Tselektodermretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Faol moddalar: Betamezon dipropionati, salitsil kislotasi (100% moddaga qayta hisoblanganda). Yordamchi moddalar: tibbiyot vazelini

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Betamezon

Preparatning savdo nomi:

Tselektoderm

Farmakalogik guruhi:

Glyukokortikoid

Dori shakli:

Sirtga qo‘llash uchun surtma

Oq rangdan sarg‘ish yoki och-sariq tusli oq ranggacha bo‘lgan surtma.

Glyukokortikoid

D07AC01

Glyukokortikosteroidlar bilan davolashga sezgir bo‘lgan dermatozlarning quyidagi yallig‘lanish ko‘rinishlarini, masalan, ekzema (atopik, tangasimon), kontakt dermatit, seboreyali dermatit, neyrodermit, quyosh ta’siridagi dermatit, eksfoliativ dermatit, staz-dermatit, radiatsion dermatit, intertriginoz dermatit, psoriaz, anogenital va qariyalardagi qichishishni kamaytirish uchun qo‘llanadi.

Tselektoderm terining shikastlangan sohalariga, holatning og‘irligiga qarab, sutkada 1-3 marta yupqa qilib surtiladi. Ko‘pchilik hollarda samaraga erishish uchun sutkada 1-2 marta surtish yetarlidir. Preparatni surtishning tez-tezligi shikastlanish darajasiga muvofiq belgilanadi. Yengil darajali shikastlanishlarda kuniga bir marta surtish mumkin, og‘irroq shikastlanishlarda esa preparatni surtish tez-tezligini oshirish lozim. Okklyuzion bog‘lovlar ostiga qo‘llash mumkin emas, chunki preparatning nojo‘ya ta’sirlari kuchayishi mumkin.

Mahalliy kortikosteroidlar qo‘llanganida, ayniqsa okklyuzion bog‘lovlar ostiga qo‘llanganida achishish hissi, qichishish, ta’sirlanish, quruqlik, follikulit, gipertrixoz, xusnbuzarsimon toshmalar, gipopigmentatsiya, perioral dermatit, terining matseratsiyasi, ikkilamchi infektsiya, teri atrofiyasi, striyalar, issiqlik toshmasi paydo bo‘lishi mumkin.

Tselektoderm preparatining faol moddasiga yoki har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Sirtga qo‘llash uchun boshqa vositalar bilan aralashtirish tavsiya qilinmaydi. O‘zaro ta’sirlar ma’lum emas.

Tselektodermni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan terini ta’sirlanishi yoki yuqori sezuvchanlik belgilari paydo bo‘lganida, davolashni to‘xtatish va patsiyentga adekvat davolashni buyurish kerak. Infektsiya paydo bo‘lgan hollarda muvofiq zamburug‘larga qarshi yoki antibakterial vositalarni buyurish kerak. Agarda istalgan samaraga tez erishilmasa, infektsiya belgilari yo‘qolgunicha kortikosteroidlarni qabul qilishni to‘xtatish kerak. Glyukokortikoidlarni tizimli qo‘llanganida uchraydigan har qanday nojo‘ya holatlar, shu jumladan buyrak usti bezlarining supressiyasi, ular mahalliy qo‘llanganida ham paydo bo‘lishi mumkin. Mahalliy kortikosteroidlarni qon tizimiga so‘rilishi, ular uzoq vaqt davomida qo‘llanganida, tananing katta yuzalarini davolashda yoki okklyuzion bog‘lovlar ishlatilganida oshadi.

Homiladorlarda kortikosteroidlarni mahalliy qo‘llash xavfsizligi aniqlanmaganligi tufayli, bu preparatlarni, faqat bo‘lajak ona uchun kutilayotgan foyda, homila uchun potentsial xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina qo‘llash mumkin. Ushbu guruh preparatlarini homiladorlarda yuqori dozalarda va uzoq vaqt qo‘llash mumkin emas. Bugungi kunda kortikosteroidlarni mahalliy qo‘llanganda tizimli so‘rilishi natijasida ularni ko‘krak sutiga kirishi aniqlanmagan, shuning uchun emizishni to‘xtatish yoki preparatni qo‘llashni to‘xtatishda, ona uchun o‘tkazilayotgan davolashning muhimligini hisobga olish lozim.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15°S dan 25°S gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.

Mahalliy qo‘llanadigan kortikosteroidlarni haddan ziyod yoki uzoq vaqt qo‘llash gipofizar-adrenal tizimning faoliyatini susayishiga olib kelishi mumkin, bu buyrak usti bezlarining ikkilamchi yetishmovchiligiga va giperkortitsizm simptomlari, shu jumladan Kushing sindromini paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Giperkortitsizmning o‘tkir simptomlari odatda qaytuvchidir. Doza oshirib yuborilganida tegishli simptomatik davolashni o‘tkazish kerak. Zarurati bo‘lganida elektrolit disbalansini to‘g‘rilash o‘tkaziladi. Surunkali toksik ta’siri kuzatilgan hollarda kortikosteroidni asta-sekin bekor qilish tavsiya qilinadi.

Retsept bo‘yicha

Mahalliy qo‘llash uchun surtma 20 g, 25 g yoki 30 g dan alyumin tubalarda.

2 yil.