Triderm rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 g krem quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: 0,5 mg betametazon (0,643 mg betametazon dipropionati ko‘rinishida); 10 mg klotrimazol; 1,0 mg gentamitsin (gentamitsin sulfati ko‘rinishida); yordamchi moddalar: suyuq parafin, yumshoq oq parafin, tsetostearil spirti, propilenglikol, 20-22 makrogol tsetostearil efiri, benzil spirti, natriy digidrofosfat digidrati, fosfat kislotasi, natriy gidroksidi, tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

betametazon, klotrimazol, gentamitsin (betamethasone, clotrimazole, gentamicin)

Preparatning savdo nomi:

Triderm

Farmakalogik guruhi:

Dermatologiyada sirtga qo‘llanadigan kortikosteroidlar. Boshqa vositalar bilan majmuadagi kortikosteroidlar.

Dori shakli:

krem.

yumshoq konsistentsiyali, oq yoki deyarli oq rangli, yot kiritmalarsiz, bir xil krem

Dermatologiyada sirtga qo‘llanadigan kortikosteroidlar. Boshqa vositalar bilan majmuadagi kortikosteroidlar.

D07XC01.

Ta’sir etish mexanizmi Triderm o‘zida quyidagi ta’sir etish mexanizmlarini birlashtiradi: betametazon dipropionatining yallig‘lanishga qarshi ta’siri, gentamitsinning antibakterial ta’siri va klotrimazolning zamburug‘larga qarshi ta’siri. Farmakodinamikasi Dipropionat shaklidagi Betametazon yallig‘lanishga qarshi, allergiya va qichishishga qarshi kuchli ta’sir etuvchi kortikosteroid (ta’sir etish sinfi III) hisoblanadi. Gentamitsin-antibakterial ta’sirga ega aminoglikozid antibiotikdir. Uning ta’siri sezgir mikroorganizmlarning oqsil sintezini susaytirishga asoslangan. Gentamitsin ko‘pchilik aerob grammanfiy va ba’zi grammusbat bakteriyalarga ta’sir etadi. In vitro sharoitda gentamitsin 1-8 mkg/ml kontsentratsiyada Escherichia coli (ichak tayoqchasi) sezgir shtammlarining ko‘pchiligini, Haemophilus influenzae (gemofil tayoqchalar), Moraxella lacunata (Moraks – Aksenfeld tayoqchalari), Neisseria (neysseriy), indolmusbat va indolmanfiy protey, Pseudomonas ning ko‘pgina shtammlari (psevdomonad), jumladan Pseudomonas aeroginosa (ko‘k yiring tayoqchalari), Staphilococcus aureus (tillarang stafilokokk), Staphilococcus epidermidis (epidermal stafilokokk) va Serratia larning o‘sishini so‘ndiradi. In vivo sharoitida bir turning har xil turlari va har hil shtammlari gentamitsinga nisbatan sezgirlikning katta farqlarini namoyish qilishi mumkin. Bundan tashqari, in vitro sharoitdagi sezgirlik in vivo sharoitdagi sezgirlikka har doim ham mos kelmaydi. Gentamitsin ko‘pchilik anaerob bakteriyalar, zamburug‘lar va viruslarga nisbatan samarasiz. Gentamitsin streptokokklarga minimal ta’sir ko‘rsatadi. Gentamitsinga nisbatan chidamlilik ham grammanfiy, ham grammusbat bakteriyalarda rivojlanishi mumkin. Klotrimazol zamburug‘larga qarshi qo‘llaniladigan sintetik imidazol hosilasi hisoblanadi. Ta’sir etish doirasiga odam va hayvonlar uchun patogen bo‘lgan zamburug‘lar kiradi. Klotrimazol dermatofitlar, achitqi va mog‘orli zamburug‘larga qarshi samarali hisoblanadi. In vitro sharoitdagi tadqiqotlarda klotrimazol Trichophyton rubrum, Trichophyton mentagrophytes, Epidermophyton floccosum, Microsporum canis zamburug‘lariga va Candida, shu jumladan Candida albicans zamburug‘ turlariga qarshi samarali hisoblanadi. Hozirgi kunlargacha olingan bilimlarga ko‘ra klotrimazolning zamburug‘larga qarshi samarasi ergosterol sintezini so‘ndirilishi bilan tushuntiriladi. Ergosterol zamburug‘lar hujayra membranasining hayotiy zarur komponenti hisoblanadi.

Triderm preparatining farmakokinetikasi to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q. Betametazon Normal sharoitlarda mahalliy qo‘llanilganda betametazonning bir qismi tizimli qon oqimiga o‘tadi. Kirib borishi va so‘rilish miqdori tananing sohasi, terining holati dori shakli, yoshi va surtish usuliga bog‘liq. Gentamitsin Gentamitsinni shikastlanmagan teri yuziga surtishda so‘rilishini kutish ehtimoli yo‘q. Kreatin qavat shikastlanganda, yallig‘lanishlarda, okklyuzion bog‘lam ostida qo‘llanilganda yoki katta yuzalarga surtilganda teri orqali so‘rilishning kuchayishini kutish mumkin. Klotrimazol Surtilgan klotrimazolning katta qismi terining shox qavatida qoladi, tizimli qon oqimiga so‘rilishi esa ahamiyatli emas. 1% li radiofaol klotrimazolni sog‘ teriga, shuningdek o‘tkir yallig‘langan teriga qo‘llashdan keyin quyidagi kontsentratsiyalarni aniqlash mumkin: shox qavati – 100 mkg/sm3, retikulyar qavat – 0,5-1 mkg/sm3, teri osti klechatkasi – 0,1 mkg/sm3.

Triderm preparatining farmakokinetikasi to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q. Betametazon Normal sharoitlarda mahalliy qo‘llanilganda betametazonning bir qismi tizimli qon oqimiga o‘tadi. Kirib borishi va so‘rilish miqdori tananing sohasi, terining holati dori shakli, yoshi va surtish usuliga bog‘liq. Gentamitsin Gentamitsinni shikastlanmagan teri yuziga surtishda so‘rilishini kutish ehtimoli yo‘q. Kreatin qavat shikastlanganda, yallig‘lanishlarda, okklyuzion bog‘lam ostida qo‘llanilganda yoki katta yuzalarga surtilganda teri orqali so‘rilishning kuchayishini kutish mumkin. Klotrimazol Surtilgan klotrimazolning katta qismi terining shox qavatida qoladi, tizimli qon oqimiga so‘rilishi esa ahamiyatli emas. 1% li radiofaol klotrimazolni sog‘ teriga, shuningdek o‘tkir yallig‘langan teriga qo‘llashdan keyin quyidagi kontsentratsiyalarni aniqlash mumkin: shox qavati – 100 mkg/sm3, retikulyar qavat – 0,5-1 mkg/sm3, teri osti klechatkasi – 0,1 mkg/sm3.

O‘smirlar va kattalar Bir kunda ikki marta (ertalab va kechqurun) terini shikastlangan sohalariga yupqa qavat qilib surtiladi va yengil ishqalanadi; bunda terining hamma shikastlangan yuzasidan tashqari, atrofidagi sog‘ yuzalarini ham qamrab olish kerak. Davolash davomiyligi klinik ko‘rik, mikrobiologik tekshiruvlar natijalari, shuningdek davolashga javobga bog‘liq. Tovon mikozida uzoqroq vaqt (2-4 hafta) davolash zarur bo‘lishi mumkin. 2 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar. Terining faqat shikastlangan sohalariga oz miqdorda surtilib, ehtiyotkorlik bilan ishqalanadi. Kremni surtishlar orasida kamida 6-12 soat tanaffus bilan kuniga 2 martadan oshirmasdan qo‘llaniladi. Kremni yuzga, bo‘yinga, bosh terisiga, chov a’zolariga, rektal sohaga, terining intertriginoz sohalariga shifokor kuzatuvida surtish kerak. Davolash davomiyligi 5-7 kun bilan cheklanadi. “Maxsus ko‘rsatmalar” va “Bolalarda qo‘llanishi” bo‘limlariga qarang.

Davolash boshlanishida Teri Kam hollarda: ta’sirlanish, achishish hissi, teri qichishi, qurishi, preparatning biror-bir ingrediyentiga yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari va teri rangini o‘zgarishi. Katta yuzalarda, okklyuzion bog‘lam ostida va/yoki uzoq vaqt qo‘llanilganida Katta yuzalarda, okklyuzion bog‘lam ostida va/yoki uzoq vaqt qo‘llanilganda terida mahalliy o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin. Kremni katta yuzalarga ishlatilganda tizimli ta’sirlar (buyrak usti bezi faoliyatini bostirilishi) ehtimoli mavjud. Infektsiyalarga nisbatan mahalliy qarshilik kamaygani uchun, ikkilamchi infektsiya rivojlanishi xavfi mavjudligini hisobga olish kerak. Teri Atrofiyalar (ayniqsa yuzda), teleangiektaziyalar, striyalar, terining chiziqli atrofiyasi, teri gemorragiyalari, purpura, steroid akne og‘iz atrofidagi yoki rozatseasimon dermatit, gipertrixoz, shuningdek teri rangini o‘zgarishi kabi terini mahalliy o‘zgarishlari. Teri rangini o‘zgarishi asliga qaytishi mumkinligi noma’lum. Ba’zida: gentamitsinga kontakt sezgirlik. Ba’zi patsiyentlarda yorug‘likka nisbatan sezgirlik ehtimoli kuzatilgan, ammo gentamitsinni qayta surib, keyinchalik ultrabinafsha nurlanish ta’sir qilinganda, bu holat qaytalanmagan. Endokrin tizimi Endogen kortikosteroidlar sintezi susayadi, shishlar bilan kechuvchi giperkortitsizm. Moddalar almashinuvi Qandli diabet (avval yashirin shaklini namoyon bo‘lishi). Quloq, ichki quloq/buyrak Kremni katta yuzalarga qo‘llanganda yoki bir vaqtning o‘zida aminoglikozid antibiotiklar bilan davolanganda kumulyativ ototoksiklik nefrotoksiklikni kutish mumkin. Mushak-skelet tizimi Osteoporoz, bolalarda o‘sishni sekinlashishi. Yuqorida sanab o‘tilgan nojo‘ya reaktsiyalar, shuningdek qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan reaktsiyalar paydo bo‘lsa, shifokorga murojaat qilish kerak.

Teri infektsiyalari (virusli, bakterial [shu jumladan tuberkulyoz], shuningdek zamburug‘li), vaktsinaga reaktsiyalar, teri yaralari va akne mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan kortikosteroidlarni qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar hisoblanadi. Rozatsea yoki perioral dermatit bo‘lganida kremni yuzga surtishdan voz kechishi lozim. Preparatning faol yoki yordamchi moddalariga, boshqa aminoglikozid antibiotiklari (gentamitsin bilan kesishgan allergiya) yoki imidazol hosilalariga (klotrimazol bilan kesishgan allergiya) nisbatan o‘ta sezuvchanlikda qilish mumkin emas. Triderm okklyuzion bog‘lam ostida qo‘llash uchun mo‘ljallanmagan. Tridermni shilliq qavatlarga, ko‘z atrofi va yaqinidagi teriga surtish mumkin emas.

Triderm bilan davolash paytida terining anal va chov qismlarida, yumshoq oq parafin va suyuq parafin kabi yordamchi moddalar lateksdan tayyorlangan prezervativlarni yirtilishiga bo‘lgan chidamliligini kamayishiga olib kelib va natijada uning ishonchliligini buzilishiga olib keladi. Klotrimazol mahalliy qo‘llanganda amfoteretsin va boshqa poliyen antibiotiklarga nisbatan antagonistik ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Triderm qo‘llanishi natijasida ta’sirlanish yoki sensibilizatsiya paydo bo‘lganda, davolashni to‘xtatish va tegishli davolashni boshlash kerak. Agar Triderm katta yuzaga surtilsa, xususan uzoq vaqt qo‘llanilganda yoki shikastlangan teriga qo‘llanilganda, mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan faol moddalarni tizimli qon oqimiga so‘rilishi kuchayishi mumkin. Bunday sharoitlarda faol moddalarni tizimli qo‘llashda kelib chiqadigan noxush samaralarga o‘xshash o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin. Bunday holatlarda bolalarga qo‘llanilganda alohida ehtiyotkorlik tavsiya etiladi. Aminoglikozid antibiotiklarni bir vaqtda tizimli qo‘llanganda, teri orqali so‘rilish yuqori bo‘lganda, kumulyativ toksik ta’sirni kuzatilishi mumkin (ototoksiklik va nefrotoksiklik). Boshqa aminoglikozid antibiotiklarga nisbatan kesishgan allergiyani namoyon bo‘lish ehtimolini ham hisobga olish kerak. Antibiotik saqlovchi preparatlar bilan uzoq vaqt davolanganda sezgir bo‘lmagan mikroorganizmlar paydo bo‘lishi mumkin. Bunday holatlarda yoki superinfektsiya rivojlanganda tegishli davolashni boshlash kerak. Kuchli ta’sir etuvchi yoki juda kuchli ta’sir etuvchi kortikosteroidni yuqori dozada, keng yuzaga surtilsa yoki okklyuzion bog‘lam ostida, ayniqsa, endogen kortikosteroidlarni ishlab chiqarishi bostirilishi yoki metabolik ta’siri kelib chiqishini hisobga olgan holda shifokorning muntazam kuzatuvi olib borilishi kerak. Ochiq jarohatlar va terining shikastlangan joylarga qo‘llashdan saqlanish lozim. Uzluksiz qo‘llash davomiyligi iloji boricha 2-3 haftadan oshmasligi kerak. Juda kuchli, kuchli va o‘rtacha ta’sir etuvchi kortikosteroidlarni yuzga va genitaliy sohasida juda ham ehtiyotkorlik bilan uzog‘i bilan 1 hafta davomida qo‘llash kerak. Ko‘zga yaqin joylarda faqat kuchsiz ta’sir etuvchi kortikosteroidlar qo‘llaniladi (glaukoma). Kortikosteroidlar preparatning ingrediyentlariga bo‘lgan allergik teri reaktsiyalarini niqoblashi mumkin. Preparat yordamchi komponentlar sifatida propilenglikol va tsetostearil spirti saqlaydi. Sirtga qo‘llanilganida propilenglikol terini ta’sirlanishi, tsetostearil spirti esa teri reaktsiyalari (masalan, kontakt dermatit) chaqirishi mumkin. Patsiyentga preparatni faqat terining aynan shu kasalligini davolash uchun qo‘llash va preparatni boshqa shaxslarga bermaslik to‘g‘risida ko‘rsatma berish kerak.

Homiladorlik Hayvonlarda o‘tkazilgan tajribalarda kortikosteroidlarni mahalliy qo‘llash teratogen ta’sir ko‘rsatgan. Homiladorlarda qo‘llash bo‘yicha ma’lumotlar yo‘q. Agar homilador ayollar Aminoglikozidlarni qabul qilsa, ular yo‘ldosh to‘sig‘idan o‘tadi va homilaga zarar yetkazishi mumkin. Homiladorlik davrida aminoglikozidlar, shu jumladan gentamitsin qabul qilgan onalardan tug‘ilgan bolalarda qaytmas ikki tomonlama tug‘ma to‘liq karlik rivojlangani to‘g‘risida xabar berilgan. Homiladorlarda gentamitsinni mahalliy qo‘llash to‘g‘risida yetarli ma’lumotlar yo‘q. Homiladorlarda klotrimazolni qo‘llash to‘g‘risida yetarli ma’lumotlar yo‘q. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari homila uchun hech qanday xavf yo‘qligini ko‘rsatgan. Tridermni faqat mutloq zarurati bo‘lgan hollardagina qo‘llash mumkin. Tridermni katta yuzalarga, katta miqdorda va uzoq vaqt davomida qo‘llash mumkin emas. Emizish Gentamitsin, klotrimazol va mahalliy qo‘llash uchun kortikosteroidlarni ko‘krak suti bilan ajrashishi to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q, ammo tizimli qon oqimiga o‘tuvchi, kortikosteroidlar ko‘krak sutiga ham o‘tadi. Triderm ko‘krak bezlariga surtilganda emizish mumkin emas. Bolalarda qo‘llanishi Bu dori vositasini 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Bolalarda katta yoshli patsiyentlarga qaraganda gipotalamus –gipofiz-buyrak usti bezi o‘qi so‘ndirilishi va mahalliy qo‘llaniladigan kortikosteroidlar ta’sirida ekzogen kortikosteroidlar faolligini pasayishiga sezgirligi yuqori bo‘lishi mumkin, chunki bolalarda teri qoplamasi yuzasi maydoni tana vazniga nisbatan katta bo‘lgani uchun, so‘rilish tezligi yuqoriroq bo‘ladi. Bolalarda topik kortikosteroidlar qo‘llanganda gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezi o‘qi so‘ndirilishi, Kushing sindromi, bo‘y o‘sishi, tana vazni oshishini susayishi va bosh miya ichki bosimini oshishi kuzatilgan. Bolalarda buyrak usti bezi faoliyatini so‘ndirilish belgilariga qon plazmasida kortizol miqdorining kamligi va adrenokortikotrop (AKTG) gormoni bilan rag‘batlantirishga javob reaktsiya kuzatilmasligi kiradi. Bosh miya ichki bosimini oshishi simptomlariga liqildoqni bo‘rtishi, bosh og‘rig‘i, ko‘ruv nervi diskining ikki tomonlama shishi paydo bo‘lishi kiradi.

Odatda preparat avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashdagi reaktsiya tezligiga ta’sir qilmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

25 S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Mahalliy glyukokortikosteroidlarni uzoq vaqt va haddan ziyod qo‘llanilganda gipofizar – adrenal faoliyatini so‘ndirilishi va ikkilamchi adrenal yetishmovchiligi va giperkortitsizm simptomlari, shu jumladan Kushing sindromi kelib chiqishi mumkin. Gentamitsin dozasining bir martalik oshirib yuborilishi natijasida biron-bir simptomlar rivojlanmaydi deb taxmin qilinadi. Gentamitsinni haddan ziyod yoki uzoq muddat qo‘llanilishi antibiotikka sezgir bo‘lmagan mikroorganizmlarni o‘sishi va ko‘payib ketishiga olib kelishi mumkin. Klotrimazolni 6 soat davomida okklyuzin bog‘lam ostida qo‘llash, dozani oshirib yuborilishi simptomlari rivojlanishiga olib kelmagan. Davolash. Tegishli simptomatik davolash buyuriladi. O‘tkir giperkortitsizm simptomlari odatda qaytuvchan bo‘ladi. Zarurati bo‘lganida elektrolit muvozanatini muvofiqlashtiradi. Surunkali toksik ta’sir bo‘lgan holatda asta-sekin kortikosteroidlar bosqichma-bosqich bekor qilinadi. Chidamli mikroorganizmlar Triderm bilan davolash to‘xtatiladi va kerakli terapiya buyuriladi.

Retseptsiz.

15 g dan alyumin tubalarda. Bir tubadan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton kutida.

2 yil.