Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Tarkibi:
faol modda: gidroksietilkraxmal (GEK 200/05) – 6,0 g; yordamchi moddalar: natriy xlorid, inyektsiya uchun suv.
Ta'sir etuvchi modda(XPN):
gidroksietilkraxmal
Preparatning savdo nomi:
Tsiolit
Farmakalogik guruhi:
Plazma o‘rinbosari vositalari.
Dori shakli:
infuziya uchun eritma
tiniq, rangsiz yoki sarg‘ish rangli suyuqlik.
Plazma o‘rinbosari vositalari.
V05AA07
So‘rilishi va tarqalishi Smax – 11,1±2,7 mg/ml.
Kam miqdorda amilaza bilan birikadigan RET (Retikuloendotelial tizim) da yig‘iladi (jigarga, o‘t qopiga va limfa tugunlariga toksik ta’sir namoyon etmaydi).
Ajralishi Klirensi – 7.33 ml/min.
Vena ichiga yuborilgandan so‘ng siydik va o‘t orqali chiqariladi (24 – soatda 70% GEK yuborilgan dozaga nisbatan).
T1/2 – 4,94 soat.
Natriy xlorid – siydik orqali chiqariladi, kam miqdorda teri orqali xam.
Qon plazmasini yetishmagan xajmini (gipovolemiya) va operatsiyalar, jaroxatlar, infektsiyalar va kuyishlar bilan bog‘lik bo‘lgan shokni oldini olish va davolash.
Davolash maqsadida qonni suyultirish (gemodilyutsiya).
Agarda boshqa ko‘rsatmalar bo‘lmasa, unda preparatni yuborish qonning o‘rnini qoplash talab etiladigan hajmiga muvofiq tomchilab yuboriladigan infuziya ko‘rinishida amalga oshiriladi.
Ro‘y berishi mumkin bo‘lgan anafilaktik reaktsiyalar tufayli, birinchi 10-20 ml asta-sekin va patsiyentning holatini sinchikov kuzatuvi ostida yuborish kerak.
Juda yuqori dozada va haddan tashqari tez yuborilganida qon aylanish tizimini zo‘riqishi xavfini hisobga olish lozim.
Sutkalik doza va infuziya tezligi qon yuqotishlar kulami va gematokrit ko‘rsatkichiga bog‘liq.
Kardiovaskulyar yoki pulmonal asoratlar paydo bo‘lishi xavfi bo‘lmagan yosh patsiyentlarda, 30% ni tashkil etuvchi gematokrit soni, kolloidli plazma o‘rinbosarini qo‘llash kerak bo‘lgan holatlar uchun chegara bo‘lib hisoblanadi.
Doza buyurilganida yuborilgan hajm tomirlar ichida katta hajm samarasiga ega ekanligini hisobga olish kerak.
Infuziyaning maksimal tezligi Tegishli kardiovaskulyar vaziyatga qarab – tana vazniga soatiga 20 ml/kg gacha.
Maksimal sutkalik doza Terapevtik chegara suyulish samarasi buyicha belgilanadi.
Nazorat raqami Tana vaznining kg ga maksimal taxminan 2 g gidroksietilkraxmal (tana vazniga taxminan 33 ml/kg ga to‘g‘ri keladi).
Odatda sutkada 500-1000 ml yuboriladi.
Davolashning davomiyligi qo‘llash sohasi yoki kamaygan qon hajmining kattaligiga bog‘lik.
Davolash maqsadida qonni suyultirishda dozalash bo‘yicha tavsiyalar (gemodilyutsiya) Buni o‘tkazishni izovolemiya (qon chiqarishlar bilan birga) yoki gipervolemiya (qon chikarishlarsiz) sharoitlarida amalga oshirish mumkin.
Sutkalik doza va infuziya tezligi: past doza: 1×250 ml/sutka 0,5-2 soat davomida o‘rtacha doza: 1×500 ml/sutka 4-6 soat davomida yuqori doza: 2×500 ml/sutka 8-24 soat davomida.
Ko‘rsatma: Adabiyotda doza va masalan eshitishni keskin pasayishi, quloqlarda shovqin kabi oto-nevrologik kasalliklarda qichima paydo bulishini tez-tezligi orasida o‘zaro aloqa bayon etilgan.
Bunday kasalliklarda qichimani yuz berishi tez-tezligini kamaytirish uchun dozani sutkada maksimal 500 ml gacha cheklash (sutkada 30 g gidroksietilkraxmalga tug‘ri keladi) tavsiya etiladi.
O‘zlashtiraolmaslik reaktsiyalarini barcha og‘irlik darajalari bo‘lishi mumkin.
O‘zlashtiraolmaslik reaktsiyalari yuz berganida infuziyani to‘xtatish va umumiy qabul qilingan shoshilinch choralarni o‘tkazishni boshlash lozim.
Juda tez infuziya va shuningdek preparatni juda ko‘p miqdorda yuborish, qon aylanish tizimini suyuqlik xajmi tomonidan o‘tkir zo‘riqishiga olib kelishi mumkin.
Preparat o‘rtacha va yuqoriroq dozalar oralig‘ida uzoq muddat, xar kuni yuborilganida ko‘pincha qichima chaqiradi, uni esa deyarli davolab bo‘lmaydi.
U davolash tugagandan so‘ng bir necha xaftadan keyin xam paydo bo‘lishi, oylab davom etishi va juda og‘ir kechishi mumkin.
Kam xollarda buyrak soxasida og‘riqlar xaqida xabar berilgan.
Bunday xollarda infuziyani to‘xtatish, organizmga yetarli miqdorda suyuqlik tushishini ta’minlash va zardobda kreatinin qiymatlarini tez-tez nazorat qilishni amalga oshirish lozim.
Gidroksietilkraxmal infuziyasini suyultirish samarasi oqibatida, dozaga qarab, gematokritni kamayishi va plazma oqsillari kontsentratsiyasini pasayishiga olib keladi.
Suyultirish samarasi natijasida qon ivishi vaqti va qon ketishi vaqtini o‘tkinchi uzayishi yuz berishi mumkin.
– Ta’sir qiluvchi moddaga o‘ta yuqori sezuvchanlik (kraxmalga allergiya); – Degidratatsiya holatlari; – Gipergidratatsiya xolatlari; – Gipervolemiya; – Giperkaliyemiya; – Giperxloremiya; – Gipernatriyemiya; – Dekompensatsiyalangan yurak yetishmovchiligi; – Oliguriya yoki anuriya (kreatinin > 2 mg/dl) bilan kechuvchi buyrak yetishmovchiligi; – O‘pkalar shishi; – Bosh miya suyagi ichki qon quyilishlari; – Qon ivishining og‘ir buzilishlari; – Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar, go‘daklar, 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar; – Gemodializ bilan davolanayotgan patsiyentlar; – Homiladorlikning I uch oyligi.
Homiladorlikning boshka muddatlarida preparatni fakat xayotiy ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llash mumkin.
Bundan tashqari, preparatni jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash da ehtiyotkorlikka amal qilish tavsiya etiladi.
Bitta idishda yoki bitta tizimda boshqa dori vositalari bilan qo‘llash farmatsevtik nomutanosiblikka olib kelishi mumkin.
GEK ni aminoglikozid antibiotiklar bilan birga qo‘llash nefrotoksik ta’sirni namoyon qilishi mumkin.
Davolashni boshida zardobdagi kreatinni nazorat qilish lozim.
Kreatinin ko‘rsatkichlarining chegara qiymatlarida (1,2-2,0 mg/dl yoki mos ravishda 106-177 mkmol/l, kompensatsiyalangan buyrak yetishmovchiligi) davolashni sinchiklab o‘ylab ko‘rish kerak; shuningdek suyuqlik muvozanati va siydikni tutilishi ko‘rsatkichlarini sinchiklab nazorat qilish lozim.
Organizmga yetarli miqdorda suyuqlik tushishini ta’minlash kerak.
Davolashni o‘tkazishda buyrak faoliyatini nazorat qilish darkor.
Zardob ionogrammasi va suv muvozanatini nazorat qilish zarur.
Plazma proteinlarini (shu jumladan qon ivishi omillarini) suyulishi mumkinligini e’tiborga olish lozim; zarurati bo‘lsa extiyojga muvofiq o‘tkazish lozim.
Suyulish samarasi oqibatida ivish vaqti va qon ketish xavfini o‘tkinchi oshishi ro‘y berishi mumkin.
Gemorragik diatezlar bo‘lganida ehtiyotkorlik namoyon etishi lozim.
Gidroksietilkraxmalning infuziyalari zardobda alfa-amilaza miqdorini oshishiga olib keladi.
Bu me’da osti bezining kasalligi haqida dalolat bermaydi.
Preparatni embriotoksik va terotogen ta’sir qilmasligi isbotlangan bo‘lishiga qaramasdan homiladorlikning birinchi uchoyligida qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Qolgan 2- va 3- uchoylikda preparatni xayotiy ko‘rsatkichlarini inobatga olib qo‘llash lozim.
Ko‘krak sutiga ajralishi yetarlicha o‘rganilmagani sababli, laktatsiya vaqtida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash tavsiya etiladi.
Flakon ochilganidan keyin preparatni darhol ishlatish kerak.
Ochilgan flakon saqlanmasin.
Avval ishlatilgan flakondagi preparat qayta qo‘llanilmasin.
Faqat shikastlanmagan flakonlardagi tiniq eritma ishlatilsin! Saqlash sharoitiga rioya qilmaslik va noto‘g‘ri transportirovka qilish natijasida flakonlarda mikroyoriqlar paydo bo‘lishi mumkin, uning natijasida eritmaning mikroblar bilan ifloslanish xavfi oshadi.
Steril.
Vena ichiga.
Faqat bir marotabalik qo‘llash uchun! Muzlatilmasin! Isitilmasin! Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik lozim.
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Doza oshirib yuborilganida quyidagi xavf bor: -qon aylanish tizimini suyuqlik xajmi bilan o‘tkir zo‘riqishi; -qon ivishini buzilishi.
Davolash: infuziyani to‘xtatish.
Retsept bo‘yicha
Infuziya uchun 6% eritma 100 ml yoki 200 ml dan butlkalarda.