Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Tarkibi:
1 g surtma quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 1 mg betametazonga qayta hisoblaganda betametazon 17-valerati; yordamchi moddalar: oq yumshoq parafin, mineral moyi.
Ta'sir etuvchi modda(XPN):
betametazon (betamethasone)
Preparatning savdo nomi:
Tselestoderm-V
Dori shakli:
surtma
yot kiritmalarsiz, yumshoq konsistentsiyali, oq rangli bir xil surtma.
D07AC01
Tselestoderm-V® preparatining farmakokinetikasini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Ekzema (atopik, tangasimon), kontakt dermatit, seboreyali dermatit, neyrodermit, quyosh ta’siridagi dermatit, eksfoliativ dermatit, radiatsion dermatit, intertriginoz dermatit, psoriaz (keng tarqalgan psoriazdan tashqari) kabi glyukokortikosteroidlar bilan davolashga sezgir bo‘lgan dermatozlarning yallig‘lanishli ko‘rinishlarini kamaytirish uchun qo‘llanadi.
Mahalliy kortikosteroidlar qo‘llanganida, ayniqsa okklyuzion bog‘lovlar ostiga qo‘llanganida achishish hissi, qichishish, ta’sirlanish, quruqlik, follikulit, gipertrixoz, aknesimon toshmalar, gipopigmentatsiya, perioral dermatit, teri matseratsiyasi, ikkilamchi infektsiya, teri atrofiyasi, striyalar, issiqlik toshmasi paydo bo‘lishi mumkin.
Ayniqsa yuz terisi, sochli qoplamaga ega bo‘lgan teri yuzasi va jinsiy a’zolar terilari mahalliy nojo‘ya reaktsiyalarning rivojlanishiga nisbatan ta’sirchandir.
Dermatozlarni davolash uchun uzoq muddat qo‘llanilgan Tselestoderm-V® kabi kuchli ta’sirga ega bo‘lgan topik kortikosteroidlarni bekor qilish kasallik belgilari va simptomlarini og‘irlashtirishi va topik kortikosteroidlarga qaramlikni paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Tizimli ta’sirga ega bo‘lgan glyukokortikoidlar buyurilganda qayd etilgan barcha noxush ko‘rinishlar, shu jumladan gipotalamo-gipofizar tizimi faoliyatini susayishi mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan kuchli ta’sir qiluvchi glyukokortikoidlar buyurilganda rivojlanishi mumkin.
Terining bakteriyali infektsiyalar (masalan, piodermiya, tuberkulyoz va sifilitik jarayonlar), shuningdek virusli infektsiyalar (masalan, suvchechak, oddiy Gerpes, o‘rab oluvchi Gerpes, vulgar so‘gallar (kondilomalar), kontagioz mollyusk) chaqirgan terining davolanmagan shikastlanishlari; terining zamburug‘li infektsiyalari, tarqalgan psoriaz, parazitar infektsiyalar, terining yarali shikastlanishlari, jarohatlarda qo‘llash mumkin emas.
Kortikosteroidlar qo‘llanganidan keyin nojo‘ya reaktsiyalarni (masalan, perioral dermatit, striyalar) mavjudligi.
Ixtioz, balog‘at yoshiga yetmaganlarda oyoq kafti dermatozi, vulgar husnbuzarlar, pushti husnbuzarlar, teri qon tomirlari devorlarining yuqori darajadagi o‘tkazuvchanligi, teri atrofiyasi, anogenital qichishishda qo‘llash mumkin emas.
O‘zaro ta’sirlar ma’lum emas.
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Mahalliy qo‘llanadigan kortikosteroidlarni haddan tashqari ko‘p miqdorda yoki uzoq vaqt qo‘llash gipofizar-adrenal tizimning faoliyatini susayishiga olib kelishi mumkin, bu buyrak usti bezining ikkilamchi yetishmovchiligiga va giperkortitsizm simptomlari, shu jumladan Kushing sindromini paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Giperkortitsizmning o‘tkir simptomlari odatda qaytuvchandir.
Doza oshirib yuborilganida tegishli simptomatik davolashni o‘tkazish kerak.
Zarurati bo‘lganida elektrolit disbalansini to‘g‘rilash o‘tkaziladi.
Surunkali toksik ta’siri bo‘lgan hollarda kortikosteroidni asta-sekin bekor qilish tavsiya qilinadi.
Retseptsiz
15 g yoki 30 g dan alyumin tubalarda.
1 tubadan karton qutida.