkin. Avtomobilni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Davolash vaqtida avtotransportni haydash va diqqatni yukori jamlash hamda psixomotor reaktsiyalar tezligini talab etuvchi boshqa potentsial xavfli faoliyat turlarini bajarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

+15 dan +25oS gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.

Simptomlari: bosh aylanishi, qorinda spastik og‘riqlar, ko‘krakni qisilishi, qorachiqlarni kengayishi. Davolash: me’dani yuvish, zarurat bo‘lganida simptomatik davolash o‘tkazish kerak.

Retseptisiz

15 ta kapsula alyumin folgali va PVX plyonkali kontur uyali o‘ramlarda. 2 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha rus va davlat tillaridagi yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylangan.

2 yil.