Tselestoderm V s Garamitsinom rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 g surtma quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 1 mg betametazonga ekvivalent betametazon valerati va 1 mg gentamitsinga ekvivalent gentamitsin sulfati; yordamchi moddalar:  oq, yumshoq parafin; mineral moyi.

Preparatning savdo nomi:

Tselestoderm-V s Garamitsinom

Farmakalogik guruhi:

Dermatologiyada qo‘llash uchun kortikosteroidlar. Kortikosteroidlar antibiotiklar bilan majmuada. Betametazon antibiotiklar bilan birga.

Dori shakli:

surtma

yot kiritmalarsiz, deyarli oq rangdan och-sariq ranggacha bo‘lgan bir xil surtma.

Dermatologiyada qo‘llash uchun kortikosteroidlar. Kortikosteroidlar antibiotiklar bilan majmuada. Betametazon antibiotiklar bilan birga.

D07SC01.

Tselestoderm-V® s Garamitsinom preparatining farmakokinetikasi to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q.

Glyukokortikosteroidlar bilan davolash mumkin bo‘lgan dermatozlar gentamitsinga sezgir mikroorganizmlar tomonidan chaqirilgan ikkilamchi infektsiya bilan asoratlangan yoki asoratlarga gumon qilingan: ekzema (atopik, bolalar, tangasimon), anogenital va qariyalardagi qichishish, kontakt dermatit, seboreyali dermatit, neyrodermit, intertriginoz dermatit, quyosh ta’siridagi dermatit, eksfoliativ dermatit, staz-dermatit va psoriazda qo‘llaniladi.

Surtma terining barcha shikastlangan sohasiga sutkada 2 marta – ertalab va kechqurun yupqa qavat qilib surtiladi. Preparatni surtish soni kasallikning og‘irlik darajasiga bog‘liq holda shaxsiy ravishda belgilanadi. Yengil hollarda sutkada 1 marta qo‘llanadi, og‘irroq shikastlanishlarda ko‘proq qo‘llashga zarurat tug‘ilishi mumkin. Davolash davomiyligi kasallikning o‘lchamlari va joylashishiga, shuningdek bemorning davolashga bo‘lgan javobiga bog‘liq. Ammo, agar 3-4 hafta davomida klinik yaxshilanish kuzatilmasa, tashhisni qayta ko‘rib chiqish lozim.

Preparat bilan davolashda nojo‘ya reaktsiyalar kam kuzatiladi va sezuvchanlikni oshishi, toshmalar va terining pigmentatsiyasini o‘z ichiga oladi. Uzoq muddat qo‘llanganida va/yoki yuqori dozalarda qo‘llanganida, shikastlangan sohalarga surtilganida terining atrofik o‘zgarishlari, teleangioektaziyalar, striyalar, steroidli akne, rozatseya, shuningdek perioral dermatit va gipertrixoz kabi samaralar rivojlanishi mumkin. Tizimli samaralarning (gipokortitsizm, diabet, osteoporoz) rivojlanishi mumkinligini hisobga olish lozim. Gentamitsin bilan davolash terining vaqtinchalik ta’sirlanishi (eritema va qichishish) bilan kechishi mumkin, ular odatda davolashni bekor qilishni talab qilmaydi. Okklyuzion bog‘lovlar ostiga mahalliy kortikosteroidlar qo‘llanganida quyidagi nojo‘ya reaktsiyalar kuzatilishi mumkin: achishish hissi, qichishish, ta’sirlanish, terining quruqligi, follikulit, gipertrixoz, aknesimon toshmalar, gipopigmentatsiya, perioral dermatit va allergik kontakt dermatit, teri matseratsiyasi, ikkilamchi infektsiya, teri atrofiyasi, striyalar va issiqlik toshmasi.

Terining aniqlangan infektsiyalari (virusli, bakterial, shu jumladan tuberkulezli, o‘tkir zamburug‘li), akne. Preparatni uning faol moddalariga yoki har-qanday boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas.

Lateksni cho‘zilishga nisbatan mustahkamligini pasaytirishi mumkin.

Tselestoderm-V® s Garamitsinom surtmasi oftalmologiyada qo‘llash uchun mo‘ljallanmagan.

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Mahalliy kortikosteroidlar uzoq muddat yoki haddan ziyod ko‘p miqdorda mahalliy qo‘llanganida buyrak usti bezi po‘stlog‘ining ikkilamchi yetishmovchiligini rivojlanishi va giperkortitsizm simptomlarini, shu jumladan Kushing sindromini paydo bo‘lishi bilan kechuvchi  gipofizar-adrenal tizimining faoliyatini susaytirishi mumkin. Gentamitsinning dozasini bir marta oshirib yuborilishi dozani oshirib yuborilishi simptomlarini paydo bo‘lishiga olib kelmagan. Gentamitsinni haddan ziyod ko‘p miqdorda yoki uzoq vaqt qo‘llash antibiotikka sezgir bo‘lmagan mikroflorani o‘sishiga olib kelishi mumkin. Davolash. Tegishli simptomatik davolash buyuriladi. Giperkortitsizmning o‘tkir simptomlari odatda qaytuvchandir. Agar zarurati bo‘lsa elektrolit disbalansini to‘g‘rilash amalga oshiriladi. Surunkali toksik ta’siri bo‘lgan hollarda kortikosteroidni asta-sekin bekor qilish tavsiya qilinadi. Rezistent mikroorganizmlarni xaddan tashqari o‘sib ketgan hollarda preparat bilan davolashni to‘xtatish va tegishli davolashni buyurish tavsiya qilinadi.

Retseptsiz

15 g yoki 30 g dan alyumin tubalarda. 1 tubadan karton qutida.

3 yil.