MIY a’zolari tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, NYAQV-gastropatiya (ishtahani pasayishi, epigastral sohada og‘riq va diskomfort), ta’sirlanish, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini qurishi va og‘riq, milklarning shilliq qavatida yara hosil bo‘lishi, aftoz stomatit, pankreatit, qabziyat/diareya, meteorizm, ovqat hazm bo‘lishini buzilishi, bo‘lishi mumkin – me’da-ichak yo‘llarini eroziv-yarali shikastlanishi va MIYdan qon ketishi, jigar faoliyatini buzilishi.
Nerv tizimi va sezgi a’zolari tomonidan: bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, havotirlik, asabiylik, ta’sirchanlik, psixomotor qo‘zg‘aluvchanlik, ongni chalkashishi, gallyutsinatsiyalar, aseptik meningit (ko‘proq autoimmun kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda), eshitishni buzilishi, quloqlarni shang‘illashi, qaytuvchan toksik ambliopiya, noaniq ko‘rish yoki jismlarni ikkilanishi, ko‘zlarni qurishi va ta’sirlanishi, kon’yunktiva va qovoqlarni shishi (allergik genezli), skotoma.
Yurak-qon tomir tizimi va qon tizimi (qon yaratish, gemostaz) tomonidan: yurak yetishmovchiligi, taxikardiya, ABni oshishi, eozonofiliya, anemiya, shu jumladan gemolitik, trombotsitopenik purpura, agranulotsitoz, leykopeniya.
Respirator tizimi tomonidan: hansirash, bronxospazm.
Siydik-tanosil tizimi tomonidan: shish sindromi, buyrak faoliyatini buzilishi, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, poliuriya, tsistit.
Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi (eritematoz, urtikar), terini qichishishi, eshakemi, allergik rinit, allergik nefrit, Kvinke shishi, anafilaktik reaktsiyalar, shu jumladan anafilaktik shok, ko‘p shaklli ekssudativ eritema (shu jumladan Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz.
Boshqalar: kuchli terlash.