Kattalar va keksalarda qo‘llanilishi
TRAVATAN* ko‘z tomchilarining bitta tomchisi kasallangan ko‘zning kon’yunktival qopchasiga kuniga bir marta yuboriladi.
Preparat kechki vaqtda qo‘llanilganida optimal samaraga erishiladi.
TRAVATAN ko‘z tomchilarini kuniga bir martadan ortiq qo‘llash mumkin emas, chunki prostaglandinlar analoglarini bir martadan ortiq qo‘llanilishi ko‘z ichki bosimini pasaytirishdagi ta’sirni kamayishiga olib kelishi mumkinligi ko‘rsatib berilgan.
TRAVATAN ko‘z tomchilaridan ko‘z ichki bosimini pasaytirish uchun mahalliy qo‘llaniladigan boshqa oftalmologik preparatlar bilan birgalikda foydalanish mumkin.
Bolalarda qo‘llanilishi
TRAVATAN ko‘z tomchilarining samaradorligi va xavfsizligi 18 yoshdan kichik bo‘lgan patsiyentlarda o‘rganilmagan va tegishli ma’lumotlar paydo bo‘lishiga qadar ushbu guruhda uning qo‘llanilishi tavsiya etilmagan.
Jigar va buyrak yetishmovchiligida qo‘llanilishi
TRAVATAN ko‘z tomchilarini qo‘llanilishi yengil darajadan og‘ir darajaga qadar jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda ham, yengil darajadan og‘ir darajaga qadar (kreatinin klirensi minutiga 14 ml dan yuqori bo‘lmagan) buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda ham o‘rganilgan.
Patsiyentlarning ushbu guruhlarida dozaga tuzatish kiritish zarurati yo‘q.
Qo‘llash usuli
Ko‘z tomchilari ko‘rinishida mahalliy qo‘llanadi.
Ko‘z tomchilari yuborilganidan keyin burunda yosh oqimini berkitish yoki yopiq qovoqqa yengilgina bosib qo‘yish tavsiya etiladi.
Bu preparat ko‘z ichiga yuborilganida uning tizimli so‘rilishini pasaytirishi va tizimli nojo‘ya reaktsiyalar ehtimolini kamaytirishi mumkin.
Doza o‘tkazib yuborilganida davolash kursi rejalashtirilganidek keyingi dozadan davom ettirilishi kerak.
Har kuni yuboriladigan doza kasallangan ko‘zga bitta tomchidan oshmasligi kerak.
Davolash sxemasini glaukomaga qarshi boshqa preparatdan TRAVATAN ko‘z tomchilariga o‘tkazishda boshqa preparat qo‘llanilishini to‘xtatish, TRAVATAN ni esa keyingi kundan buyurish lozim.
Bittadan ortiq mahalliy oftalmologik dori vositasidan foydalanilganida, dorilarni qo‘llash orasida eng kamida 5 minutlik tanaffusga rioya qilish zarur.
Tashqi himoya o‘rami bevosita birinchi foydalanishdan oldin yechib olinishi kerak.
Uchlik-dozator va eritmaning ifloslanishini oldini olish maqsadida uchlik-dozator bilan qovoqlarga, atrofdagi sohalarga yoki boshqa yuzalarga tegib ketmaslik uchun ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur.
Quyidagi noxush samaralar davolash (TRAVATAN® (konservant sifatida polikvaternium-1 bilan) ko‘z tomchilari bilan monoterapiya ko‘rinishida davolash) bilan bog‘liq sifatida baholangan va quyidagi shartlarga muvofiq tasniflangan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (>1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (>1/1000 dan ≤1/100 gacha), kam hollarda (>1/10000 dan ≤1/1000 gacha) va juda kam hollarda (≤1/10000).
Tez-tezlikni baholashning har bir guruhida noxush samaralar jiddiyligi kamayib borgani holda taqdim etilgan.
TRAVATAN ko‘z tomchilari (konservant sifatida polikvaternium-1)
A’zolar va tizimlar Tez-tezligi Nojo‘ya reaktsiyasi
Immun tizimi tomonidan buzilishlar Tez-tez emas O‘ta yuqori sezuvchanlik
Nerv tizimi buzilishlari Tez-tez emas
Kam hollarda
Bosh og‘rig‘i
Bosh aylanishi, disgevziya
Ko‘zlar tomonidan buzilishlar Juda tez-tez Ko‘zlar giperemiyasi
Tez-tez Ko‘zlarda og‘riq, ko‘zlarning qichishishi, ko‘zlarning quruqligi, ko‘zlarning achishishi, ko‘zning rangdor pardasining yuqori pigmentatsiyasi, ko‘zlarda diskomfort
Tez-tez emas
Kam hollarda
Ko‘z muguz pardasining eroziyasi, nuqtali keratit, keratit, irit, katarakta, ko‘rish qobiliyatining pasayishi, kon’yunktivit, ko‘zning oldingi kamerasi tuzilmalarining yallig‘lanishi, blefarit, ko‘rish aniqligini pasayishi, yorug‘likdan qo‘rqish, periorbital shish, ko‘z yoshining yuqori darajada ajralishi, qovoqlarning qichishishi, ko‘zlardan ajralmalar chiqishi, qovoq eritemasi, qovoq chetida qasmoq bo‘lishi, kipriklarning ortiq darajada o‘sishi
Uveit, iridotsiklit, ko‘zlarning oddiy gerpes virusi bilan kasallanishi, kon’yunktiva follikulalari, kon’yunktivaning shishi, ko‘zlarning gipesteziyasi, ko‘zlarning yallig‘lanishi, trixiaz, ko‘zning oldingi kamerasi tuzilmalarining pigmentatsiyasi, astenopiya, ko‘zlar tomonidan allergik reaktsiya, qovoqlar ekzemasi, qovoqlarning achishishi, kipriklarning yuqori pigmentatsiyasi, kipriklarning qalinlashishi
Yurak tomonidan buzilishlar Kam hollarda Yurak qisqarishlari tez-tezligining pasayishi, yurakning tez-tez urishi
Tomir buzilishlari Kam hollarda Gipertenziya, gipotenziya
Nafas olish tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a’zolari tomonidan buzilishlar Kam hollarda Astma, hansirash, disfoniya, yo‘tal, allergik rinit, halqumda og‘riq, burunda diskomfort, burunning qurishi
Me’da-ichak buzilishlari Kam hollarda Og‘izning qurishi, qabziyat
Teri va teri osti to‘qimasi buzilishlari Tez-tez emas
Kam hollarda
Terining yuqori pigmentatsiyasi, gipertrixoz
Teri rangining o‘zgarishi, madaroz, eritema, soch rangining o‘zgarishi, toshma
Tayanch-harakatlanish apparati va biriktiruvchi to‘qimalar tomonidan buzilishlar Kam hollarda Artralgiya, suyaklar va mushaklarda og‘riq
Umumiy buzilishlar va yuborilish joyida buzilishlar Kam hollarda Asteniya
TRAVATAN* ko‘z tomchilarining ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyingi kuzatuvlar doirasida aniqlangan qo‘shimcha noxush reaktsiyalar quyida sanab o‘tilgan.
Mavjud ma’lumotlar asosida ularning tez-tezligini baholash imkoni yo‘q.
A’zolar tizimlarining har bir sinfi ichida noxush reaktsiyalar jiddiyligi kamayib borishi tartibida taqdim etilgan.
A’zolar tizimlari bo‘yicha tasnifi MedDRA tomonidan maqbul qilingan termin (18.0 tahriri)
Ruhiy buzilishlar Depressiya, xavotirlik, uyqusizlik
Ko‘zlar tomonidan buzilishlar Makulyar shish, yuqori qovoq ariqchasining chuqurlashishi
Quloq va labirint tomonidan buzilishlar Quloqlarda jaranglash
Yurak tomonidan buzilishlar Aritmiya, taxikardiya,
ko‘krakda og‘riq
Nafas olish tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a’zolari tomonidan buzilishlar Burundan qon ketishi
Me’da-ichak buzilishlari Diareya, qusish, ko‘ngil aynishi, qorinda og‘riq
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar Qichishish
Buyraklar va siydik yo‘llari tomonidan buzilishlar Dizuriya, siydikni tuta olmaslik
Laboratoriya tadqiqotlari natijalarining o‘zgarishlari Prostata spetsifik antigeni darajasining oshishi