Tsitikolretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: tsitikolin natriy 500,00 mg tsitikolinga ekvivalent; yordamchi moddalar: kroskarmelloza natriy, makkajo‘xori kraxmali, mikrokristall tsellyuloza, tozalangan suv*, kolloid kremniy dioksidi, kroskarmelloza natriy, magniy stearati, gidroksipropiltsellyuloza (Methocel E5), dietilftalat, tozalangan talk, titan dioksidi, polietilenglikol 400, izopropil spirti*, metilenxlorid* * tayyor mahsulotda aniqlanmaydi.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

tsitikolin

Preparatning savdo nomi:

Tsitikol

Farmakalogik guruhi:

nootrop preparatlar.

Dori shakli:

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

oq rangli, ko‘rinishi kapsulasimon, ikki tomoni qavariq, bir tomonida sindirish uchun chizig‘i bo‘lgan, boshqa tomoni silliq qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

nootrop preparatlar.

N06BX06

Tsitikolin peroral qabul qilinganida, yaxshi so‘riladi. Preparat yuborilganidan so‘ng qon plazmasida xolinning darajasini ahamiyatli darajada oshishi kuzatiladi. Peroral qabul qilinganida preparat deyarli to‘liq so‘riladi. Preparat ichakda va jigarda metabolizmga uchrab, xolin va tsitidinni hosil qiladi. Tsitikolin yuborilganidan so‘ng bosh miyaning tuzilmalariga keng taqsimlanib, xolin fraktsiyalari struktur fosfolipidlarga va tsitidin fraktsiyalari tsitidin nukleotidlari va nuklein kislotalarga tez kirishadi. Bosh miyada tsitikolin hujayra, tsitoplazmatik va mitoxondrial membranalarga kirib, fosfolipidlarning fraktsiyasini qurilishida ishtirok etadi. Dozaning faqat ahamiyatsiz miqdori siydikda va axlatda (3% dan kam) aniqlanadi. Dozaning taxminan 12% nafas bilan chiqariladigan SO2 orqali chiqariladi. Preparatni siydik bilan chiqarilishi ikki bosqichda kuzatiladi: birinchi bosqich – 36 soat davom etadi, bu bosqichda chiqarilish tezligi tez pasayadi va ikkinchi bosqichi – bunda chiqarilish tezligi juda sekin pasayadi. Shunday bosqichma-bosqich chiqarilishi nafas yo‘llari orqali chiqarilganda ham kuzatiladi. SO2 bilan chiqarilish tezligi tez, taxminan 15 soat davomida kamayadi, so‘ngra yanada sekinroq kamayadi.

Altsgeymer kasalligi va dementsiyaning boshqa turlari, bosh miya jarohatlari, bosh miyadagi qon tomirlarni insult kabi kasalliklari, xotirani yoshga qarab yo‘qolishi, Parkinson kasalligi, diqqatni tanqisligi sindromi va giperfaollik (DTSG), glaukoma va ambliopiyada qo‘llanadi.

Preparatning dozasi va davolash davomiyligi simptomlarning og‘irligi va patsiyentning holatiga bog‘liq. Fikrlash qobiliyati yoshga qarab pasayganida: sutkada 1000-2000 mg (2-4 tabletka) buyuriladi. Bosh miyadagi qon tomirlarni surunkali kasalliklarida: sutkada 500 mg (1 tabletka) buyuriladi. Ishemik insultda: sutkada 500-2000 mg (1-4 tabletka) buyuriladi, davolash hurujdan so‘ng 24 soat davomida boshlanadi.

Tsitikolning nojo‘ya samaralari yengildir. Preparat uyqusizlik, bosh og‘rig‘i, diareya, gipotoniya, gipertoniya, ko‘ngil aynishi, ko‘rishni xiralashishiga olib kelishi mumkin. Agar simptomlar saqlanib tursa, shifokor bilan maslahatlashing.

Tsitikolin va preparatning har qanday komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas. Parasimpatik nerv tizimining tonusi yuqori bo‘lgan bemorlarga qo‘llash mumkin emas.

Tsitikol L-digidroksifenilalanina va levodopaning ta’sirini kuchaytiradi. Preparatni tarkibida meklofenoksat saqlaydigan preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.

Anamnezida ruhiy kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Tsitikol bilan davolanish vaqtida alkogol iste’mol qilish mumkin emas. Homiladorlikda va laktatsiya davrida qo‘llanishi Homilador va emizikli ayollar preparatni qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashishlari kerak. Transport vositalari va potentsial havfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Og‘ir texnikalar va avtomobillarni boshqarish mumkin emas. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Dozasi oshirib yuborilganida davolash simptomatik va samarasini tutib turuvchi bo‘lishi kerak.

Retsept bo‘yicha

10 tabletkadan blisterda. 1 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

2 yil.