Tseftrionretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Bir flakon quyidagilarni saqlaydi: 1 g suvsiz tseftriaksonga ekvivalent tseftriakson natriy.

Preparatning savdo nomi:

Tseftrion

Farmakalogik guruhi:

Antibiotik (tsefalosporinlar guruhi).

Dori shakli:

Inyektsion eritma tayyorlash uchun kukun.

Oqdan sarg‘ish-to‘q sariq ranggacha bo‘lgan kristall kukun.

Antibiotik (tsefalosporinlar guruhi).

J01DA13

Preparat unga sezgir mikroorganizmlarning shtammlari chaqirgan infektsion kasalliklarni davolash uchun buyuriladi: quyi nafas yo‘llarining infektsion kasalliklarini (pnevmoniya, bronxit, o‘pka abstsessi, plevra empiyemasi), otorinolaringologik infektsion  kasalliklarni, buyrak va siydik-jinsiy yo‘llarining infektsion kasalliklarini (piyelit, tsistit, o‘tkir va surunkali piyelonefrit, prostatit, epididimit), teri va yumshoq to‘qimalarini infektsion kasalliklarini, shu jumladan bakterial streptodermiyani, meningitni, suyak va bo‘g‘im infektsion kasalliklarini, peritonitni, o‘t pufagini yallig‘lanishini, me’da–ichak infektsiyalarini, asoratlanmagan gonoreyani va jinsiy yo‘l bilan yuquvchi boshqa infektsiyalarni (yumshoq shankr va sifilis), Layma kasalligini (spiroxetoz), tifga oid isitma, salmonellyozni, salmonella tashuvchanlikni davolash uchun qo‘llanadi. Preparatni shuningdek jarrohlik operatsiyalaridan so‘ng kelib chiqadigan infektsiyalarni oldini olish uchun ham qo‘llanadi.

Preparat qabul qilinganida allergik reaktsiyalar (eshakemi, qichishish, eozinofiliya, zardob kasalligi, bronxospazm, ko‘p shaklli ekssudativ eritema, anafilaktik reaktsiyalar, kam hollarda – anafilaktik shok), stomatit, glossit, me’da-ichak yo‘llari tomonidan esa ko‘ngil aynishi, qusish, ta’m bilishni yo‘qolishi, qorinda og‘riq, disbakterioz, superinfektsiya, soxtamembranoz kolit paydo bo‘lishi mumkin. Periferik qon ko‘rsatkichlarini o‘zgarishi; neytropeniya, limfopeniya, leykopeniya, trombotsitopeniya, kam hollarda – gemolitik anemiya yuz berishi mumkin, ayrim hollarda qon zardobi plazma omillarining (II, VII, IX, X) darajasi pasayadi, protrombin vaqti uzayadi, burundan qon ketishi kuzatiladi, xolestatik sariqlik  rivojlanadi, siydikda kreatinin darajasi oshadi, tsilindrlar paydo bo‘ladi, oliguriya, anuriya, biokimyoviy o‘zgarishlar (jigar transaminazalari faolligini va bilirubinni qon plazmasida oshishi), o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, aritmiyalar, bosh og‘rig‘i, yuborish joyida og‘riq yoki infiltrat, alohida xollarda – v/i yuborilganda flebit yoki tromboflebit bo‘lishi mumkin.

Tsefalosporinlar sinfiga taalluqli antibiotiklarga va penitsillinlarga, shuningdek lidokainga (m/i yuborilganda) yuqori sezuvchanlik. Jigar-buyrak yetishmovchiligi, anamnezida me’da-ichak yo‘llarining kasalliklari, ayniqsa nospetsifik yarali kolit yoki enterit, homiladorlik, laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas. Dorilarning o‘zaro ta’siri Aminoglikozidlar bilan majmuada qo‘llanganda sinergizm oqibatida grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan samaradorligi kuchayadi, ammo ularning optimal dozalarini tanlash kerak. NYAQV, antiagregantlar qon ketish imkoniyatini oshiradi, halqali diuretiklar va nefrotoksik preparatlar (aminoglikozidlar, polimiksin V) buyrak faoliyatini buzilishini chaqiradi. Preparatning eritmasini mikroblarga qarshi boshqa preparatlar yoki eritmalar bilan farmatsevtik nomutanosibligi sababli, aralashtirish yoki bir vaqtda yuborish mumkin emas Maxsus ko‘rsatmalar M/i inyektsiyasida katta dumba mushagining yuqori tashqi kvadrantiga chuqur yuboriladi. Preparatning eritmasini yuborishdan oldin igna tomirdan tashqarida ekanligiga ishonch hosil qilish kerak. Jigar va buyrak faoliyatini og‘ir buzilishi bo‘lgan bemorlarda preparatning dozasi kamaytiriladi. KK minutiga 10 ml dan kam bo‘lgan bemorlarga antibiotikning sutkalik dozasi 2 g dan oshmasligi kerak. Preparatni homiladorlikda faqat ona uchun taxmin qilinayotgan foyda homila yoki bola uchun bo‘lgan potentsial xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina qo‘llash mumkin. Preparatni laktatsiya davrida buyurish zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish to‘g‘risidagi masalani hal qilish lozim. Preparatni uzoq vaqt qo‘llanganda periferik qon manzarasining muntazam nazoratini o‘tkazish lozim. Preparatga chidamli mikroorganizmlar paydo bo‘lishi va superinfektsiyani rivojlanishi mumkin. (“Halqali” diuretiklarni (furosemid va boshqalarni) bir vaqtda buyurilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim. Arterial gipertenziyasida va suv-elektrolit muvozanati buzilishda plazmada natriy miqdorini nazorat qilish lozim. Uzoq muddat qo‘llanilganda disbakteriozni aniqlash uchun tsitologik tekshirishlarni o‘tkazish zarur. Giperbilirubinemiyasi, allergik reaktsiyalarga moyilligi bo‘lgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Keksa yoshdagi shaxslarga qo‘shimcha ravishda K vitamini buyuriladi. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Simptomlari: uzoq muddat yuborilganda allergik reaktsiyalar, dispeptik buzilishlar paydo bo‘lishi mumkin. Davolash: spetsifik antidoti yo‘q. Simptomatik davolash tavsiya qilinadi. Gemodializ yoki peritoneal dializni qo‘llash mumkin.

Inyektsiya uchun eritma tayyorlash uchun kukun 1,0 g dan flakonlarda. Saqlash sharoiti Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

2 yil. Dorixonalardan berish tartibi Retsept bo‘yicha Ulashish: 2 130 Views