Tsitron Yunior sirop rasmini ko'rish

Tarkibi:

Ta’sir etuvchi moddalar: Paratsetamol – 125 mg; gvayfenezin – 50 mg; fenilefrin gidroxloridi – 2,5 mg. Yordamchi moddalar: glitserin, sorbitol, natriya benzoat, natriy saxarin, limon kislotasi, propilenglikol, “Sansut Yellow” (E110) bo‘yovchisi.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Pgvayfenezin, fenilefrin gidroxloridi.

Preparatning savdo nomi:

Tsitron Yunior sirop

Farmakalogik guruhi:

Analgetik-antipiretiklar.

Dori shakli:

Sirop

To‘q sariq-pushti rangdan sariq ranggacha bo‘lgan o‘ziga xos hidli siropsimon suyuqlik.

Analgetik-antipiretiklar.

Paratsetamol – me’da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi. 500 mg dozada ichga qabul qilinganidan keyin 10-60 minutdan so‘ng maksimal kontsentratsiyasiga (Cmax) erishiladi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi 10% dan kamni tashkil kiladi. Jigarda metabolizmga uchraydi va yarim chiqarilish davri (T1/2) 1-3 soatni tashkil qiladi. Siydik bilan, asosan glyukuron kislotasi va sulfatlar bilan kon’yugatlari ko‘rinishida chiqariladi. Gvayfenezin – ichga qabul qilinganidan keyin tez so‘riladi, 3-(2metoksi-fenoksi) sut kislotasigacha oksidlanib, tez metabolizmga uchraydi va siydik bilan chiqariladi. Fenilefrin gidroxloridi – me’da-ichak yo‘llarida doimiy bo‘lmagan tezlikda so‘riladi, ichakda va jigarda monoaminooksidaza (MAO) ishtirokida metabolizmga uchraydi. Siydik bilan sulfat kon’yugatlari ko‘rinishida chiqariladi. Qo‘llanilishi Preparat gripp va shamollashning ko‘rinishlarini (bosh og‘rig‘i, isitma, mushaklar va bo‘g‘imlardagi og‘riq, burun bitishi, aksirish va nam yo‘tal kabilarni) simptomatik davolash uchun qo‘llanadi.

Preparat ichga qabul qilinadi. Kattalarga (shu jumladan keksalar) va 12 yoshdan oshgan bolalarga siropni 20 ml dan kuniga 3-4 marta, 6-12 yoshli bolalarga 10 ml dan kuniga 3-4 marta, 2-6 yoshlilarga 5 ml dan kuniga 3-4 marta, 2 yoshdan kichiklarga esa faqat shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha buyuriladi.

Preparat tavsiya qilingan dozalarda odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Ammo ba’zida teri toshmasi, qorin sohasida og‘riqlar, diareya, arterial bosimning oshishi, bosh aylanishi va boshqa allergik reaktsiyalar paydo bo‘lishi mumkin.

Antatsidlarni qabul qilish yoki ovqat iste’mol qilish paratsetamolni so‘rilishini sekinlashtirishi mumkin. Preparatni tsimetidin, fenotiazin bilan birga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash va MAO ingibitorlari va tritsiklik antidepressantlar bilan bir vaqtda qabul qilishdan saqlanish kerak.

Preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida qabul qilish mumkin emas. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Kattalarda zaharli ta’siri preparat tarkibida paratsetamolni 10-15 g dan ko‘p qabul qilganda bo‘lishi mumkin: Simptomlari (paratsetamol bilan bog‘liq bo‘lgan): teri qoplamalarini oqarishi, ishtahani pasayishi, ko‘ngil aynishi, qusish; gepatonekroz (zaxarlanish oqibatidagi nekrozning yaqqolligi bevosita dozani oshirib yuborish darajasiga bog‘liq), “jigar” transaminazalari faolligini oshishi, protrombin vaqtini (qabul qilishdan 12-48 soatdan keyin) uzayishi, jigarni shikastlanishini keng “klinik” manzarasi 1-6 kundan keyin namoyon bo‘ladi. Kam: jigar yetishmovchiligi yashin tezligida rivojlanadi va buyrak yetishmovchiligi (tubulyar nekroz) bilan asoratlanishi mumkin. Davolash: doza oshirib yuborilgandan keyingi birinchi 6 soatda – me’dani yuvish, SH-guruhi donatorlarini va glutation – metionin sintezi o‘tmishdoshlarini doza oshirib yuborilganidan 8-9 soatdan keyin va N-atsetiltsisteinni 12 soatdan keyin yuborish. Qo‘shimcha terapevtik choralarni o‘tkazish zarurati (keyinchalik metionin, N-atsetiltsisteinni vena ichiga (v/i) ga yuborish) paratsetamolning qondagi kontsentratsiyasiga, shuningdek uni qabul qilgandan keyin o‘tgan vaqtga qarab aniqlanadi.

Retseptsiz Ulashish: 21 210 Views

Sirop 50, 60, 90 va 100 ml dan flakonlarda.

3 yil.