Vaksigrip (grippni oldini olish uchun faolsizlantirilgan split vaktsina).retsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol modda: tovuq embrionlarida kultivatsiya qilingan, faolsizlantirilgan, parchalangan gripp viruslari quyidagilarga ekvivalent shtammlarda taqdim qilingan: A (H1N1) * ………… 15 mkg gemagglyutinin; A (H3N2) * ………… 15 mkg gemagglyutinin; V * ……………………. 15 mkg gemagglyutinin. yordamchi komponentlar: natriy xloridi, kaliy xloridi, natriy gidrofosfat digidrati, kaliy digidrofosfati, 0,5 ml gacha inyektsiya uchun suv saqlovchi bufer eritmasi. Ushbu vaktsina JSST Shimoliy yarim shar uchun tavsiyalariga va 2017-2018 y. mavsumi gripp vaktsinalarining tarkibi bo‘yicha YEI qaroriga muvofiqdir.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

yo‘q

Preparatning savdo nomi:

Vaksigrip (grippni oldini olish uchun faolsizlantirilgan split-vaktsina).

Farmakalogik guruhi:

Grippga qarshi vaktsinalar. Gripp virusi – faolsizlantirilgan. split-vaktsina (parchalangan) yoki yuza joylashgan antigenlar

Dori shakli:

mushak ichiga va teri ostiga yuborish uchun suspenziya 0,5 ml li bir dozani saqlovchi shpritsda.

biroz oqish, kuchsiz tovlanuvchi suyuqlik.

Grippga qarshi vaktsinalar. Gripp virusi – faolsizlantirilgan. split-vaktsina (parchalangan) yoki yuza joylashgan antigenlar

J07BB02

Vaktsinalar uchun farmakokinetik xususiyatlarni baholash talab etilmaydi.

– kattalar va 6 oylikdan katta bolalarda grippni oldini olishda qo‘llaniladi.

Vaktsina mushak ichiga va teri ostiga chuqur yuboriladi. Vena ichiga yuborilmasin! Qo‘llashdan oldin vaktsinani xona haroratida tutib turish va chayqatish kerak. Suspenziyada yot zarrachalar bo‘lgan hollarda preparatni qo‘llash mumkin emas. 6 oylikdan 35 oylikkacha bo‘lgan bolalar uchun 0,25 ml bir martalik doza buyuriladi. 36 oylikdan oshgan bolalar va kattalar uchun – 0,5 ml buyuriladi. Grippga qarshi birinchi marta vaktsinatsiya qilinayotgan bolalarga vaktsinani 4 haftalik interval bilan ikki marta yuborish ko‘rsatilgan. 0,25 ml yuborish tayinlangan bolalarni immunizatsiyasi uchun 0,5 ml vaktsina saqlovchi shprits ishlatilganda, porshenni maxsus riskagacha bosib, shpritsning ichidagi moddani yarmini chiqarib tashlash lozim. Patsiyentga vaktsinaning qolgan qismini yuborish kerak. Vaktsinatsiyani mamlakatda qabul qilingan tavsiyalarni hisobga olib o‘tkaziladi. Vaktsinani yuborish texnikasi Vaktsina mushak ichiga yuboriladi, tavsiya etilgan yuborish joyi – 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun sonning old-lateral yuzasining o‘rta qismi, 1 yoshdan oshgan bolalar va kattalar uchun yelkaning deltasimon mushagi hisoblanadi. Vaktsina qoldiqlari va barcha chiqindilar mahalliy talablarga muvofiq utilizatsiya qilinishi lozim.

Nojo‘ya ta’sirlarni aniqlash quyidagi mezonlarga muvofiq o‘tkaziladi: juda tez-tez (≥ 1/10), tez-tez(≥1/100 dan < 1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1000 dan < 1/100 gacha), kam hollarda (≥ 1/10000 dan < 1/1000 gacha), juda kam hollarda (< 1/10000). Tez-tez isitma, lohaslik, bosh og‘rig‘i, et uvishishi, kuchli terlash, toliqish;qizarish, shish, og‘riq, ekximoz, inyektsiya joyida zichlashish;mialgiya, artralgiya. Ushbu reaktsiyalar odatda 1-2 kun davomida o‘tib ketadi va maxsus davolashni talab qilmaydi. Juda kam hollarda o‘tkinchi trombotsitopeniya va limfadenopatiya,allergik reaktsiyalar: yoyilgan teri reaktsiyalari, shu jumladan qichishish, eshakemi yoki nospetsifik toshma, anafilaktik shok, angionevrotik shish;nevralgiya, paresteziya, febril tirishishlar, entsefalomiyelit, nevrit va Giyen-Barre sindromi kabi nevrologik buzilishlar;buyrak faoliyatini tranzitor buzilish bilan bilan kechuvchi vaskulit.

Vaktsinaning faol komponentlariga, yordamchi moddalaridan birontasiga, shuningdek tuxum komponentlaridagi qoldiq miqdorlarida bo‘lgan moddalarga (ovalbuminga, tovuq oqsiliga), neomitsinga, formaldegidga, oktoksinol-9 ga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas. O‘tkir infektsion kasallikda yoki surunkali kasallikni zo‘rayishi hollarida vaktsinatsiyani kechiktirish kerak. 6 oylikkacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Vaksigrip boshqa vaktsinalar bilan bir vaqtda qo‘llanishi mumkin. Bunda preparatlar har xil shpritslarni ishlatish bilan tananing har xil sohalariga yuborilishi kerak. Immunosupressiv davolanayotgan patsiyentlarda immun javob pasaygan bo‘lishi mumkin. Vaktsinatsiyadan keyin OITV-1, S gepatiti virusiga va ayniqsa odam T-limfotrop 1 tur virusiga antitelalarni immunoferment (IFA) usuli yordamida aniqlashda soxta musbat natijalar aniqlangan. IFA soxta musbat natijalarini aniqlash uchun vestern-blotting ishlatiladi. Qisqa muddatli soxta musbat natijalar vaktsinaga bo‘lgan IgM-bilan bog‘liq reaktsiya tufayli yuz berishi mumkin.

Inyektsiya qilinadigan boshqa vaktsinalarni ishlatilganda bo‘lgani kabi, preparat yuborilganidan keyin anafilaktik shok rivojlangan hollarda tegishli dorilarni bo‘lishi va yaxshi tibbiy kuzatuv talab etiladi. Vena ichiga yuborilmasin! Endogen yoki yatrogen immunosupressiyasi bo‘lgan shaxslarda emlashdan keyin gumoral immun javob yetarli bo‘lmasligi mumkin. Avvalgi epidemik mavsum vaqtida amalga oshirilgan grippga qarshi vaktsinatsiya, kelgusi mavsumda ishonchli himoyani ta’minlay olmaydi, chunki har bir epidemik mavsum uchun o‘zining gripp virusining eng tarqalgan shtammlari xarakterlidir.

Grippga qarshi faolsizlantirilgan vaktsina homiladorlarda homiladorlikning har bir bosqichida qo‘llanilishi mumkin. Biroq xavfsizlik yuzasidan eng keng ko‘lamli ma’lumotlar 2 va 3 oyliklar uchun keltirilgan. Vaktsinani homiladorlarda ishlatilishi to‘g‘risida mavjud ma’lumotlar, vaktsinatsiyani homilaga va ayol organizmiga salbiy ta’siri bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatmaydi. Vaktsina emizish davrida ishlatilishi mumkin.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, sovutgichda (2oS dan 8oS gacha) haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.

Tavsiya qilingan dozalarga amal qilinganda dozani oshirib yuborilish hollari kuzatilmagan.

Retsept bo‘yicha

0,5 ml (1 doza) dan vaktsinalar ignali yoki ignasiz, porshenli neytral shisha shpritslarda, shpritsning oxiri himoya qiluvchi rezina qalpoqchasi yoki igna tiqini bilan berkitilgan. 1 shpritsdan polimer plyonkali kontur uchsiz o‘ramga joylangan. 1 kontur o‘ramdan davlat va rus tillaridagi tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan. 5 shpritsdan polimer plyonka kontur uchsiz o‘ramga joylangan. 2 yoki 4 kontur o‘ramdan davlat va rus tillaridagi tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

12 oy.