Travapress Duoretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: travoprost 0,04 mg/ml, timolol 5 mg (6,8 mg timolol maleati shaklida); yordamchi moddalar: borat kislotasi, natriy xloridi, mannitol, makrogola glitseril gidroksi stearat, propilenglikol, rN ni 6,8±0,1 gacha keltirish uchun 1 M natriy gidroksidi eritmasi / 1 M xlorid kislotasi eritmasi, tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

travoprost va timolol

Preparatning savdo nomi:

Travapress Duo

Farmakalogik guruhi:

glaukomaga qarshi vosita.

Dori shakli:

ko‘z tomchilari

tiniq, rangsiz eritma.

glaukomaga qarshi vosita.

S01ED51.

Travapress Duo, ko‘z tomchilari, eritma kattalar uchun ochiq burchakli glaukoma yoki ko‘z gipertenziyasi bo‘lgan, maxalliy qo‘llangan beta-blokatorlar yoki prostaglandinlarning analoglari yetarli samara bermagan patsiyentlarda, oshgan ko‘z ichki bosimini pasaytirish uchun ko‘rsatilgan. Travoprost – prostaglandin F2-alfa analogi, prostaglandinlar FP-retseptorlarining yuqoriselektiv agonisti bo‘lib, ko‘z suyuqligining oqib chiqishini oshirish yo‘li bilan ko‘z ichki bosimini pasaytiradi. Preparatning ta’sir mexanizmi uveoskleral oqib chiqishni oshishi bilan bog‘liq. Ko‘z ichki bosimi qo‘llanganidan keyin taxminan 2 soat o‘tgach pasayadi, maksimal samaraga esa 12 soat o‘tgach erishiladi. Preparat bir marta qo‘llanganidan keyin ko‘z ichki bosimining axamiyatli pasayishi 24 soat davomida saqlanishi mumkin. Timolol – beta-adrenoretseptorlarning simpatomimetik faolliksiz noselektiv blokatori, miokardga bevosita depressiv ta’sir ko‘rsatmaydi, membranalarni barqarorlashtiruvchi faollikka ega emas. Preparatning ta’sir mexanizmi ko‘z suyuqligining hosil bo‘lishini kamayishi va uning oqib chiqishini biroz oshishi bilan bog‘liq.

So‘rilishi va taqsimlanishi Travoprost olddori preparat hisoblanadi, u shox pardada faol shakli – travoprost kislotasigacha tez murakkab efirli gidrolizga duchor bo‘ladi. Preparat kuniga bir marta 5 kun davomida qo‘llanganida, sog‘lom ko‘ngilliklarda, travoprost kislotasi erkin shaklda plazma namunalarida (94%) aniqlanmagan va umuman, preparat qo‘llanganidan keyin 1 soat o‘tgach aniqlanmagan. Travoprostning kontsentratsiyasi erkin kislota shaklida o‘lchash mumkin bo‘lgan qiymatlarga (≥0,01 ng/ml, test kvantifikatsiyasini pastki chegarasi) erishganida, u 0,01-0,03 ng/ml chegaralarida bo‘lgan. Travapress Duo ko‘z tomchilari har kuni bir marta qo‘llanganidan keyin timololning o‘rtasa statsionar Smax 1,34 ng/ml ga teng, Tmax esa taxminan 0,60 soatga teng bo‘lgan. Travoprost erkin kislota ko‘rinishida hayvonlarning ko‘z suyuqligiga bir necha birinchi soatlarda, odam qon plazmasida esa Travapress Duo ko‘z tomchilari tomizilganidan keyin faqat birinchi soat davomida chiqariladi. Travapress Duo ko‘z tomchilari tomizilganidan keyin timolol odamning ko‘z suyuqligida va qon plazmasida 12 soatgacha davr davomida aniqlanadi. Metabolizmi Metabolizm travoprostni xam, faol erkin kislotasini ham asosiy chiqarilish yo‘li hisoblanadi. Preparataning tizimli metabolik yo‘li endogen prostaglandin F2ά uchun yo‘lni qaytaradi, u 13-14 ikkilangan bog‘ni tiklanishi, 15-gidroksilni oksidlanishi va yuqori zanjarni β-oksidlanishli parchalanishi bilan xarakterlanadi. Chiqarilishi Travoprost, erkin kislota va uning metabolitlari asosan buyraklar orqali chiqariladi. Siydikda travoprostning yuborilgan dozasining 2% dan kamrog‘i erkin kislota ko‘rinishida aniqlanadi. Yuborilgan timololning taxminan 20% siydik bilan o‘zgarmagan holda, qolgan miqdori metabolitlari ko‘rinishida chiqariladi.

Mahalliy qo‘llangan beta-blokatorlar yoki prostaglandinlarning analoglari yetarlicha samara bermagan ochiq burchakli glaukomasi yoki ko‘z gipertenziyasi bo‘lgan kattalarda yuqori ko‘z ichki bosimini (KIB) pasaytirish uchun qo‘llanadi.

Dozalar Kattalar va keksalarda qo‘llanishi Travapress Duo ko‘z tomchilari bir tomchidan shikastlangan ko‘zning kon’yunktiva qopchasiga kuniga bira marta ertalab yoki kechqurun tomiziladi. Preparatni har kuni, kunning bir vaqtida qo‘llash kerak. Doza o‘tkazib yuborilganida davolash kursi, rejalashtirilganidek navbatdagi doza bilan davom ettirilishi kerak. Har kungi yuborilayotgan doza shikastlangan ko‘zga 1 tomchidan oshmasligi kerak. Patsiyentlarning alohida guruhlari Jigar va buyrak yetishmovchiligida qo‘llanishi Jigar yoki buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsintlarda Travapress Duo ko‘z tomchilari 5 mg/ml timolol ko‘z tomchilarini qo‘llashni tadqiqotlari o‘tkazilmagan. Yengildan o‘rtacha darajadagi jigar yetishmovchiligi, va yengildan o‘rtacha darajadagi buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 14 ml yuqori bo‘lmagan) bo‘lgan patsiyentlarda travoprostni tadqiqotlari o‘tkazilgan. Bu guruh patsiyentlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Jigar yoki buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda Travapress Duo ko‘z tomchilarining dozasiga tuzatish kiritish ehtimoli, talab etilmaydi. Bolalarda qo‘llanishi Bolalar va 18 yoshdan kichik o‘smirlarda Travapress Duo ko‘z tomchilarining xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan. Ma’lumotlar yo‘q. Qo‘llash usuli va davomiyligi: Maxalliy qo‘llash uchun buyuriladi. Tashqi himoya o‘rov bevosita birinchi ishlatish oldidan olinishi kerak. Uchlik-dozator va eritmaning ifloslanishini oldini olish uchun, uchlik-dozator bilan qovoqlarga, atrof sohalariga yoki boshqa yuzalarga tegmaslik uchun, ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Tomizilgandan keyin ko‘z yoshi yo‘lini berkitish yoki 2 minut davomida yopilgan qoqoqni biroz bosish tavsiya etiladi. Bu ko‘zga mahalliy qo‘llanganda preparatning tizimli so‘rilishini pasaytirish va tizimli nojo‘ya reaktsiyalar rivojlanishi ehtimolini kamaytirish imkoniyatini beradi. Agar bittadan ko‘proq mahalliy oftalmologik dori vositasi ishlatilsa, dorilarni tomizish orasida eng kamida 5 minutlik tanaffusga rioya qilish kerak. Boshqa glaukomaga qarshi preparat bilan davolash sxemasidan Travapress Duo ko‘z tomchilariga o‘tishda, boshqa preparatni qo‘llashni to‘xtatish, Travapress Duo ko‘z tomchilarini esa keyingi kundan buyurish kerak. Travapress Duo ko‘z tomchilarini tomizishdan oldin yumshoq kontakt linzalarni yechib olish va undan keyin 15 minut davomida ularni taqmaslik kerakligi haqida patsiyentni xabardor qilish kerak.

Klinik tadqiqotlar davomida yoki preparat savdoga chiqarilganidan keyingi tadqiqotlarda jadvalda sanab o‘tilgan quyidagi nojo‘ya reaktsiyalar kuzatilgan (quyiga qarang). Ular a’zolar tizimi sinfi bo‘yicha berilgan va quydagi mezonlarga muvofiq tasniflangan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha), kam (≥1/10000 dan <1/1000 gacha), juda kam (<1/1000 gacha), noma’lum (bor bo‘lgan ma’lumotlar asosida baholash mumkin emas). Har bir guruhda noxush samaralarining tez-tezligini baholash jiddiyligining kamayishi tartibida berilgan. A’zolar tizimi sinfi Tez-tezligi Nojo‘ya ta’sirlari Immun tizimi tomonidan buzilishlar tez-tez emas o‘ta yuqori sezuvchanlik Ruhiyatni buzilishi kam hollarda asabiylik noma’lum depressiya Nerv tizimi tomonidan buzilishlar tez-tez emas bosh aylanishi, yorug‘likdan qo‘rqish noma’lum insult, xushdan ketish, paresteziya Ko‘rish a’zosi tomonidan buzilishlar juda tez-tez ko‘zlarning giperemiyasi tez-tez nuqtali keratit, ko‘zlarda og‘riq, ko‘rishni buzilishi, ko‘rishni yoyilishi, ko‘zlarni quruqligi, ko‘zlarda qichishish, ko‘zlarda diskomfort, ko‘zlarni ta’sirlanishi tez-tez emas keratit, irit, kon’yunktivit, oldingi kamerani yallig‘lanishi, blefarit, fotofobiya, ko‘rish o‘tkirligini pasayishi, bo‘shashish, ko‘zlarni shishi, ko‘z yoshi oqishini ko‘payishi, qovoqlar eritemasi, ko‘z kipriklari allergiyasini ko‘payishi, kon’yunktiva shishi, qovoqlarni shishi kam hollarda shox parda eroziyasi, meybomiy bezlarining yallig‘lanishi, kon’yunktivadan qon ketishi, qovoqlar chetida qasmoqlar hosil bo‘lishi, trixiaz, distrixiaz noma’lum makulyar shish, ptoz, shox pardaning kasalliklari Yurak tomonidan buzilishlar tez-tez emas kam noma’lum bradikardiya aritmiya, yurakni nomuntazam ritmi, yurak yetishmovchiligi, taxikardiya, ko‘krakda og‘riq yurak urishini tezlashishi Qon tomirlar tomonidan buzilishlar tez-tez emas noma’lum gipertoniya, gipotoniya periferik shishlar Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a’zolari tomonidan buzilishlar tez-tez emas xansirash, burunxalqumdan shilliq oqishi kam hollarda disfoniya, bronxospazm, yo‘tal, tomoqni ta’sirlanishi, og‘izxalqumda og‘riq, nazal diskomfort noma’lum Astma Me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar noma’lum disgveziya Gepatobiliar tizimi tomonidan buzilishlar kam hollarda alaninaminotransferazani oshishi, aspartataminotransferazani oshishi Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan buzilishlar noma’lum kontakt dermatit, gipertrixoz kam hollarda eshakemi, terining rangini o‘zgarishi, alopetsiya, terining giperpigmentatsiyasi (periokulyar) noma’lum toshma Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar kam hollarda oyoq-qo‘llarda og‘riq Buyraklar va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar kam hollarda xromaturiya Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar kam hollarda chanqoqlik, charchoqlik Travapress Duo ko‘z tomchilarining faol moddalarini har biri aloxida ishlatilganida kuzatilgan nojo‘ya reaktsiyalar xaqidagi qo‘shimcha ma’lumot, ehtimol Travapress Duo ko‘z tomichilari qo‘llanganida ham paydo bo‘lishi mumkin. Travoprost Oftalmologik buzilishlar: uveit, kon’yunktivaning, kon’yunktiva follikulalarining kasalliklari, rangdor pardaning giperpigmentatsiyasi. Teri va teri osti to‘qimalarini buzilishlari: terini kepaklanishi. Timolol Immun tizimi tomonidan buzilishlar: tizimli allergik reaktsiyalar, shu jumladan angionevrotik shish, eshakemi, lokal va umumiy toshma, qichishish, anafilaksiya. Moddalar almashinuvini buzilishlari va ovqatlanishni buzilishi: gipoglikemiya. Ruhiyatni buzilishi: uyqusizlik, tungi daxshatlar, xotirani yo‘qolishi. Nerv tizimini buzilishlari: bosh miyaning ishemiyasi, xavfli miasteniya simptomlari va belgilarini ko‘payishi. Oftalmologik buzilishlar: ko‘zlarni ta’sirlanish belgilari va simptomlari (masalan, achishish, sanchilish, qichishish, ko‘z yoshini oqishi, qizarish), shox pardaning sezuvchanligini pasayishi, diplopiya. Yurak-qon tomir buzilishlari: ko‘krakda og‘riq, yurak urishini tezlashishi, shishlar, dimlangan yurak yetishmovchiligi, atreoventrikulyar blokada, yurakni to‘xtashi. Nafas yo‘llarini buzilishlari, ko‘krak va mediastinal buzilishlar: bronxospazm (asosan bronxospastik kasalliklari mavjud bo‘lgan patsiyentlarda). Me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlari: disgveziya, diareya, ko‘ngil aynishi, dispepsiya, og‘izni qurishi, qorin og‘riqlari, qusish. Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qimani buzilishlari: mialgiya. Jinsiy a’zolar va sut bezlari tomonidan buzilishlar: jinsiy disfunktsiya, libidoni pasayishi. Umumiy buzilishlar va yuborish joyining holati: asteniya.

Faol moddalarga yoki yordamchi moddalardan birontasiga yuqori sezuvchanlik. Boshqa beta-blokatorlarga yuqori sezuvchanlik. Hozirgi vaqtdagi yoki anamnezdagi bronxial astma, o‘pkaning og‘ir darajali surunkali obstruktiv kasalligi. Sinusli bradikardiya, shu jumladan ikkinchi yoki uchinchi darajali atrioventrikulyar blokada, kardiostimulyator bilan boshqarib bo‘lmaydigan atrioventrikulyar blokada, sinus tugunining kuchsizligi sindromi. Yurak yetishmovchiligining aniq belgilari, kardiogen shok. Allergik rinitning og‘ir darajasi va shox pardaning distrofiyasi. Ehtiyotkorlik bilan Tizimli samaralari Boshqa mahalliy oftalmologik preparatlar kabi, travoprost va timolol tizimli qon oqimiga so‘riladi. Faol modda – timololning beta-adrenobloklovchi ta’siri tufayli, tizimli beta-adrenoblokatorlarni qo‘llashdagi kabi, yurak-qon tomir va nafas tizimi tomonidan xuddi shunday nojo‘ya reaktsiyalar kuzatilishi mumkin. Yurak tomonidan buzilishlar Anamnezida og‘ir kardiologik patologiyasi (masalan, yurakning koronar kasalligi, Printsmetall stenokardiyasi, yurak yetishmovchiligi) va gipotoniyasi bo‘lgan patsiyentlarda, beta-blokatorlar bilan davolashni tanqidiy baholash va boshqa faol vositalar bilan baholashni ko‘rib chiqish kerak. Yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan patsiyentlar, bu kasallikning simptomlarini yomonlashishi va nojo‘ya samaralari paydo bo‘lishi mumkinligi tufayli kuzatilishlari kerak. O‘tkazilish vaqtida salbiy ta’sir qilishi tufayli, birinchi darajali yurak blokadasi bo‘lgan patsiyentlarga beta-adrenoblokatorlar alohida ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Qon-tomirlar tomonidan buzilishlar Qon aylanishining o‘tkir periferik buzilishi (ya’ni Reyno kasalligining og‘ir shakli yoki Reyno sindromi) bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Nafas tizimi tomonidan buzilishlar Ayrim oftalmologik beta-blokatorlar buyurilganidan keyin astmasi bo‘lgan bemorlarda respirator reaktsiyalar, shu jumladan bronxospazm tufayli o‘lim kuzatilgan. Travapress Duo o‘pkaning yengil/o‘rtacha surunkali obstruktiv kasalligi (O‘SOK) bo‘lgan patsiyentlarda, faqat agar mumkin bo‘lgan ijobiy samara potentsial xavfdan yuqori bo‘lganida, ehtiyotkorlik bilan ishlatilishi kerak. Gipoglikemiya/qandli diabet Beta-blokatorlarni spontan gipoglikemiyaga moyil bo‘lgan patsiyentlarga yoki turg‘un qantli diabeti bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak, chunki beta-blokatorlar gipoglikemiya simptomlarini niqoblashi mumkin. Mushak kuchsizligi Beta-adrenoblokator dori vositalari ayrim miastenik simptomlarda (masalan, diplopiya, ptoz va umumiy kuchsizlik) muvofiq mushak kuchsizligini kuchaytiradilar. Shox pardaning kasalliklari Oftalmologik beta-blokatorlar ko‘zlarning quruqligini chaqirishi mumkin. Shox pardaning kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Xorioidal ko‘chish Xoriodial ko‘chish filtratsiya muolajasidan keyin bostirish uchun (masalan, timolol, atsetolzolamid) suvli preparat qo‘llanganida kuzatilgan. Boshqa beta-blokatorlar Tizimli beta-blokadaning ko‘z ichki bosimiga ta’siri yoki tizimli samaralari, timolol tizimli beta-bloklovchi preparatni qabul qilayotgan patsiyentlarda qo‘llanganida kuchayishi mumkin. Bu patsiyentlarning reaktsiyasini diqqat bilan kuzatish kerak. Ikki aktual beta-adrenergik blokatorlarni ishlatish tavsiya etilmaydi. Jarrohlik anesteziyasi Beta-blokator oftalmologik preparatlar beta-agonistlarning, masalan, adrenalinning tizimli samarasini ingibitsiya qilish mumkin. Agar patsiyent timolol qabul qilayotgan bo‘lsa, anesteziolog ogohlantirilgan bo‘lishi kerak. Gipertireoidizm Beta-blokatorlar gipertireozning simptomlarini niqoblashi mumkin. Teriga tushishi Prostaglandinlar, prostaglandinlarning analoglari biologik faol moddalar hisoblanadi, ular teri orqali so‘rilishlari mumkin. Homilador yoki homilador bo‘lishga urinayotgan ayollar, flakon ichidagisi bilan bevosita kontaktdan saqlanish uchun, extiyotkorlik choralarini ko‘rishlari kerak. Flakon ichidagisining ahamiyatli miqdori bilan kontaktga kirishilgan holda, darhol shikastlangan sohani yaxshilab tozalash kerak.

Boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta’sirining tadqiqotlari o‘tkazilmagan. Timolol saqlovchi ko‘z tomchilari peroral kaltsiy kanallarining blokatorlari, guanetdin, beta-blokatorlar, aritmiyaga qarshi vositalar, parasimpatomimetiklar va yurak glikozidlari bilan birga qo‘llanganida, gipotenziya va (yoki) yaqqol bradikardiya rivojlanishi ko‘rinishida additiv samaralar nomoyon bo‘lishini imkoniyati bor. Beta-blokatorla klonidinni keskin bekor qilishga gipertenziv reaktsiyani kuchaytirishi mumkin. Beta-blokatorlar CYP2D6 ingibitorlari (masalan, xinidin, fluoksetin, paraksetin) va timolol bilan birga davolash davomida bradikardiya, depressiyani kuchaytirishi mumkin. Oftalmologik beta-blokatorlar va adrenalinni (epinefrin) birga qo‘llash oqibatida midriaz paydo bo‘lishi mumkin. Beta-blokatorlar diabetga qarshi preparatlarning gipoglikemik samarasini kuchaytirishi mumkin. Beta-blokatorlarni ishlatish gipoglikemiyaning belgilari va simptomlarini niqoblashi mumkin.

Anafilaktik reaktsiyalar Atopik kasalliklari yoki anamnezida qator allergenlarga anafilaktik reaktsiyalari bo‘lgan patsiyentlarda va beta-adrenergik blokatorlarni qabul qilish fonida anafilaktik reaktsiyalarni davolash uchun adrenalinning odatdagi dozalarini qo‘llash samarasiz bo‘lishi mumkin. Yondosh davolash Timolol boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta’sir qilishi mumkin. Ikki mahalliy beta-adrenergik blokatorlar yoki prostaglandinlarning ikki mahalliy preparatlarini birga ishlatish tavsiya etilmaydi. Oftalmologik samaralar Travaprost ishlatilganida melanotsitlarda melanomomalar (pigment granulalari) sonini oshishi tufayli, asta-sekin ko‘zlarning rangini o‘zgarishi aniqlanishi mumkin. Davolashni boshlashdan oldin patsiyentni ko‘zlarning rangini qaytmas o‘zgarishi mumkinligi haqida xabardor qilish kerak. Preparatni bir tomonlama ishlatish qaytmas geteroxromiyaga olib kelishi mumkin. Melanotsitlarga ta’sirini uzoq vaqtdan keyingi ta’siri xozirgi vaqtda noma’lum. Rangdor pardaning rangini o‘zgarishi asta-sekin yuz beradi va oylar yoki xatto yillar davomida bilinmasligi mumkin. Rangni o‘zgarishi ko‘proq ko‘zlarning rangdor pardasi boshidan aralash, masalan, havorang-jigarrang, kulrang-jigarrang, sariq-jigarrang va ko‘k-jigarrangli patsiyentlarda kuzatiladi; lekin bu ko‘rinish tiniq jigarrang patsiyentlarda ham uchrashi mumkin. Odatda jigarrang pigmentatsiya qorachiq atrofida periferiyaga kontsentrik tarqaladi, bunda rangdor parda umuman yoki uning qismlari to‘q jigarrangga o‘tishlari mumkin. Davolash to‘xtatilganida, jigarrang pigmentning miqdorini yanada oshishi yuz bermaydi. Nazoratli klinik tadqiqotlarda travoprost ishlatilganida ko‘z kosasi atrofi va (yoki) qovoqlar terisini qorayishi aniqlangan. O‘xshash prostaglandinlar ishlatilganida ko‘z kosasi va qovoqlarni, shu jumladan qovoqlar egati chuqurchasini, o‘zgarishlari kuzatilgan. Travoprostni qo‘llash bilan davolanayotgan ko‘z(lar)ning kipriklari tomonidan o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin; bu samara klinik tadqiqotlarda taxminan patsiyentlarning yarmida kuzatilgan va o‘z ichiga quyidagilarni olgan: kipriklarni uzunligi, qalinligi, pigmentatsiyasi va (yoki) miqdorini oshishi. Bu samaraning mexanizmi va uning uzoq vaqtdan keyingi ta’siri hozirgi vaqtda noma’lum. Maymunlardagi tadqiqotlarda travoprostni ishlatish ko‘z yorig‘ini katta bo‘lmagan kengayishini chaqirgan. Lekin klinik tadqiqotlarda bunday samara bo‘lmagan, shuning uchun u turspetsifik sifatida qaraladi. Ko‘zlarning yallig‘lanish kasalliklarida, neovaskulyar, yopiq burchakli, torburchakli yoki tug‘ma glaukomada Travapress Duo ko‘z tomchilarini qo‘llash tajribasi yo‘q. Preparatni tireoidli orbitopatiyada, soxtafakik patsiyentlardagi ochiq burchakli glaukomada, pigmentar yoki eksfoliativ glaukomada qo‘llashni faqat cheklangan tajribasi bor. Travapress Duoni afakiyasi aniqlangan patsiyentlarda, orqa kapsulani yorilishi yoki oldingi kameraga implantantlangan linzalari bo‘lgan soxtaafakiyasi aniqlangan patsiyentlarda, shuningdek kistasimon makulyar shishni ma’lum xavfi bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Agar patsiyentda irit yoki uveitning rivojlanishini xavfi bo‘lsa, Travapress Duo ko‘z tomchilarini ehtiyotkorlik bilan ishlatish kerak. Yordamchi moddalar Travapress Duo ko‘z tomchilari propilenglikol saqlaydi, u terining ta’sirlanishini chaqirishi mumkin. Travapress Duo ko‘z tomchilari polioksietilen-gidrogenlangan kanakunjiut moyi 40 saqlaydi, u teri reaktsiyalarining rivojlanishini chaqirishi mumkin. Patsiyentni Travapress Duo ko‘z tomchilarini tomizish oldidan kontakt linzalarni yechib olish va bundan keyin ularni 15 minut davomida taqish mumkin emasligi haqida ogohlantirish kerak.

Tug‘ruq yoshidagi ayollar/kontratseptsiya Travapress Duo ko‘z tomchilari, agar ularda adekvat kontratseptsiya ta’minlanmasa, tug‘ruq yoshidagi ayollarda qo‘llanmasligi kerak. Homiladorlik Travoprost homiladorlikni kechishiga va (yoki) homilaga (yangi tug‘ilgan chaqaloqqa) noxush ta’sir ko‘rsatadi. Homilador ayollarda Travapress Duo preparatini yoki uning komponentlarini alohida ishlatish bo‘yicha ma’lumotlar yo‘q yoki cheklangan. Timololni homiladorlik vaqtida, o‘ta zarur hollardan tashqari, ishlatish mumkin emas. Homiladorlik vaqtida beta-blokatorlarni tizimli qo‘llashning adekvat nazoratli epidemiologik tadqiqotlari tug‘ma nuqsonlar rivojlanishi xavfidan dalolat bermaydi, lekin agar beta-blokatorlar oral yo‘li bilan qo‘llansa ona qornidagi rivojlanishni kechikishi xavfi borligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, beta-blokadaning belgilari va simptomlar (masalan, bradikardiya, gipotoniya, nafas yetishmovchiligi va gipoglikemiya), beta-bokatorlar tug‘uruqqacha qo‘llanganida, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda aniqlangan. Agar Travapress Duo preparati tug‘ruqqacha qo‘llangan bo‘lsa, yangi tug‘ilgan chaqaloq hayotining birinchi kunidanoq sinchiklab kuzatilishi kerak. Travapress Duo ko‘z tomchilarini o‘ta zarur hollardan tashqari, homiladorlik vaqtida ishlatish mumkin emas. Fertillik Travapress Duo ko‘z tomchilarini odamdagi fertillikka ta’siri bo‘yicha ma’lumotlar yo‘q. Hayvonlardagi tadqiqotlar, odamda mahalliy oftalmologik qo‘llash uchun tavsiya etilgandan 250 martadan ortiqroq dozalarda travaprost va timololni fertillikka ta’siri yo‘qligini ko‘rsatadi. Emizish Ko‘z tomchilari sifatida yuborilgan travoprostni ko‘krak suti bilan chiqarilishi noma’lum. Hayvonlardagi tadqiqotlarda travoprost va uning metabolitlarini sut bilan chiqarilishi ko‘rsatilgan. Timololni ko‘krak suti bilan chiqarilishi ma’lum. Lekin, ko‘z tomchilaridagi timololning terapevtik dozasini hisobi bilan, bola organizmiga tushayotgan uning hisoblangan dozasi shunday kam bo‘ladiki, u klinik axamiyatli beta-blokada chaqirmaydi. Shunga qaramasdan emizikchi onalarda Travapress Duo ko‘z tomchilarini qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Travapress Duo transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga axamiyatli ta’sir qilmaydi. Boshqa ko‘z tomchilari kabi, ko‘rishni vaqtinchalik yoyilishi yoki boshqa vizual buzilishlar avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobilyatiga ta’sir qilishi mumkin. Agar tomizgandan keyin ko‘rishni yoyilishi kuzatilsa, unda patsiyent avtomobilni haydashni yoki mexanizmlar bilan ishlashni boshlashni, ko‘rish tiniqlashgunicha kutishi kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

25 S dan yuqori bo‘lmagan xaroratda.

Travapress Duo preparati mahalliy qo‘llanganida dozani oshirib yuborilishini paydo bo‘lishi va uni toksiklik bilan bog‘liqligini ehtimoli kam. Tasodifan yutib yuborilganida, timololning dozasini oshirib yuborilishini eng ko‘p uchraydigan simptomlari bradikardiya, gipotoniya, bronxospazm va yurak yetishmovchiligi hisoblanadi. Travapress Duo ko‘z tomchilarining dozasini oshirib yuborilishi paydo bo‘lganida simptomatik va tutib turuvchi davolashni o‘tkazish kerak. Timolol dializga yomon beriladi. Preparatning yutib yuborilishi taxmin qilinganida simptomatik va tutib turuvchi davolash o‘tkazish kerak.

Retsept bo‘yicha.

Ko‘z tomchilari, eritma. 2,5 ml dan preparat tiqin-tomizgich va polietilen qopqoqli sig‘imi 5 ml polimer flakon-tomizgichga joylanadi. Bittadan flakon-tomizgich qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

3 yil. Flakon ochilganidan keyin tomchilarni 4 hafta davomida ishlatish kerak.