Triderm surtma rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 g surtma saqlaydi: Faol moddalar: 0,5 mg betametazonga ekvivalent betametazon dipropionati, 10 mg klotrimazol va 1 mg gentamitsinga ekvivalent gentamitsin sulfati; Yordamchi moddalar: suyuq parafin, oq vazelin.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

betametazon, klotrimazol, gentamitsin (betamethasone, clotrimazole, gentamycin)

Preparatning savdo nomi:

Triderm surtma

Farmakalogik guruhi:

teri kasalliklarini davolash uchun qo‘llanadigan kortikosteroidlar

Dori shakli:

surtma

yumshoq konsistentsiyali, oqdan och sariq rangligacha bo‘lgan yot kiritmalarsiz bir xil surtma.

teri kasalliklarini davolash uchun qo‘llanadigan kortikosteroidlar

D07XS01.

Ta’sir mexanizmi Triderm quyidagi ta’sir ko‘rsatish mexanizmlarini o‘zida jamlaydi: Betametazon dipropionatning yallig‘lanishga qarshi ta’siri, gentamitsinning antibakterial ta’siri va klotrimazolning zamburug‘larga qarshi ta’siri o‘zaro mujassam bo‘ladi. Farmakodinamikasi Betametazon dipropionat ko‘rinishida yallig‘lanishga, allergiyalarga qarshi va qichishishga qarshi ta’sirga ega bo‘lgan kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi kortikosteroid (ta’sir ko‘rsatish sinfi III) hisoblanadi. Gentamitsin antibakterial ta’sirga ega bo‘lgan aminoglikozid antibiotik hisoblanadi. Uning ta’siri sezgir mikroorganizmlar oqsillari sintezini bostirishga asoslanadi. Gentamitsin ko‘pgina aerob grammanfiy va ayrim grammusbat bakteriyalarga ta’sir ko‘rsatadi. In vitro sharoitlarda gentamitsin 1-8 mkg/ml kontsentratsiyalarda Escherichia coli (ichak tayoqchalari), Haemophilus influenzae (gemofil tayoqchalari), Moraxella lacunata (Moraks-Aksenfeld tayoqchalari), Neisseria (neysseriy), indolmusbat va indolmanfiy proteylar, Pseudomonas (psevdomonas) (jumladan Pseudomonas aeruginosa ni ko‘pchilik shtammlari (ko‘k yiring tayoqchalari)), Staphylococcus aureus (tillasimon stafilokokk), Staphylococcus epidermidis (epidermal stafilokokk) va Serratia (serratsiy) shtamlari) sezgir shtammlarini o‘sishini bostiradi. Bitta turning turli turlari va turli shtammlari in vitro sharoitlarda sezgirligida katta farqlarni namoyish qilishlari mumkin. Bundan tashqari, in vitro sharoitlardagi sezuvchanlik har doim ham in vivo sharoitlardagi sezuvchanlikka bilan bir xil bo‘lavermaydi. Gentamitsin ko‘pchilik anaerob bakteriyalar, zamburug‘lar va viruslarga qarshi samarali emas. Gentamitsin streptokokklarga faqat minimal darajada ta’sir ko‘rsatadi. Gentamitsinga nisbatan rezistentlik grammanfiy bakteriyalarda ham, grammusbat bakteriyalarda ham rivojlanishi mumkin. Klotrimazol zamburug‘larga qarshi sintetik vosita – imidazolning hosilasi hisoblanadi. Ta’sir doirasi odam va hayvonlar uchun patogen bo‘lgan bir qator zamburug‘larni qamrab oladi. Klotrimazol dermatofitlar, achitqi va mog‘or zamburug‘lariga qarshi samarali hisoblanadi. In vitro sharoitlarda o‘tkazilgan tahlillar vaqtida klotrimazol Trichophyton rubrum, Trichophyton mentagrophytes, Epidermophyton floccosum, Microsporum canis zamburug‘lari va Candida turiga mansub zamburug‘lar, jumladan Candida albicans ga qarshi samarali bo‘lgan. Bugungi kunda mavjud bo‘lgan bilimlarga ko‘ra, klotrimazolning zamburug‘larga qarshi samarasi ergosterol sintezini bostirishi bilan tushuntiriladi. Ergosterol zamburug‘ hujayralari membranasining hayotiy muhim komponenti hisoblanadi.

Triderm preparatining farmakokinetikasi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud emas. Betametazon Normal sharoitlarda mahalliy qo‘llanganida tizimli qon oqimiga betametazonning faqat bir qismigina tushadi. To‘qimalarga o‘tishi va so‘rilishi tana sohasiga, terining holatiga, dori shakliga, preparatning yoshiga va surtish usuliga bog‘liq bo‘ladi. Gentamitsin Gentamitsin jarohatlanmagan teriga surtilganda so‘rilishi kuzatilmaydi. Keratin qavati shikastlanganida, yallig‘lanishlarda, okklyuzion bog‘lovlar ostiga qo‘llanganida yoki terining katta yuzalariga surtilganida teri orqali kuchli so‘rilishini kutish mumkin. Klotrimazol Surtilgan klotrimazolning katta qismi terining shox vaqtida qoladi, tizimli qon oqimiga esa juda oz so‘riladi. 1% radioaktiv klotrimazol sog‘lom teriga, shuningdek o‘tkir yallig‘langan teriga surtilgandan keyin 6 soat o‘tgach quyidagi kontsentratsiyalarni aniqlash mumkin bo‘ldi: shoh qavatda – 100 mkg/sm³, retikulyar qavatda – 0,5-1 mkg/sm³, teri osti kletchatkasida – 0,1 mkg/sm³.

Triderm kortikosteroidlar bilan davolashga sezuvchan bakteriyalar va/yoki zamburug‘lar tomonidan chaqirilgan infektsiyalar allaqachon mavjud bo‘lganda, yoki ularni rivojlanish xavfidan saqlanish kerak bo‘lgandagi dermatozlarni davolash uchun qo‘llanadi. Preparat, eng avvalo, kasallik namlanuvchi jarohatlar bosqichida bo‘lganda qo‘llash uchun to‘g‘ri keladi.

O‘smirlar va kattalar Kuniga 2 marta (ertalab va kechqurun) terining shikastlangan sohalariga yupqa qilib qo‘yiladi va yengil ishqalanadi, ayni paytda terining butun shikastlangan sohasini, hamda uning atrofidagi sog‘lom terining yuzasini xam qamrab olishi kerak. Davolash davomiyligi ham klinik kuzatish va mikrobiologik tadqiqotlarning natijalariga, shuningdek davolashga nisbatan javob reaktsiyasiga bog‘liq. Oyoq panjalari mikozida uzoqroq muddat (2-4 hafta) davolash zarurati ko‘rib chiqilishi mumkin. 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar Surtmaning katta bo‘lmagan miqdori terining faqat shikastlangan sohalariga qo‘yiladi va ehtiyotlik bilan ishqalanadi. Kuniga ikki martadan ko‘p qo‘llash mumkin emas, surtmani surtishlar orasidagi tanaffus kamida 6-12 soat bo‘lishi kerak. Surtmani yuz, bo‘yin, bosh terisi, jinsiy a’zolar sohasi, rektal soha va terining intertriginoz sohalariga shifokor nazorati ostida surtish kerak. Davolash davomiyligi 5-7 kun bilan cheklanadi. “Maxsus ko‘rsatmalar” va “Bolalarda qo‘llanishi” bo‘limlariga qarang.

Davolash boshlanishida Teri Kam hollarda: terini ta’sirlanishi, achishishi, terini qichishishi, quruqligi, preparatning ingradiyentlaridan birontasiga yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari va teri rangini o‘zgarishi. Terining katta sohalarga, okklyuzion bog‘lovlar ostiga qo‘llanganida va/yoki uzoqroq vaqt davomida qo‘llanganida Terining katta sohalarga, okklyuzion bog‘lovlar ostiga va/yoki uzoqroq vaqt qo‘llanganida terida mahalliy o‘zgarishlari yuz berishi mumkin. Surtma terining katta sohalariga surtilganida tizimli ta’sir ko‘rsatish (buyrak usti bezi po‘stloq qavati faoliyatini susayish) ehtimoli mavjud. Infektsiyalarga nisbatan mahalliy qarshilik pasayishi tufayli ikkilamchi infektsiyalarni rivojlanish havfi mavjudligini hisobga olish lozim. Teri Atrofiyalar (ayniqsa yuzdagi), teleangiektaziyalar, striyalar, terining yo‘l-yo‘lsimon atrofiyasi, teri gemorragiyalari, purpura, steroid akne, rozatseaga o‘xshash yoki perioral dermatit, gipertrixoz, shuningdek teri rangini o‘zgarishi kabi mahalliy o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin. Teri rangini o‘zgarishini orqaga qaytishi noma’lum. Ba’zida: gentamitsinga nisbatan kontakt sezuvchanlik. Ayrim patsiyentlarda yorug‘likka sezuvchanlik kuzatilgan, biroq keyinchalik gentamitsin qayta surtilganida ultrabinafsha nurlanishning ta’siri ostida yorug‘likka sezuvchanlik qaytalanmagan. Endokrin tizimi Endogen kortikosteroidlarning sintezini susayishi, shishlar bilan kechuvchi giperkortitsizm. Moddalar almashinuvi Qandli diabet (avvalgi yashirin shakli namoyon bo‘ladi). Quloq, ichki quloq/buyraklar Preparatni terining katta maydonlariga surtish bilan davolash vaqtida yoki preparatni terining shikastlangan sohalariga aminoglikozid antibiotiklar bilan bir vaqtda tizimli qo‘llanganida, ototoksiklik/nefrotoksiklikni kuzatilishi mumkin. Skelet-mushak tizimi Osteoporoz, o‘sishni sekinlashishi (bolalarda). Sanab o‘tilgan nojo‘ya reaktsiyalar, shuningdek qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasida qayd etilmagan reaktsiyalar paydo bo‘lganida shifokorga murojaat qilish kerak.

Teri infektsiyalari (viruslar, bakteriyalar [shu jumladan tuberkulyoz], shuningdek zamburug‘lar keltirib chiqargan), vaktsinalarga nisbatan reaktsiyalar, teri yaralari va akne mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan kortikosteroidlarni qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar hisoblanadi. Rozatsea yoki perioral dermatit mavjud bo‘lganida surtmani yuzga surtmaslik kerak. Preparatning faol yoki yordamchi moddalaridan biriga, boshqa aminoglikozid antibiotiklarga (gentamitsin bilan kesishgan allergiya) ga yoki imidazol hosilalariga (klotrimazol bilan kesishgan allergiya) yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas. Triderm ni okklyuzion bog‘lovlar ostida qo‘llash ko‘zda tutilmagan. Triderm surtmasini shillik qavatlarga, ko‘z atrofidagi teriga yoki ko‘z yaqin sohalarga surtish mumkin emas.

Jinsiy a’zolar yoki anal teshik sohalaridagi teri Triderm bilan davolanish vaqtida oq vazelin va quyuq parafin kabi yordamchi moddalar lateksdan tayyorlangan prezervativlarning yirtilishga qarshi mustahkamligini pasayishiga va demak, ularning ishonchliligini yo‘qolishiga olib kelishi mumkin. Mahalliy qo‘llanganida klotrimazol amfoteritsin va boshqa poliyen antibiotiklarga nisbatan antagonistik ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Triderm preparatini qo‘llash oqibatida terini qichishishi yoki sensibilizatsiyasi paydo bo‘lganida davolashni to‘xtatish va tegishli davolashni boshlash kerak. Agar Triderm preparati terining katta sohasiga surtilsa, xususan uzoq vaqt yoki shikastlangan teriga qo‘llanganida, mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan faol moddalarni tizimli qon oqimiga so‘rilishi kuchayishi mumkin. Bunday sharoitlarda nojo‘ya samaralar, faol moddalar tizimli qo‘llanganidan so‘ng namoyon bo‘lganidek ko‘rinishda rivojlanishi mumkin. Bolalarda qo‘llanganida bunday holatlarda alohida e’htiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi. Aminoglikozid antibiotiklar bir vaqtda tizimli qo‘llangan hollarda teri orqali so‘rilishi kuchayganida, organizmda to‘planishi oqibatida toksik ta’sirini (ototoksiklik, neftrotoksiklik) kutish mumkin. Boshqa aminoglikozid antibiotiklarga kesishgan allergiyani paydo bo‘lishi mumkinligini hisobga olish kerak. Tarkibida anibiotiklar saqlovchi preparatlar bilan uzoq muddat davolanganda sezgir bo‘lmagan mikroorganizmlar paydo bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda yoki superinfektsiya rivojlanganida tegishli davolashni boshlash lozim. Kuchli ta’sir yoki juda kuchli ta’sir etuvchi kortikosteroidni yuqori dozalarda va katta yuzalarga qo‘llash yoki okklyuzion bog‘lov ostiga qo‘llash, ayniqsa, endogen kortikosteroidlarni ishlab chiqarilishini bostirilishi va metabolik ta’sir qilishi mumkinligini hisobga olgan holda, faqat shifokorning muntazam nazorati ostida amalga oshirish kerak. Ochiq jarohatlar va terining shikastlangan sohalarida qo‘llashdan saqlanish kerak. Uzluksiz qo‘llash muddati, iloji boricha, 2-3 haftadan oshmasligi kerak. Juda kuchli, kuchli va o‘rtacha ta’sirga ega bo‘lgan kortikosteroidlarni yuzga va jinsiy a’zolar sohalariga juda ehtiyotkorlik bilan va 1 haftadan ko‘p bo‘lmagan muddat davomida qo‘llash kerak. Ko‘z atrofiga odatda faqat kuchsiz ta’sirga ega bo‘lgan kortikosteroidlar qo‘llanadi (glaukoma). Kortikosteroidlar preparatning ingrediyentlariga nisbatan allergik teri reaktsiyalari simptomlarini yashirishi mumkin. Patsiyentga preparatni terining faqat joriy kasalligini davolash uchun qo‘llash kerakligi va dori vositasini boshqa shaxslarga bermaslik kerakligi to‘g‘risida ko‘rsatmalar berish kerak.

Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar vaqtida kortikosteroidlarni mahalliy qo‘llanishi teratogen ta’sir ko‘rsatgan. Homiladorlarda qo‘llash to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q. Aminoglikozidlar yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi va agar ularni homilador ayollar qabul qilishsa, homilaga zarar yetkazishi mumkin. Homiladorlik davrida aminoglikozidlar, shu jumladan gentamitsin qabul qilgan onalardan tug‘ilgan bolalarda ortga to‘liq qaytmaydigan ikki tomonlama tug‘ma karlik kuzatilganligi to‘g‘risida xabarlar tushgan. Homiladorlarda gentamitsinni mahalliy qo‘llanishi to‘g‘risida yetarlicha ma’lumotlar yo‘q. Homilador ayollarda klotrimazolni qo‘llash to‘g‘risida yetarlicha ma’lumotlar yo‘q. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarning natijalarida homila uchun hech qanday xavf aniqlanmagan. Triderm preparatini faqat mutloq zarurat bo‘lgan hollarda qo‘llash kerak. Triderm preparatini terining katta yuzalariga, ko‘p miqdorda yoki uzoq vaqt davomida qo‘llash mumkin emas. Emizish Gentamitsin, klotrimazol va mahalliy qo‘llash uchun kortikosteroidlarning ko‘krak suti bilan ajralib chiqishi to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q, biroq tizimli qon oqimiga o‘tuvchi kortikosteroidlar ko‘krak sutiga ham o‘tadilar. Triderm sut bezlariga surtilganda emizish mumkin emas. Bu dori vositasini 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Patsiyent bolalarda gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezi tizimini susayishiga sezuvchanlik va mahalliy qo‘llanadigan kortikosteroidlar chaqirgan ekzogen kortikosteroidlarning faolligi, kattalarga nisbatan ko‘proq darajada namoyon bo‘lishi mumkin, chunki teri yuzasi maydonini tana vazniga nisbatining kattaligi tufayli so‘rilishi jadalroq bo‘ladi. Bolalarda mahalliy kortikosteroidlar qo‘llanganida gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezi tizimini susayishi, Kushing sindromi, o‘sishni sekinlashishi, tana vaznini oshishini sekinlashishi va bosh miya ichki bosimini oshishi to‘g‘risida xabarlar berilgan. Bolalarda buyrak usti bezi faoliyatini susayishi simptomlari bo‘lib, yuqoridagilar bilan birga, qon plazmasida kortizolning darajasini pastligi va adrenokortikotrop gormon (AKGT) qo‘zg‘atilgandan keyin reaktsiyalarning yo‘qligi hisoblanadi. Bosh miya ichki bosimini oshish simptomlari bo‘lib, yuqoridagilar bilan birga liqildoqlarni bo‘rtishi, bosh og‘riqlari va ko‘ruv nervi diskini ikki tomonlama shishi hisoblanadi.

Odatda preparat avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Mahalliy glyukokortikosteroidlar uzoq muddat yoki xaddan ziyod qo‘llanganida ikkilamchi adrenal yetishmovchilikni rivojlanish bilan birga gipofizar-adrenal tizim faoliyatini susayishi va giperkortitsizm simptomlari, shu jumladan Kushing sindromi paydo bo‘lishi mumkin. Ushbu simptomlarni gentamitsinning bir martalik dozasini oshirib yuborilishi chaqiradi deb hisoblash mumkin emas. Klotrimazolni okklyuzion bog‘lov ostiga 6 soat davomida qo‘llash, dozani oshirib yuborilishi simptomlarini rivojlanishiga olib kelmagan. Gentamitsinni xaddan ziyod yoki uzoq muddat qo‘llanishi antibiotika nisbatan sezgir bo‘lmagan mikroorganizmlarni ortiqcha o‘sishiga olib kelishi mumkin. Davolash. Tegishli simptomatik davolash buyuriladi. O‘tkir giperkortitsizm simptomlari odatda qaytuvchandir. Zarurat bo‘lganida elektrolitlar muvozanatini korrektsiya qilinadi. Preparat surunkali toksik ta’sir qilganida kortikosteroidlarni asta-sekin bekor qilish tavsiya etiladi. Rezistent mikroorganizmlarni ortiqcha o‘sishi yuz berganida Triderm preparati bilan davolashni to‘xtatish va kerakli davolashni buyurish tavsiya etiladi.

Retseptsiz.

15 g dan alyumin tubalarda. Bir tubadan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

3 yil.