Tsipraded Prolongatumretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Tez ajralib chiqish qavati – 100/250 mg Tsiprofloksatsin. yordamchi moddalar: mikrokristall tsellyuloza, xinolin sarig‘i, oldindan jelatinlangan kraxmal, krospovidon, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati. Ajralib chiqishi uzaytirilgan qavati – 400/750 mg Tsiprofloksatsin saqlaydi. yordamchi moddalar: gipromelloza, laktoza, gipromelloza (Metotsel K-4 M), tozalangan talk, natriy bikarbonati, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

tsiprofloksatsin

Preparatning savdo nomi:

Tsipraded-Prolongatum

Farmakalogik guruhi:

Antibakterial sintetik vositalar (ftorxinolonlar guruhi).

Dori shakli:

ta’siri uzaytirilgan qobiqli tabletkalar.

oval, ikki yoqlama qavariq, qobiq bilan qoplangan bir tomoni sariq rangli, boshqa tomoni esa – oq yoki deyarli oq rangli ikki xil rangli tabletkalar.

Antibakterial sintetik vositalar (ftorxinolonlar guruhi).

J01MA02

Preparat me’da-ichak yo‘llaridan tez va yaxshi so‘riladi. Asosan o‘n ikki barmoq va ingichka ichaklarda so‘riladi. Ichga qo‘llanganida tsiprofloksatsinni biologik kiraolishligi 70 dan 80% gachani tashkil etadi. Ovqat qabul qilish so‘rilishini sekinlashtiradi, ammo maksimal kontsentratsiya (Smax) va biokiraolishlikni o‘zgartirmaydi. Tsipraded-Prolongatum-0,5 va Tsipraded Prolongatum-1,0 tabletkalari Tsiprofloksatsinni teng ajralib chiqishini ta’minlaydi. Preparatni bir marta qabul qilish oddiy 250 mg yoki 500 mg li tsiprofloksatsinni ikki martalik qabul qilishga ekvivalent bo‘lgan kerakli muvofiq kontsentratsiya bilan ta’minlaydi. Bir martalik doza qabul qilingandan keyin preparatning plazmadagi cho‘qqi kontsentratsiyasiga 6-7 soat davomida erishiladi va u Tsipraded-Prolongatum – 0,5 g uchun 0, 784 mkg/ml ni va Tsipraded-Prolongatum – 1,0 g uchun 1,393 mkg/ml ni tashkil qiladi. Farmakokinetik egri chiziq ostidagi maydonini ko‘rsatkichlari (AVC) muvofiq – 10,503 va 17,671 mkg soat/l ni tashkil etadi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi 20 dan 40% gacha. To‘qimalar, suyuqlik va ho‘jayralarga kirib, yuqori kontsentratsiyalarni hosil qiladi. Tsiprofloksatsinning o‘pka to‘qimasidagi va prostata bezidagi kontsentratsiyasi qon zardobidagi kontsentratsiyasidan bir necha marta yuqori. Jigarda metabolizmga uchrab, kam faol metabolitlar hosil qiladi. Asosan buyraklar orqali (taxminan 30-60% o‘zgarmagan holda va 15% metabolitlari ko‘rinishida) va qolgan qismi ahlat bilan chiqariladi. Yaqqol buyrak yetishmovchiligida va keksa odamlarda yarim chiqarilish davri (T1/2) uzayishi mumkin.

Buyrak va siydik chiqarish yo‘llarining infektsiyalari (o‘tkir va surunkali piyelonefrit, obstruktiv litiaz, tsistit, siydik yo‘llarining asoratlangan yoki qaytallanuvchi infektsiyalari) prostatit, epididimit, nafas yo‘llarining infektsiyalangan (pnevmoniya, bronxopnevmoniya, infektsiyalangan plevrit, o‘pka abstsessi, infektsiyalangan bronxoektazlar, surunkali bronxitni zo‘rayishi), teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalari (infektsiyalangan yaralar, jarohat infektsiyalari, abstsesslar, tsellyulitlar, tashqi otit, infektsiyalangan kuyishlar), me’da-ichak yo‘llarining infektsiyalari (qorin tifi, bakterial diareya va boshqalar), qorin bo‘shlig‘i infektsiyalari (peritonit, qorin bo‘shlig‘idagi abstsess, xolangit, xoletsistit, o‘t pufagi empiyemasi), ko‘z, o‘rta quloq va yondosh bo‘shliqlar, suyaklar va bo‘g‘imlar, kichik chanoq a’zolarining infektsiyalari, gonoreyada qo‘llaniladi. Qorin bo‘shlig‘ining asoratlangan yallig‘lanish kasalliklari (metronidazol bilan majmuaviy) qo‘llaniladi. Immuniteti susaygan bemorlarda infektsiyalarni oldini olish va davolash uchun qo‘llaniladi.

Ichga buyuriladi. Tabletkalar och qoringa yoki ovqatdan so‘ng butunligicha ozgina suyuqlik bilan yutiladi. Doza infektsiyani kechishini og‘irligi va joylashgan sohasi, shuningdek mikroorganizmning sezgirligiga qarab, shaxsiy ravishda belgilanadi.

Me’da-ichak yo‘llariga va jigarga ta’siri: ko‘ngil aynishi, qusish, ovqat hazm bo‘lishini buzilishi, diareya, qorin sohasida og‘riq, meteorizm, ishtahani yo‘qolishi, xolestatik sariqlik, gepatit. Nerv tizimiga ta’siri: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, migren, charchoq, holsizlik, uyqusizlik, qo‘zg‘alish, tremor, periferik nevralgiya, bosh miya ichki bosimini oshishi, ongni chalkashuvi, paresteziya, ko‘p terlash, harakat koordinatsiyasini buzilishi, tirishish, bezovtalik, depressiya, gallyutsinatsiyalar, tungi dahshatlar (bu reaktsiyalar preparatni darhol to‘xtatishni talab qiladi). Teri reaktsiyalari: qichishish, eshakemi, qizarish, fotosensibilizatsiya. Yurak-tomir tizimiga ta’siri: taxikardiya, arterial gipotenziya, stenokardiya, miokard infarkti, tserebral trombozlar. Qon va uning komponentlariga ta’siri: eozinofiliya, leykotsitopeniya, leykotsitoz, gemolitik anemiya, trombotsitopeniya, trombotsitoz. Siydik chiqarish tizimiga ta’siri: glomerulonefrit, dizuriya, poliuriya, kristalluriya, albuminuriya, uretral qon ketishlar, buyrak faoliyatini, hatto tranzitor buyrak yetishmovchiligini rivojlanishiga qadar bo‘lgan buzilishi. Sezgi a’zolariga ta’siri: ta’m va hid sezishni buzilishi, ko‘rishni buzilishi (diplopiya, xromatopsiya), quloqlarni shang‘illashi, vaqtinchalik quloq og‘irligi (ayniqsa baland tovushlarga). Allergik va immunopatologik reaktsiyalar: teri toshmalari, dori isitmasi, kam hollarda – Kvinke shishi, bronxospazm, artralgiyalar, kamdan-kam hollarda anafiliktik shok, petexiyalar, gemorragik pufakchalar, mialgiya, vaskulit, Stivens-Djonson sindromi, Layel sindromi kuzatilishi mumkin.

Tsiprofloksatsinga yoki boshqa xinolon preparatlariga yuqori sezuvchanlik, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar (yoshlarda tog‘aylarni shikastlanishiga olib kelishi mumkin), keksa yoshdagi patsiyentlarda, homilador va emizikli ayollarda qo‘llash mumkin emas.

Ftorxinolonlardan tashqari, boshqa antibiotiklar va antibakterial vositalar bilan bir vaqtda qo‘llanganida, ularning ta’sirini kamayishi kuzatilmagan. Alyuminiy, magniy yoki kaltsiy gidroksidini saqlovchi antatsidlar, temir preparatlari, sukralfat bilan bir vaqtda qo‘llanganda preparatni so‘rilishi pasayadi, shuning uchun bu preparatlarni buyurish orasidagi vaqt kamida 4 soat bo‘lishi kerak. Teofilin bilan bir vaqtda qabul qilish, uning nojo‘ya ta’sirini kuchaytiradi, bu teofilinning dozasini kamaytirishni talab qilishi mumkin. Tsiklosporin bilan bir vaqtda qo‘llash qon plazmasida kreatininni darajasini oshishiga olib kelishi tufayli, ushbu ko‘rsatkichni nazorat qilish (haftasiga 2 marta) lozim. Varfarin bilan bir vaqtda qo‘llanganida varfarinning ta’siri kuchayadi. Probenetsid bilan birga qo‘llanganda preparatning ta’siri kuchayadi.

Bosh miya qon tomirlarining yaqqol aterosklerozi, miyada qon aylanishini buzilishi, tutqanog‘i bo‘lgan, anamnezida tirishish hurujlari qayd etilgan, buyrak faoliyatini yaqqol buzilishi bo‘lgan bemorlarda faqat (hayotiy ko‘rsatmalar bo‘yicha) ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim. Davolash davrida bemorlar yetarli miqdorda suyuqlik qabul qilishlari lozim. Preparat reaktsiyalar tezligini susaytirishi mumkin (ayniqsa alkogol bilan bir vaqtda qo‘llanganida), buni kasbi diqqat va tezkor reaktsiyalarni talab etuvchi shaxslar (masalan, transport haydovchilari) inobatga olishlari kerak. Og‘ir va uzoq davom etuvchi diareya yuz berganida sohtamembranoz kolit tashhisini istisno qilish  lozim, u preparatni qo‘llashni darhol bekor qilishni va muvofiq davolashni buyurishni talab qiladi. Preparat bilan davolanish fonida ayrim laboratoriya ko‘rsatkichlari o‘zgarishi mumkin: siydikda cho‘kmalarni paydo bo‘lishi, qon zardobida vaqtincha kreatinin, mochevina, bilirubin, jigar transaminazalari kontsentratsiyasini oshishi; alohida hollarda – giperglikemiya, kristalluriya yoki gematuriya, protrombin ko‘rsatkichlarini o‘zgarishi. Davolanish vaqtida fotoallergik reaktsiyalarining paydo bo‘lishi ehtimoli sababli, bevosita quyosh nurlari bilan to‘qnashuvdan saqlanish kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: ba’zida tsiprofloksatsinning dozasi ancha sezilarli oshirib yuborilganida buyraklarning o‘tkinchi shikastlanishi aniqlangan. Davolash: Maxsus antidoti noma’lum. Me’dani yuvish va qusishni chaqirishni, infuzion, bir maromda saqlab turuvchi davolashni o‘tkazish lozim. Qo‘shimcha ravishda gemodializ yoki peritoneal dializ o‘tkazish mumkin.

Retsept bilan

Ta’siri uzaytirilgan tabletkalar qobiqli 0,5 g va 1,0 g dan.

3 yil.