Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Tarkibi:
Faol modda: 500 mg va 1000 mg tsitikolin (natriyli tuzi ko‘rinishida).
Yordamchi moddalar: natriy gidroksidi, natriy biosulfiti yoki natriy metabisulfiti, inyektsiya uchun suv.
Ta'sir etuvchi modda(XPN):
Tsitikolin
Preparatning savdo nomi:
Tsitolin
Farmakalogik guruhi:
Nootrop preparat.
Dori shakli:
Inyektsiya uchun eritma.
Tiniq, rangsiz suyuqlik.
Nootrop preparat.
N06BX06
Tsitikolin peroral, mushak ichiga va vena ichiga yuborilganidan keyin yaxshi so‘riladi.
Yuqorida ko‘rsatilgan yo‘llar bilan yuborilganida qon plazmasida xolinning darajasi ahamiyatli darajada oshadi.
Og‘iz orqali yuborilganidan keyin so‘rilishi deyarli to‘liq va biokiraolishligi deyarli vena ichiga qo‘llangandagi bilan bir xil.
Yuborish yo‘liga qarab, preparat ichakda, jigarda xolin va tsitidingacha metabolizmga uchraydi.
Yuborilganidan keyin bosh miya strukturalarida xolin fraktsiyasini struktur fosfolipidlarga va tsitidin fraktsiyasini tsitidin nukleotidlari va nuklein kislotalariga tezda kirishi bilan keng taqsimlanadi.
Bosh miyaga yetib tsitikolin fosfolipidlarning fraktsiyalarini tuzilishida ishtirok etib, hujayra tsitoplazmatik va mitoxondrial membranalariga kirishadi.
Faqat dozaning ozgina qismi (3% kamrog‘i) siydik va ahlatda aniqlanadi.
Dozaning taxminan 12%, SO2 bilan chiqariladi.
Preparatni siydik bilan chiqarilishida ikki bosqich tafovut qilinadi: birinchi bosqich – taxminan 36 soat, unda chiqarilish tezligi tez kamayadi va ikkinchi bosqich, unda chiqarilish tezligi ancha sekinroq kamayadi.
SO2 bilan chiqarilganida ham shunday bosqichlar kuzatiladi, nafas bilan chiqariladigan SO2 ning chiqarilishi tezligi taxminan 15 soat o‘tgach tez kamayadi, so‘ngra u ancha sekinroq pasayadi.
– o‘tkir bosqichdagi insult va uning nevrologik asoratlari; – ishemik va gemorragik insultlarning tiklanish davri; – bosh-miya jarohatlari va uning nevrologik asoratlari; -surunkali tomirli va degenerativ tserebral buzilishlar oqibatidagi kognitiv buzilishlar va xulqni buzilishida qo‘llanadi.
Preparat vena ichiga yoki mushak ichiga qo‘llanadi.
Vena ichiga sekin inyektsiya shaklida (buyurilgan dozaga qarab 3-5 minut davomida) yoki vena ichiga tomchilab (minutiga 40-60 tomchi) yuborish uchun buyuriladi.
Kattalar uchun tavsiya qilingan doza bemorning holatiga qarab, sutkada 500-2000 mg ni tashkil qiladi.
Maksimal sutkalik doza – 2000 mg ni tashkil qiladi.
O‘tkir va shoshilinch holatlarda maksimal terapevtik samaraga preparatni birinchi 24 soatda buyurilganida erishiladi.
Davolash davomiyligi bemorning holatini og‘irligiga bog‘liq bo‘ladi va keyinchalik mushak ichiga yuborish yoki ichga qabul qilishga o‘tish bilan 5-7 kunni tashkil qiladi.
Vena ichiga yuborish yo‘li mushak ichiga yuborish yo‘lidan afzalroqdir.
Mushak ichiga yuborilganda preparatni aynan bir joyga takror yuborilishidan saqlanish kerak.
Ongni uzoq muddatli buzilishlarida preparatni kasallikning birinchi bosqichlaridan boshlab uzluksiz qo‘llash kerak.
Yuborishlar soni – kuniga 1-2 inyektsiyani tashkil qiladi.
Maksimal terapevtik samara aniqlanadigan davolashning tavsiya qilingan muddati 12 haftani tashkil qiladi.
Keksa yoshdagi patsiyentlar uchun dozani muvofiqlashtirish talab qilinmaydi.
Preparat vena ichiga yuboriladigan barcha infuzion eritmalar, shuningdek glyukozaning gipertonik eritmalari bilan mutanosib.
Ushbu eritma bir marta qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Eritmani ampula ochilganidan keyin darhol yuborish kerak.
Ishlatilmagan eritmani yo‘qotish kerak.
Zarurati bo‘lganida davolash peroral qo‘llash uchun eritma shaklidagi preparat bilan davom ettiriladi.
Juda kam xollarda (<1/10000) (shu jumladan, patsiyentlarning xabarlari).
Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: kuchli bosh og‘rig‘i, vertigo, gallyutsinatsiyalar.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial gipertenziya, arterial gipotenziya.
Nafas tizimi tomonidan: hansirash.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, ishtahani pasayishi, jigar transaminazalarining faolligini o‘zgarishi.
Teri tomonidan: giperemiya, allergik toshmalar, ekzantema, purpura, eshakemi.
Umumiy reaktsiyalar: et uvishishi, shish.
Preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik.
Parasimpatik nerv tizimining yuqori tonusi.
Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar (ma’lumotlarni yo‘qligi tufayli).
Meklafenaksat saqlovchi preparatlar bilan birga qo‘llash mumkin emas.
Meklofenoksat saqlovchi preparatlar bilan bir vaqtda preparatni qo‘llash mumkin emas.
Levodopaning samarasini kuchaytiradi.
Uzoq muddatli bosh miya ichki qon ketishi holida preparatni juda sekin vena ichiga infuziya (minutiga 30 tomchi) ko‘rinishida yuborish va sutkalik dozani 1000 mg dan oshirmaslik tavsiya qilinadi.
Homilador ayollarda tsitikolinni qo‘llash bo‘yicha yetarli ma’lumotlar yo‘q.
Preparatni homiladorlik yoki emizish davrida, faqat ona uchun kutilayotgan foyda, homila yoki bola uchun mumkin bo‘lgan xavfdan yuqori bo‘lgan holdagina qo‘llash mumkin.
Tsitikolinni ko‘krak sutiga o‘tishi haqida ma’lumotlar yo‘q.
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Ma’lum emas.
Preparatning kam toksikligini hisobga olib, terapevtik dozalar tasodifan oshirilganida ham, zaharlanishning ehtimoli kam.
Retsept bo‘yicha
Inyektsiya uchun eritma 500 mg/2 ml va 1000 mg/4 ml ampulalarda.