Keng ta’sir doirasiga ega bo‘lgan mikroblarga qarshi vosita, ftorxinolon hosilasi, bakterial DNK-girazani susaytiradi (yadro RNKsi atrofida xromosoma DNKsining superspirilizatsiyasi jarayoniga ma’sul bo‘lgan II va IV topoizomerazani, bu genetik axborotni o‘qish uchun kerak), DNK sintezini, bakteriyalarning o‘sishini va bo‘linishini buzadi, yaqqol morfologik o‘zgarishlarni (shu jumladan, hujayra devori va membranalarining) va bakterial hujayraning tez o‘limini chaqiradi.
Grammanfiy bakteriyalarga tinch davrida va bo‘linish davrida (chunki nafaqat DNK-girazaga ta’sir qiladi, hujayra devorining lizisini ham chaqiradi), grammusbat mikroorganizmlarga – faqat bo‘linish davrida bakteritsid ta’sir ko‘rsatadi.
Makroorganizm uchun kam zaharliligi hujayralarida DNK-giraza yo‘qligi bilan aniqlanadi.
Tsiprofloksatsinni qabul qilish fonida giraza ingibitorlari guruhiga mansub bo‘lmagan boshqa antibiotiklarga chidamlilikni parallel ishlab chiqarilishi yuz bermaydi, bu uni aminoglikozidlar, penitsillinlar, tsefalosporinlar, tetratsiklinlar va ko‘pchilik boshqa antibiotiklarga chidamli bo‘lgan bakteriyalarga nisbatan yuqori samarali qiladi.
Tsiprofloksatsinga grammanfiy aerob bakteriyalar: enterobakteriyalar (Escherichia coli, Salmonella spp., Shigella spp., Citrobacter spp., Klebsiella spp., Enterobacter spp., Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Serratia marcescens, Hafnia alvei, Edwardsiella tarda, Providencia spp., Morganella morganii, Vibrio spp., Yersinia spp.), boshqa grammanfiy bakteriyalar (Haemophilus spp., Pseudomonas aeruginosa, Moraxella catarrhalis, Aeromonas spp., Pasteurella multocida, Plesiomonas shigelloides, Campylobacter jejuni, Neisseria spp.), ba’zi hujayra ichki qo‘zg‘atuvchilari – Legionella pneumophila, Brucella spp., Chlamydia trachomatis, Listeria monocytogenes, Mycobacterium tuberculosis, Mycobacterium kansasii, Corynebacterium diphtheriae; grammusbat aerob bakteriyalar: Staphylococcus spp.
(Staphylococcus aureus, Staphylococcus haemolyticus, Staphylococcus hominis, Staphylococcus saprophyticus), Streptococcus spp.
(Streptococcus pyogenes, Streptococcus agalactiae) sezgir.
Metitsillinga chidamli ko‘pchilik stafilokokklar, tsiprofloksatsinga ham chidamli.
Streptococcus pheumoniae, Enterococcus faecalis, Mycobacterium avium – intracellulare – bakteriyalarining sezgirligi o‘rtacha (ularni bostirish uchun yuqori kontsentratsiyalari talab qilinadi).
Preparatga chidamli mikroorganizmlar: Bacteroides fragilis, Pseudomonas cepacia, Pseudomonas maltophilia, Ureaplasma urealyticum.
Treponema pallidum ga nisbatan samarasiz.
Chidamlilik juda sekin rivojlanadi, chunki bir tomondan, tsiprofloksatsinning ta’siridan keyin amalda doimiy davom etuvchi mikroorganizmlar qolmaydi, ikkinchidan bakterial hujayralarda uni faolsizlantiruvchi fermentlar yo‘q.