Tsinalretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Faol moddalar: Piratsin, piridoksin gidroxlorid. Yordamichi modda: inyektsiya uchun suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Piratsin (rux mikroelementining piridoksin bilan kompleks birikmasi).

Preparatning savdo nomi:

Tsinal

Farmakalogik guruhi:

Mineral preparatlar, mikroelementlar.

Dori shakli:

Inyektsiya uchun eritma.

Tinik, rangsiz eritma.

Mineral preparatlar, mikroelementlar.

A12SV

Preparat parenteral yuborilganida organizmning to‘qima va biologik suyuqliklarida yaxshi taqsimlanadi. Preparatning eng yuqori kontsentratsiyasi jigarda, me’da osti bezida, buyraklarda, qora taloqda va o‘pkalarda aniqlanadi. Qondan yarim chiqarilish davri 3 soat, 46 minutni tashkil qiladi. Yuborilganidan 24 soatdan keyin preparat qonda aniqlanmaydi. Asosan ahlat bilan chiqariladi, buyraklar orqali chiqarilishi juda oz.

Rux yetishmovchiligi holatlari (vitiligo, o‘choqli alopetsiya, seboreyali alopetsiya, pustulez va flegmonoz husnbuzarlar, enteropatik akrodermatit va boshqalar, terining qiyin bituvchi yaralari).

Rux yetishmovchiligi holatlarida (enteropatik akrodermatit, o‘choqli alopetsiya, seboreyali alopetsiya, pustulez va flegmonoz husnbuzarlar, vitiligo, terining qiyin bituvchi yaralari) preparatning eritmasi 1 ml dan kuniga 1 marta 10 kun davomida mushak ichiga yuboriladi. Zarurati bo‘lganida davolash kurslarini 10 kunlik tanaffus bilan bir necha marta takrorlash mumkin.

Preparat odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Juda kam hollarda ko‘ngil aynishi va qayd qilish kabi dispeptik holatlar, eshakemi ko‘rinishidagi allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin, ular odatda preparat to‘xtatilgandan keyin mustaqil ravishda o‘tib ketadi.

Ruh saqlovchi preparatlarga o‘ta yuqori sezuvchanlik.

Preparat qo‘llanganida spirtli ichimliklarni iste’mol qilishdan saqlanish kerak. Preparatni bolalar olaolmaydigan joyda saqlash va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmaslik lozim.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25° S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Retsept bo‘yicha Ulashish: 2 212 Views

Inyektsiya uchun 0,25% eritma, 1 ml dan ampulalarda.

2 yil.