Tsiprofloksatsin ULTRAretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 250 yoki 500 mg tsiprofloksatsinga ekvivalent tsiprofloksatsin gidroxloridi; yordamchi moddalar: kraxmal, kolloid kremniy dioksidi, mikrokristall tsellyuloza, polivinil pirrolidon (K-30), natriy metilparaben, natriy propilparaben, talk, magniy stearati, natriy kraxmal glikolyati

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

tsiprofloksatsin

Preparatning savdo nomi:

Tsiprofloksatsin ULTRA

Farmakalogik guruhi:

antibiotik (ftorxinolonlar guruhi).

Dori shakli:

tabletkalar

250 mg – dumaloq, ikki tomoni qavariq, deyarli oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar; 500 mg – uzunchoq, ikki tomoni qavariq, bir tomoni riskali, deyarli oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

antibiotik (ftorxinolonlar guruhi).

J01MA02

Ftorxinolonlar guruhiga mansub keng bakteritsid ta’sir doirali mikroblarga qarshi preparat. Tinch holatdagi hamda ko‘payish bosqichidagi mikroorganizmlarga bakteritsid ta’sir ko‘rsatadi. Ta’sir mexanizmi bakteriyalarning ko‘payish vaqtida xromosomalarni segmentli despiralizatsiyasi va spiralizatsiyasi jarayonida katta ahamiyatga ega bo‘lgan DNK-giraza fermentining faolligini ingibitsiya qilishi bilan bog‘liq. Ko‘pchilik grammanfiy va grammusbat mikroorganizmlarga nisbatan yuqori faol: ko‘kyiring, gemofil va ichak tayoqchalari, shigellalar, salmonellalar, meningokokk, gonokokk, stafilokokklarning ko‘pchilik shtammlari (penitsillinaza ishlab chiqaruvchi va ishlab chiqarmaydigan, metitsillinga rezistent), enterokokklarning ayrim turlari, hamda kampilobakter, legionellalar, mikoplazmalar, xlamidiyalar va mikobakteriyalar. Beta-laktamazalarni ishlab chiqaruvchi organizmlarga nisbatan faol. Aminoglikozidlar, penitsillinlar, uchinchi avlod tsefalosporinlari, tetratsiklinlar va boshqa antibiotiklarga chidamli bakteriyalarga qarshi juda samarali vosita. Preparatga rezistentlik juda sekin hosil bo‘ladi (ko‘p pog‘onali tur). Preparatga rezistent bo‘lgan mikroorganizmlar: Ureaplasma urealyticum, Clostridium difficile, Nocardia asteroides, Streptococcus faecum, Treponema pallidum, Chlamidia. Sezgir bakteriyalarga preparat, shuningdek fagotsitlar ichida ham ta’sir ko‘rsatib, immunologik tizimni qo‘llab-quvvatlaydi. Kislotali muhitda faolligi kamayadi

Preparat me’da-ichak yo‘llaridan tez va yaxshi so‘riladi. Asosan o‘n ikki barmoq va ingichka ichaklarda so‘riladi. Ichga qabul qilinganida tsiprofloksatsinning biokiraolishligi 70 dan 80% gachani tashkil qiladi. Ovqat qabul qilish so‘rilishini sekinlashtiradi, ammo Smax va biokiraolishligini o‘zgartirmaydi. Taxminan 20-30% qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanadi. Preparat qabul qilingan vaqtdan to uni qonda paydo bo‘lishi aniqlanishigacha bo‘lgan vaqti, odatda 30 minutdan kam. Qonda maksimal kontsentratsiyaga yetish vaqti 1-1,5 soatni tashkil qiladi. To‘qimalar, suyuqliklar va hujayralarga kirib yuqori kontsentratsiya hosil qiladi. Tsiprofloksatsinning o‘pka to‘qimasidagi va prostata bezidagi kontsentratsiyasi qon zardobidagi kontsentratsiyasidan bir necha marta ortiq. Jigarda kam faol metabolitlarining hosil bo‘lishi bilan metabolizmga uchraydi (15-30%). Buyrak klirensi minutiga 3-5 ml/kg. Asosan buyraklar orqali (taxminan 30-60% o‘zgarmagan holda, 15% metabolitlari holida) va qolgan qismi axlat bilan chiqariladi. Ichga qabul qilinganidan so‘ng yarim chiqarilish davri (T1/2) 3-5 soat. Buyraklarning faoliyati sezilarli darajada buzilganida bu ko‘rsatkich oshishi mumkin (xatto 12 soatgacha).

Buyraklar va siydik chiqarish yo‘llarining infektsiyalari (o‘tkir va surunkali piyelonefrit, obstruktiv litiaz, tsistit, siydik yo‘llarining asoratlangan yoki qaytalanuvchi infektsiyalari, prostatit, epididimit), nafas yo‘llarining infektsiyalari (pnevmoniya, bronxopnevmoniya, infektsiyalangan plevrit, o‘pka abstsessi, infektsiyalangan bronxoektazlar, surunkali bronxitni kuchayishi), teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalari (infektsiyalangan yaralar, jarohat infektsiyalari, abstsesslar, tsellyulitlar, tashqi otit, infektsiyalangan kuyishlar), me’da-ichak yo‘llarining infektsiyalari (qorin tifi, bakterial diareya va boshqalar), qorin bo‘shlig‘ining infektsiyalari (peritonit, qorin bo‘shlig‘i ichidagi abstsess, xolangit, xoletsistit, o‘t qopi empiyemasi), ko‘z, o‘rta quloq va yondosh bo‘shliqlar, suyaklar va bo‘g‘imlar, kichik chanoq a’zolarining infektsiyalari, gonoreya. Immuniteti pasaygan bemorlarda infektsiyalarni oldini olish va davolashda qo‘llanadi.

Ichga buyuriladi. Tabletkalarni och qoringa yoki ovqatdan so‘ng, butunligicha ozgina suyuqlik bilan yutish lozim. Doza infektsiyaning joylashishi va kechishining og‘irligiga, shuningdek mikroorganizmning sezgirligiga qarab shaxsiy ravishda belgilanadi. Buyrak faoliyatini o‘rtacha va yaqqol buzilishlari bo‘lgan bemorlarda dozaga tuzatish kiritish talab qilinadi (ya’ni kreatinin klirensi minutiga 20 ml dan kam bo‘lganida, bir martalik doza o‘rtacha dozaning 50% ni tashkil qiladi va sutkada 2 marta buyuriladi yoki odatdagi bir martalik doza sutkada bir marta yuboriladi). Juda og‘ir hollarda va tsiprofloksatsinga sezgirligi kam bo‘lgan mikroorganizmlar chaqirgan qaytalanuvchi infektsiyalarda, preparatning kunduzgi dozasini bir qabulda 750 mg gacha oshirish mumkin, kuniga 2 marta har 12 soatda qabul qilinadi. Keksa bemorlar uchun dozani kamaytirish kerak (odatda 1/3 ga). Siydik chiqarish yo‘llarining infektsiyalarida sutkada ikki marta 0,25-0,5 g dan buyuriladi; davolash kursi 7-10 kun. Asoratlanmagan gonoreyada bir marta 0,25-0,5 g; gonokokk infektsiyasi xlamidiya va mikoplazma infektsiyasi bilan birga qo‘shilganida 0,75 g dan har 12 soatda 7-9 kun davomida buyuriladi. Shankroidda 0,5 g dan sutkada ikki marta bir necha kun. Burun-xalqumdagi meningokokk tashuvchilikda bir marta 0,5 g yoki 0,75 g dozada. Salmonellalarni surunkali tashuvchilikda 0,25 g dan sutkada 4 marta buyuriladi. Pnevmoniyada, osteomiyelitda 0,75 g dan sutkada 2 marta, 7-14 kun davomida buyuriladi. Staphylococcus aureus chaqirgan me’da-ichak yo‘llarining infektsiyalarida 0,75 g dan har 12 soatda, 7-28 kun davomida buyuriladi

Ovqat hazm qilish tizimi va jigar tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, ovqat hazm bo‘lishini buzilishi, diareya, qorin sohasida og‘riq, meteorizm, ishtahani yo‘qolishi, xolestatik sariqlik, gepatit. Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, migren, charchoqlik, holsizlik, uyqusizlik, qo‘zg‘alish, qaltirash, periferik nevralgiya, paresteziyalar, ko‘p terlash, harakat koordinatsiyasini buzilishi, tirishish, bezovtalik holati, depressiya, gallyutsinatsiyalar, tungi dahshatlar (bu reaktsiyalar preparatni darhol to‘xtatishni talab qiladi). Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, hushdan ketishlar, gipertenziya, stenokardiya, miokard infarkti, tserebral trombozlar. Qon yaratish tizimi tomonidan: eozinofiliya, leykotsitopeniya, leykotsitoz, anemiya, gemolitik anemiya, trombotsitopeniya, trombotsitoz. Siydik-chiqarish tizimi tomonidan: glomerulonefrit, dizuriya, poliuriya, kristalluriya, albuminuriya, uretral qon ketishlar, hatto tranzitor buyrak yetishmovchiligini rivojlanishigacha bo‘lgan faoliyatini buzilishi mumkin. Sezgi a’zolari tomonidan: ta’m va hid sezishni buzilishi, ko‘rishni buzilishi (diplopiya, xromatopsiya), quloqlarda shovqin, vaqtinchalik quloq og‘irligi (ayniqsa baland tovushlarga). Allergik va immunopatologik reaktsiyalar: qichishish, eshakemi, qizarish, teri toshmalari, dorilar ta’siridagi isitma, kam hollarda – Kvinke shishi, bronxospazm, artralgiya, kam hollarda anafiliktik shok, petexiyalar, gemorragik pufakchalar, mialgiya, vaskulit, Stivens-Djonson sindromi, Layell sindromi kuzatilishi mumkin.

Tsiprofloksatsinga yoki boshqa xinolon preparatlarga bo‘lgan yuqori sezuvchanlik, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar (yoshlarda tog‘aylarni shikastlanishiga olib kelishi mumkin), keksalar, homiladorlar va emizikli ayollarda, soxtamembranoz kolitda (v/i yuborish uchun) qo‘llash mumkin emas.

Ftorxinolonlardan tashqari, boshqa antibiotiklar va antibakterial vositalar bilan bir vaqtda buyurilganida, ularning ta’sirini susayishi aniqlanmagan. Temir preparatlari, sukralfat, alyuminiy, magniy yoki kaltsiy gidroksidini saqlovchi antatsidlar bir vaqtda qabul qilinganida preparatning so‘rilishini pasayishini chaqiradi, shuning uchun bu preparatlarni qo‘llash orasidagi vaqt 4 soatdan kam bo‘lmasligi kerak. Teofillin bilan bir vaqtda qo‘llash uning nojo‘ya ta’sirini kuchaytiradi, bu teofillinning miqdorini kamaytirishni talab qiladi. Tsiklosporin bilan bir vaqtda qabul qilish kreatininning qon plazmasidagi darajasini oshishiga olib keladi, shuning uchun ushbu ko‘rsatkichni nazorat qilish (haftada 2 marta) lozim. Varfarin bilan bir vaqtda qo‘llanganida varfarinning ta’siri kuchayadi. Probenetsid bilan birga buyurish preparatning ta’siri kuchaytiradi.

Bosh miya qon tomirlarining yaqqol aterosklerozi, bosh miyada qon aylanishini buzilishlari, tutqanog‘i, anamnezida tirishish hurujlari bo‘lgan, buyraklar faoliyati buzilgan bemorlarda (faqat hayotiy ko‘rsatmalar bo‘yicha) ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Davolanish vaqtida bemorlar yetarli miqdorda suyuqlik qabul qilishlari lozim. Preparat reaktsiyalar tezligini pasaytirishi mumkin (ayniqsa alkogol bilan bir vaqtda qo‘llanganida), buni kasbi yuqori diqqat va tezkor reaktsiyalarni talab qiladigan shaxslar (masalan, transport haydovchilari) hisobga olishlari kerak. Og‘ir va uzoq davom etuvchi diareya hollarida soxtamembranoz kolit tashhisini istisno qilish lozim, u preparatni qo‘llashni darhol bekor qilishni va kerakli davolashni buyurilishini talab qiladi. Preparat bilan davolash fonida ayrim laboratoriya ko‘rsatkichlari o‘zgarishi mumkin: siydikda cho‘kma paydo bo‘lishi, qon zardobida kreatinin, mochevina, bilirubin, jigar transaminazalarining kontsentratsiyasini vaqtinchalik oshishi; ayrim hollarda – giperglikemiya, kristalluriya yoki gematuriya, protrombin ko‘rsatkichlarini o‘zgarishi. Davolanish vaqtida fotoallergik reaktsiyalarining paydo bo‘lishini ehtimoli tufayli, bevosita quyosh nurlari bilan kontaktdan saqlanish kerak. Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Simptomlari: ba’zida tsiprofloksatsinning dozasi sezilarli oshirib yuborilganida buyraklarni o‘tkinchi shikastlanishi aniqlangan. Davolash: Maxsus antidoti yo‘q. Me’dani yuvish va qusishni chaqirishni o‘tkazish lozim. Qo‘shimcha gemodializ yoki peritoneal dializ o‘tkazish mumkin.

Retsept bo‘yicha

10 tabletkadan blisterda. 1 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida; 10 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

3 yil.