Travrelaks rasmini ko'rish

Tarkibi:

№ Faol (o‘simlikning botanik nomi va ishlatiladigan qismi) va yordamchi moddalarning nomi Lotincha nomi Farma- kopeya Miqdori, mg 10 ml da Faol moddalar (25% quyuq suvli ekstrakt) 1 Terminaliya belerika (mevalari) Terminalia belerica API 100,00 mg 2 Tomirli adatoda (barglari) Adhatoda vasica API 60,00 mg 3 Yalang‘och chuchukmiya (izdizlari) Glycyrrhiza glabra API 60,00 mg 4 Integerrim pistasi (o‘simta ko‘rinishidagi bujg‘unlari) Pistaciainte gerrima API 55,00 mg 5 Mevali tis (barglari) Taxusba ccata API 30,00 mg 6 Qalampirmunchoq (urug‘kutagi) Syzygiumaromaticum API 30,00 mg 7 Dorivor imbir (ildizpoyasi) Zingiber officinale API 30,00 mg 8 Sariq mevali ituzum (o‘simlikning hamma qismi) Solanumxanthocarpum API 10,00 mg 9 Qora qalampir (mevalari) Piper nigrum API 10,00 mg 10 Uzun qalampir (mevalari) Piper longum API 10,00 mg 11 Zirai karmoni (o‘simlikning hamma qismi Trachyspermum ammi API 2,50 mg 12 Boshoqli yalpiz (o‘simlikning hamma qismi Mentha spicata API 12,50 mg Xushbo‘ylashtirilgan siropsimon asos q.s.

Preparatning savdo nomi:

Travrelaks

Farmakalogik guruhi:

balg‘am ko‘chiruvchi vosita.

Dori shakli:

sirop

och-sariqdan to jigarrang rangligacha bo‘lgan sirop.

balg‘am ko‘chiruvchi vosita.

Travrelaks yo‘talga qarshi o‘tli sirop bo‘lib o‘simliklardan olingan preparatdir, tarkibida qadimgi ayurvedik tibbiyot tizimida ma’lum bo‘lgan o‘simliklar saqlaydi. Yallig‘lanishga qarshi, balg‘am ko‘chiruvchi, yo‘talga qarshi, allergiyaga qarshi ta’sir ko‘rsatadi.

Farmakokinetik ma’lumotlar yo‘q.

Travrelaks yo‘talga qarshi o‘tli sirop turli etiologiyali yo‘talning balg‘amli va quruq turlarida tavsiya etiladi, xususan: allergik bronxit, astma, faringit, tonzilliti, ko‘k yo‘tal, o‘pka tuberkulyozida yo‘talni yengillashtirish uchun, chekuvchilar yo‘tali, mavsum va iqlim almashtirishdagi yo‘tal, virusli infektsiya va odatdagi shamollashdan keyingi yo‘tal va tomoqni ta’sirlanishida qo‘llanadi.

Ichga qo‘llanadi: kattalarga: 1-2 ch.q.(5 ml dan 10 ml gacha) kuniga 3 marta Bolalar: 1 choy qoshiq (5 ml), kuniga 3 marta. yoki shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha 24 soat davomida to‘rt dozadan ortiq berilmasin. 3 oylikkacha bo‘lgan chaqaloqlarga berish mumkin emas.

Tavsiya etilgan dozalarda o‘simlik siropi qo‘llanganda nojo‘ya samaralar kuzatilmagan.

3 oylikkacha bolalarga qo‘llash mumkin emas.

Ma’lumotlar yo‘q.

Xomiladorlik vaqtida, laktatsiyada, bolalar va keksa odamlarda qo‘llanganda biron-bir noxush reaktsiyalar kuzatilmagan. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Salqin, quruq va qorong‘i joyda, 25 S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Dozani oshirib yuborish hollari kuzatilmagan, lekin agar Siz siropning yuqori dozalarini qabul qilgan bo‘lsangiz va biron-bir odatdagi bo‘lmagan reaktsiyalar yuz bersa, shifokor bilan maslahatlashing.

Retseptsiz.

100 ml butilkada.

Ishlab chiqarilgan sanasidan boshlab 3 yil.