Tsiprofloksatsin ASP ko`z tomchilari rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol modda: tsiprofloksatsin gidroxloridi (tsiprofloksatsinga qayta hisoblanganda) 0,15% eritmada 1,5 mg/ml va 0,3% eritmada 3 mg/ml. yordamchi moddalar: dinatriy edetati, natriy xloridi, benzalkoniy xloridi, xlorid kislotasi, inyektsiya uchun.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

tsiprofloksatsin

Preparatning savdo nomi:

Tsiprofloksatsin-ASP ko‘z tomchilari 0,15% va 0,3%

Farmakalogik guruhi:

Antibakterial sintetik vosita (ftorxinolonlar guruxi).

Dori shakli:

ko‘z tomchilari 0,15% va 0,3%

rangsizdan to sarg‘ish-yashil ranggacha bo‘lgan tiniq eritma.

Antibakterial sintetik vosita (ftorxinolonlar guruxi).

S01AE03

Keng ta’sir doirasiga ega bo‘lgan mikroblarga qarshi vosita, ftorxinolon hosilasi, bakterial DNK-girazani susaytiradi (yadro RNKsi atrofida xromosoma DNKsining superspirilizatsiyasi jarayoniga mas’ul bo‘lgan II va IV topoizomerazani, bu genetik axborotni o‘qish uchun kerak), DNK sintezini, bakteriyalarning o‘sishini va bo‘linishini buzadi, yaqqol morfologik o‘zgarishlarni (shu jumladan, hujayra devori va membranalarining) va bakterial hujayraning tez o‘limini chaqiradi. Grammanfiy bakteriyalarga tinch davrida va bo‘linish davrida (chunki nafaqat DNK-girazaga ta’sir qiladi, hujayra devorining lizisini ham chaqiradi), grammusbat mikroorganizmlarga – faqat bo‘linish davrida bakteritsid ta’sir ko‘rsatadi. Makroorganizm uchun kam zaharliligi hujayralarida DNK-giraza yo‘qligi bilan aniqlanadi. Tsiprofloksatsinni qabul qilish fonida giraza ingibitorlari guruhiga mansub bo‘lmagan boshqa antibiotiklarga chidamlilikni parallel ishlab chiqarilishi yuz bermaydi, bu uni aminoglikozidlar, penitsillinlar, tsefalosporinlar, tetratsiklinlar va ko‘pchilik boshqa antibiotiklarga chidamli bo‘lgan bakteriyalarga nisbatan yuqori samarali qiladi. Tsiprofloksatsinga grammanfiy aerob bakteriyalar: enterobakteriyalar (Escherichia coli, Salmonella spp., Shigella spp., Citrobacter spp., Klebsiella spp., Enterobacter spp., Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Serratia marcescens, Hafnia alvei, Edwardsiella tarda, Providencia spp., Morganella morganii, Vibrio spp., Yersinia spp.), boshqa grammanfiy bakteriyalar (Haemophilus spp., Pseudomonas aeruginosa, Moraxella catarrhalis, Aeromonas spp., Pasteurella multocida, Plesiomonas shigelloides, Campylobacter jejuni, Neisseria spp.), ba’zi hujayra ichki qo‘zg‘atuvchilari – Legionella pneumophila, Brucella spp., Chlamydia trachomatis, Listeria monocytogenes, Mycobacterium tuberculosis, Mycobacterium kansasii, Corynebacterium diphtheriae; grammusbat aerob bakteriyalar: Staphylococcus spp. (Staphylococcus aureus, Staphylococcus haemolyticus, Staphylococcus hominis, Staphylococcus saprophyticus), Streptococcus spp. (Streptococcus pyogenes, Streptococcus agalactiae) sezgir. Metitsillinga chidamli ko‘pchilik stafilokokklar, tsiprofloksatsinga ham chidamli. Streptococcus pheumoniae, Enterococcus faecalis, Mycobacterium avium – intracellulare – bakteriyalarining sezgirligi o‘rtacha (ularni bostirish uchun yuqori kontsentratsiyalari talab qilinadi). Preparatga chidamli mikroorganizmlar: Bacteroides fragilis, Pseudomonas cepacia, Pseudomonas maltophilia, Ureaplasma urealyticum. Treponema pallidum ga nisbatan samarasiz. Chidamlilik juda sekin rivojlanadi, sababi, bir tomondan tsiprofloksatsinning ta’siridan keyin amalda doimiy davom etuvchi mikroorganizmlar qolmaydi, ikkinchidan bakterial hujayralarda uni faolsizlantiruvchi fermentlar bo‘lmaydi.

Tsiprofloksatsin ko‘z tomchilari qo‘llanilganda, qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasi (Smax) – 5 ng/ml dan kam tashkil qiladi. O‘rtacha kontsentratsiyasi – 2,5 ng/ml dan kam tashkil qiladi.

Ko‘zning infektsion-yallig‘lanish kasalliklari: – o‘tkir va nim o‘tkir kon’yunktiviti; – blefarit, blefarokon’yunktivit; – keratit, keratokon’yunktivit; – shoh pardaning bakterial yarasi; – surunkali dakriotsistit; – meybomit (govmicha); – jarohatlar yoki yot jismlar tushganidan keyingi ko‘zning infektsion shikastlanishlari; – oftalmoxirurgiyada operatsiyadan oldingi va keyingi infektsion asoratlarni oldini olish uchun qo‘llanadi. Otolaringologiyada: tashqi otit, operatsiyadan keyingi infektsion asoratlarni davolashda qo‘llanadi.

Dozalash tartibi – mahalliy qo‘llanadi. Yengil va o‘rtacha og‘irlikdagi infektsiyalarda shikastlangan ko‘zning (yoki ikkalla ko‘zni) kon’yunktival xaltasiga 1-2 tomchidan har 4 soatda, og‘ir infektsiyalarda – 2 tomchidan har soatda tomiziladi. Holat yaxshilanganidan keyin doza va tomizishlar soni kamaytiriladi. Shox pardaning bakterial yarasida 1 tomchidan har 15 minutda 6 soat davomida, so‘ngra tetiklik vaqtida 1 tomchidan har 30 minutda; 2 kuni – tetiklik vaqtida 1 tomchidan har soatda; 3 dan 14 kungacha tetiklik vaqtida 1 tomchidan har 4 soatda buyuriladi. Agar 14 kun davolangandan keyin epitelizatsiya yuz bermasa, davolashni davom ettirish mumkin.

Allergik reaktsiyalar, qichishish, achishish, og‘riq va kon’yunktiva yoki nog‘ora parda sohasida qizarish, ko‘ngil aynishi, kam-qovoqlarning shishi, yorug‘likdan qo‘rqish, ko‘zni yoshlanishi, ko‘zlarda yot tanani his qilish, tomizilgandan keyin og‘izda darhol yoqimsiz ta’m, ko‘rish o‘tkirligini pasayishi, shox parda yarasi bo‘lgan bemorlarda oq kristall pretsipitatni paydo bo‘lishi, keratit, keratopatiya, shox pardada dog‘ paydo bo‘lishi yoki infiltratsiya, superinfektsiyani rivojlanishi.

O‘ta yuqori sezuvchanlik, virusli keratit, bolalik va o‘smirlik yoshida (15 yoshgacha) qo‘llash mumkin emas.

Tsiprofloksatsin ko‘z tomchilarini boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta’siri ta’riflanmagan.

Ko‘z tomchilari ko‘rinishidagi eritma ko‘zni ichki inyektsiyalari uchun mo‘ljallanmagan. Boshqa oftalmologik dori vositalarni ishlatganda ular orasidagi interval kamida 5 minutni tashkil qilishi kerak. Preparatni subkon’yunktival yoki to‘g‘ri ko‘zni oldingi kamerasiga yuborish mumkin emas. Agarda tomchilar qo‘llanganidan keyin kon’yunktival qizarish uzoq vaqt davom etsa yoki kuchaysa, u holda preparatni ishlatishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish lozim. Preparat bilan davolash davrida yumshoq kontakt linzalarni taqish tavsiya qilinmaydi. Qattiq linzalar ishlatilganda ularni tomizishdan oldin yechish va preparat tomizilgandan keyin 15-20 minutdan keyin yana taqish lozim. Instilyatsiyadan keyin ko‘rish o‘tkirligi vaqtinchalik yo‘qoladigan patsiyentlarga preparat tomizilganidan so‘ng darhol mashinani haydash yoki murakkab texnika, uskuna yoki ko‘rish o‘tkirligini talab qiluvchi har qanday murakkab qurilmalar bilan ishlatish tavsiya qilinmaydi. Flakonni har bir ishlatilgandan keyin flakonni yopish kerak. Pipetkani uchi bilan ko‘zga teginmaslik lozim.

laktatsiya davrida qo‘llash bo‘yicha yetarli tajriba yo‘q. Preparatni homilador va emizikli ayollarni davolovchi shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha, agar kutiladigan davolash samarasi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralarining rivojlanishi xavfidan ustun bo‘lsa qo‘llash mumkin. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Preparatning dozasini oshirib yuborilishi haqida ma’lumotlar yo‘q.

Retsept bo‘yicha

0,15% va 0,3% eritma 5 ml yoki 10 ml dan tomchilagich-qopqoqli va buraladigan himoyalovchi qopqoqli, plastik flakonda. Xar bir flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

2 yil. Flakon ochilganidan so‘ng bir oy davomida ishlatilsin.