Tsiprotsinretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Har bir 250 m gli tabletka saqlaydi: faol modda: 250 mg tsiprofloksatsinga ekvivalent bo‘lgan tsiprofloksatsin gidroxloridi; yordamchi moddalar: tozalangan talk, magniy stearati, mikrokristall tsellyuloza, makkajo‘xori kraxmali, natriy kraxmal glikolyati. qobig‘ining tarkibi: Insta moist shield aqua – II (polivinil spirti, polietilenglikol, talk, titan dioksidi), tozalangan suv. Har bir 500 mg li tabletka saqlaydi: faol modda: 500 mg tsiprofloksatsinga ekvivalent bo‘lgan tsiprofloksatsin gidroxloridi; yordamchi moddalar: tozalangan talk, magniy stearati, mikrokristall tsellyuloza, makkajo‘xori kraxmali, natriy kraxmal glikolyati. Qobig‘ining tarkibi: Insta moist shield aqua – II (polivinil spirti, polietilenglikol, talk, titan dioksidi), tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

tsiprofloksatsin

Preparatning savdo nomi:

Tsiprotsin

Farmakalogik guruhi:

antibakterial sintetik vosita (ftorxinolonlar guruhi).

Dori shakli:

qobiq bilan qoplangan tabletkalar

oq, uzunchoq shaklli, ikki tomonlama qavariq, bir tomonida “CIPROCIN-250” yoqi “CIPROCIN-500” gravirovkasi bo‘lgan plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

antibakterial sintetik vosita (ftorxinolonlar guruhi).

S01MA02

Ftorxinolonlar guruhiga mansub keng ta’sir doirasiga ega mikroblarga qarshi preparat. Bakteritsid ta’sir ko‘rsatadi. Preparat bakteriyalarning bakterial DNK-girazasini ingibitsiya qiladi va buning natijasida bakteriyalarda DNK va oqsil sintezi buziladi. Tsiprofloksatsin ko‘payotgan mikroorganizmlarga ham, tinch bosqichdagi mikroorganizmlarga ham ta’sir qiladi. Tsiprofloksatsinga grammanfiy aerob bakteriyalar – enterobakteriyalar (Escherichia coli, Salmonella spp., Shigella spp., Citrobacter spp., Klebsiella spp., Enterobacter spp., Proteus mirabilis, Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Serratia marcescens, Hafnia alvei, Edwardsiella tarda, Providencia spp., Morganella morganii, Vibrio spp., Yersinia spp.), boshqa grammanfiy bakteriyalar (Haemophilus spp., Pseudomonas aeruginosa, Moraxella catarrhalis, Aeromonas spp., Pasteurell multocida, Plesiomonas shigelloides, Campylobacter jejuni, Neisseria spp.,) ba’zi xajayra ichki qo‘zg‘atuvchilari – Legionella pneumophila, Brucella spp., Chlamydia trachomatis, Listeria monocytogenes, Mycobacterium tuberculosis, Mycobacterium kansasii, Corynobacterium diphtheriae sezuvchan. Grammusbat aerob bakteriyalar – Staphylococcus spp. (Staphylococcus aureus, Staphylococcus haemolyticus, Staphylococcus hominis, Staphylococcus saprophyticus), Streptococcus spp. (Streptococcus pyogenes, Streptococcus agalactiae). Metitsillinga chidamli ko‘pgina stafilokokklar tsiprofloksatsinga ham chidamli. Streptococcus pneumoniae, Enterococcus faecalis, Mycobacterium avium-intracellulare bakteriyalarining sezuvchanligi – o‘rtacha darajada (ularni bartaraf qilish uchun yuqori kontsentratsiyalar talab qilinadi). Preparatga rezistent mikroorganizmlar: Bacteroides fragilis, Pseudomonas cepacia, Pseudomonas maltophilia, Ureaplasma urealyticum, Clostridium difficile, Nocardia asteroides. Treponema pallidum ga nisbatan preparatning ta’siri yetarli o‘rganilmagan.

Peroral qabul qilinganida me’da-ichak yo‘llaridan (asosan o‘n ikki barmoq ichak va ingichka ichak) tez so‘riladi. Biokiraolishliligi – 50-85%. 250, 500, 750 va 1000 mg peroral qabul qilinganida sog‘lom ko‘ngillilarning qon zardobidagi preparatning maksimal kontsentratsiyasiga 1-1,5 soatdan keyin erishiladi va muvofiq ravishda 0,76; 1,6; 2,5 va 3,4 mkg/ml ni tashkil qiladi. Peroral qabul qilingan tsiproflosatsin organizm to‘qimalari va suyuqliklarida taqsimlanadi. Preparatning yuqori kontsentratsiyalari safro, o‘pka, buyrak, jigar, o‘t qopi, bachadon, urug‘ suyuqligi, prostata to‘qimasi, murtak bezlari, endometriy, fallopiy naylari va tuxumdonlarda aniqlanadi. Bu to‘qimalarda preparatning kontsentratsiyasi zardobdagiga nisbatan yuqori. Tsiprofloksatsin shuningdek suyak, ko‘z suyuqligi, bronxial sekret, so‘lak, teri, mushak, plevra, qorin parda, limfaga yaxshi kiradi. Tsiprofloksatsinning qon neytrofillarida to‘planadigan kontsentratsiyasi zardobdagiga nisbatan 2-7 marta yuqori. Organizmda taqsimlanish xajmi 2-3,5 l/kg ni tashkil qiladi. Preparat orqa miya suyuqligiga kam miqdorda kiradi, u yerda uning kontsentratsiyasi zardobdagi kontsentratsiyasining 6-10% tashkil qiladi. Tsiprofloksatsinni plazma oqsillari bilan bog‘lanish darajasi 30% tashkil qiladi. Buyrak faoliyati o‘zgarmagan bemorlarda yarim chiqarilish davri odatda 3-5 soatni tashkil qiladi. Buyrak faoliyati buzilganida yarim chiqarilish davri uzayadi. Organizmdan tsiprofloksatsinni chiqarilishining asosiy yo‘li – buyraklar orqali. Siydik bilan 50-70% chiqariladi. 15 dan 30% gacha ekskrementlar bilan chiqariladi. Og‘ir darajali buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi 20 ml/min/1,73 m2 dan past) bo‘lgan bemorlarga preparatning sutkalik dozasini yarmini buyurish kerak.

Tsiprofloksatsinga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan infektsion va yallig‘lanish kasalliklari: nafas yo‘llari; quloq, tomoq, burun; buyrak va siydik chiqarish yo‘llari; jinsiy a’zolar; ovqat hazm qilish tizimi (shu jumladan, og‘iz, tish, jag‘); o‘t qopi va o‘t chiqaruvchi yo‘llar; teri qoplamalari, shilliq qavatlar va yumshoq to‘qimalar; tayanch-harakat apparati; sepsis va peritonit; immuniteti susaygan (immunodepressantlar bilan davolashda) bemorlarda infektsiyalarni oldini olish va davolash.

Tsiprofloksatsinning dozasi kasallikning og‘irlik darajasi, infektsiyaning turi, organizmning xolati, patsiyentning yoshi, tana vazni va buyrak faoliyatiga bog‘liq. Tavsiya qilingan dozalari: buyrak va siydik chiqarish yo‘llarining asoratlanmagan kasalliklari, o‘rtacha og‘irlik darajasidagi nafas yo‘llarining pastki sohalari kasalliklarida – 250 mg dan, asoratlangan hollarda esa 500 mg dan sutkada 2 marta; gonoreyani davolash uchun Tsiprofloksatsinni 250-500 mg dozada bir marta qabul qilish tavsiya qilinadi; ginekologik kasalliklar, og‘ir darajali va yuqori harorat bilan kechuvchi enteritlar va kolitlar, prostatitlar, osteomiyelitlar – 500 mg dan sutkada 2 marta (diareyani davolash uchun sutkada 2 marta 250 mg dozada qo‘llash mumkin). preparatni och qoringa, yetarli miqdorda suyuqlik bilan qabul qilinadi. Buyrak faoliyatini yaqqol buzilishi bo‘lgan patsiyentlarga preparatning yarim dozasini buyurish kerak. Davolash davomiyligi kasallikning og‘irlik darajasiga bog‘liq, ammo davolash kasallikning simptomlari bartaraf qilinganidan keyin yana kamida ikki kun davom ettirilishi kerak. Odatda davolash davomiyligi 7-10 kunni tashkil qiladi. Surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlar uchun preparatning tavsiya qilingan dozalari jadvali: Kreatinin klirensi (ml/minut) Doza >50 Odatdagi dozalash tartibi 30-50 250-500 mg 12 soatda 1 marta 5-29 250-500 mg 18 soatda 1 marta Gemo- yoki peritoneal dializda bo‘lgan bemorlar Dializdan keyin 250-500 mg 24 soatda 1 marta

ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, soxtamembranoz kolit, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, charchoqlik hissi, uyquni buzilishi, dahshatli tushlar, gallyutsinatsiyalar, hushdan ketish, ko‘rishni buzilishi kristalluriya, dizuriya, poliuriya, albuminuriya, gematuriya, qon zardobida kreatinin miqdorini tranzitor oshishi, interstitsial glomerulonefrit eozinofiliya, leykopeniya, neytropeniya, trombotsitopeniya taxikardiya, yurak ritmini buzilishi, arterial gipotenziya terini qichishishi, eshakemi, Kvinke shishi, Stivens-Djonson sindromi jigar transaminazalari, ishqoriy fosfotaza, laktatdegidrogenazaning faolligini oshishi, bilirubin miqdorini oshishi, mochevina, kreatinin kontsentratsiyasini oshishi

Homiladorlik va emizish davri, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar, tsiprofloksatsin yoki ftorxinolonlar guruhiga mansub boshqa preparatlarga yuqori sezuvchanlik.

Tsiprofloksatsinni didanozin bilan bir vaqtda qo‘llanganda tsiprofloksatsin bilan didanozin tarkibidagi alyuminiy va magniy tuzlari majmua hosil qilishi sababli, tsiprofloksatsinni so‘rilishi kamayadi. Tsiprofloksatsin va teofillinni bir vaqtda qabul qilish, tsitoxrom R 450 bog‘lanish sohalarida raqobatli ingibirlashi hisobiga qon plazmasida teofillinning kontsentratsiyasini oshishiga olib kelishi mumkin, bu teofillinning yarim chiqarilish davrini uzayishiga va teofillin bilan bog‘liq toksik ta’sir xavfini oshishiga olib keladi. Antatsidlar, shuningdek alyuminiy, temir yoki magniy ionlarini saqlovchi preparatlarni bir vaqtda qabul qilish, tsiprofloksanni so‘rilishini pasayishiga olib kelishi mumkin, shuning bu preparatlarni buyurish orasidagi kamida 4 soat bo‘lishi kerak. Tsiprofloksatsin va antikoagulyantlarni bir vaqtda qo‘llanganda qon ketish vaqti uzayadi. Tsiprofloksatsin va tsiklosporinni bir vaqtda qo‘llashda tsiklosporinning nefrotoksik ta’siri kuchayadi.

Tutqanoq, anamnezida tirishish xurujlari, tomir kasalliklari va bosh miyaning organik shikastlanishlari bo‘lgan bemorlarga markaziy nerv tizimi tomonidan nojo‘ya reaktsiyalar rivojlanishi xavfi tufayli tsiprofloksatsinni faqat xayotiy ko‘rsatmalar bo‘yicha buyurish kerak. Davolash vaqtida va davolashdan keyin og‘ir darajali va uzoq muddatli diareya paydo bo‘lganida preparatni darhol bekor qilish va muvofiq davolashni buyurishni talab qiluvchi soxtamembranoz kolit tashhisini inkor qilish kerak. Paylarda og‘riq paydo bo‘lganida yoki tendovaginitning birinchi belgilari paydo bo‘lganida ftorxinolonlar bilan davolash vaqtida paylarni yallig‘lanishi va hatto uzilishining alohida hollari ta’riflanganligi sababli, davolashni to‘xtatish kerak. Tsiprofloksatsin bilan davolash davrida to‘g‘ri quyosh nurlaridan saqlanish kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

25 S yuqori bo‘lmagan haroratda, quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda.

Simptomlari: nojo‘ya ta’sirlar kuchayadi. Davolash: spetsifik antidoti ma’lum emas. Bemorning ahvolini sinchkovlik bilan nazorat qilish, me’dani yuvish, shoshilinch yordamning odatdagi choralarini amalga oshirish, yetarli miqdorda suyuqlik qilinishini ta’minlash kerak. Gemo- va peritoneal dializ yordamida preparatning ahamiyatsiz miqdorigina (10% kam) chiqarilishi mumkin.

Retsept bo‘yicha

10 tabletkadan blisterlarda. 250 mg dan tabletkalar – 10 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida. 500 mg dan tabletkalar – 1 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

3 yil.