Tribestan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Har bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 250 mg Yerbag‘irlagan temirtikan o‘tining quruq ekstrakti (Tribulus terrestris herba extractum siccum (35-45:1)) (furostanol saponinlarning miqdori kamida 112,5 mg) yordamchi moddalar: mikrokristall tsellyuloza (101 turi), suvsiz kolloid kremniy dioksidi, povidon K 25, krospovidon, magniy stearati, talk. qobig‘ining tarkibi: qisman gidrolizlangan polivinil spirti, talk, titan dioksidi (Ye171), temir (II, III) oksidi (Ye172), temir (II) oksidi (Ye172), temir (III) oksidi (Ye172), soya letsitini (Ye322), ksantan kamedi (Ye415).

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Yerbag‘irlagan temirtikan o‘tining quruq ekstrakti

Preparatning savdo nomi:

Tribestan

Farmakalogik guruhi:

Adaptogen va umumiy rag‘batlantiruvchi vosita.

Dori shakli:

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

dumaloq, ikki tomonlama qavariq, jigarrang, diametri 13 mm li, o‘ziga xos hidli tabletkalar.

Adaptogen va umumiy rag‘batlantiruvchi vosita.

Farmakodinamikasi Tribestan ­ Tribulus terrestris L. o‘simligining yerusti qismidan olingan, asosan furostanol turidagi steroid saponinlarini saqlaydigan tabiiy maxsulotdir. Uning ta’sir mexanizmi asosan prostodiostsin birikmasi bilan bog‘liq. Prostodiostsin organizmda degidroepiandrosterongacha (DGEA) metabolizmga uchraydi, u hujayra membranalarining o‘tuvchanligiga, erektil faoliyatga, xolesterin metabolizmi va immunitetga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Tribulus terrestris L. o‘simligining tarkibiga kiruvchi boshqa faol furostanol saponinlar ehtimol protodiostsinning samarasini modulyatsiya qiladi. Tribestan umumiy tonusni oshiruvchi ta’sir ko‘rsatadi va jinsiy tizimning ba’zi faoliyatlarini rag‘batlantiradi. Erkaklarda libido va erektsiyani tiklaydi va yaxshilaydi. Spermatogenezga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, spermatozoidlarni miqdorini va ularning harakatchanligini oshiradi, testosteronning darajasini oshiradi. Tribestan ayollarda ham libodoni yaxshilaydi, ovulyatsiyani rag‘batlantiradi. Gormonlarni muvozanatlashtiruvchi ta’siri natijasida tabiiy va postkastratsion klimakterik sindromda uning gormonlarni muvozanatlashtiruvchi ta’siri natijasida vazomotor ko‘rinishlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Sog‘lom ko‘ngillilardagi natijalar Tribestan buyrak usti bezi gormonlari va adrenokortikotrop gormonining darajalarini jiddiy o‘zgartirmay, gipofizar­gonad o‘qi gormonlarining zardobdagi darajasiga ta’sir qilishini ko‘rsatdi. Tribestan gipolipidemik samaraga ega, shu bilan birga dislipoproteinemiyasi bo‘lgan patsiyentlarda qon zardobida triglitseridlarning ko‘rsatkichiga va YUZLP-XS ga ishonchli ta’sir etmay, umumiy xolesterin va YUZLP-Xs darajasini sezilarli kamaytiradi. Tribestan ma’lum darajada antigipertenziv va diuretik ta’sirga ega.

Odamlarda farmakokinetik tadqiqotlar o‘tkazilmagan.

Tribestan libidoni pasayishini, impotentsiyani (jinsiy zaiflik), erkaklar va ayollardagi bepushtlikni kompleks davolashda; dislipoproteinemiyada (yog‘lar almashinuvini buzilishi) umumiy xolesterinni va past zichlikdagi lipoproteinlarni kamaytirish uchun; klimakterik va postkastratsion sindromi (tuxumdonlarni operativ olib tashlangandan keyingi holat) bo‘lgan ayollarda neyrovegetativ va ruhiy ko‘rinishlarni yengillashtirish uchun qo‘llaniladi.

Tribestanni doimo ushbu ilova­varaqadagi ko‘rsatmalarga qat’iy rioya qilgan holda qabul qiling. Agar Siz nimagadir ishonch hosil qilmasangiz shifokoringiz yoki farmatsevtdan so‘rang. Tabletkalar ichga ovqatdan keyin qabul qilinadi. Libidoni pasayishi, impotentsiya va bepushtlikda: Libidoni pasayishi, impotentsiya va bepushtligi bo‘lgan erkaklarga 1­2 tabletkadan kuniga 3 martalik doza tavsiya qilinadi. Davolash davomiyligi ­ kamida 90 kunni tashkil qiladi. Davolash kursini qoniqarli davolovchi samaraga erishilgunigacha takrorlash mumkin. Bepushtligi bo‘lgan ayollarga hayz tsiklining 1­chi kunidan 12­chi kunigacha 1­2 tabletkadan kuniga 3 martalik doza tavsiya qilinadi. Bu kursni homilador bo‘lgungacha vaqti­vaqti bilan takrorlash mumkin. Dislipoproteinemiya: 2 tabletkadan kuniga 3 marta buyuriladi. Davolash davomiyligi ­ kamida 3 oy. Ayollarda klimakterik va postkastratsion sindrom: 1­2 tabletkadan kuniga 3 marta 60­90 kun davomida qabul qilish buyuriladi. Holat yaxshilanganidan keyin asta­sekin erishilgan samarani tutib turuvchi dozaga ­ 1­2 yil davomida kuniga 2 tabletkadan qabul qilishga o‘tiladi. Agar Siz Tribestanni qabul qilishni o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz Agar Siz bitta dozani o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, uni iloji boricha tezroq qabul qiling. Agar keyingi dozani qabul qilish vaqti deyarli kelgan bo‘lsa, uni odatdagidek qabul qiling. O‘tkazib yuborilgan dozani o‘rnini to‘ldirish uchun ikki barobar dozani qabul qilmang. Dori vositasini ushbu ilova­varaqadagi ko‘rsatmalarga rioya qilgan holda qabul qilishni davom ettiring. Agar Sizda ushbu dori preparatini qo‘llash bilan bog‘liq biron-bir qo‘shimcha savollar tug‘ilsa, shifokoringiz yoki farmatsevtdan so‘rashingizni iltimos qilamiz.

Barcha dori preparatlari kabi Tribestan ham, garchi ular hammada bo‘lmasada, nojo‘ya samaralarni chaqirishi mumkin. Moyilligi bo‘lgan patsiyentlarda o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari paydo bo‘lishi mumkin. Preparat me’daning shilliq qavatiga qo‘zg‘atuvchi ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Agar nojo‘ya ta’sirlardan birontasi jiddiy tus olsa yoki agar Siz ushbu ilova­varaqada keltirilmagan boshqa nojo‘ya ta’sirlarni sezsangiz, bu haqida shifokoringiz yoki farmatsevtni xabardor qilishingizni so‘raymiz.

Tribestanni quyidagi holatlarda qabul qilmang: agar Sizda faol moddaga yoki har qanday yordamchi moddalarga allergiya (o‘ta yuqori sezuvchanlik) bo‘lsa; og‘ir yurak­qon tomir yoki buyrak kasalliklarida; prostata bezining adenomasida; agar Siz 16 yoshdan kichik bo‘lsangiz; Tribestan homiladorlik vaqtida va emizish davrida.

Agar Siz boshqa dori preparatlarini, shu jumladan retseptsiz beriladigan preparatlarni qabul qilayotgan yoki yaqinda qabul qilgan bo‘lsangiz bu haqida shifokoringiz yoki farmatsevtga xabar berishingizni so‘raymiz. Tribestanni ovulyatsiyani rag‘batlantiruvchi dori preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llash ularning samaralarini o‘zaro kuchayishiga olib keladi. Tribestanni qo‘llash diuretiklar (siydik haydovchi vositalar) ning va antigipertenziv (yuqori qon bosimini davolash uchun) preparatlarning samarasini kuchaytiradi.

Klimakterik sindromi bo‘lgan ayollarni davolashda davolovchi dozadan tutib turuvchi dozaga o‘tish asta­sekin amalga oshirilishi kerak. Samarali doza birdan kamaytirilsa yoki bekor qilinsa, klimakterik simptomlar takroran paydo bo‘lishi mumkin. Tribestanni oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar bilan birga qo‘llanishi Tabletkalarni suv bilan ovqatdan keyin qabul qilish maqsadga muvofiqdir.

Har qanday dori vositasini qo‘llashdan avval shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing. Tribestanni homiladorlik vaqtida va emizish davrida qabul qilish mumkin emas. Homiladorlik aniqlanganidan keyin preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerak.

Tribestan faol diqqatga ta’sir ko‘rsatmaydi va uni haydovchilar va mashinalar operatorlari ham qo‘llashlari mumkin. Preparat yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin va bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

Namlikdan himoyalash uchun original o‘ramda, 25 S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Hozirgacha Tribestanning dozasini oshirib yuborish hollari kuzatilmagan. Preparat katta miqdorda qabul qilib yuborilganida shifokor bilan maslahatlashing. Zarurat bo‘lganida me’dani yuvish va simptomatik davolash o‘tkaziladi.

Retseptsiz.

Plyonka qobiq bilan qoplangan 10 tabletka qattiq, rangsiz, tiniq PVX plyonkali/alyumin folgali blisterga; 6 blister ilova­varaqasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

3 (uch) yil.