Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Tarkibi:
Steril tsefoperazon natriyli tuzi tsefoperazonga ekvivalent – 1,0 g
Ta'sir etuvchi modda(XPN):
Tsefoperazon
Preparatning savdo nomi:
Tsefpon
Farmakalogik guruhi:
Antibiotiklar (tsefalosporinlar guruhi).
Dori shakli:
Inyektsion eritmani tayyorlash uchun kukun.
Ok yoki sarg‘ish tusli oq rangli kukun.
Antibiotiklar (tsefalosporinlar guruhi).
J01DA32
Maksimal kontsentratsiyasiga (Cmax) – vena ichiga (v/i) yuborilganidan keyin 15 minutdan so‘ng va mushak ichiga (m/i) yuborilganidan keyin 1 soatdan so‘ng erishiladi.
Plazma oqsillari bilan 82-93% ga bog‘lanadi.
Tsefoperazon barcha a’zo va to‘qimalarga yaxshi o‘tadi, yuborilganidan keyin 12 soat davomida terapevtik kontsentratsiyalarida peritoneal, astsitik, amniotik suyuqlikda va kindik qonida aniqlanadi; tanglayning bodom bezlarida, sinuslarning shilliq qavatida; o‘pkada va balg‘amda; jigar to‘qimasida, o‘tda va o‘t qopining devorida; buyrakda, siydik naychalarida, prostata bezida, tuxumdonlarda, bachadon va fallopiy naychalarida, shuningdek suyaklarda to‘planadi.
Shikastlanmagan gematoentsefalik to‘siqda orqa miya suyuqligiga deyarli o‘tmaydi, oz miqdorda ko‘krak sutiga o‘tadi.
Safroda tsefoperazonning Cmax 1-3 soat o‘tgach erishiladi.
2 g preparat v/i oqim bilan yuborilganidan keyin 0,5-3 soat o‘tgach, uning kontsentratsiyasi taxminan muvofiq ravishda 66-6000 mkg/ml ni tashkil qiladi.
Preparatning 1% dan kamrog‘i metabolizmga uchraydi.
Tsefoperazonni organizmdan yarim chiqarilish davri (T1/2) taxminan 2 soatni tashkil qiladi.
Organizmdan asosan safro bilan (70%), shuningdek siydik bilan (30%) chiqariladi.
Buyrak yetishmovchiligida dozani o‘zgartirishga zarurat yo‘q.
Yuqori va pastki nafas yo‘llarining, siydik chiqarish va safro chiqarish yo‘llarining bakterial infektsiyalari, abdominal infektsiyalar (peritonit, xoletsistit, xolangit va boshqalar), sepsis, meningit, teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalari, suyaklar va bo‘g‘imlarning infektsiyalari, kichik chanoq a’zolarining infektsion-yallig‘lanish kasalliklari (endometrit, gonoreya va jinsiy yo‘llarning boshqa infektsiyalari).
Preparat shuningdek jarroxlik operatsiyalardagi infektsion asoratlarni oldini olish uchun ham ishlatiladi.
Tsefoperazon preparatini qo‘llash bilan davolashni boshlashdan oldin, teri sinamasini qo‘yib, patsiyentda antibiotikka va lidokainga yuqori sezuvchanlik borligini istisno qilish kerak.
Kattalar uchun odatdagi doza: – yengil va o‘rtacha og‘irlik darajasidagi infektsiyalar: 1-2 g har 12 soatda; – og‘ir infektsiyalar: 2–4 g har 12 soatda.
Sutkalik dozani keyinchalik 12-16 g gacha oshirish zarurati tug‘ilganida, uni 3 marta yuborishga (har 8 soatda) bo‘lish kerak.
Davolash kursi – 7–14 kun.
Bolalarga 50-200 mg/kg dozada 2 marta yuborishda buyuriladi.
8 kunlikkacha bo‘lgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga preparat har 12 soatda buyuriladi, biroq preparat yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga buyurilganida potentsial xavfni hisobga olish kerak.
Og‘ir infektsiyalarda bolalarga sutkada 2-3 marta yuborishda 200-300 mg/kg doza hisobidan kelib chiqib buyuriladi.
Asoratlanmagan gonokokkli uretritda 0,5 g preparat m/i bir marta yuboriladi.
Operatsiyadan keyingi asoratlarni oldini olish uchun 1-2 g dan v/i operatsiyadan 30-90 minut oldin, so‘ngra har 12 soatda yuboriladi, lekin odatda operatsiya tugaganidan keyin 24 soatdan oshmasligi kerak (koloproktologiyada, yurak-qon tomir jarrohligida yoki bo‘g‘imlarni protezlashda – 72 soatgacha).
Tsefoperazon preparatini buyraklar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan bemorlarda odatdagi sutkalik 2-4 g dozada qo‘llanishi, dozani to‘g‘rilashni talab qilmaydi.
Kalava filtratsiyasining tezligi minutiga 18 ml dan kam yoki kreatinin darajasi 3,5 mg/ml dan ortiq bo‘lganida, sutkalik doza 4 g dan oshmasligi kerak.
Gemodializ o‘tkazilayotgan bemorlarga preparatni, gemodializ muolajasi tugaganidan keyin yuborish kerak.
Eritmalarni bevosita yuborishdan oldin tayyorlanadi.
V/i yuborish uchun eritmani tayyorlash.
1 g preparatni saqlovchi flakonga kamida 2,8 ml mutanosib erituvchi qo‘shiladi va to‘liq erigunicha yaxshilab chayqatiladi.
Erishini yengillashtirish uchun 1 g Tsefoperazon preparatiga 5 ml erituvchini ishlatish tavsiya qilinadi.
Mutanosib erituvchilar: – steril inyektsiya uchun suv – inyektsiya uchun 5% glyukoza eritmasi – inyektsiya uchun 10% glyukoza eritmasi; – inyektsiya uchun 0,9% natriy xloridi eritmasi; – inyektsiya uchun 5% glyukoza va 0,9% natriy xloridi eritmasi.
V/i tomchilab yuborish uchun, olingan eritma qo‘shimcha ravishda, v/i inyektsiya uchun 20-100 ml mutanosib steril eritmada suyultiriladi va 15-60 minut davomida yuboriladi.
Agarda erituvchi sifatida steril suv ishlatilsa, unda flakonga ko‘pi bilan 20 ml qo‘shiladi.
V/i oqim bilan yuborilganida kattalar uchun tsefoperazonning maksimal bir martalik dozasi 2 g ni, bolalar uchun – 50 mg/kg ni tashkil qiladi.
Preparat mutanosib erituvchida 100 mg/ml yakuniy kontsentratsiya olingunicha suyultiriladi va 3-5 minut davomida yuboriladi.
M/i yuborish uchun eritmani tayyorlash.
Eritmani tayyorlash uchun odatda inyektsiya uchun suv ishlatiladi.
Agarda 250 mg/ml dan ortiq kontsentratsiyali eritmani yuborish kerak bo‘lsa, unda eritmani tayyorlash uchun 2% li lidokain eritmasi ishlatiladi; bunda lidokainning yakuniy kontsentratsiyasi 0,5% bo‘lishi kerak.
Bunday eritmani tayyorlash uchun inyektsiya uchun suv va 2% lidokain eritmasi ishlatiladi.
Tsefoperazonni eritish jadvalda ko‘rsatilgan komponentlarning nisbati bilan 2 bosqichda amalga oshiriladi: avval inyektsiya uchun suvning kerakli miqdori qo‘shiladi, to‘liq eriguncha chayqatiladi, so‘ngra 2% lidokain eritmasining kerakli miqdori qo‘shiladi va aralashtiriladi.
Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, soxtamembranoz kolit.
Allergik reaktsiyalar: eshakemi, qichishish.
Qon tizimi tomonidan: neytrofillar sonini kamayishi.
Uzoq muddatli davolashda (boshqa beta-laktam antibiotiklari kabi) qaytuvchi neytropeniya rivojlanishi mumkin.
Ayrim patsiyentlarda davolash vaqtida musbat Kumbs sinamasi kuzatilgan.
Shuningdek gemoglobin va gematokrit darajasini pasayishi kuzatiladi.
O‘tkinchi eozinofiliya, leykopeniya va trombotsitopeniya, shuningdek gipoprotrombinemiya kuzatiladi.
Laborator ko‘rsatgichlar: jigar faoliyati ko‘rsatgichlarini – qon zardobida AST, ALT, ishqoriy fosfataza va bilirubinni – o‘tkinchi oshishi kuzatiladi.
Boshqalar: isitma, juda kam – K vitamini tanqisligi, vena ichiga yuborish joyida – flebit.
Tsefalosporinlar va boshqa β-laktam antibiotiklarga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlik, emizish davrida, jigar va buyrak yetishmovchiligida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Preparatning keng ta’sir doirasi ko‘pchilik infektsiyalarni monoterapiyasini o‘tkazishga imkon beradi.
Shunday bo‘lsada, agarda majmuaviy davolash ko‘rsatilgan bo‘lsa, preparatni boshqa antibiotiklar bilan birga majmuaviy davolashda ham qo‘llash mumkin.
O‘t-safro yo‘llarining yaqqol obstruktsiyasida, buyraklar faoliyatini yondosh buzilishlari bilan kechuvchi og‘ir jigar kasalliklarida ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim.
Oxirgi holda tsefoperazonning zardobdagi kontsentratsiyasini monitorlash va uning dozasini to‘g‘rilash lozim (agarda monitorlash o‘tkazilmasa, tsefoperazonning sutkalik dozasi 2 g dan oshmasligi kerak).
Boshqa antibiotiklar kabi, Tsefoperazon ham organizmda K vitamin tanqisligiga olib kelishi mumkin.
Tsefoperazon bilan davolanishda patsiyentlar alkogolli ichimliklarni qabul qilishdan saqlanishlari kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Hozirgi vaqtgacha preparatning dozasini oshirib yuborilish hollari kuzatilmagan.
Tsefalosporinlarning juda yuqori dozalari tserebral (epileptik) tutqanoq xurujlarini chaqirishi mumkin.
Bunday hollarda diazepamni qo‘llash bilan sedativ davolash o‘tkaziladi.
Retsept bo‘yicha
Inyektsion eritmani tayyorlash uchun kukun 1.0 g dan flakonlarda.