Trivalumen rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 kapsula quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: valeriana ildizlari (Radices Valerianae), qalampir yalpiz barglari (Folia Menthae Piperitae), uchbarg barglari (Folia Menyanthidis Trifoliatae), qumloq qubbalari (Strobili lupuli) ning aralashmalarini (quruq ekstrakti (ekstragent-suv)) (1:2:2:1) nisbatda quruq moddaga qayta hisoblaganda – 356 mg; yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, magniy stearati. №0 o‘lchamli qattiq jelatin kapsula: xinolin sarig‘i (Ye104), sariq shafaq FCF (Ye 110), patentlangan ko‘k V (Ye131), brilliant qorasi BN (qora PN) (Ye 151) bo‘yovchilari, titan dioksidi (Ye151), jelatin.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

trivalumen

Preparatning savdo nomi:

Trivalumen

Farmakalogik guruhi:

Uxlatuvchi va sedativ vositalar.

Dori shakli:

kapsulalar.

yashil qopqoqchali va sariq rangli korpusga ega qattiq jelatin kapsulalar. Kapsula ichidagisi – och-jigarrangdan to to‘q-jigarrang rangligacha bo‘lgan kukun yoki granulalar yoki ustuncha ko‘rinishida shakllangan xushbo‘y hidli massa.

Uxlatuvchi va sedativ vositalar.

N05CM

Trivalumen – o‘simliklardan olinadigan majmuaviy preparat bo‘lib, ta’siri uning tarkibiga kiruvchi komponentlarining sinergik xususiyatlari bilan bog‘liq. Valerianada saqlanuvchi borneol va izovalerian kislotasining murakkab efirlari, markaziy nerv tizimining qo‘zg‘aluvchanligini kamaytiradi, ruxiy zo‘riqishda kuchlanish va ta’sirchanlikni pasaytiradi, sedativ, uxlatuvchi, spazmolitik xususiyatlar namoyon etadi, o‘t haydovchi ta’sir ko‘rsatadi, me’da-ichak yo‘llari shilliq qavati bezlarining sekretor faolligini kuchaytiradi, yurak ritmini sekinlashtiradi, yurakning koronar qon tomirlarini kengaytiradi. Qumloq qubbalarining faolligi efir moyi va achchiq moddalar (gumulon, lupulon va alifatik terpentin spirtlarini) saqlovchi achchiq smola, fitontsid moddalar, V guruhi va S vitaminlari, tokoferollar va esterogen ta’sir ko‘rsatuvchi moddalar bilan bog‘liqdir. Ular ishtahani qo‘zg‘atadi, safro ajralib chiqishini yaxshilaydi, siydik haydovchi ta’sir ko‘rsatadi, qo‘zg‘alish va uyqusizlik holatlarida tinchlantiruvchi ta’sir qiladi, yallig‘lanishga qarshi va og‘riqni qoldiruvchi xususiyatlarni namoyon etadi. Qalampir yalpizning farmakologik samarasi asosan, mentol, shuningdek terpenlar, taninlar, achchiq modda va organik kislotalar bilan bog‘liq. Qalampir yalpizning komponentlari og‘riq qoldiruvchi, burishtiruvchi, yallig‘lanishga qarshi samaralarni namoyon etadi; ko‘ngil aynishi ko‘rinishlarini kamaytiradi, me’da-ichak yo‘llarining bezlari va jigarning sekretsiyasini yengil rag‘batlantiradi, ishtahani oshiradi, ichakning motorikasini normallashtiradi. Uchbarg achchiq glikozidli birikmalar, flavonoidlar borligi hisobiga, me’da-ichak sekretsiyasini kuchaytiradi, ovqat hazm bo‘lishini yaxshilaydi, ishtahani qo‘zg‘atadi, ichak motorikasini normallashtiradi, antigipoksik va antioksidant samara ko‘rsatadi. Preparat qaramlik chaqirmaydi, psixomotor funktsiyani susaytirmaydi, ish qobiliyatini yomonlashtirmaydi.

O‘rganilmagan.

Nerv va aqliy o‘ta toliqish oqibatidagi uyqusizlik; taxikardiya, kardialgiya va arterial gipertenziya bilan kechuvchi neyrotsirkulyator distoniya; ishtahani pasayishida qo‘llanadi.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga 1 kapsuladan kuniga 2-3 marta; uyqusizlikning boshlang‘ich shaklida – 1 kapsuladan uyqudan 1-1,5 soat oldin buyuriladi. Davolash davomiyligi 7-15 kunni tashkil qiladi. Davolash kursini 10 kundan keyin (shifokor maslahatidan keyin) takrorlash mumkin. Bolalar. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparat qo‘llanmaydi.

Nerv tizimi: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, lohaslik, uyquchanlik, emotsial rektsiyalarni susayishi, depressiya, umumiy xolsizlik, ish qobiliyatini, diqqatni jamlashni pasayishi; ayrim hollarda – ruxiy qo‘zg‘alish, xavotirlik, uyqusizlik. Yurak-qon tomir tizimi: arterial gipertenziya, to‘sh ortida bosilish hissi, yurakda og‘riq, yurak ritmini buzilishi (shu jumladan bradikardiya, taxikardiya), qon quyilishlari. Ovqat hazm qilish tizimi: jig‘ildon qaynashi, ko‘ngil aynishi, abdominal spazmlar, dispeptik ko‘rinishlar, ovqat hazm qilish jarayonlarini susayishi, diareya. Gepatobiliar tizimi: gepatotoksiklik ko‘rinishlari kuzatilishi mumkin. Immun tizimi: allergik reaktsiyalar, jumladan teri toshmalari, qichishish, eshakemi, giperemiya, shishlar, hansirash, bronxial astma kuzatilishi mumkin. Nojo‘ya reaktsiyalari juda kam hollarda paydo bo‘ladi va qaytuvchan bo‘lib, odatda preparat uzoq muddat qo‘llanganida va tavsiya qilingan dozalar ancha oshirib yuborilganda rivojlanadi. Har qanday noxush ko‘rinishlar paydo bo‘lgan hollarda, patsiyent preparatni qabul qilishni to‘xtatishi va albatta shifokorga murojaat qilishi kerak.

preparatning har qanday komponentlariga yuqori sezuvchanlik; arterial gipotenziya; depressiv holatlar, uyquchanlik; o‘t-tosh kasalligi, xolangitlar, jigar funktsiyasini yaqqol buzilishlarida qo‘llash mumkin emas.

Preparat uxlatuvchi preparatlar, spazmolitiklar, markaziy ta’sirga ega gipotenziv preparatlar, trankvilizatorlar, neyroleptiklar, alkogol, nootrop vositalar, analgetik preparatlar, narkoz vositalari, kuraresimon miorelaksantlarning ta’sirini potentsiyalashi mumkin. Sintetik sedativ preparatlar bilan birga qo‘llash tavsiya qilinmaydi.

Preparatning tavsiya qilingan dozalarini oshirish mumkin emas. Preparatni jigar funktsiyasini og‘ir buzilishlar bo‘lgan yoki o‘tmishda jigar og‘ir kasalliklarni o‘tkazgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim. Preparatning tarkibiga qalampir yalpiz kirishi tufayli, gastroezofagal reflyuksi, axlorgidriyasi, diafragmaning qizilo‘ngach teshigini churrasi bo‘lgan patsiyentlar, kasallikning simptomlarini kuchayishi mumkinligi tufayli, preparatni qo‘llashdan saqlanishlari kerak. Bronxial astmada ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Preparatning tarkibiga kiruvchi valeriana, o‘rtacha depressiv samara ko‘rsatishi mumkin, shuning uchun Trivalumenni uxlatuvchi, boshqa sedativ vositalar, alkogol bilan, samarasi potentsiyalanishi mumkinligi tufayli, birga qabul qilish tavsiya qilinmaydi. Tabletkalarning tarkibiga laktoza kiradi, shuning uchun preparatni galaktozani o‘zlashtiraolmaslikning kam uchraydigan tug‘ma shakllari bo‘lgan, laktaza tanqisligi yoki glyukozo-galaktozani kam so‘rilish sindromi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas. Preparatning tarkibida allergik reaktsiyalar, shu jumladan bronxial astma chaqirishi mumkin bo‘lgan sariq shafaq FCF (Ye 110) bo‘yovchisi saqlaydi. Atsetilsalitsil kislotasiga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan patsiyentlarda allergiya xavfi yuqoriroq bo‘ladi. Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi. Preparatni homiladorlik davrida qo‘llash mumkin emas. Emizikli ayollarda preparatni qabul qilish zarurati bo‘lganida, davolanish davrida emizishni to‘xtatish kerak. Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta’sir qilish xususiyati. Preparatni qo‘llaganda avtotransportni boshqarish va potentsial xavfli mexanizmlar bilan ishlashdan saqlanish kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Original o‘ramida, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Retseptsiz.

10 kapsuladan blisterda; 2 blisterdan kutida.

2 yil