Nojo‘ya samaralar xavfi va yaqqollik darajasi preparatning dozasiga bog‘liq; qator nojo‘ya samaralar davolash jarayonida bir-biriga qo‘shilishi mumkin, bu ularning yaqqolligini asta-sekin oshishiga olib keladi.
Tsisplatinning eng ko‘p uchraydigan noxush ko‘rinishlari (>10% patsiyentlarda kuzatilgan) qon yaratish tizimi tomonidan buzilishlar (leykopeniya, trombotsitopeniya va anemiya), me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar (anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish va diareya), eshitishni va buyrak buzilishlari (buyrak yetishmovchiligi, nefrotoksiklik giperurekemiya) va tana haroratini oshishi hisoblanadi.
Buyrak, suyak ko‘migi va eshitish a’zolari tomonidan jiddiy toksik samaralar tsisplatin bir marta yuborilgandan keyin 33% gacha bo‘lgan patsiyentlarda kuzatilgan; bu samaralar odatda dozaga bog‘liq bo‘ladi va organizmda yig‘ilib boradi.
Bolalarda ototoksiklik og‘irroq shaklda namoyon bo‘lishi mumkin.
Uchrash tez-tezligining quyidagi toifalari ishlatilgan:
juda tez-tez (10 patsiyentdan ≥1);
tez-tez (100 patsiyentdan ≥1, lekin 10 patsiyentdan <1);
tez-tez emas (1000 patsiyentdan ≥1, lekin 100 patsiyentdan <1);
kam hollarda (10000 patsiyentdan ≥1, lekin 1000 patsiyentdan <1);
juda kam hollarda (10000 patsiyentdan ≥1); noma’lum (mavjud ma’lumotlarga asoslanib, baholash mumkin emas).
Quyida klinik tadqiqotda va preparat qayd qilingandan keyin kuzatilgan nojo‘ya samaralar ko‘rsatilgan (MedDRA terminlari ko‘rsatilgan).
Infektsiya va invaziyalar
Tez-tez Sepsis
Noma’lum Infektsiya (shu qatori ba’zi patsiyentlarda o‘lim xolatlari)
Qon yaratish va limfatik tizim tomonidan buzilishlar
Juda tez-tez Suyak ko‘migi faoliyatini yetishmovchiligi, trombotsitopeniya, leykopeniya, anemiya
Noma’lum Musbat Kumbs reaktsiyasi bilan kechuvchi gemotik anemiya
Xavfsiz xavfli va tasniflanmagan o‘smalar
Tez-tez emas O‘tkir leykoz
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
Tez emas Anafilaktoid reaktsiyalar (shu jumladan yuz shishi, xushtaksimon nafas olish, bronxospazm, taxikardiya, arterial gipotenziya).
Endokrin tizimi tomonidan buzilishlar
Noma’lum Qon amilazasi faolligini oshishi, antidiuretik gormonning noadekvat sekretsiyasi
Ovqatlanish va modda almashinuvini buzilishlari
Juda tez-tez Giponatriyemiya
Tez-tez emas Gipomagnemiya
Noma’lum Degidratatsiya, gipokalemiya, gipofosfatemiya, giperurekemiya, gipokaltsemiya, tetaniya
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Kam hollarda Tirishishlar, periferik neyropatiya, leykoentsefalopatiya, qaytuvchan orqa leykoentsefalopatiya sindromi
Noma’lum Miyada qon aylanishini buzilishlari, gemorragik insult, ishemik insult, agevziya, bosh miya qon tomirlari artriiti, Lermitt simptomi, miyelopatiya, avtonom neyropatiya.
Ko‘rish a’zolari tomonidan buzilishlar
Noma’lum Ko‘rishni aniqligining buzilishi, orttirilgan rang ajratishini yo‘qolishi, miya po‘stlog‘i oqibatidagi ko‘rlik, ko‘rish nervi nevriti, ko‘rish nervining diskini shishi, to‘r pardaning pigmentatsiyasi
Eshitish a’zolari tomonidan va muvozanatni buzilishlari
Tez-tez emas Ototoksiklik
Noma’lum Quloqni shang‘illashi, karlik.
Yurak tomonidan buzilishlar
Tez-tez Aritmiya, bradikardiya, taxikardiya
Kam hollarda Miokard infarkti
Juda kam hollarda Yurakni to‘xtab qolishi
Noma’lum Yurak tomonidan buzilishlar
Qon tomirlari tizimidan buzilishlar
Noma’lum Trombotik mikroangiopatiya (gemolitik-uremik sindrom), Reyno fenomeni
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar
Kam hollarda Stomatit
Noma’lum Qusish, ko‘ngil aynishi, anoreksiya, xikichoq, diareya
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i tomonidan buzilishlar
Noma’lum O‘pka arteriyasi tromboemboliyasi
Teri va teri osti qavati tomonidan buzilishlar
Noma’lum Teri toshmalari, alopetsiya
Suyak-mushak tizimi va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar
Noma’lum Mushak spazmlari
Siydik chiqarish tizimi tomonidan buzilishlar
Noma’lum O‘tkir buyrak yetishmovchiligi, buyrak yetishmovchiligi (shu jumladan qon zardobida mochevina va kreatinin, siydik kislotasi kontsentratsiyasini oshishi va/yoki kreatinin klirensini pasayishi).
Buyrak naychalari tomonidan buzilishlar
Reproduktiv tizim va sut bezlari tomonidan buzilishlar
Tez emas Spermatogenezning patologik o‘zgarishlari
Tizimli o‘zgarishlar va yuborish joyidagi asoratlar
Juda tez Pireksiya
Noma’lum Asteniya, lohaslik, yuborish joyida ekstrovazatsiya (keyinchalik yumshoq to‘qimalardagi maxalliy o‘zgarishlar bilan, shu jumladan gipodermik, fibroz va nekroz, og‘riq, shishi va eritema ko‘rinishida).