Trizolretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

100 ml suspenziya quyidagilarni saqlaydi: Faol moddalar: Sulfametoksazol – 4,0 g; trimetoprim – 0,8 g. Yordamchi moddalar: natriy karmelloza, saxaroza, metilgidroksibenzoat, propilgidroksibenzoat, sorbitol 70%, glitserin, natriy saxarin, polisorbat 80, natriy benzoati, natriy alginati, vanilin–qaymoqli hushbo‘yi, vanilin essentiyasi, tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Sulfametoksazol va trimetoprim.

Preparatning savdo nomi:

TRIZOL

Farmakalogik guruhi:

Antibakterial sintetik vosita (sulfanilamidlar guruhi).

Dori shakli:

Suspenziya.

Pushti rangli, vanilin hidli suspenziya.

Antibakterial sintetik vosita (sulfanilamidlar guruhi).

J01EE01

Sulfametaksazol va diaminpiridin hosilasi – trimetoprimni 5:1 nisbatida saqlovchi majmuaviy kimyoterapevtik dori vositasi. Sulfametoksazol – paraaminobenzoy kislotasining utilizatsiyasini va shuningdek, digidrofolat kislotasining sintezini buzadi. Trimetoprim – digidrofolatni faol tetragidrofolatga aylanishida ishtirok etadigan fermentni ingibirlaydi. Ikkala komponent majmuasi bakteritsid ta’sir qilish imkonini beradi. Preparat grammusbat bakteriyalarga: streptokokklar (Streptococcus pheumoniae, S. agalactiae, S. viridans), stafilokokklar (Staphylococcus aureus, Staphylococcus epidermidis), Listeria monocytogenes, Nocardia asteroids va grammanfiy, shu jumladan ko‘pchilik Enterobacteriaceae tayoqchalari (Salmonella, Shigella, Klebsiella, Proteus mirabilis, Enterobacter, Eschericha coli turlari), H.influenzae, Legionella spp., Yersinia enterocolitica, Brucella spp., Neisseria meningitidis, Neisseria gonorrhoeae, hamda Pneumocystis carini ga nisbatan faol. Preparatga tayoqchalar (Mycobacteriaceae), viruslar, ko‘pchilik anaerob bakteriyalar va zamburug‘lar chidamlidir.

Ichga terapevtik dozada qabul qilingandan keyin faol moddalar ingichka ichakning yuqori qismida tez va deyarli to‘liq (90%) so‘riladi va 60 minutdan keyinoq qon va to‘qimalarda terapevtik kontentratsiyaga erishiladi, u 12 soat davomida saqlanadi. Qon plazmasida faol moddaning maksimal kontentratsiyasiga 1-4 soatdan keyin erishiladi. Plazma oqsillari bilan sulfametoksazolni bog‘lanishi 66% va trimetoprimni – 45% ni tashkil qiladi. Preparat organizmda yaxshi taqsimlanadi. Preparat ona sutiga kiradi va yo‘ldosh to‘sig‘idan o‘tadi. Sulfametoksazol va trimetoprim jigarda metabolizmga uchraydi. Yarim chiqarilish davri 10 dan 12 soatgacha o‘zgarib turadi.

– nafas yo‘llarining, shu jumladan Streptococcus pneumoniae, Haemophilus influenzae tomonidan chaqirilgan o‘tkir infektiyalari; – Pneumocystis carinii tomonidan chaqirilgan o‘pka yallig‘lanishini davolash va oldini olish; – burunning qo‘shimcha bo‘shliqlarini sinusiti, o‘rta quloqni yallig‘lanishi (Haemophilus influenzae, Streptococcus pheumoniae); – buyrak va siydik yo‘llarining infektiyalari (shu jumladan Eschericha coli, Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Klebsiella spp., Morganella morganii); – jinsiy a’zolarining bakterial infektiyalari (shuningdek gonoreyadan keyingi uretrit); – Salmonella, Shigella, Escherichia coli turlarining shtammlari chaqirgan ovqat hazm qilish yo‘llarining infektiyalari; – preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan meningit; – yiringli teri infektiyalarida qo‘llanadi.

Preparat og‘iz orqali ko‘p miqdordagi suyuqlik bilan ovqat vaqtida yoki ovqatdan keyin darhol qabul qilinadi. Qo‘llashdan oldin bir xil suspenziya hosil bo‘lgunicha chayqatish kerak. 5 ml suspenziya 200 mg sulfametaksazol va 40 mg trimetoprim saqlaydi. O‘ramiga shkalali o‘lchov qopqoqchasi qo‘shib beriladi. Bolalarda, odatda sutkada 1 kg tana vazniga 24 mg dan 36 mg gacha qo‘llanadi. Dozasi/yoshi 3 oydan 6 oygacha (6-8 kg) 2,5 ml har 12 soatda 7 oydan 3 yoshgacha (9-15 kg) 2,5-5 ml har 12 soatda 4 yoshdan 6 yoshgacha (16-22 kg) 5-10 ml har 12 soatda 7 yoshdan 12 yoshgacha (23-42 kg) 10 ml har 12 soatda Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar – har 12 soatda 20 ml dan qabul qiladilar. Davolash davomiyligi 7-10 kun (shigellez – 5 kun). Pneumocystis carinii chaqirgan infektiyalarda – 120 mg/kg tana vazniga; preparat har 6 soatda 14-21 kun davomida qabul qilinadi.

Preparat odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Alohida hollarda quyidagilar kuzatiladi: – ko‘ngil aynishi, qusish, ishtahaning yo‘qligi, kam hollarda ich ketishi; – tilni yallig‘lanishi, qorinda og‘riq, gastrit; – toshma, eshakemi, ancha kamroq xollarda ko‘p shaklli eritema, qichishish, eksfoliativ dermatit, fotosensibilizatsiya; – tana haroratini oshishi, qaltirash; – leykopeniya, neytropeniya, trombotsitopeniya, ancha kam hollarda – agranulotsitoz, anemiya, metgemoglobinemiya. Kam: – jigar parenximasini yallig‘lanishi; – bosh og‘rig‘i va bosh aylanishi, uyquni buzilishi, gallyutsinatsiyalar, buyrak faoliyatini buzilishlari. – Stivens-Djonson sindromi, Layell sindromi, jigarning o‘tkir nekrozi, allergik miokardit, pankreatit, og‘iz bo‘shlig‘ini yallig‘lanishi, aseptik meningit, depressiya, apatiya, bo‘g‘imlar va mushaklarda og‘riq. Juda kam hollarda: – o‘pka infiltratlari, gipoglikemiya, soxtamembranoz kolit.

– sulfanilamidlar, trimetoprim va/yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik; – glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi; – jigar va buyrak faoliyatini yaqqol buzilishlari (kreatinin klirensi minutiga 15 ml dan kam); – qonning morfologik ko‘rinishida aniqlangan o‘zgarishlar; – chala tug‘ilgan chaqaloqlar, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va hayotining 3 oyligigacha bo‘lgan bolalar; – streptokokkli anginani davolash.

Diuretiklar, ayniqsa tiazidlar guruhiga mansub diuretiklar bilan bir vaqtda qo‘llanganda qon ketishi bilan kechuvchi trombotsitopeniyani paydo bo‘lishi imkoniyatini oshiradi. Antikoagulyantlarnii (masalan, varfarin) qabul qilayotgan patsiyentlarda protrombin vaqtini uzaytirishi mumkin. Sulfonilmochevina hosilalari, diabetga qarshi vositalarining ta’sirini kuchaytiradi. Jigarda fenitoinning metabolizmini tormozlaydi (uning yarim parchalanish davrini 39% gacha oshiradi). Qon plazmasida erkin metotreksat kontentratsiyasini ham oshirishi mumkin (metotreksatnining oqsillar bilan bo‘lgan birikmasidan ajralib chiqishini oshiradi). Preparat ishqoriy Yaffe pikrinatini ishlatilganida kreatininni aniqlash reaktiyasini buzishi mumkin (kreatinning darajasini taxminan 10% ga oshiradi).

Jigar yoki buyrak faoliyati yetishmovchiligida (agar kreatinin klirensi minutiga 15-30 ml ni tashkil qilsa, odatdagi dozaning 1/2 qismini qabul qilish tavsiya qilinadi), shuningdek allergiyani zo‘rayishida va folat kislotasi yetishmovchiligida juda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Buyrak faoliyati buzilgan keksa yoshdagi patsiyentlarda giperkaliyemiya rivojlanishi xavfini oshishi tufayli ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Agar davolash davrida teri toshmasi yoki boshqa jadal nojo‘ya belgilar paydo bo‘lsa, preparat qabul qilishni darhol to‘xtatish kerak. Kristalluriyani oldini olish uchun chiqarilayotgan siydikni yetarli hajmini tutib turish tavsiya qilinadi. Davolash vaqtida ko‘p suyuqlik iste’mol qilish tavsiya etiladi. Agar davolash 14 kundan ortiq davom etsa, periferik qon manzarasini muntazam nazorat qilish kerak. Preparatni homiladorlikda faqat, agar ona uchun bo‘lgan potential foyda homila uchun bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lgan hollarda buyurish mumkin. Preparatni laktatsiya davrida buyurish zarurati bo‘lganida, emizishni to‘xtatish masalasini hal qilish kerak. Bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquchanlik, gallyutsinatsiyalar kabi nojo‘ya ta’sirlar paydo bo‘lgan hollarda, avtomobil haydashni yoki ruxiy va jismoniy reaktiyalarning yuqori tezligini talab qiluvchi ishlarni bajarishni cheklash zarurligi to‘g‘risida patsiyentni xabardor qilish zarur. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i va bosh aylanishi, uyquchanlik, hushdan ketish, tana haroratini oshishi, ko‘rishni buzilishi, dezoriyentatsiya, gematuriya va kristalluriya. Davolash: qusishni chaqirish yoki me’dani yuvish. Davolash simptomatik.

Retsept bo‘yicha.

Peroral qo‘llash uchun suspenziya , 240 mg/ml flakonlarda.

3 yil.